Ilmiy kengash toshkent davlat pedagogika universiteti xamrayeva aziza farxadovna
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
0e458277-3a36-4b6b-8fa8-036426d7716c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uning
3-rasm. Kasbiy kompetentlik rivojlanishini refleksiv monitoring qilish Refleksiv monitoringda ulkan rivojlantiruvchi salohiyat mavjud. Bu texnologiyada monitoring qilish va baholash, tashxis va ekspertiza vazifalar mavjud. Bu tartiblarni optimallashtirish, birinchi navbatda, talabaning qo‘yilgan maqsadlarga tegishli bo‘lgan ta’lim sifati va kasbiy tayyorlanishini ta’minlovchi metodlar, vositalar va shakllar, ya’ni texnologiyalarning turli tumanligi bilan bog‘liqdir. Kasbga tayyorlash ta’lim sifatini nazorat qilish vazifalarini bajarish bilan, refleksiv monitoring sub’ektning ham kasbiy va ham shaxsiy ilgari borishi optimallashtiradi. Bu yerda kasbning rivojlanishi va talabaning kasb vositalari yordamida mustaqil rivojlantirish effekti sodir bo‘ladi. Bu yerda kasbiy kompetentlikni o‘zlashtirish etalonini talab qilish, ta’lim jarayonini nazorat qilish, tartibga solishning moslashuvchan, variativ shakllarini va refleksiv monitoring qilishning tartiblarining optimal birga kelishi bilan bog‘liq. Refleksiv monitoring qilishning texnologiya sifatidagi ahamiyati zamonaviy pedagogik fanning rivojlanish an’analari, ta’limning qadriyatlari va pedagogik kasbning ijodiy tabiatidan kelib chiqadi. Monitoring faoliyatini refleksiv shaklda qurish mantig‘i shaxs rivojlanishi tabiati va ko‘p darajali uzluksiz ta’limning o‘ziga xos xususiyatlariga mos keladi, chunki bunda shaxsiy rivojlanish mexanizmlari Kasbiy ta’lim sifatini boshqarish strategik operativ taktik Kasbiy kompetentlikni rivojlantirishni boshqarish Me’yor-namunani olish (adaptatsiya) Me’yor-namunani o‘zlashtirishni tashkil etish (integratsiya) Me’yor-namunani o‘zlashtirishni baholash va isloh qilish (individualizatsiya) Kasbiy kompetentlikni rivojlantirishni refleksiv monitoring qilish kirish jarayon chiqish Tajribani aktuallashtirish (o‘zini baholash) Me’yor-namunani ijodiy o‘zlashtirish (o‘zaro baholash) Me’yor-namunani individual olish/berish (o‘zaro baholash) Kasbiy kompetentlikni rivojlantirishni mustaqil boshqarish Nazariy, texnologik tayyorgarlik, “qila olaman”, “qilyapman” Psixologik tayyorlik, motivatsion-qadriyat, emotsional-baholash munosabat “xohlayman” Natija olishga tayyorgarlik, “olyapman” 19 tobora ko‘proq talab qilinadi. Dastlab monitoring ta’lim va kasbiy rivojlanish talablari, mantig‘ini hisobga oshil tamoyillarida shakllantiriladi. Pedagogik monitoring boshqaruvning an’anaviy paradigmasida boshqaruv vositasi bo‘lib xizmat qiladi, refleksiv monitoring refleksiv boshqaruvning o‘ziga xosligini aks ettiradi. Dastavval o‘z faoliyatining sub’ekti bo‘lishning shaxsiy ehtiyojlariga, ya’ni ta’sir o‘tkazishning to‘la funksional davri bo‘yicha mustaqil boshqarishni (tahlil, rejalashtirish, tashkil qilish, nazorat, tartibga solishni) amalga oshirishga qaratilgan. Ushbu davrni refleksiv monitoring doirasida axborot resursi bilan ta’minlash ushbu tadqiqotning markaziy vazifasi hisoblanadi. Refleksiv monitoringni shaxsning o‘z rivojlanishi bo‘yicha ichki ishi deb qarash mumkin; ushbu qoida talabaning shaxs va yuqori malakali mutaxassis sifatida shakllanishining immanent, implitsit tabiatini qayd etadi. Dissertatsiyaning “Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uning Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling