Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fani o‘quv dasturi bilim sohasi


Fanning o‘qitishning vazifasi


Download 310.5 Kb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi310.5 Kb.
#1556560
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ИТМ маг ТАТ

Fanning o‘qitishning vazifasi:
O‘zbekistonda fan va ta’limni rivojlantirish va uning taraqqiyotinini o‘rgatish;
- ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini tanlash va ularni bosqichlarini o‘rgatish; - ilmiy axborotlarni qidirish, to‘plash, qayta ishlash va ulardan ilmiy ishlarda foydalanish yo‘nalishlarini, eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish, tadqiqot natijalarini qayta ishlash yo‘llarini o‘rgatish;
- ilmiy jamoani tashkil etish va ular bilan ishlash, magisterlik dissertatsiyalarini chakana savdo korxonalari faoliyatini rejalashtirish va uning iqtisodiy samaradorligini aniqlash yo‘llarini o‘rgatishdan iboratdir.


II. ASOSIY NAZARIY QISM (MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI)
II.I. FAN TARKIBIGA QUYIDAGI MAVZULAR KIRADI:


1-MODUL. ILMIY-TADQIQOT METODOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI
1. O‘zbekistonda ta’lim va ilm-fan taraqqiyoti (2 soat)
"Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi" fanining predmeti, metodi va vazifalari. Fanning asosiy maqsadi va uni talqin etish tartibi. Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni. Fan metodologiyasining maqsadi. Ilmiy tadqitotning umumfalsafiy, umumilmiy metodlari: tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, abstraksiyalashtirish, abstraktlik.
2. Ilm-fan, ilmiy tadqiqot tushunchalari va maqsadlari (2 soat)
Ilm-fan haqida tushuncha, ilmiy faoliyat. Fanning asosiy xususiyatlari.Ilmiy tadqiqot va uning maqsadi. Metod va metodologiya.
3. Ilmiy tadqiqot metodlari. ( 2-soat)
Ilmiy tadqiqot metodlari turlari.Emperik tadqiqot usullari. Emperik-nazariy tadqiqot metodlari. Nazariy tadqiqot metodlar. Ilmiy kuzatish koponentlari. Ilmiy kuzatish metodi.
4. Ilmiy bilishning metodologik asoslari (2-soat)
Axborot, bilim, ilm tushunchalari. Ilmiy daraja va unvonlar tavsifi.
Ilmiy bilish tushunchasi. Ilmiy bilishning shakllari. Nazariy va empirik tadqiqot usullari.
5. Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini tanlash (2 soat).
“Ilmiy-tadqiqot” tushunchasi. Ilmiy yo‘nalish. Ilmiy muammo, ilmiy mavzu. Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini tanlash. Mavzuning samaradorligini baholash.
6. Ilmiy-tadqiqot ishlari bosqichlari (2 soat).
Ilmiy-tadqiqot ishlari bosqichlari. Muammmoning dolzarbligi, uning fan va texnikani rivojlantirishdagi ahamiyati. Muammoning strukturasi.
7. Ilmiy axborotlarni qidirish, to‘plash va qayta ishlash yozish qoidalari (2 soat).
Axborot fan sifatida. Ilmiy hujjatlar va nashrlar. Ilmiy axborotlar tizimi. Davlatning patent axborot tizimi. Ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni tashkil etish. Adabiyotni to‘plash va tahlil etish
8. Nazariy tadqiqotlar (2-soat).
Ilmiy nazariya tushunchasi. Nazariy tadqiqotlarning usullari vazifalari. Ilmiy tadqiqotlarda matematik usullardan foydalanish.
9. Eksperimental tadqiqotlar (2 soat)
Eksperimentlarning turkumlanishi, turlari va vazifalari.
10. Eksperimental tadqiqot natijalarini qayta ishlash (2 soat)
Tasodifiy xatolarning nazariy asosilari va tadqiqotdagi tasodifiy xatolarni baholash usullari. Tadqiqot natijalarini qayta ishlash usullari.
11.Novatsiya va innovatsiyalar hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlarining tarkibiy qismi sifatida (2 soat).
Innovatsiyalar hozirgi zamon pedagogik ilmiy tadqiqotlarning muhim tarkibiy qismi sifatida.Ilmiy tadqiqotning boshqa ijod shakllari bilan aloqadorligi.Ilmiy tadqiqotning hossalari, texnikaviy tadqiqot.
12. Ilmiy kadrlarni idroki va zexni (2 soat).
Olimlarga bo‘lgan kasbiy talablar. Zehn va idrok belgilari. Jamoaviy zexn-idrokning tashkil etish tamoyillari Ilmiy jamoa. Ilmiy jamoada ilmiy xodimlarga ishni taqsimlash. Ilmiy jamoani boshqarishning asosiy tamoyillari. Ilmiy seminarlarni tashkil etish
13. Ilmiy prognoz qilish ijodiy jarayon sifatida (2 soat)
Ilmiy bilishda prognoz qilishning o‘rni. Fanda bashorat ijod shakli sifatida. Bilishning ijodiy faolligi. Insoniyatning hamisha kelajakni bashorat qilishga ehtiyoj sezishi. Prognozlarning aniqlik darajasi, Fanning prognostik funksiyasi. Ijtimoiy tizimlarning rivojlanishini ilmiy prognoz va bashorat qilish
14. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash (2 soat)
Magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha umumiy tushuncha. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining tanlanishi va ifodalanishi. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi, yangiligi va amaliy ahamiyatini belgilash (2 soat)
15. Dissertatsiyani tuzilishi, rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar va himoyani tashkil etish (2 soat).
Dissertatsiya ishining tuzilishi va asosiy bo‘limlari mazmuni. Dissertatsiyani yozish va rasmiylashtirishning asosiy qoidalari. Magistrlik dissertatsiyasini himoyaga tayyorlash tartibi va himoya qilish. Dissertatsiyaning kompozitsion tuzilishi. Muammoning ishlab chiqilganlik darajasi.

Download 310.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling