Ilmiy adabiyotlarni о‘qish


О‘quv fani bо‘yicha referatlarning tayyorlanishi о‘qishda quyidagi natijalarga erishishni nazarda tutadi


Download 459.28 Kb.
bet7/16
Sana08.03.2023
Hajmi459.28 Kb.
#1249176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Ilmiy axborot bilan ishlash

О‘quv fani bо‘yicha referatlarning tayyorlanishi о‘qishda quyidagi natijalarga erishishni nazarda tutadi:





  • О‘quv fanining dolzarb nazariy masalalari bо‘yicha bilimlarning chuqurlashuvi, ushbu bilimlarning Siz tanlagan mavzuga ijodiy qо‘llanilishi.

  • Tanlangan kasbiy sohadagi xorijiy tajribaning о‘zlashtirilishi, undan mamlakat sharoitida, Sizning kelgusidagi kasbiy faoliyatingizda amalda qо‘llanish imkoniyatlari va muammolarining о‘rganilishi.

  • Tanlangan mavzu bо‘yicha turli adabiy manbalarni (monografiyalar, davriy matbuotdagi maqolalar va shu kabilar) о‘rganish mahoratini takomillashtirish

va ularni tanqidiy tahlil etish asosida materialni mustaqil va savodli bayon qilish, dalillangan xulosalar chiqarish va takliflar berish.

  • Yozma ishni tо‘g‘ri rasmiylashtirish malakalarini rivojlantirish.



Esda tuting: Referat materialning shunchaki bir oddiy takrorlanishi, bir yoki bir necha manbalardagi materialni о‘zlashtirib olishdan iborat bо‘lib
qolmasligi, ya’ni kо‘chirmachilik va kompilyatsiya mahsuli bо‘lmasligi kerak. Unda referent tanlagan mavzuga oid va ishlab chiqilgan adabiyotlarda mavjud bо‘lgan jamiki material tahlil qilib chiqilishi lozim.


Referat ustida ishlash bо‘yicha yо‘riqnoma



Kafedra taklif qiladigan referatlar mavzulari namunaviy bо‘ladi. Sizning о‘zingizning qiziqishlaringizga mos keladigan mavzuni tanlashga mustaqil yondashishingiz maqsadga muvofiq. Siz о‘z qiziqishlaringiz doirasi asosida tanlangan muammoga amal qilib va uni asoslash bilan kafedra tavsiya qilgan mavzular rо‘yxatiga kirmagan referat mavzuini taklif qilishingiz ham mumkin. Bunday vaziyatda taklif qilayotgan referat mavzuingizni ilmiy rahbaringiz bilan albatta kelishib olishingiz kerak bо‘ladi.



Siz referat mavzuini tanlagach, tanlangan mavzuga tegishli masalalar doirasi bilan tanishib chiqing:


leksiya materiallarini kо‘zdan kechiring, fan bо‘yicha о‘quv dasturiga kо‘ra tegishli mavzu uchun tavsiya etilgan adabiyotlarni yana bir bor tahlil qiling.
Bu Sizning mavzuning mohiyati, uning о‘rganiladigan kursdagi о‘rni va ahamiyati tо‘g‘risida aniq tasavvur olishingizga imkon beradi.
BuxDU ning axborot-kutubxona majmuida, shuningdek Buxoro shahar kutubxonalarida mavjud bо‘lgan kataloglardan foydalanib, referat mavzui bо‘yicha adabiyotlar manbalari doirasini kengaytiring.
О‘quv va monografiyali adabiyotlar bilan bir qatorda davriy nashrlarda, shu jumladan: «О‘zbekiston kimyo jurnali”, “О‘zRFA ma’ruzalari”, DAMRUZ», “Kompozitsion materiallar”, “Vestnik UzMU”, “Ximiya i ximicheskaya texnologiya”, “Vestnik NamDU”, “Vestnik FarDU” kabi va boshqa jurnallarda e’lon qilingan maqolalardan ham foydalanish zarur.
О‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tadqiqot mavzusiga tegishli sohadagi qonunchilik hujjatlari va qarorlarini bilish ham referat sifatini oshirishga yordam beradi.
Ishning dastlabki bosqichi yakuni bibliografiyadan iborat bо‘ladi.

Konspekt qilish konspektlashning bir turi: rejali, matnli, tematik, xronologik, tahliliy yoki erkin turiga muvofiq amalga oshiriladi.








  • Referat rejasi quyidagilarni о‘z ichiga olishi kerak:

  • kirish,

  • asosiy qism,

  • xulosa,

  • foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati,

  • ilovalar (referatning shart bо‘lmagan qismi).

Referatning rejasi tanlangan mavzuda kо‘rilishi lozim bо‘lgan masalalar doirasi va referatning asosiy mazmunini belgilaydi. U referentning mavzu materialida umumiy yо‘nalish olishga imkon beradi, uning tо‘g‘ritanlanishi va bayon


qilish mantiqini ta’minlaydi.
Har bir bandi qat’iy tanlangan material bilan ta’minlangan puxta о‘ylangan reja referatning muvaffaqiyatli yozilishining g‘oyat muhim shartidir.

Referatning asosiy qismi о‘zining lо‘nda va aniq nomiga ega masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bо‘linishi zarur.


Kirishda tanlangan mavzuning nazariy va amaliy jihatlardan dolzarbligi asoslanadi, referat qilish maqsadi va vazifalari ifodalanadi.
Agar referat monografik bо‘lsa (bir manba yoki muallif referat qilinayotgan bо‘lsa), unda kirishda quyidagilar kо‘rsatiladi:

  • muallif haqidagi qisqacha ma’lumotlar (ilmiy darajasi, uning ixtisosligi,

boshqa ishlari);

  • manba mavzuining qisqacha bayoni;

  • ishning maqsadi;

  • ishning ruknlari;

  • muallifning ustuvor yо‘nalishi va boshqalar.

Asosiy qismda barcha muhim qoidalar aks ettirilishi kerak.
Referat asosiy qismining matni tо‘plangan materialning tegishlicha taqsimlanishi bilan masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bо‘linishi zarur.
Har qanday masala, kichik masala (band)ning ajratilishi, umuman referatning tuzilmaga solinishi quyidagicha algoritm bо‘yicha bajarilishi lozim:

Vazifa → ishlab chiqilishi → xulosa.


Bayon qilish shakli – referentning tanlashi bо‘yicha: konspektli, parchali, tahliliy bо‘ladi.





Download 459.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling