Ilmiy rahbar: p f. d., prof Ruxiyeva X. A toshkent – 2023 mundarija


-jadval Tadqiqot metodikalarining korrelyatsion tahlil natijalari


Download 347.18 Kb.
bet17/21
Sana19.06.2023
Hajmi347.18 Kb.
#1614783
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
01.Magistrlik dissertatsiyasi

3.4-jadval
Tadqiqot metodikalarining korrelyatsion tahlil natijalari




bezovtalik

frustratsiya

agressivlik

rigidlik

Gipertim

Xavotirlanuvchi

Distim

Rasmiy

Qo‘zgaluvchan

Emotiv

Rigid

Namoyishkor

Sikloid

Ekzaltr

Emotsional sohadagi o‘z-o‘zini nazorat qilish

-,028

-,009

-,423**

,112

,044

-,025

,231*

,105

,152

,154

,043

-,026

-,065

,118

Faoliyatdagi o‘z-o‘zini nazorat qilish

-,076

-,011

,006

,116

-,022

-,018

,197

,287*

,167

-,084

-,031

-,164

-,148

,143

Ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish

,010

-,070

-,122

,051

-,079

,045

,168

,123

,027

-,033

-,323*z

,041

-,050

,046

Emotsional sohadagi o‘z-o‘zini nazorat qilish shkalasi va distim tip shkalasi o‘zaro musbat (S=0,231; p<0,05) aloqada ekanligini aniqlandi. Distim tipi xususiyatlaridagi tez-tez tushkun kayfiyat, kelajakka pessimistik munosabat va muammolarni oldindan sezish bilan ajralib turadi. Bu tipdagi o‘smirlarda o‘zini past baholash, muloqotga nisbatan past aloqa bilan ajralib turishi qo‘zg‘aluvchan tip kabi bir birini to‘ldirib boradi. Bu tiplarning musbat bog‘liqligi aynan ularning yosh xususiyatlari ko‘rinishida asabiy jarayonlarga moyilliklarida lekin shunga qaramay o‘smirlar do‘stlikni qadrlashadi ammo doimo past kayfiyat bilan hayotga nisbatan munosabat ularni yolg‘izlikka bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Emotsional sohadagi nazorat qilishda shaxs doimo o‘zining holatini va emotsional sohasini boshqarib turadi.


Faoliyatdagi o‘z-o‘zini nazorat qilish va rasmiy tip shkalasi o‘zaro musbat o‘zaro aloqada (S=0,287; p<0,05) ekanligi aniqlandi. Bunga ko‘ra rasmiy tipdagi o‘smirlar uzlarining kam hollarda to‘qnashuvlarga kirishi va namoyishkorona tipga o‘xshash ko‘p gapirishi o‘zilarini juda rasmiyatchi hamda rasmiy talablarni taqdim etishi hamda tozalik va tartibga alohida e’tibor berishlari , puxta, rejaga qat’iy rioya qilishga moyilliklari yuqori sifatli ishga qaratilgan va maxsus harakatni amalga oshiradilar. Ular o‘zlarini faoliyatlarini nazorat qilishlari doirasida xar bir ishlarini nazoratga oladilar va qilib bo‘lingan ishlarini ham nazoratga olib uning natijasini puxta tahlili qiladilar.
Ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish shkalasi va rigid tip o‘zaro manfiy aloqada bo‘lib, (S=-0,323; p<0,05) Insonning xulq-atvori va butun jamiyat hayoti birinchi navbatda ijtimoiy normalar bilan tartibga solinadi. Ular jamiyatga barqarorlik tartiblilik imkonini beradi, barcha odamlarning xatti-harakatlarini qaysidir ma’noda standartlashtiradi. Ijtimoiy me’yorlar, ba’zi odamlar boshqalardan ularga rioya qilishlarini kutishadi. Ijtimoiy normalar ba’zan barcha jamiyatlarda buziladi ularga jamiyatdagi deviant va delinkvent xatti-harakatlarning paydo bo‘lishining sababi tashqi nazoratning zaiflashishi hisoblanadi. Agar jamiyat shaxslarning xatti-harakatlari ustidan ijtimoiy nazoratni zaiflashtirsa, unda og‘ish ehtimoli ortadi. Qonunni buzadigan xatti-harakatlar huquqbuzar deb ataladi. Bunday xatti-harakatlar har doim salbiy oqibatlarga olib keladi.
Rigidlik psixologik moslashuvchanlikning teskarisidir: rigidlik qancha yuqori bo‘lsa undagi distim tipiga xos xususiyatlar xam oshib boradi natijada yangi narsalarga moslashishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bu kundalik odatlarga ham (masalan, yangi buyumlardan foydalanishni istamaslik, hatto ular hayot faoliyatini sezilarli darajada еngillashtirsa ham), maqsadlarga, pessimistik dunyoqarashga va odatiy xatti-harakatlarga tegishli ("Men buni har doim qilganman, shuning uchun hozir qilaman!"). Umuman olganda, kutilmagan vaziyatlar bunday odamlarni qo‘rqitadi va ular oxirigacha ulardan qochishga harakat qiladilar, ammo kutilmagan bir narsa sodir bo‘lganda xam past darjadagi faollik bilan yondoshadilar. Korrelyatsion tahlil natijalarida ijtimoiy o‘z o‘zini nazorat qilish pasaysa albatta rigidlik tip xusuiyatlari yuqorilab ketadi yoki aksincha namoyon bo‘ladi.
Navbatdagi bu Ayzenkning “O‘zining psixik holatlarini baholash” metodikasi natijalari va G.Shmishekning shaxsdagi xarakter aksentutsiyasini turlarini tashxislash uchun mo‘ljallangan so‘rovnomaning o‘zaro aloqasi natijalaridan iborat. 3.5-jadval
3.5-jadval
Tadqiqot metodikalarining korrelyatsion tahlil natijalari




bezovtalik

frustratsiya

agressivlik

rigidlik

Gipertim

Xavotirlanuvchi

Distim

Rasmiy

Qo‘zgaluvchan

Emotiv

Rigid

Namoyishkor

Sikloid

Ekzaltr

Bezovtalik

1

-,126

,524**

-,134

,098

-,037

-,004

,093

-,186

,231*

,211*

,072

,118

-,085

Frustratsiya




1

-,045

,308**

,132

-,106

,121

,029

,170

-,059

-,098

-,107

-,134

-,032

Agressivlik







1

-,509**

,027

,063

-,009

,026

-,013

,167

-,011

-,153

-,164

-,204*

Rigidlik










1

,161

-,194

,240*

-,026

,302**

-,101

,218*

-,061

-,067

-,203**

Gipertim













1

-,119

-,084

-,265**

,144

,188

,031

,106

,271**

-,142

Xavotirlanuvchi
















1

-,024

,031

-,188

,434**

,106

,061

-,136

-,201*

Distim



















1

-,058

,271**

,032

,095

-,290**

-,251*

,221*

Rasmiy






















1

,209*

,057

,135

,313**

,365**

,265**

Qo‘zgaluvchan

























1

-,034

,082

-,058

-,046

,428**

Emotiv




























1

-,063

,241*

,078

,108

Rigid































1

,102

,026

-,259*

Namoyishkor


































1

,305**

,141

Sikloid





































1

-,046

Ekzaltr








































1

Unga ko‘ra, Ayzenkning “O‘zining psixik holatlarini baholash” metodikasi shkalalari bezovtalik shkalasi agressivlik o‘rtasida o‘zaro musbat aloqa (S=0,524; p<0,01), G.Shmishekning shaxsdagi xarakter aksentutsiyasini turlarini tashxislash uchun mo‘ljallangan so‘rovnomaning emotiv tipi bilan musbat aloqa (S=0,231; p<0,05), rigid tip bilan musbat aloqa (S=0,211; p<0,05) korrelyatsion bog‘liqliklarni ko‘rishimiz mumkin.


Ayzenkning “O‘zining psixik holatlarini baholash” metodikasi shkalalari rigidlik shkalsi bilan o‘zaro musbat aloqa (S=0,308; p<0,01) aniqlandi.
Ayzenkning “O‘zining psixik holatlarini baholash” metodikasining agressivlik shkalasi rigidlik bilan manfiy aloqada (S=-0,509; p<0,05), G.Shmishekning shaxsdagi xarakter aksentutsiyasini turlarini tashxislash uchun mo‘ljallangan so‘rovnomaning ekzaltr shkalasi bilan ham manfiy aloqada (S=-0,204; p<0,05) ekanligi kuzatildi.
Ayzenkning “O‘zining psixik holatlarini baholash” metodikasining rigidlik shkalasi G.Shmishekning shaxsdagi xarakter aksentutsiyasini turlarini tashxislash uchun mo‘ljallangan so‘rovnomaning distim tipi bilan o‘zaro musbat aloqada (S=0,240; p<0,05) va qo‘zg‘aluvchan tipi bilan (S=0,302; p<0,01), rigid tipi bilan (S=0,218; p<0,05) o‘zaro musbat aloqalardaligi aniqlandi. Shuningdek ekzalbtr tipi bilan o‘zaro manfiy aloqada (S=-0,203; p<0,01) korrelyatsion bog‘liqlikda namoyon bo‘ldi.
G.Shmishekning shaxsdagi xarakter aksentutsiyasini turlarini tashxislash uchun mo‘ljallangan so‘rovnomaning gipertim tipi rasmiy tip bilan o‘zaro (S=-0,265; p<0,01) manfiy va sikloid tipi bilan o‘zaro musbat (S=0,271; p<0,01) aloqadorlikda ekanligi aniqlandi.
Xavotirlanuvchi tip o‘z navbatida emotiv tip bilan o‘zaro musbat aloqada (S=0,434; p<0,01), ekzaltr tip bilan o‘zaro manfiy (S=-0,201; p<0,05) aloqadaligini ko‘rishimiz mumkin.
Distim tipi qo‘zg‘aluvchan tip bilan (S=0,271; p<0,01) va ekzaltr tipi bilan (S=0,221; p<0,05) o‘zaro musbat aloqada bo‘lib, namoyishkoronalik tipi
(S=-0,290; p<0,01) va sikloid tipi (S=-0,25; p<0,05) o‘zaro manfiy o‘zaro korrelyatsion bog‘liqdaligini aniqladik.
Rasmiy tip esa qo‘zg‘aluvchanlik tipi bilan (S=0,209; p<0,05), namoyishkoronalik tipi bilan (S=0,313; p<0,01), sikloid tipi bilan (S=0,365; p<0,01), ekzaltr tipi bilan (S=0,265; p<0,05) o‘zaro musbat aloqadorliklardaligi korrelyatsion bog‘liqlik qonunida ko‘rindi.
Qo‘zg‘aluvchan tipi ekzaltr tipi bilan o‘zaro (S=0,428; p<0,01) musbat aloqadorlikda va emotiv tip esa namoyishkoronalik tipi bilan ham musbat (S=0,241; p<0,05) o‘zaro aloqadaligini aniqladik.
Rigid tipi ekzaltr tipi bilan o‘zaro manfiy (S=-0,259; p<0,05) va namoyishkoronalik tipi sikloid tipi bilan o‘zaro musbat aloqada (S=0,355; p<0,01) bog‘liqlikdaligi matematik statistik jihatdan spirman mezoni asosida aniqlandi.

III BOB bo‘yicha xulosa

  1. Tadqiqotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda norma va delinkvent o‘smirlarning 14 va 15 yoshlilari tanlab olindi, hamda ularda tanlab olingan metodikalar o‘tkazilib empirik jihatdan tahlil qilindi.

  2. Natijalarimizdagi ko‘rsatkichlarning tahlilicha yosh jihatdan o‘smirlarda emotsional soha, faoliyat va xulq atvorda o‘z-o‘zini nazorat qilish ifodalanganligi o‘rtasida ahamiyatli farqlar aniqlanib, 14 yoshli o‘smirlarda ushbu ko‘rsatkichlar yuqori ekanligini psixologik jihatdan tahlil qilindi.

  3. Empirik tahlildagi jins tafovutlari aniqlanib unga ko‘ra xavotirlilik va agressivlilik shkalasi qiz bola o‘smirlarda yuqoriligi aniqlandi va tahlil qilindi.

  4. O‘smirlarning norma va delinkvent xulqlarni o‘zaro ular o‘rtasida emotsional soha, faoliyat va xulq atvorda o‘z-o‘zini nazorat qilish ifodalanganligi shuningdek rigid tipi xususiyatlari delinkvent o‘smirlarda yuqori ko‘rsatkichi aniqlandi va psixologik jihatdan ushbu paramertlarning tahlillari berildi.

  5. O‘smirlarning delinkvent xulq-atvorining psixologik omillarini quyidagicha ya’ni: o‘smirlar hayotidagi uyg‘un bo‘lmagan tarbiya uslublari va jarohatli hodisalar, emotsional rivojlamaganlik hamda o‘zini o‘zi nazorat qila olmaslik, befarqlik, intelektual salohiyatning past darajasi, aqliy modelning rivojlanishidagi nuqsonlar kabi faktorlarning ta’siri ekanligini xulosa qilishimiz mumkin.


Download 347.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling