Ilmiy adabiyotlarni о‘qish


Adabiyotlar rо‘yxatining rasmiylashtirilishini tekshirish


Download 459.28 Kb.
bet9/16
Sana08.03.2023
Hajmi459.28 Kb.
#1249176
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Ilmiy axborot bilan ishlash

6. Adabiyotlar rо‘yxatining rasmiylashtirilishini tekshirish


Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati qat’iy belgilangan tartibda tuziladi:



  1. О‘zR qonunlari.

  2. О‘zR Prezidenti farmonlari.

  3. О‘zR Hukumati qarorlari.

  4. Meyoriy hujjatlar, yо‘riqnomalar.

  5. Kitoblar, davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalar.

  6. Internetdan olingan axborot manbalari.

Manbalarning bibliografik bayonida quyidagilar kо‘rsatiladi: muallifning familiyasi va ismi-sharifi, kitob nomi, nashr qilingan joyi, nashriyot nomi va nashr yili. Agar maqola jurnalda (gazetada) bosilgan bо‘lsa, unda jurnal (gazeta) nomi, chiqqan yili, jurnal (gazeta) sahifasi raqami.


  1. Matnning tahrirli tuzatilishi. Matnning savodxonlik va uslubiyot jihatidan tekshirilishi


Referat savodli tarzda yozilishi va toza kо‘rinishda bо‘lishi kerak. Umumiy qabul qilingan sо‘zlardan boshqa sо‘zlarning qisqartirilishiga, shuningdek xatolar, noaniqliklar, uslubiy nuqsonlarga yо‘l qо‘yilmaydi. Referat ilmiy rahbarga taqdim etiladigan vaqtga kelib hamma jihatdan maromiga yetkazib ishlab chiqilgan bо‘lishi lozim.




  1. Referatning rasmiylashtirilishi


Ilmiy rahbarga taqdim etiladigan referat kompyuterda 12-shrift bilan, 1,5 interval orqali standart A 4 formatli qog‘ozda, chap tomonidan 2,5 sm, о‘ng tomonidan 1,5 sm, yuqorisi va pastidan kamida 2 sm lik hoshiyalar bilan terilishi kerak.


Matn sahifalari albatta raqamlanishi lozim. Ishning raqamlanishi uzluksiz bо‘ladi va 3-sahifadan boshlanadi (birinchi va ikkinchi sahifalar - bu titul varag‘i va ish rejasi bо‘lib, ular raqamlanmaydi). Sahifaraqami yuqorida, pastda, о‘rtaga yoki
о‘ng tomonga qо‘yiladi.
Referat hajmi 16-20 sahifadan oshmasligi kerak. Referatning tuzilishi:

  1. titul varag‘i;

  2. har bir masala, kichik masala (band) sahifalari kо‘rsatilgan ish rejasi;

  3. kirish;

  4. materialning masalalar va kichik masalalar (bandlar)ga bо‘lingan matnli bayoni, muallif foydalangan manbalarga zaruriy qaydlar ham kо‘rsatiladi;

  5. xulosa;

  6. foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati;

  7. jadvallar, diagrammalar, grafiklar, rasmlar, sxemalardan iborat ilovalar.

Ilovalar ular mazmunini kо‘rsatadigan sarlavhalarga muvofiq tarzda izchillik bilan tikib qо‘yiladi.
Referat ilmiy rahbartomonidan referatni baholash bо‘yicha kafedra belgilagan kо‘rsatkichlar va mezonlar asosida baholanadi.



Download 459.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling