Ilmiy kengash toshkent davlat pedagogika universiteti xamrayeva aziza farxadovna


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/40
Sana14.10.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1701652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
0e458277-3a36-4b6b-8fa8-036426d7716c

 
Z.I.Mamarajabova 
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi
ped.f.d., prof 
 
R.G.Isyanov 
Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash ilmiy 
kotibi, ped p.f.n., dotsent 
 
S.S.Bulatov 
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi 
ilmiy seminar raisi, ped.f.d., prof 



KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Jahonda ta’lim XXI asrning barqaror 
taraqqiyotini ta’minlovchi asosiy omil sifatida e’tirof etilib, talabalarning ekologik-
valeologik madaniyatini ta’lim jarayoniga tadbiq etilmoqda. Zamonaviy sharoitlarda 
mutaxassislarni kasbiy tayyorlash sohasida jiddiy o‘zgarishlar yuz bermoqda: ta’limda 
insonparvar xarakterdagi paradigmal o‘zgarishlar, innovatsiyalar va o‘qitish 
modellarining boshqalariga o‘zgarishi ob’ektiv tarzda OTMlarida talabalarni kasbiy 
tayyorlashga yangicha yondashuvlarni talab qiladi. Ustuvor yo‘nalish kasbga 
tayyorlashni, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish, shaxsiy, kasbiy va ta’lim yo‘lining 
vorisiyligini ta’minlash mexanizmlarini monitoring asosida har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash vositalari bilan ishlab chiqish bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. 
Jahonda samarali refleksiv monitoring asosida oliy ta’lim tashkilotlari 
talabalariningi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib 
borilmoqda.Avstraliyaning Learning polic institutida va UNESKO: International
Institute for Educational Planning xorijiy ta’lim muassasalarida bu ilmiy tadqiqotlarga 
aloxida e’tibor berilmoqda.Ta’lim tizimini modernizatsiyalash bosqichlarida 
mutaxassisning kasbiy kompetentligiga qo‘yiladigan talablarning ortishiga sabab 
bo‘ladigan talaba shaxsining psixofizik rivojlanishiga qaratilishi lozim. Ijtimoiy 
voqeliklar va ularni ta’limda aks ettiruvchi an’analar o‘z sohasi bo‘yicha kompetent va 
kasbiy-pedagogik madaniyatni egallagan. Talabaning kasbiy kompetentligini 
rivojlantirishni monitoring qilish uning o‘zini boshqarish va refleksiv boshqarish 
darajasidagi mexanizmlaridan biridir. 
Respublikamizda so’nggi yillarda oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy 
kompetensiyalarini rivojlantirishning me’yoriy asoslari yaratilmoqda. “Pedagogik 
kasbga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarni aniqlash hamda ularni maqsadli tayyorlab va 
tarbiyalab borishning uzluksiz tizimini joriy qilish”
1
kabi ustuvor vazifalari etib 
belgilandi. Natijada oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetensiyalarini 
refleksiv monitoring asosida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kengaytirildi. 
O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat 
siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 
fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi, 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son 
«O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» gi, 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son 
«O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonlari, 2017 yil 20 apreldagi PQ 2909-son 
“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi , 2018 yil 5 
iyundagi PQ-3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning 
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini 
ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori hamda boshqa 
1
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2017 yil 7 fevral // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
to‘plami. – T., 2017. – 6-son. – 70-modda.



me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur 
tadqiqot ishi ma’lum darajada xizmat qiladi. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling