Ilmiy jurnal
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- № 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
1-rasm. Yanov-Bulman uslubi bo„yicha “Tayanch e‟tiqodlar” shkalasi ko„rsatkichlari Demak, tayanch e‘tiqodlarning shakllanishiga yoshlarning qaysi hududda yashayotganligi ta‘sir ko‗rsatar ekan. Insonlarning yaxshiligiga (t=4,251; p>0,001) ishonish tayanch e‘tiqod shkalasi buxorolik yoshlarda yuqoriligini ko‗rsatdi, ya‘ni Buxorolik yoshlar insonlar har doim yaxshilik qiladi deb ko‗proq ishonishar ekan, toshkentlik yoshlar esa bunga shubha bilan qarashlari ma‘lum bo‗ldi. Yuqoridagi rasmdan ko‗rinib turibdiki, hayotning odilligi tayanch e‘tiqod shkalasiga ham buxorolik yoshlar toshkentlik yoshlarga nisbatan ko‗proq ishonishar ekan (t=2,998; p>0,01). Toshkentlik yoshlarda https://buxdu.uz № 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL 20 bu holatga nisbatan o‗z shubha gumonlari mavjudligi qayd qilindi. Hayotning boshqariluvchanligi tayanch e‘tiqod shkalasi bo‗yicha ham buxorolik yoshlarning natijalari yuqori chiqdi (t=7,882; p>0,001). Tasodiflar tayanch e‘tiqod shkalasiga ham buxorolik yoshlar ko‗p ishonishlari ma‘lum bo‗ldi (t=4,888; p>0,001). Demak yuqoridagi dalillar yoshlarni qanchalik kichik hududda yashasa, ularning tayanch e‘tiqodlari shunchalik sobit bo‗lishini, aksincha yoshlar qanchalik katta hududda yashasa ularning e‘tiqodida sust munosabatlar shakllanishi mumkinligini namoyon qildi. Xulosa. Yoshlarda fuqarolik pozitsiyasi va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning siyosiy- psixologik mexanizmlari mavzusidagi bo‗yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalar taqdim etiladi: - mafkuraviy tahdidlar, xurujlar, yot buzg‗unchi g‗oyalarning insonlar, ayniqsa, yoshlar ongiga salbiy ta‘sirini zararsizlantirish va ularda mafkuraviy immunitet hosil qilish hamda uning barqarorligiga erishishda psixologik usullardan foydalanish nazariy-amaliy ahamiyat kasb etishi aniqlandi; - yoshlarda mafkuraviy immunitet shakllanishining psixologik omillarini tadqiq qilish muammosini maxsus o‗rganishga bag‗ishlangan metodikalar, kontent – tahlillar, anketa savollari, testlar va qo‗shimcha usullar majmuasining qo‗llanilishi tadqiqotning amaliy-tatbiqiy vazifalarini kengroq ko‗lamda ochib berish imkonini yaratdi; - ilmiy adabiyotlar va empirik izlanishlar asosida tadqiqotning keyingi bosqichlariga olib chiqilgan mafkuraviy immunitet shakllanishining psixologik omillarning har biri o‗ziga xos dinamika va natijaga ega ekanligi hamda bu barqaror mafkuraviy immunitet shakllanishiga xizmat qilishi bilan alohida uslubni tashkil etishi qayd etildi. Bu uslub, o‗z navbatida, ijtimoiy psixologiya fanidagi yoshlarda mustahkam mafkuraviy immunitet shakllantirishdagi o‗ta muammoli masalada muhim ahamiyat kasb etishi tabiiy. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling