Ilmiy kengash toshkent davlat pedagogika universiteti xamrayeva aziza farxadovna
-rasm. Talaba kasbiy kompetentligini rivojlanishining didaktik asoslari
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
0e458277-3a36-4b6b-8fa8-036426d7716c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birgalikda boshqaruv/refleksiv boshqaruv
2-rasm. Talaba kasbiy kompetentligini rivojlanishining didaktik asoslari
Kasbga tayyorlash jarayonining asosiy ko‘rsatkichi uning kasbiy kompetentligini rivojlanganlik darajasi ekanligini aniqladik. Talabaning kasbiy kompetentligini rivojlantirish monitoringini dastlabki bosqichlar uning mazmunini modellashtirishdir. Talaba shaxsining sub’ektlik xususiyatlari va uning tahsil oluvchilar bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini ifodalovchi kasbiy-pedagogik malakalarining zarur doirasini aniqlash monitoring tizimini ishlab chiqish uchun yetarli asos hisoblanadi. Pedagogik monitoring metodlari majmuasidan foydalanish kasbiy kompetentlikning psixologik-pedagogik xususiyatlarini aniqlash, bu hodisani tuzilmaviy va funksional tashkil qilishni belgilash hamda mutaxassisning shakllanishini samarali boshqarish texnologiyalarini aniqlash imkonini beradi (1- jadvlaga qarang): 1-jadval. JARAYON KIRISH CHIQISH Boshqaruv Boshqaruvning strategik darajasi, moslashuvni ta’minlash O‘zini boshqaruv Boshqaruvning operativ darajasi, individualizatsiyani ta’minlash Talaba kasbiy kompetentligini rivojlanishining didaktik asoslari Birgalikda boshqaruv/refleksiv boshqaruv Boshqaruvning taktik darajasi, integratsiyani ta’minlash 16 Refleksiv monitoringning genezisining manbai va konseptual g‘oyalari Monitoring Talaba kasbiy kompetentligini rivojlantirishning refleksiv monitoringi Boshqaruv Pedagogik monitoring An’anaviy boshqaruv Kasbiy monitoring Motivatsion dasturiy-maqsadli boshqaruv Kvalimetriya Refleksiv boshqaruv Inson kvalimetriyasi Mehnat psixologiyasi Rivojlanish psixologiyasi Birgalikda boshqaruv Ta’lim (sifatini) kvalimetriyasi professiografiya O‘zini rivojlantirish psixologiyasi O‘zini (mustaqil) boshqaruv O‘zini mustaqil boshqarish va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish mexanizmi sifatida refleksiv monitoringning genezisi manbalari pedagogika kasbining tabiatining o‘zida va inson taraqqiyotining mohiyatidadir. Insonning mohiyat kuchlarini inson shaxsida o‘zlashtirish va insonning qobiliyat xususiyatlarining ularga ko‘chishi, eksteriorizatsiya va interiorizatsiya g‘oyasi tashqi va ichki nisbat: kasbiy nuqtai nazardan kasbning obrazi va faoliyat uslubi nisbati, shaxsiy jihatdan dunyo obrazi va hayot tarzining nisbati muammosiga aylanadi. Talaba kasbiy kompetentligini rivojlantirishni boshqarishda refleksiv monitoringning konseptual g‘oyalari quyidagilardan iborat: kasbiy kompetentlikning nazariy modeli kasbga tayyorlashni boshqarishning konseptual asosi, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun manba va uning kvalimetrik (sifat) etaloni bo‘lib xizmat qiladi; pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik kasbiy ta’limni boshqarishning texnologik asosi deb qaraladi, kasb sub’ektlarining jamoaviy faoliyati darajasida o‘quv kurslarining mazmunini qurishning sharti bo‘lib xizmat qiladi; didaktik asoslarning amalga oshirilishini monitoring qilish kasbiy kompetentligini rivojlantirishni boshqarish vositasi hisoblanadi; talaba shaxsi va faoliyati darajasida refleksiv monitoring qilish kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning rejalashtiriladigan natijalarini ta’minlashning operativ asosi vazifasini bajaradi (2-jadvalga qarang). Talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish boshqaruv jarayonida refleksiv monitoring samaradorligi: a) talaba kasbiy kompetentlik modelini – kasbiy rivojlanishini o‘zlashtirishning kvalimetrik etaloni ko‘rinishida rasmiylashtirilgan o‘zagini harakatlanish; b) boshqaruvning barcha darajalari, bosqichlari va funksiyalarida monitoring qilishni amalga oshirish; v) mutaxassis shaxsiy va kasbiy rivojlanish jarayonlari bilan izchillik. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling