Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: abdalova z


-rasm. Yorug’likning parallel, tarqaluvchi va yig’iluvchi dastalari


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana06.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1435260
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Abdalova Z 2-G fizika optika kurs ishi

10-rasm. Yorug’likning parallel, tarqaluvchi va yig’iluvchi dastalari. 
Diafragmalar yordami bilan yorug’lik dastasi toraytirilishi mumkin, ammo 
uni xohlagancha toraytirib bo’lmaydi nurlar dastasi o’tayotgan diafragmaning 
teshigi kichraytirila borsa, nurlarning to’g’ri chiziq bo’ylab ketishi tobora buziladi - 
yorug’lik soya sohasiga o’ta boshlaydi. 
Biror jismga yorug’lik oqimi tushganda, birinchidan, bu tushuayotgan 
yorug’likning bir qismi jism sirtidan qaytadi. Bunday hodisa yorug’likning qaytishi 
deb ataladi. Ikkinchidan, yorug’likning yana bir qismi jismga kirib, uning ichida 
tarqalishni davom ettirishi mumkin. Bunda, yorug’likning bu qismi jism sirtida 
o’zining boshlang’ich yo’nalishini o’zgartirishi va jism ichida boshqa yo’nalishda 
tarqalishi mumkin. Bu hodisa yorug’likning sinishi deb ataladi [13]. 
Agar tushayotgan va singan yorug’lik oqimlari qo’shilsa, ularning yig’indisi 
jismga tushayotgan to’la yorug’lik oqitmiga miqdor jihatidan teng bo’ladi. Lekin 
yorug’likning jism ichida tarqalish jarayonida, u muhitga yutiladi, shuning uchun 
uning intensivligi tobora kamaya boradi. Bunda yorug’lik energiyasi energiyaning 
boshqa turlariga, xususan, jismning ichki energiyasiga aylanishi mumkin. Yorug’lik 
ta’siri ostida jismlarning isishi hammaga yaxshi ma’lum. Qaytgan va singan 
yorug’likning nisbiy kattaligi bir qator faktorlar: jismning moddasi, jism sirtining 
holati, yorug’likning tarkibi, tushish burchagi va boshqalar bilan belgilanadi. 
Yutilish jismni tashkil etgan moddaga va yorug’likning tarkibiga ham bog’liqdir. 


Shunday qilib, jism sirtiga yorug’lik tushgganda qaytish va sinish hodisalarini, 
yorug’likning jismdan o’tishda esa yorug’likning yutilish va sochilish hodisasini 
kuzatish mumkin.
Yorug’likning qaytish qonuni. Yorug’likning qaytish qonuni bilan tajribada 
tanishib chiqaylik. Graduslarga bo’lingan doiraviy disk markaziga yassi ko’zgu PP 
ni shunday joylashtiraylikki, natijada, nurlar ko’zgu tekisligiga o’tkazilgan SN 
perpendikulyarning asosiga tushsin (11-rasm).
SS ni tushuvchi nur, CS
1
ni esa qaytgan nur deb faraz qilaylik. S nuqta – 
nurning tushish nuqtasi. Tushuvchi nur SS bilan perpendikulyar SN orasidagi 
burchak SCN tushish 

burchagi deb ataladi. Qaytgan nur SS
1
, bilan o’sha 
perpendikulyar S
1
N orasidagi burchak S
1
CN qaytish 
burchagi deb ataladi. 
Tushuvchi va qaytgan nurlar nurning tushish nuqtasidan ko’zguga o’tkazilgan 
perpendikulyar bilan bir tekislikda yotishi tajribadan yaqqol ko’rinib turibdi. Diskni 
aylantirib, ko’zguga tushuvchi nurning tushish burchagini o’zgartiramiz, u holda 
qaytish burchagining ham o’zgarishini ko’ramiz mumkin. Tushish burchagini ham 
unga muvofiq keladigan qaytish burchagini har safar o’lchab ko’rib, ularning bir-
biriga teng ekanligini bilish mumkin [14]. 
Shunday qilib, yorug’likning qaytishi quyidagi qonunlar asosida yuz beradi: 
Tushuvchi nur va nurning tushish nuqtasida qaytaruvchi sirtga o’tkazilgan 
perpendikulyar qaysi tekislikda yotsa, qaytgan nur ham shu tekislikda yotadi. 
Qaytish burchagi tushish burchagiga teng 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling