Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4.   www.xtjurnali.zn.uz
maqsadiga yo‘naltirilganlik); 
– o‘quv dasturlarining reproduktiv mazmunga ega bo‘lishi; 
– o‘qishning markazlashgan fanlar shakli va ekstensiv pedagogik texnologiyalarni 
qo‘llash; 
– kasbiy tayyorgarlik darajasini o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar orqali baholash.
kompetentlik va kompetensiya tushunchalari kompetentli yondashuvning muhim 
ma’noviy  tushunchalari  hisoblanadi.  Ularning  ikki  xil  talqini  va  munosabati  mavjud 
bo‘lib, ular bir-biriga tenglashtiriladi yoki tabaqalashtiriladi (Zimnyaya I.A.). 
kompetentlik  (lot.  sompetens  –  munosib,  muvofiq,  tegishli,  layoqatli,  bilimli)  – 
ma’lum sohada har taraflama bilimlarga ega bo‘lgan insonning sifatidir. kompetensiya 
(lot.competere) – “maqsadga erishish, munosib bo‘lmoq, to‘g‘ri kelmoq” kabi ma’no-
larni  bildiradi.  Ushbu  tushunchalar  ilmiy  adabiyotlarda  turlicha  ta’riflanishidan  kelib 
chiqib ta’kidlash mumkinki, hozirgi kunda ilmiy-pedagogik hamjamiyatda kompetentlik/
kompetensiya tushunchalarining mazmuni haqida yagona va aniq to‘xtamga kelingan 
emas.
Ushbu  masalaga  oid  ko‘pgina  axborot  manbalari  tahlilidan  ma’lumki,  kompe-
tensiya shaxsning muayyan predmet va jarayonlarga xos o‘zaro aloqador sifatlari 
majmuini  qamrab  olsa,  kompetentlik  “ma’lum  sohada  samarali  faoliyat  olib  borish 
uchun  o‘z  imkoniyatlari  (bilim,  ko‘nikma,  tajriba,  shaxsiy  sifatlari)ni  amalga  oshi-
rish” layoqatiga mos keladi. Aksariyat tadqiqotchilar muayyan hajmdagi ilmiy-texnik 
ma’lumotlarni o‘zlashtirish hamda yetarli bo‘lmagan bilimlarni izlab topish metodlarini 
egallashda aks etadigan “kompetentlik” tushunchasining integrativ mohiyatini qayd 
etishmoqda. “kompetentlik” ta’lim oluvchining mutaxassislikka aloqador boshqa fan-
larga oid bilimlarni kompleks qo‘llashga tayyorligi va layoqatliligini nazarda tutadi. 
Tuzilmaviy  jihatdan  “kompetentlik”  tushunchasi  o‘zaro  aloqador  va  bir-biriga  ta’sir 
ko‘rsatuvchi kognitiv, operatsion-texnologik, motivatsion, axloqiy, ijtimoiy, xulqli kabi 
tarkiblardan iborat.
ko‘plab  ilmiy-pedagogik  manbalar  asosida  “kompetentlik  tushunchasining  tuzil-
masi  va  mazmuni”ni  tizimli  tahlil  etish  ushbu  muammoga  nisbatan  quyidagi  ikki  xil 
nuqtayi  nazarning  mavjudligini  ko‘rsatdi.  Birinchisi  –  kompetentlik  o‘zida  bir  nechta 
kompetensiyalarni  qamrab  olgan  shaxsning  integrativ  tavsifi.  Bundan  kompetentlik 
kompetensiyaga nisbatan kengrok va hajmliroq tushuncha ekanligi kelib chiqadi. Ik-
kinchisi – kompetentlik bu o‘zaro uyg‘un, yaxlit, ko‘pqirrali tushuncha bo‘lib, alohida 
kompetentlardan tashkil topadi.  
Ushbu ikki qarashlarni sintez qilgan holda “kompetentlik” bu bir-biri bilan o‘zaro 
bog‘liq va o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi alohida “qirra”lardan tarkib topgan shaxsning in-
tegrativ sifati deb talqin etilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda “qirra” atamasi kom-
petentlik tarkibini anglatuvchi “kompetentlikning alohida spektri”, “komponentlari”, “tur-
lari”, “elementlari” va h.k. atamalardan ko‘ra kompetentlik tushunchasining integrativ 
tabiatini chuqurroq, yaxlitroq va tizimliroq ifodalaydi. 
Yuqoridagi tahlilardan kelib chiqib bizning nazarimizda kompetentlik tushuncha-
sining mazmuniga quyidagicha ta’rif berish mumkin: “kompetentlik – bu bir-biri bilan 
o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi integrativ bilim, ko‘nikma va malakalarning 
alohida qirralarini (kognitiv komponent) hamda ijtimoiy-muhim sifatlarini (qabul etilayot-
gan qarorga tayyorlik, layoqatlilik va mas’uliyatlilik) qamrab olgan shaxsning integrativ 
sifatidir (ijtimoiy-psixologik komponent)”. 
kompetentli tayyorlash o‘quv reja va integrativ fanlarning o‘quv-uslubiy majmua-


11
lari  asosida  amalga  oshirilib,  quyidagi  didaktik  jihatlarga  ega:  individual  o‘qishning 
psixologik-pedagogik shart-sharoitlarini yaratish, mustaqil va ilmiy tadqiqot ishlarini iz-
chillik bilan bajarishga qaratilgan pedagogik rag‘batlantirish, o‘qitishning tadqiqiy usul-
lari ustuvorligi, dolzarb kasbiy masalalarni yechishga ijodiy yondashish tajribasiga faol 
ega bo‘lish, o‘qish davomida kompetentlik darajasining shakllanganligini aniqlashda 
zamonaviy diagnostik usullardan foydalanish va o‘quv-ijodiy jarayonning samaradorli-
gini baholash uchun kvalimetrik ko‘rsatkichlarni qo‘llash.
kompetentli mutaxassislarni tayyorlashda muammoli ma’ruza samarali hisobla-
nib,  ularni  o‘tkazishda  vaqt,  axborot  va  kreativ  resurslardan  foydalanish  maqsadga 
muvofiqdir. Ulardan samarali foydalanishning miqdoriy kvalimetrik mezonlari yaratildi 
hamda ularni aniqlash uchun matematik modellar ishlab chiqildi (1-jadval):
1-jadval

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling