Ilmiy jurnal
№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
138 Tadqiqot obyekti va qo„llanilgan metodlar. Destruktiv axborot vositasida ta‘sir ko‗rsatish turli ko‗rinishda ifodalanib, separatistik qarashlar, o‗z jonini qandaydir ―g‗oya‖ uchun qurbon qilish, siyosiy radikalizm, diniy ekstremizm, turli ko‗rinishdagi terrorizm, ichkilikbozlik, kashandalik va giyohvandlikni ―hayot mazmunini ta‘minlovchi‖ va ―tabiiy qiyinchiliklardan xalos qiluvchi yo‗l‖ tarzida targ‗ib etish, noan‘anaviy oilaviy hayot tarzini ommaviylashtirish kabi ko‗rinishlarda namoyon bo‗ladi. Agarda, sub‘ektni (axborot iste‘molchisini) tashqi ta‘sirlarga (qo‗zg‗aluvchilarga) nisbatan reaksiyasini tez yoki sustligini inobatga olsak, ―TikTok‖, ―Instagram‖ va ―Youtube‖ vositasida jamiyatda bir qator ijtimoiy- madaniy, siyosiy-psixologik, maishiy-iqtisodiy kabi muammolar vujudga kelishi mumkin. Shunday vaziyatda harbiy xizmatchilarni mustaqil fikrlashga-axborotni saralashga o‗rgatish, kasbiy qadriyatlarga sodiq qolishga, mustahkam iroda sohibi etib tarbiyalash harbiy ta‘lim-tarbiyaning bosh g‗oyasi bo‗lib qolishi lozim. Bu o‗z navbatida harbiy boshqaruv amaliyotida ham, harbiy ta‘lim-tarbiya tizimida ham axborotning psixologik xavfsizligi masalasiga majmuaviy yondashishni talab etadi. Harbiy faoliyatning tinchlik davridagi, favqulodda vaziyatlar davridagi hamda aksilterror harakatlarda ishtirokini o‗ziga xos jihatlarini inobatga olib, axborotning psixologik xavfsizligini individual va guruhiy darajada samarali ta‘minlash uchun G.Lassuell tomonidan ilgari surilgan Kommunikatsiya modelini R.Samarov tomonidan takomillashtirilgan model variantidan foydalanish mumkin. ―Xabar(axborot)ni kim yetkazmoqda (soha vakilimi? yoki faqatgina bu masala bo‗yicha tashqaridan xabardor vakilmi?) → Xabar(axborot) qaysi kanal vositasida yetkazmoqda (rasmiy tarzdami yoki razvedka kanallari orqalimi?) → Xabar(axborot) kimga yetkazmoqda (alohida shaxsgami? guruhgami? yoki barchagami?) → Xabar(axborot) qaysi ta‘sirchanlik darajasida (qo‗rqitish, yo‗naltirish, boshqarish uchun hayajon bilanmi? Qayg‗uribmi?, g‗azab bilanmi?) → Xabar(axborot) nima maqsadda yetkazmoqda (havas qilish uchunmi? qasd olish maqsadidami? namuna uchunmi?) → Xabarni qabul qilgach, xabar qabul qiluvchining galdagi harakatlar majmuasi qanday tarzda kechadi (axborot iste‘molchisining g‗azabi qo‗zg‗aydimi, nafrati oshadimi, mehri uyg‗onadimi?) → Harakatlar ketma-ketligi nimalarga olib keladi (agarda g‗azabi qo‗zg‗asa qanday holat, mehri oshsa qanday holat vujudga keladi?) → Qanday mazmundagi choralarni ko‗rish lozim‖ (g‗azabni, nafratni xavf sifatida zararsizlantirish uchun nima qilish kerak? Yoki mehrini yanada oshirish uchun, ishonchini shakllantirish uchun qanday yo‗l tutish kerak? Qaysi doira va darajada chora - tadbirlar ko‗rish lozim?) [2]. G.Lassuel-R.Samarovni axborotning psixologik xavfsizligini ta‘minlash modeli harbiy faoliyatni mazmundorligini, harbiy boshqaruvni aniq maqsadga yo‗naltirilganligini ta‘minlash uchun xizmat qiladi. Agarda, mazkur modelni bizning tadqiqotimiz nuqtayi nazaridan izohlaydigan bo‗lsak, harbiy xizmatchilarga xabarni kim yetkazayotganligiga, qaysi kanal vositasida yetkazayotganligiga, kimga yetkazayotganligiga (askar, serjant yoki ofitsergami?), qaysi effekt bilan yetkazayotganligiga (ya‘ni hayajonlanibmi, qayg‗u yoki g‗azab bilanmi?), nima maqsadda? yetkazayotganligiga e‘tibor qaratib, Axborotning psixolgik xavfsizligini ta‘minlashda psixologik himoyadan foydalanish ko‗nikmasini shakllantirish lozim. Manbalarning kontent tahlili shuni ko‗rsatadiki, destruktiv tushunchasiga (konseptiga) doir turli nazariy yondashuvlar mavjud. Ayrim manbalarda destruktiv so‗zi lotincha destructio-yo‗q qilish, biror narsaning normal tuzilishini buzish ma‘nosida ifodalanib, insonning tashqi ta‘sirga tushishi, obyektlarga yoki ichkariga, o‗z-o‗zidan va bu munosabatga mos keladigan xatti-harakatlarga salbiy munosabati [3] sifatida ta‘riflanadi. Destruktiv ta‘sirlanish jarayoni bu bevosita inson psixologik holatining buzilishi, ya‘ni bunyodkorlik faoliyatini, vayronkorlikka aylanishi bilan izohlanadi. Britaniya-ingliz tilida ―Destructive‖ so‗zi yo‗q qilishga olib keladigan yoki olib kelishga moyillik, salbiy, halokatli, zarar, shikast, qurollarining halokati, quvvatning ijodiy yoki halokatli tarzda [4] ishlatish sifatida ko‗rsatib o‗tilgan. Mazkur termin amerika-ingliz tilida vayron qilish, vayronagarchilikni keltirib chiqaradigan yoki ishlab chiqaradigan, yo‗q qilish, shunchaki salbiy, foydali emas, halokatli [4] singari ma‘nolarni ifoda etadi. Har ikkala holatda ham, destruktiv termini bir-biriga nisbatan semantik hisoblanib, negativ oqibatlar olib keluvchi holat va jarayon sifatida bayon etilgan. P.Korolenkoning fikricha, tashqi dunyo obyektlariga qaratilgan destruktiv xatti-harakatlarning maqsadi bor, ularni quyidagi atributlarini ajratib ko‗rsatish mumkin: tirik mavjudotlarni yo‗q qilish (qotillik, bezorilik, qiynoq, kannibalizm); jamoatchilik bilan aloqalarni qasddan buzish (terroristik harakatlar, davlat to‗ntarishlari, inqiloblar); tabiiy muhit obyektlariga yoki jonsiz narsalarga zarar yetkazish tushiniladi [5]. Destruktiv ta‘sir mohiyatan turli obyekt yoki tizimlarni vayron qilishga qaratilganligi bilan ajralib turib, uning oqibatini harbiy tizim namunasida quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin: harbiy xizmatchilarni ijtimoiy mavqeini noaniqlikka keltirishni; https://buxdu.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling