Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4.   www.xtjurnali.zn.uz
sida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar natijasida huquqiy-me’yoriy, ilmiy-me-
todik va moddiy-texnik ta’minot mustahkamlandi, barcha mutaxassisliklarning Davlat 
ta’lim standartlari ishlab chiqildi, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot 
texnologiyalari tatbiq qilindi. Shular bilan bir qatorda, bo‘lajak mutaxassislar faoliyatini 
kompetentli yondashuv asosida yanada jadallashtirish zarurati ko‘zga tashlanmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi-
da “ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy 
ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish”
2
 vazifasi bel-
gilanib, bu borada bugungi kunda bo‘lajak mutaxasislarni kompetentli tayyorlashning 
didaktik ta’minotini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jahon va mamlakatimiz amaliyotining kompetentlik yondashuv asosida mutaxas-
sislarni  tayyorlash  bo‘yicha  zamonaviy  muammolarining  tahlili  shuni  ko‘rsatmoqdaki, 
fan va ishlab chiqarishning zamon talablariga javob beruvchi yangi ta’lim konsepsiya-
si oliy ta’lim tizimi talabalarida shaxsiy-kasbiy, ijodiy imkoniyat va integrativ tafakkurni 
shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Mavjud “bilimli” konsepsiyaga asoslangan 
an’anaviy didaktik ta’minot esa bu jihatlarni oliy ta’lim tizimi talabalarida rivojlantirishga 
psixologik-pedagogik sharoitlarni yaratish uchun yetarli hisoblanmaydi. Chunki “bilimli” 
ta’lim paradigmasiga asoslangan mutaxassislarni tayyorlashda qo‘llanilayotgan an’ana-
viy didaktik ta’minotni kompetentlik yo‘nalishida modernizatsiyalashning quyidagi ijtimo-
iy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va psixologik-pedagogik sabablari aniqlandi: 
a) mehnat bozorida nafaqat yaxshi kasbiy bilimga ega bo‘lgan, balki ushbu bilim-
larni murakkab kasbiy va ijtimoiy masalalarni yechishda qo‘llay oladigan mutaxassislar 
zaruriyati; 
b) iqtisodni innovatsionligi, ilm-fan va texnologiyalarni yuqori sur’atlarda rivojla-
nishi ta’lim tizimi mutaxassislarini ilgariroq tayyorlashga va ularda “mobillik, tezkorlik, 
tizimlilik, tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik, kasbiy universallik” kabi ijtimoiy-shaxsiy sifat-
larni shakllantirishga yo‘naltirmoqda; 
v) ilmiy va kasbiy ma’lumotlar hajmining yuqori sur’atlarda o‘sishi, bilimlarning “ha-
yotiy” davri qisqarishi hamda bilimlarni o‘qish davridayoq eskirishiga olib keladi, bu esa 
an’anaviy bo‘lgan pedagogdan talabaga “kerakli zaxira bilimlarni uzatish” texnologiya-
sining samarasizligiga olib keladi. Ushbu vaziyatda dolzarb bilimlarni mustaqil topish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash kerak bo‘ladi; 
g) zamonaviy ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar murakkab, ko‘p ji-
hatli va integrativ xususiyatga ega. Ularning samarali yechimlarini topish uchun mu-
taxassisdan bilim olishning an’anaviy tizimida shakllanmaydigan integrativ bilimlar ta-
lab qilinadi. Demak, zamonaviy ta’lim tizimi talabalarda murakkab ijtimoiy va kasbiy 
masalalarni  samarali  yechishga  imkon  beruvchi  integrativ  bilimlarni  shakllantirishga 
yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak; 
d) an’anaviy o‘quv jarayonida fanlararo aloqadorliklarning zaifligi talabalarda fan-
larni bir-biri bilan bog‘liqliklarini chuqur o‘rganishga, kasbiy faoliyatda ularning tutgan 
o‘rnini, o‘rganilayotgan obyektni yaxlit tasavvur qilishga imkon yaratmaydi. Ushbu ho-
latlar ularda o‘z-o‘zini rivojlantirishga, o‘z-o‘zini boshqarishga hamda o‘qishga nisba-
tan motivatsiyaning kamayishiga olib keladigan sabablardan biri hisoblanadi.
An’anaviy bilim-malakaga asoslangan ta’lim tizimida qayd etilgan ziddiyatlarni hal 
2
  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  7-fevraldagi  “O‘zbekiston  Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni. // O‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 6-son, 70-modda.


9
etishning imkoni yo‘qligi sababli mutaxassislarni tayyorlash tizimining asosini integral-
lashgan bilimlarni tashkil etuvchi yangi ta’lim konsepsiyasiga (kompetentlikka) o‘tishni 
taqozo etadi. Bunday bilimlar talabalarda tafakkurni tizimli va ijodiy shakllantirishga, 
ilmiy-kasbiy muammolar yechimini tezkor va samarali yo‘llarini topishga, yangi kasbiy 
bilimlarga ega bo‘lish qobiliyatiga hamda o‘z ijodiy imkoniyatlarini uzluksiz o‘stirishga 
qaratiladi.  
Yangi ta’lim konsepsiyasiga o‘tish an’anaviy ta’limning didaktik asoslari hisoblan-
gan maqsad va mazmunini, o‘qitish usullari va texnologiyalarini, o‘qish natijalarini tub-
dan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etdi hamda ko‘plab ilg‘or xorijiy davlatlarning magistr-
lar tayyorlash tizimlarini kompetentlik yo‘nalishida modernizatsiyalashning (XX asrning 
oxiri) asosiy sabablari bo‘lib hisoblanadi.
Xorijiy davlatlardagi mutaxassislarni tayyorlash tuzilmasi va mazmunining chuqur 
tahlili  kompetentlik  yondashuvga  xos  quyidagi  didaktik  jihatlarini  aniqlash  imkonini 
berdi: o‘qitish maqsadi va mazmuni talabalarda kasbiy kompetentliklarni (kompeten-
siyalar guruhini) shakllantirishga qaratilishi; qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalar 
talabalarda ijodiy imkoniyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilishi; o‘quv dasturlari mosla-
shuvchanligi hamda ta’lim jarayonida kasbiy ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish im-
koniyatlarining o‘sishi; o‘quv jarayonida asosan o‘qitishni tadqiqot metodlaridan foy-
dalanilishi; o‘quv mashg‘ulotlarining aksariyati mustaqil mashg‘ulotlar ekanligi; shakl-
langan kompetentlik darajasini o‘lchash uchun miqdoriy mezonlar qo‘llanilayotganligi; 
o‘qitishning individuallashgan yondashuv asosida tashkil qilinishi; ta’lim, fan va ishlab 
chiqarishning yuqori darajadagi integratsiyasi va boshqalar. 
  
Oliy  ta’lim  muassasalarida  mutaxassislarni  tayyorlash  tizimining  didaktik  tahlili 
bitiruvchilarining tayyorgarlik sifati zamon talablariga to‘la javob bermayotganini ko‘r-
satmoqda.  Ushbu  holatning  asosiy  psixologik-pedagogik  sabablari  quyidagilardan 
iborat: 
– o‘quv jarayonida ekstensiv usullarning qo‘llanilishi (axborot-illyustrativ ma’ruza-
lar, an’anaviy seminarlar, amaliy-reproduktiv mashg‘ulotlar va boshqalar); 
– magistrlarni tayyorlash bo‘yicha mavjud o‘quv rejalari o‘quv-anglash faoliyatini 
amalga oshirishga yo‘naltirilganligi; 
– fanlarning alohida o‘qitilishi (predmetli bilimlar) talabalarda real ilmiy-texnik va 
ijtimoiy muammolarni tizimli va yaxlit tarzda anglash hamda bilimlarni integrallashga 
imkon tug‘dirmasligi; 
–  qo‘llanilayotgan  kognitiv  pedagogik  texnologiyalarning  aksariyati  talabalarda 
reproduktiv  faoliyatni  shakllantirishga  qaratilganligi  (zamonaviy  ishlab  chiqarishda 
esa ijodiy faoliyat talab qilinmoqda); 
– joriy o‘quv-metodik majmualarda individuallashgan, amaliyotga va ijodkorlikka 
yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil qilish imkonining mavjud emasligi
– mavjud bilim sifatini nazorat qilish tizimi bo‘lajak mutaxassisda kompetentlikni 
emas, bilim, malaka va ko‘nikmalarni aniqlashga qaratilishi
– bitiruvchining tayyorgarlik darajasini aniqlashda faqat kasbiy bilimlar aniqlanib, 
muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxs sifatlari aniqlanmasligi kabilar. 
Shunday  qilib,  oliy  ta’lim  tizimiga  qator  innovatsiyalar  joriy  etilayotganiga  qara-
may, mavjud tizim yaxlit ko‘rinishda quyidagi didaktik xususiyatlardan iborat bo‘lgan 
“bilimli” yondashuvni aks ettiradi:
 
–  tayyor  bilimlar  tizimini  o‘zlashtirish  (bilim,  ko‘nikma,  malakalarni  o‘zlashtirish 


10

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling