81
talablarini, shuningdek, ular asosida ta’limning barcha turlari bo‘yicha o‘quv rejalari
va dasturlarini ularni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun ekspertizadan o‘tkazish,
kadrlar tayyorlash sifati monitoringi tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish
kabi vazifalarni O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifa-
tini nazorat qilish davlat inspektsiyasi amalga oshiradi.
Ta’lim sifatini boshqarishning quyi darajasi OTMda joriy etiladigan sifat tizimini
o‘z ichiga oladi va 3-rasmda taqdim etilgan modelga ko‘ra ENqA standartlariga ham-
da xalqaro ISO 9001:2001 sifat menejmenti tizimi jarayonli modeli talablariga mos
keladi. Bunga ko‘ra:
1. OTMning sifatni boshqarishga doir strategiyasi, siyosati va maqsadlarini
shakl lantirish – ta’lim sifati maqsadlarini ishlab chiqish, ularni ijtimoiy-pedagogik ji-
hatdan asoslash, normallashtirish, dolzarbligini asoslash, ta’lim standartlari va das-
turlarini takomillashtirish, yangilash (ENqA Standartlari 1.2. Dastur va malaka talab-
larini (kvalifikatsiyalarni) davriy monitoring qilish va tasdiqlash).
2. Jarayonlar va protseduralarni doimiy takomillashtirishga qaratilgan OTMning
faoliyatini rejalashtirish, qo‘llab-quvvatlash (ENqA Standartlari 1.1 Sifatni baholash
tadbirlari va siyosati).
3. Talabalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun zarur va yetarli professor-o‘qituvchi
va boshqa resurslarni boshqarish
– oliy ta’lim muassasasining faoliyat jarayonlari
siklini har tomonlama ta’minlash: moliyaviy, moddiy, inson va axborot resurslari bilan
ta’minlanishi (ENqA Standartlari 1.4 Professor-o‘qituvchilar tarkibi sifatining kafolat-
langanligi 1.5, Ta’lim resurslari va talabalarni qo‘llab-quvvatlash, 1.6 Axborot-kom-
munikatsion tizimlar).
4. Jarayonlar va protseduralarni boshqarish
– OTMning
asosiy (o‘quv, ilmiy,
Do'stlaringiz bilan baham: