Ilmiy tadqiqot va ijod tizimida dalil (fakt) Reja


Dalilning ilmiy tadqiqotdagi o’rni va ahamiyati


Download 20.48 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi20.48 Kb.
#1412948
1   2   3
Bog'liq
1-Mus ish Ilmiy tadqiqot va ijod tizimida dalil

Dalilning ilmiy tadqiqotdagi o’rni va ahamiyati



Ilmiy tadqiqotda dalil to’plash bir qancha usullar orqali amalga oshiriladi.
Bu usullarga:
kuzatish, tajriba o’tkazish, qiyoslash, analiz va sintez qilish, umumlashtirish, formallashtirish, bahs qilish va boshqalar kiradi.
Ana shu usullar orqali dalillar to’planganda ob’yekt ob’yektiv holda tavsiflanadi. Ob’yektiv holda to‘plangan dalil ilmiy ijodda yuqori baholanadi.
Dalillar ilmiy tadqiqotning turli metodlarini ongli ravishda hamda ijodiy qo’llanilishi natijasida olinadi. Ijodiy faoliyat murakkabligi sababli, bu murakkablik dalillar olishda ham namoyon bo’ladi. Ta’kidlash lozimki, dalillar mavhum bo’la olmaydi. Har qanday dalil aniqdir. Bu aniqlik dalillar natijasidir. Fanlarda dalillar o’z holicha ko’zga tashlanavermaydi. Ob’yektiv real narsa va hodisalarni o’nlab, yuzlab chig’iriqdan o’tkazish natijasida paydo bo’ladi.

Dalillar to’plashda uslublarni to’g’ri tanlay bilish katta ahamiyatga ega bo’lib, to’g’ri uslub tanlanganda xatolardan xoli bo’lishi mumkin. Aniqrog’i, ilmiy tadqiqotning ravnaqi, kelajagi uslub tanlashda mujassamlashgan. Ilmiy tadqiqotga dalillar hayot baxsh etadi. Natijada fan taraqqiyoti ham jadallashadi. Uning tizimida yangi sohalar paydo bo’ladi.


  • Dalillar to’plash fan nuqtai nazarida cheksizdir. Sababi, bilishning o’zi ham cheksizdir. Bu cheksizlik olamdagi narsa va hodisalarning bitmas-tuganmasligiga olib boradi. Ana shu tariqa dalillar to’plash inson faoliyatidan doimiy o’rin olgan.

  • Ilmiy tadqiqot olib borayotgan izlanuvchi o’z ijodida dalil aytmasligini sezgan holat ijobiy holatdir. Ushbu yetishmaslik olimning ilmiy salohiyatini, dunyoqarashini oshirishga majbur qiladi. Bundan har qanday fan ham, izlanuvchining o’zi ham foyda ko’radi, xolos.


Dalillarni izlash jarayonida yangi dalillarga duch kelinadi. Bu esa o’z navbatida yanada yangi dalillarni ochishga imkon yaratadi.

Download 20.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling