Ilmiy kengash toshkent davlat pedagogika universiteti xamrayeva aziza farxadovna
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
0e458277-3a36-4b6b-8fa8-036426d7716c
natijalari” deb nomlangan bobida pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish,
o‘tkazish hamda natijalari bayon qilingan. Pedagogik tajriba-sinov ishlari ishlab chiqilgan refleksiv monitoring asosida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish tajriba- sinov dasturi asosida auditoriya mashg‘ulotlari hamda mustaqil ta’limga tatbiq qilindi. Pedagogik tajriba-sinov ishlari TDPU, JizDPI, Qo‘qon DPIlarida 2020-2021 o‘quv yilida tashxis va bashorat qilish, tashkiliy-tayyorgarlik, amaliy hamda umumlashtiruvchi bosqichlarda tashkil etildi va amalga oshirildi. Pedagogik tajriba- sinovning maqsadi – refleksiv monitoring asosida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat bo‘lib, 3 bosqichda amalga oshirildi: tasdiqlovchi (2018-2019 y.); aniqlovchi (2019-2020 y.); sinov (2020-2021 o‘quv yili). Tasdiqlovchi tajribaning maqsadi – refleksiv monitoring asosida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdir. Aniqlovchi tajriba maqsadi – tadqiqotga umumiy tayyorgarlikni uyushtirish, refleksiv monitoring asosida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning shakl va metodlarini o‘rganish, metodik ishlarni olib borish, auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim uchun topshiriqlarni ishlab chiqishdir. Pedagogik tajriba-sinov maqsadi – tadqiqot o‘tkazish, olingan natijalar asosida refleksiv monitoring asosida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish yuzasidan ishonchli ma’lumotlarni yig‘ishdan iborat. Tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va baholash yuzasidan me’yoriy-hujjatlar asosida amalga oshirildi. Pedagogik tajriba-sinovning tashkiliy-tayyorgarlik bosqichida tajriba-sinov maydonchalari va ishtirokchilari, pedagogik jarayon tavsifi belgilandi, metodik hamda tashkiliy ta’minoti ishlab chiqildi. Pedagogik tajriba-sinovda eksperimental tanlanma miqdori 3.2-jadvalda talabalardan iborat etib belgilandi. Tajriba-sinov natijalari dastlabki anketa-so‘rovnoma, dastlabki va yakuniy testlar olinib, qayd etib borildi. Dastlab tajriba-sinovda Toshkent davlat pedagogika universitetidan 397 nafar, Jizzax davlat pedagogika institutidan 400 nafar va Qo‘qon davlat pedagogika institutidan 406 nafar, jami 1203 nafar talabalar ishtirok etgan (3-jadvalga qarang): 3-jadval. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling