Ilmiy-pedagogik asoslari
Kasbga oid shakllantiruvchi maslahat
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
касбга йўллаш ўкув кўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbga yaroqlilik
Kasbga oid shakllantiruvchi maslahat shaxsning kasb ta`limi turidan olayotgan
bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishni davom ettirish, o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi yo’nalishini tanlash va ma`lum bir mutaxassislikni egallash mazmuniga ega bo’ladi. Kasbga oid nazorat maslahatida yuqorida keltirilgan maslahat bosqichlari to’g`ri amalga oshirilgan-oshirilmaganligi, asosiy konsultatsiyada shakllantirilgan ko’nikma va malakalar ixtiyoriy va majburiy ta`limda (o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limida) davom etayotganligi, ya`ni shu soha bo’yicha ta`lim olayotganligi nazorat qilinadi. Agar soha bo’yicha ixtiyoriy-majburiy ta`lim davom etmayotgan bo’lsa, sabablari o’rganilib, tahlil qilinadi va amaliy xulosalar chiqariladi. Tadqiqotlarda shu narsa aniqlanganki, maktab o’quvchilarining 50 foizi yakka tartibdagi kasb maslahatiga muhtoj bo’ladilar. Bunday o’quvchilarni quyidagilar tashkil qiladi: - u yoki bu sabab bilan mustaqil kasb tanlay olmagan o’quvchilar; - ota-onalari bilan ziddiyat paydo bo’lgan o’quvchilar; - o’zi tanlagan kasb yo’lining to’g`riligini isbot qilish istagida bo’lgan o’quvchilar; - o’sib-ulg`ayishi va xulq-atvori murakkab tavsifiy harakterga ega bo’lgan o’quvchilar. SHu sababli ham maktab kasb-hunarga yo’naltirish xonasining tumandagi kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi bilan birgalikda kasb-hunarga oid maslahat ishlariga alohida e`tibor bilan yondoshishlari talab etiladi. 51 Kasbga yo’naltirishning tarkibiy qismlaridan biri kasb-hunarga tanlab olish, ya`ni biror kasbni nisbatan yaxshi o’zlashtiradigan va kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli bajaradigan shaxsni saralab olishdir. Kasbga yaroqlilik shaxsning jismoniy sifatlari va psixofiziologik xususiyatlari bilan kasb talablarining mos kelishi darajasidir. Agar bu sifat va xususiyatlar zarur talablar darajasida bo’lmasa, zo’riqish hosil bo’ladi, natijada kasbiy yaroqsizlik vujudga keladi, bundan shaxs ham, jamiyat ham zarar ko’radi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling