Ilmiy kengash toshkent davlat pedagogika universiteti xamrayeva aziza farxadovna


Tadqiqot natijalarining aprobasiyasi


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/40
Sana14.10.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1701652
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Bog'liq
0e458277-3a36-4b6b-8fa8-036426d7716c

Tadqiqot natijalarining aprobasiyasi. Tadqiqot natijalari 2 ta xalqaro va 3 ta 
respublika ilmiy-amaliy anjumanida muhokamadan o‘tkazilgan.


10 
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha jami 12 
ilmiy-uslubiy 
ish, 
jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya 
komissiyasining doktorlik (PhD) dissertasiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish 
tavsiya qilingan ilmiy nashrlarda 5 ta maqola, jumladan, 4 ta respublika va 3 ta 
xorijiy jurnallarda maqola tarzida nashr ettirilgan.
Dissertasiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertasiya kirish, 3 bob, xulosa, 
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, asosiy matn 137 betni tashkil 
etadi. 
 
 
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI 
Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan
muammoning o‘rganilganlik darajasi tahlil etilgan, tadqiqot ishining maqsadi va 
vazifalari, ob’ekti va predmetlari aniqlangan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy 
natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ishonchliligi asoslangan, nazariy va 
amaliy ahamiyati ochib berilgan, amalda joriy etilishi holati, ishning aprobatsiya 
natijalari, e’lon qilingan ishlar va dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi bo‘yicha 
ma’lumotlar keltirilgan. 
Dissertatsiyaning 
“Oliy 
ta’lim 
tashkilotlari 
talabalarida 
kasbiy 
kompetensiyalarni rivojlantirishning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi 
bobida 
oliy 
pedagogik 
ta’lim jarayoni talabalarida kasbiy tayyorlash 
konsepsiyalarining tadriji, talabalarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning 
konseptual asoslari hamda tuzilmaviy-funksional modeli yoritilgan. 
Pedagogik ta’limning ahamiyati yosh avlodni o‘qitish, tarbiyalash va 
rivojlantirishga jamiyatning strategik va asosiy qadriyati sifatida qarash bilan bog‘liq 
bo‘lib, bu soha mutaxassislariga yuqori talablarni qo‘yishning sababi hisoblanadi. 
Ta’limda pedagog kasbining akmeologik jihatiga urg‘u beradi: rivojlantiruvchi va 
tarbiya berish maqsadlarining ustuvorligi, “bolalik” kategoriyasining o‘ziga xos 
(alohida, maxsus) ma’no, ahamiyati, mehnat ob’ekti va predmetining o‘ziga xosligi 
pedagog shaxsiyati, faoliyati va uning kasbiy kompetentligini rivojlantirish 
jarayoniga ma’lum ta’sir ko‘rsatadi. 
OTMlarda o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha 2 ta konsepsiya ilgari surildi. 
Birinchisi pedagogika kafedralari yoki pedagogika fakultetlarida kasbga tayyorlashni 
tashkil etishni nazarda tutgan. Pedagogika fakulteti modellaridan birini professorlar 
guruhi ishlab chiqishgan (B.I.Dyakonov, A.N.Reformatskiy, V.A.Vaner, 
G.I.Rossolimo va bosh.). Pedagogikaga nazariy o‘qitishni ilmiy-tadqiqot ishlarini 
tashkil etish bilan birlashtirish nazarda tutilgan. Pedagogik amaliyotni o‘tkazish 
uchun fakultet qoshida “yordamchi” o‘quv yurtlari tashkil qilingan. Ikkinchi 
konsepsiyada OTMdan keyingi ta’limni tashkil qilish nazarda tutilgan va yaqqol 
ilmiy-tadqiqotga yo‘naltirilgan bo‘lgan. Masalan, K.P.Yanovskiyning loyihasiga
 
ko‘ra, tanlov va ikkita qo‘shimcha fan bo‘yicha pedagog tayyorlash (2 yil) 
nazarda tutilgan. 1-bosqichda pedagogika nazariyasi o‘rganilib, 2-bosqichda 
maktabda amaliyot tashkil etilgan. 
Pedagogik amaliyot umuman maktab ehtiyojlari uzoq davr mobaynida 


11 
an’anaviy uslub mutaxassislariga (bir fan o‘qituvchisi) bo‘lgan ehtiyoj bilan ham 
bog‘langan edi. Ushbu uslubda pedagoglarni tayyorlash maqsadlari ierarxiyasida fan 
bo‘yicha kompetensiya pirovard maqsad hisoblanadi. 
Pedagogik ta’limning zamonaviy innovatsion yo‘nalishlari orasida 1) o‘z 
innovatsiyalar nazariyasini ishlab chiqishni; 2) shaxsga-yo‘naltirilgan ta’limni; 3) 
pedagogni kasbga tayyorlashda shaxsga yo‘naltirilgan-faoliyatga asoslangan 
paradigmani; 4) ta’limning tashkiliy-strukturaviy modelini, ko‘p-pog‘onali ta’lim 
tizimini yaratishni ishlab chiqishni ajratib ko‘rsatish mumkin. 
1) 
So‘nggi o‘n yilliklar davomida K.Angelovski, M.V.Klarin, V.Ya.Lyaudis, 
M.M.Potashnik, T.I.Shamova, O.T.Xomeriki, N.R.Yusufbekova, V.I.Juravlev, 
V.I.Zagvyazinskiy kabi olimlarning ishlarida birinchi konsepsiya – pedagogik 
innovatsiya konsepsiyasi faol ishlab chiqilmoqda. 
2) 
Shaxsga-yo‘naltirilgan ta’limning ikkinchi konsepsiyasi madaniy-tarixiy va 
faoliyatga asoslangan yondashuvlarga tayanadi (JI.C.Vigotskiy, A.A.Leontev, 
D.B.Elkonin. E.V.Ilenkov, V.V.Davidov, G.P.Shchedroviskiy, A.G.Asmolov) va 
bugungi kunga kelib uning umummetodologik jihatdan ishlab chiquvchi olimlari: 
V.V.Serikov, V.G.Sukerman, V.P.Zinchenko, JI.H.Kulikova hisoblanadi; tashkiliy-
boshqaruv darajasida ushbu muammo bilan M.N.Kostikova, V.A.Bolotovlar 
shug‘ullanishadi. 
3) 
Uchinchi konsepsiya pedagogni kasbiy tayyorlashga shaxsga yo‘naltirilgan-
faoliyatga asoslangan yondashuvga asoslangan. Bu yondashuv L.S.Vigotskiy, 
S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev, I.A.Zimnyaya tomonidan ishlab chiqiladi. 
4) 
Pedagogik ta’limni diversifikatsiya qilishning to‘rtinchi konsepsiyasi 
tarkibida pedagogik ta’limni amalga oshirish uchun tashkiliy-tuzilmaviy modellari 
mavjud: mono-darajali (bir darajali), ko‘p pog‘onali va ko‘p darajali (A.I.Panarin, 
B.C.Yampolskiy, A.P.Tryapitsina, T.I.Talnikova, M.N.Kostikova). Bu modellarning 
har biri o‘ziga xos kelib chiqishi va muayyan ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy vaziyat 
bilan bog‘liq bo‘lgan nisbatan mustaqil tizim sifatida qaralgan. 
Ijtimoiy voqeliklar va ularni ta’limda aks ettiruvchi an’analar o‘z sohasida 
kompetentli bo‘lgan, kasbiy-pedagogik madaniyatni egallagan mutaxassislarga 
yo‘naltirilganlik bilan ifodalanadi. Ta’lim jarayonining zamonaviy sharoitlarida 
kasbiy rivojlanish uchun: individual yo‘lni optimal tanlash va tinimsiz kasbiy o‘sish 
bo‘yicha ta’lim tizimining variativligi va moslashuvchanligi bilan yangi istiqbollarga 
ega. Kasbiy rivojlanish mantig‘ini qurish ta’lim jarayoni va pedagog shaxsining 
shakllanishining qonuniniyatlaridan kelib chiqishi lozim. 
Pedagogning kasbiy shakllanish jarayonini tavsiflovchi tushunchalar ta’riflariga 
yondashuvlar borasida tadqiqotchilar nuqtai nazarlarining qiyosiy jadvaliga murojaat 
qilamiz. Tadqiqot ob’ekti tanlab olingan mezonlar bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash 
orqali amalga oshirilganda morfologik tahlil usulidan foydalanamiz, chunki bu bilan 
ma’lumotlarni taqdim etishning to‘liqligi, uni tizimli va ixcham taqdim etishga 
erishiladi, shuningdek, yechimning optimal variantini tanlash imkoniyati mavjud 
bo‘ladi. 
Kasbiy kompetentlikning mazmunini aniqlashga bir necha yondashuvlar 
mavjud. Ularning xilma-xilligi o‘rganilayotgan soha murakkabligi, ko‘p ma’noliligi 
va gipotetik xususiyatini ko‘rsatadi: 


12 
gumanistik yondashuv jihatdan: pedagog shaxsining shakllanishi va 
rivojlanishining dunyoqarash va axloqiy asoslarini o‘rganish, birgalikdagi 
harakatlarni tashkil etish va rivojlantirish, pedagogik hamkorlik, hammualliflik, 
birgalikda fikrlash va birgalikda tashkil etish (O.S.Anisimov, A.A.Derkach, 
Ye.V.Ilina, N.V.Petrova, G.N.Prozumentova, V.V.Rubsov); 
antropologik yondashuv insonni o‘rganishga pedagogik faoliyatning asosi 
sifatida ta’rif berishga qaratilgan bo‘lib, insonning mehnatda mohiyat kuchlarini 
aniqlash, sub’ektlikni shakllantirish, insonning ichki dunyosini ta’lim va 
madaniyatda aniqlash muammolarini ko‘rib chiqadi (L.M.Luzina, V.A.Slastenin, 
K.D.Ushinskiy); 
ijodiy yondashuv pedagogik mehnatni, pedagogning kasbiy ta’lim olishi, uning 
insonning innovatsion, ijodiy salohiyati, mutaxassisning pedagogik ijodkorligi nuqtai 
nazaridan (E.N.Gusinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.D.Nikandrov, L.S.Podimova) o‘zini 
rivojlantirish
o‘zini tashkil etish, o‘zini tartibga solishga tayyorligini 
(A.Yu.Kodjaspirov, A.I.Miщenko, V.A.Slastenin) inson shaxsida o‘zlashtiradi; 
shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv pedagog shaxsining o‘z imkoniyat, 
qobiliyatlari, salohiyatlarini amalga oshirish, o‘zini rivojlanishini ta’minlaydigan 
shart-sharoitlarga urg‘u beradi (E.V.Bondarevskaya, M.V.Klarin, V.V.Serikov); 
pedagogning sub’ektligini o‘rganishda, kasbiy shakllanishning faoliyat 
xususiyatini tushunishda shaxsga yo‘naltirilgan-faoliyatga asoslangan yondashuv 
mutaxassisning shaxsiyati va faoliyatida muhim davrlar/bosqichlar va mazmunli 
o‘zgarishlarni belgilaydi (I.A.Zimnyaya, C.L.Rubinshteyn, S.D.Smirnov); 
madaniyat va pedagogik mehnat qadriyatlarini o‘rganishda aksiologik 
yondashuv ta’limni rivojlantirish, o‘zini rivojlantirish va sub’ektlarning birga 
rivojlanishi, pedagogning kasbiy va gumanitar madaniyatining asosiy qadriyatlarini 
ajratib ko‘rsatadi (I.F.Isaev, V.A.Slastenin, N.I.Filippenko); 


13 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling