Ilmiy-pedagogik asoslari
Kadrlar bilan ta`minlash
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
касбга йўллаш ўкув кўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3. Ilmiy metodik va axborot ta`minoti
- 7.4. Moliyalashtirish va moddiy – texnik ta`minot
7.2. Kadrlar bilan ta`minlash
Respublikaning kasb-hunarga yo’naltirish tashkilotlarining kadrlar bo’yicha tarkibi doktorlik va nomzodlik ilmiy darajasiga ega bo’lgan olimlar yoki ta`lim sohasida ma`lum amaliy ish tajribasiga ega bo’lgan, ta`lim muassasalarida – kamida besh yil ishlagan pedagog va injener – pedagoglardan shakllanadi. Ularni tegishli kadrlar bilan ta`minlash psixologlar, kasbiy maslahatchilar, 128 psixofiziologlar, sotsiologlar va boshqalarni tayyorlashni ko’paytirish hisobiga shakllantiriladi. 7.3. Ilmiy metodik va axborot ta`minoti O’zbekiston Respublikasida kasbga yo’naltirish bo’yicha ilmiy, amaliy, uslubiy va nazariy ishlanmalarni tayyorlash, ularni sinovdan o’tkazish va kasbga yo’naltirish tizimiga tatbiq etish masalalari o’quvchilarni kasb – hunarga yo’naltirish va psixologik – pedagogik respublika Tashxis markazi tomonidan uning ilmiy Kengashi va nashriyot bo’limi orqali hal etiladi. Ishonchli axborot-uslubiy va dasturiy ta`minotni yaratish (kasbiy talim, ijtimoiy-iqtisodiy holatlar to’g`risida umumiy xarakterga ega bo’lgan axborot-qo’llanma materiallar banki, mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlari shuningdek, kasbiy xarakterdagi axborot-qo’llanma materiallar banki – qo’llanmalar, kataloglar, kartotekalar, profkartalar, professiogrammalar, psixogrammalar; kasblarning rivojlantirish istiqboli to’g`risidagi ma`lumotlar; aholining turli qatlamlari bilan kasbga yo’naltirishni o’tkazish texnologiyasi bo’yicha metodik tavsiyalar, shuningdek, individual kasbiy maslahat va kasbiy tanlov; individual test o’tkazish, kasbiy tashxisning kompyuter variantini hisobga olgan holda shaxsni psixologik tashxis qilish metodikalari majmuasi). 7.4. Moliyalashtirish va moddiy – texnik ta`minot Kontseptsiya davlat, mahalliy byudjet, byudjetdan tashqari, aholi bandligiga yordam berish Davlat jamg`armasi, nogironlarni ijtimoiy himoyalash jamg`armasi (cheklangan mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan shaxslarni kasbga yo’naltirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun), boshqa davlat, yoshlar va jamoat jamg`armalari, korxonalar va fuqarolarning shaxsiy mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi. Byudjetdan tashqari mablag`lar: maslahat va uslubiy yordamlar o’tkazish bo’yicha shartnomaviy mablag`lar, pullik xizmat ko’rsatish va boshqa yo’nalishdagi faoliyatdan tushgan mablag`lar. O’rnatilgan tartibda ajratiladigan va to’lanadigan bank kreditlari. Tashkilotlardan, muassaslardan, xususiy shaxslardan, chet el investorlaridan, hokimliklarning homiylik yordamlaridan tushgan mablag`lar. 129 Mablag`lardan foydalanish O’zbekiston Respublikasi hududidagi amal qilayotgan qonunlar, moliya vazirligining tegishli me`yoriy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Kasbga yo’naltirish ishlarining moddiy-texnika ta`minoti uchun birinchi navbatda quyidagilar zarur: - kasbga yo’naltirish Markazlari va boshqaga yo’naltirish tuzilmalari uchun amaldagi me`yorlar asosida tegishli ish joylarini ajratish; - ularni elektron hisoblash, audio, video va nusxa ko’paytiruvchi texnika, jihozlar va asbob-uskunalar, aloqa vositalari, transport faoliyatining tegishli yo’nalishiga mos bo’lgan poligrafik baza bilan jihozlash. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling