Ilmiy jurnal


№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/303
Sana17.08.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1667927
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   303
Bog'liq
psixologiya 1 son 2023

№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
 
18 
Turli davrda yashab, ijod qilgan xorijlik psixolog, faylasuf, tarixchi, mafkuraviy texnologiyalar va 
geosiyosat mutaxassislari K.Girs, Sun Szi, Van Yan Min, F.Kazin, L.Shabanov, A.Morozov, YE.Karseva, 
Z.Bjezinskiy, Y.Aleksandrov, S.Kara-Murza, A.Zinovyev, G.Grachev, S.Zelinskiy, A.Karayani, 
R.Chaldini, R.Xarris, I.Zasurskiy, S.Rastorguyev, R.Abdullatipov, K.Kalandarov, pedagog va psixologlar 
A.Rean, O.Petrich, I.Kolotilova, V.Druzin, M.Goguyeva, YE.Fastova, N.Gilmutdinova, O.Karpova, 
T.Strelkova va boshqalar mafkuraviy kurash, yoshlarga xavf solayotgan mafkuraviy tahdidlar, 
manipulatsiya jarayonlari, ―ommaviy madaniyat‖ning globallashuvi, g‗oyaviy kurashning turli jabhalarini 
tadqiq qildilar va barcha tadqiqotlarning asosida insonda buzg‗unchilik va vayronkorlik g‗oyalari paydo 
bo‗lishi ko‗p jihatdan ularning psixologiyasiga hamda psixologik himoya mexanizmlariga borib taqalishini 
qayd etib o‗tdilar. Psixologik himoya – bu shaxsni salbiy kechinmalardan himoya qilishga yo‗naltirilgan 
anglanmagan psixik jarayondir [3].
Endi shaxslarda psixologik himoya mexanizmlarining shakllanish qonuniyatlari va shu asosda 
yuqorida tug‗ilgan savollarga javob topib boramiz. R.Plutchik psixologik himoya mexanizmiga obyektiv 
vaziyatning inson tomonidan real tarzda idrok etilishi natijasida vujudga keluvchi ziddiyatli, tashvishli 
holatlarni hissiy-emotsional tarzda yumshatish, ruhiy zo‗riqishni pasaytirish sifatida qaraydi. Bu o‗rinda 
ikkita bir-biriga qarama-qarshi fikr maydonga keladi. Psixologik himoya mexanizmi birinchi holatda 
insonning o‗z-o‗zini rivojlantirishiga, o‗z-o‗zini qayta qurishiga monelik ko‗rsatadi, sababki, ―Men-
obrazi‖ni xavfdan saqlash uchun inson xotirjamlikka beriladi, tashqi shart-sharoitga, vaziyatga 
moslashishga undaydi; ikkinchi holatda esa inson ichki ruhiy va tashqi to‗siqlarni, ziddiyatlarni yengishga, 
uni bartaraf etishga chog‗lanadi. Bu o‗rinda ―Men obrazi‖ni rivojlantirish maqsadida kuchli emotsional 
zo‗riqish holatini boshdan kechirishga rozi bo‗ladi, u o‗z ustida ishlaydi, muammoning yechimini izlaydi 
[4]. 
Metodika. Mafkuraviy immunitet shakllanishining asosiy omillaridan biri shaxsning ongi va ongosti 
tuzilmalari ekanligini nazardan qochirmagan holda, biz tadqiqotimizda aynan shaxsning psixologik himoya 
tiplarini o‗rganishga qaror qildik. Ilmiy adabiyotlarda shaxsning psixologik himoya tiplarini aniqlashga 
qaratilgan juda ko‗p usullar, testlar qayd etilgan. Biz shular ichidan barchaga ma‘lum va mashhur 
psixologlar Kellerman-Plutchikning ―Psixologik himoya mexanizmlarini diagnostika qilish so‗rovnomasi‖ 
imkoniyatlaridan foydalanishni lozim topdik [6]. 
Mazkur metod shaxsda ustunlik qiladigan psixologik himoya mexanizmlarini o‗rganadi. Bizningcha, 
psixologik himoya mexanizmlaridan ayrimlarining shaxsda barqaror shakllanganligi ulardagi mafkuraviy 
immunitet shakllanishiga zamin hozirlashi mumkin. Endi tadqiqotimiz mobaynida Kellerman-Plutchikning 
―Psixologik himoya mexanizmlarini diagnostika qilish so‗rovnomasi‖ orqali olingan statistik natijalar 
tahlilariga o‗tamiz. Biz ushbu metodikani hududlar kesimida tahlil qildik. 

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling