Ilmiy jurnal


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/303
Sana17.08.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1667927
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   303
Bog'liq
psixologiya 1 son 2023

 
 
1-rasm. Yanov-Bulman uslubi bo„yicha “Tayanch e‟tiqodlar” shkalasi ko„rsatkichlari 
Demak, tayanch e‘tiqodlarning shakllanishiga yoshlarning qaysi hududda yashayotganligi ta‘sir 
ko‗rsatar ekan. Insonlarning yaxshiligiga (t=4,251; p>0,001) ishonish tayanch e‘tiqod shkalasi buxorolik
yoshlarda yuqoriligini ko‗rsatdi, ya‘ni Buxorolik yoshlar insonlar har doim yaxshilik qiladi deb ko‗proq 
ishonishar ekan, toshkentlik yoshlar esa bunga shubha bilan qarashlari ma‘lum bo‗ldi. 
Yuqoridagi rasmdan ko‗rinib turibdiki, hayotning odilligi tayanch e‘tiqod shkalasiga ham buxorolik
yoshlar toshkentlik yoshlarga nisbatan ko‗proq ishonishar ekan (t=2,998; p>0,01). Toshkentlik yoshlarda 
https://buxdu.uz


№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
 
20 
bu holatga nisbatan o‗z shubha gumonlari mavjudligi qayd qilindi. Hayotning boshqariluvchanligi 
tayanch e‘tiqod shkalasi bo‗yicha ham buxorolik yoshlarning natijalari yuqori chiqdi (t=7,882; p>0,001).
Tasodiflar tayanch e‘tiqod shkalasiga ham buxorolik yoshlar ko‗p ishonishlari ma‘lum bo‗ldi 
(t=4,888; p>0,001). Demak yuqoridagi dalillar yoshlarni qanchalik kichik hududda yashasa, ularning 
tayanch e‘tiqodlari shunchalik sobit bo‗lishini, aksincha yoshlar qanchalik katta hududda yashasa ularning 
e‘tiqodida sust munosabatlar shakllanishi mumkinligini namoyon qildi. 
Xulosa. Yoshlarda fuqarolik pozitsiyasi va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning siyosiy-
psixologik mexanizmlari mavzusidagi bo‗yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalar 
taqdim etiladi: 
- mafkuraviy tahdidlar, xurujlar, yot buzg‗unchi g‗oyalarning insonlar, ayniqsa, yoshlar ongiga 
salbiy ta‘sirini zararsizlantirish va ularda mafkuraviy immunitet hosil qilish hamda uning barqarorligiga 
erishishda psixologik usullardan foydalanish nazariy-amaliy ahamiyat kasb etishi aniqlandi; 
- yoshlarda mafkuraviy immunitet shakllanishining psixologik omillarini tadqiq qilish muammosini 
maxsus o‗rganishga bag‗ishlangan metodikalar, kontent – tahlillar, anketa savollari, testlar va qo‗shimcha 
usullar majmuasining qo‗llanilishi tadqiqotning amaliy-tatbiqiy vazifalarini kengroq ko‗lamda ochib berish 
imkonini yaratdi; 
- ilmiy adabiyotlar va empirik izlanishlar asosida tadqiqotning keyingi bosqichlariga olib chiqilgan 
mafkuraviy immunitet shakllanishining psixologik omillarning har biri o‗ziga xos dinamika va natijaga ega 
ekanligi hamda bu barqaror mafkuraviy immunitet shakllanishiga xizmat qilishi bilan alohida uslubni 
tashkil etishi qayd etildi. Bu uslub, o‗z navbatida, ijtimoiy psixologiya fanidagi yoshlarda mustahkam 
mafkuraviy immunitet shakllantirishdagi o‗ta muammoli masalada muhim ahamiyat kasb etishi tabiiy. 

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling