Ilmiy kengash toshkent davlat pedagogika universiteti xamrayeva aziza farxadovna


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/40
Sana14.10.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1701652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
0e458277-3a36-4b6b-8fa8-036426d7716c

Dissertasiya 
tadqiqotining 
dissertasiya 
bajarilgan 
oliy 
ta’lim 
muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertasiya 
tadqiqoti Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 
«Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun fanlardan multimediali dars ishlanmalari 
majmuasini yaratish» amaliy loyihasi (2015-2017 yy.) doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi refleksiv monitoring asosida oliy ta’lim tashkilotlari 
talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab 
chiqishdan iborat
.
Tadqiqotning vazifalari: 
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarida kasbiy kompetensiyalarning komponentlari 
refleksiv monitoring asosida rivojlantirish; 
refleksiv monitoring asosida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy 
o‘tkazish va natijalarini tahlil qilish. 
Tadqiqotning ob’ekti sifatida refleksiv monitoring asosida oliy ta’lim 
tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni 
belgilanib, unda Toshkent pedagogika davlat universiteti, Qo‘qon davlat pedagogika 



instituti, Jizzax davlat pedagogika institutilaridan 1203 nafar talabalar ishtirok etgan. 
Tadqiqotning predmetini refleksiv monitoring asosida oliy ta’lim tashkilotlari 
talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni, shakl, metod va 
vositalari tashkil etadi. 
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda adekvat holatda o‘rganishni ta’minlashga 
qaratilgan metodlar majmui qo‘llanildi: nazariy (tahliliy sintetik, qiyosiy-taqqoslash, 
analogiya), diagnostik (so‘rovlar, test o‘tkazish, kuzatish, loyihalashtirilgan 
metodikalar), prognostik (ekspert baholash, mustaqil baholarni umumlashtirish), 
pedagogik eksperiment va matematik metodlar (ma’lumotlarni statistik qayta ishlash, 
natijalarni grafik tasvirlash va boshq.). 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling