Ilmiy jurnal


Gaziyeva Nozima Shoirjon qizi


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/303
Sana17.08.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1667927
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   303
Bog'liq
psixologiya 1 son 2023

 
Gaziyeva Nozima Shoirjon qizi 
Samarqand davlat universiteti Psixologiya
mutaxassisligi 2-bosqich magistranti 
https://buxdu.uz


№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
 
76 
bogʻliq muommolarni hal etishdagi qiyinchiliklar, yolgʻizlanib qolish, hech kimga oʻz sirlarini ayta 
olmaslik oqibatida kelib chiqishi natijasida koʻpchilik suitsid holatlari kuzatilmoqda.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Suitsidni birinchilardan boʻlib 1897-yilda E.Dyurkgeym ilmiy 
tadqiq etgan.XIX asr klinik psixiatriyasida suitsidning sababi koʻproq psixik kasalliklar bilan bogʻlab 
tushuntirilgan boʻlsa, hozir suitsidentlarning ma‘lum foizidagina bunday buzilish va kasalliklar aniqlangan, 
qolganlari psixik sogʻlom odamlar. Hozir koʻproq turli depressiyalar, shaxsiy hayotdagi, kasbiy 
faoliyatdagi va moliyaviy muammolar, auting , diniy fanatizm, turli tazyiqlar, ogʻir somatik xastaliklar
jismoniy – ruhiy zoʻrlanishlar sabab qilib koʻrsatilmoqda. Butun jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 
ma‘lumotlariga koʻra har yili dunyoda 400-500 ming odam oʻz umriga zomin boʻladi. Joniga qasd qilishga 
urunishlar, ya‘ni tugallanmagan suitsidlar soni bundan ham koʻp. Shaxsda oʻz joniga qasd qilish, 
koʻpincha, atrofdagilardan oʻz vaqtida yordam kelmaganda sodir etiladi. Shuningdek, suitsidal urinish sodir 
etish orqali oʻgʻil yoki qiz bola oʻziga e‘tibor qaratishga urinadi. Boshqa yoshdagilarga nisbatan, oʻsmirlar 
boʻlayotgan voqealarni kuchli hissiyot, nafrat va ta‘sirchanlik bilan qabul qiladilar. Oʻsmirlar oʻrtasida, oʻz 
joniga qasd qilayotganlarga taqlid qilishga urinish holatlari boshqa yoshdagilarga nisbatan koʻp uchraydi. 
Suitsidning oʻsishi erkaklarga nisbatan ayollar orasida koʻproq ifodalanmoqda. Ayollar oʻrtasida oʻlim 
bilan tugaydigan suitsidlar soni keskin ortib bormoqda. 
Suitsid – qasddan oʻlimga olib keluvchi shikast yetkazish (oʻz joniga qasd qilish). Bunday psixologik 
holatning paydo boʻlishi, koʻpincha, insonning jazavaga tushish, emotsional tuygʻularning yoʻqolishi, 
irodasizlik kabilarni oʻz ichiga oladi. 
Seyr suitsidal harakat oldidan hissiyotlarni tahlil qilib, o‘smirlarda oʻz joniga qasd qilishning 4 ta 
asosiy sabablarini belgilagan: 
- yakkalanib qolish (hech kim seni tushunmaydi, sen bilan hech kimning ishi yoʻqdek his qilish); 
- ojizlik (hayotingni nazorat qila olmaysan, hammasi senga bogʻliq emasdek his qilish); 
- umidsizlik (kelajakdan hech qanday yaxshilik kutmaslik); 
- oʻzini ahamiyatsizdek his qilish (qadr-qimmati tahqirlangan, oʻziga past baho berish, biror masalani 
hal qilolmasligidan qaygʻurish, oʻzidan uyalish). 
Adabiyotlarda o‘smirlar suitsidining turli sabablari yoritilganini uchratish mumkin: 
1.Shaxsiy hayotdagi mojarolar. 
2.Yolgʻizlik. 
3.Mohirlik bilan ta‘sir etish. 
4.Javobsiz his-tuygʻular. 
5.Nostandart moslashuv. 
6.Etnik an‘analarning buzilishi. 
7. Oʻz joniga qasd qilish irsiyat bilan bogʻliqligi.
Mazkur sabablar chuqurroq psixologik tahlil qilinganda, shaxsning oilada, oʻqish joyida, mehnat 
jamoasida yetarli qadrlanmaganligi; qadrqimmati, hurmat-izzati, gʻururi surunkali kamsitilishi; insonning 
muntazam ravshda tanqid va haqoratga duchor boʻlishi, ruhiy va jismoniy tajovuzga uchrashi, 
psixofiziologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatlardan qiyinchilikni his qilishi, kelajakka ishonchning 
pasayishi, hayotdan zerkish, ruhiy zoʻriqish va tushkunlik ya‘ni surunkali depressiya va stresslar suitsidga 
olib kelishi mumkin. 
Amerikalik tadqiqotchi M.Laynxen suitsidga moyilligi mavjud shaxslarni oʻz joniga qasd qilishdan 
ushlab qoluvchi 6 ta sababni koʻrsatgan: 
1. Muammolarni hal qilish zarurligiga ishonch (―Oʻzimni qanchalik yomon his qilmay, men har 
doim ishonamanki, hali hammasi yoʻqotilmagan‖). 
2. Oila oldidagi mas‘uliyat (―Oilam oldida majburiyatlarim bor‖,Men oilamni judayam yaxshi 
koʻraman va hech qachon ularni tashlab ketmayman). 
3. Bolalarga gʻamxoʻrlik (―Men bolalarga kerakman, ular uchun yashashim shart‖). 
4. Suitsid qoʻrquvi (―Men oʻlimdan va noma‘lumlikdan qoʻrqaman‖, ―Men suitsiddan soʻng oʻlmay 
qolsam, nogiron boʻlib qolishdan qoʻrqaman‖). 
5. Jamiyatdagi insonlarni yuz oʻgirishidan qoʻrquv (―Agar men oʻzimni oʻldirsam, meni boshqalar 
kuchsiz va keraksiz, deb hisoblashlari xavotirga soladi‖). 
6. Ma‘naviy va diniy qarashlar (―Mening diniy qarashlarim suitsidga yoʻl qoʻymaydi‖). 
Eslatib oʻtish joizki, suitsidga qarshi sabablarga ta‘sir oʻtkazgan intensiv salbiy kechinmalar 
suitsidentning harakatlarini susaytiradi. Suitsid faqat suitsident oilasining muammosi emas, balki butun 
jamiyatning, millatning muammosi hisoblanadi. Shuning uchun avvalo ongni oʻstirish, jamoatchilik orasida 
keng tushuntirish ishlarini olib borish zarur. Bunda ota-onalar, pedagoglar, madaniyat xodimlari birgalikda, 
hamjihatlikda harakat qilishlari zarur.
https://buxdu.uz



Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling