Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor
yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot ishi respublika fan va texnologiyalarni
rivojlantirishning I. «Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy,
huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar
tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari» ustuvor yo‘nalishi doirasida
bajarilgan.
Muammoning
o‘rganilganlik
darajasi.
Respublikamizda
bo‘lajak
o‘qituvchilar kompetentligini rivojlantirish A.Abduqodirov, U.Begimqulov,
N.I.Tayloqovlarning,
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash
jarayonlarini
takomillashtirish
masalalari
R.G.Isyanov,
N.A.Muslimov,
O‘.Q.Tolipovlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida o‘rganilgan. Refleksiv ko‘nikmalarni
shakllantirish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha D.M.Xakimova, J.M.Otajonovlar
ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarida refleksiv monitoring asosida
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning
nazariy-metodik asoslari V.I.Andreev, O.S.Anisimov, A.S.Belkin, T.A.Bondarenko,
Ye.P.Varlamova,
B.Z.Vulfov,
N.B.Gusareva,
T.M.Davыdenko,
A.N.Daxin,
G.G.Ermakova,
V.D.Javoronkov,
G.P.Zvenigorodskaya,
N.Ladnushkina,
A.N.Mayorov, D.Sh.Matros, N.N.Melnikova, D.M.Polev, S.Yu.Stepanov, S.N.Silina,
S.N.Silina, V.N.Xarkinlarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan.
Xorijiy davlatlarda Gallagher James J., Hatton N., Smith D., Milton Keynes,
Kenneth R. Chuska, Kirk Samual A., Patterson Cecil Holden, G.R.Harvard,
P.Hodkinson va boshqa tadqiqotchilarning ishlarida refleksiv monitoring asosida oliy
ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish
masalalariga oid tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |