Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana12.09.2017
Hajmi0.49 Mb.
#15581
1   2   3   4   5   6   7

lash,  onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida

madaniy-ma’rifiy, sport, xayriya yo‘nalishlarida 5 108

ta tadbir o‘tkazildi.

 Jamg‘arma tomonidan bolalar uchun jami

2 116 ta madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

 “Olam aro yagonasan, O‘zbekiston”, “Yer

kurrasida tinchlik”, “Kamalak jilosi”, “Maftunkor rang-

lar jilosi” mavzularida o‘quvchilar o‘rtasida rasmlar

tanlovi, rassomlar ko‘rgazmalari, nogiron bolalar tomo-

nidan sahnalashtirilgan teatr tomoshalari, maxsus

maktab internatlar va kam ta’minlangan oilalar

farzandlari ishtirokida ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi.

 Bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini olish

uchun “Ona va bola skriningi” Davlat dasturi doirasida

Respublika va hududiy skrining markazlari faoliyati

izchil davom etirilmoqda. Bu ishga Jamg‘arma o‘z

hissasini qo‘shmoqda.

 374 800 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq TG

(tug‘ma  gipotireoz)  va  375 200  nafar  go‘dak FKU

(fenilketonuriya) kasalligining oldini olish tibbiy

tekshiruvlaridan o‘tkazildi. Bu kasalliklarga moyilligi

borligi aniqlangan bolalarga tibbiy yordam berilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-

yil 18-iyundagi “Bolalikdan nogironlar tug‘ilishining

oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt

aniqlash Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-892-sonli

Qarorining 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida,

2010-yilning 3-choragida  tug‘ma  va  tranzitor

gipotireoz kasalligi aniqlangan bolalarga hamda xavfli

guruhga kiruvchi homilador ayollarga “Eutiroks”, “L-

tiroksin”, “Mikroyod-100” preparatlari va, shuning-

dek, fenilketonuriya kasalligiga moyilligi aniqlangan

bolalarga shifobaxsh ozuqalar tarqatildi.

  Tibbiy ijtimoiy patronaj tizimi ishida “Hyundai

— Mobil klinika”si ham faol qatnashmoqda.

Chunonchi, Sirdaryo viloyati Oqoltin, Mirzaobod

tumanlari va Toshkent shahri Bektemir, Sergeli

tumanlarida jami 807 ta oila tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-

yil 1-iyundagi “2009 — 2013-yillarda aholining

reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom

bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni

voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada

kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-

tadbirlari Dasturi to‘g‘risida”gi PQ –1144-sonli Qarori

ijrosini ta’minlash maqsadida, Jamg‘arma va uning

mintaqaviy filiallari tomonidan aholi, jumladan,

o‘quvchi va talabalar orasida, mahallalarda, oliy o‘quv

yurtlari va kollejlarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib

qilish, sog‘liqni muhofaza qilish va reproduktiv

salomatlikni mustahkamlash, giyohvandlik,

alkogolizm, tamaki chekish, jinsiy yaqinlik orqali

infeksiya yuqishiga qarshi, VICH/OITSning oldini

olish bo‘yicha jami 304 082 nafar aholi (asosan

o‘quvchilar va talabalar) o‘rtasida 5 066 ta seminar,

suhbat va ma’ruzalar o‘tkazildi.

 Jamg‘arma Germaniyaning “Fridensdorf

Interneyshnl” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda

amalga oshirayotgan loyiha asosida  tug‘ma lab-tanglay

nuqsoni bo‘lgan 183 nafar nogiron bola jarrohlik yo‘li

bilan sog‘lomlashtirildi. 14 nafar bemor bola Germa-

niya klinikalarida davolanish uchun yuborildi va

davolanish bosqichi tugagan 9 nafar bola sog‘lom holda

ota-onalari bag‘riga qaytdi. 19 nafar bemor bola

Germaniya klinikalarida davolanishni davom ettirmoqda.

 “Chiroyli oyoqchalar” loyihasi doirasida tug‘ma

oyoq nuqsoni (maymoqlik) va “qiyshiq bo‘yin”

tashxisi bilan — 15 yoshgacha bo‘lgan 116 nafar

bemor bola jarrohlik yo‘li bilan davolandi, buning

xarajati 8 120,0 ming so‘mni tashkil etdi.

 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash

vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi va JCI

xalqaro tashkiloti va Pundan Cha  gospitali o‘rtasida

tuzilgan uch tomonlama bitimga asosan, joriy yilning

23 — 30-avgust va 1 — 8-sentabr kunlari Respubli-

kamizning  turli  hududlaridan chaqirilgan — yurak

xastaligi bilan og‘rigan 10 nafar bemor bola  Koreya

Respublikasiga, Pundan Cha gospitaliga yuborildi va

jarrohlik yo‘li bilan sog‘lomlashtirildi.

 22 — 27-avgust kunlari mamlakatimizga Seul

Milliy universiteti gospitali prezidenti boshchiligida

kardiolog, terapevt, pediatr, ortoped, oftalmolog,

otorinolaringolog va boshqa soha mutaxassislaridan

SAVOB  ISHLAR  BULOG‘I — MEHR



17

3 «Sog‘lom avlod uchun», 2010-yil, 10-son.

iborat  52 nafar  vrachlar guruhi keldi. Jamg‘armaning

Tibbiy-ijtimoiy markazida va Toshkent viloyati Yuqori

Chirchiq tumani Ahmad Yassaviy nomidagi Qishloq

fuqarolar yig‘inida  jami 1500 nafarga yaqin kishi tibbiy

ko‘rikdan o‘tkazildi, tibbiy maslahatlar berildi va  dori-

darmonlar tarqatildi.  Shuningdek, seullik  vrachlar

Toshkent pediatriya institutida bo‘lib, yurak xastaligi

bilan og‘rigan 10 nafar bolani bepul operatsiya qildi.

 Joriy yilning 13 — 19-sentabr kunlari yurtimizga

Koreya Respublikasining In Xa universiteti gospitalidan

13 nafar shifokordan iborat delegatsiya keldi. Ular

yordamida Toshkent, Navoiy viloyatlari va Toshkent

shahrida 860 nafarga yaqin aholi tibbiy ko‘rikdan

o‘tkazildi va zarur dori-darmonlar bilan ta’minlandi.

 Bolalar sportini rivojlantirish yo‘nalishida

1 355 ta sport musobaqalari tashkil etildi. Jumladan,

tennis, sinxron suzish, jit kun do, boks, kurash,

strit bol va sportning ekstrimal  turlariga alohida

ahamiyat qaratildi.

 Imkoniyati cheklangan bolalar hamda harbiy

sinf o‘quvchilari o‘rtasida suzish, bouling bo‘yicha

musobaqalar tashkil etildi. Bu ishtirokchilar do‘st-

lashib olishiga, ularning sport va sog‘lom turmush

tarziga bo‘lgan ishtiyoqi yanada ortishiga yordam berdi.

 Toshkent Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik

bilim yurtida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”

munosabati bilan harbiy sport sinflari va harbiy

vatanparvarlik klublari tarbiyalanuvchilarining

tantanavor “Qasamyod” marosimi o‘tkazildi. Unda

Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan 300 nafardan

ortiq harbiy-sport sinf o‘quvchisi ishtirok etdi. Tadbir

so‘ngida ishtirokchilarga Jamg‘armaning sovg‘alari

berildi.

 Jamg‘armaning 9 ta xalqaro hamkorlari

tomonidan umumiy qiymati 9 446 246 AQSH dollari

va 300 375,0 ming Koreya voniga teng bo‘lgan muruv-

vat yuklari keltirilib, aholi soni, ehtiyojini inobatga

olgan holda jamg‘arma filiallari orqali tibbiy muassa-

salar va maxsus bolalar muassasalariga topshirildi.

 Jamg‘armaning mahalliy hamkorlari tomonidan

ehtiyojmandlarga jami 59 830,0 ming so‘m miqdoridagi

moddiy va moliyaviy yordamlar ko‘rsatildi.

 Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini

qo‘llab-quvvatlash, markazdan uzoq va borish qiyin

bo‘lgan joylarda istiqomat

qiluvchi kam ta’minlan-

gan oilalarga muruvvat

yordamlarini yetka-

zib berish va aholini

malakali tibbiy

ko‘rikdan o‘tkazish

maqsadida, an’anaga muvofiq, 19 — 27-aprel kunlari

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksionerlik

kompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatiga

“Salomatlik” poyezdi (Tinchlik — Konimex — Kara-

Kata — Mustaqillik — Buzoubay — Uchquduq-2)

yo‘nalishi bo‘yicha  jo‘natildi. “Salomatlik” poyezdida

borgan mutaxassislar tomonidan ijtimoiy himoyaga

muhtoj bo‘lgan aholi qatlami chuqur tibbiy ko‘rikdan

o‘tkazildi.

 Orolbo‘yi va ekologik noqulay hududlarda

istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarga tibbiy

va ijtimoiy yordam berish maqsadida, Jamg‘arma,

“O‘zbekiston Temir yo‘llari” Davlat aksionerlik

kompaniyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston

Respublikasiga “Salomatlik” poyezdini yo‘lladi.

Toshkent — To‘rtko‘l — Misken — Toshkent yo‘na-

lishi bo‘ylab 7 332,6 ming so‘mlik va 448 400 AQSH

dollari qiymatidagi dori-darmonlar, sanitariya-gigiyena

vositalari, tibbiyot anjomlari, multivitaminlar, nogi-

ronlik aravachalari, oziq-ovqatlar, xo‘jalik mollaridan

iborat muruvvat yordamlari aholining ijtimoiy

himoyaga muhtoj qatlamlariga, bolalar va tibbiy

muassasalarga manzilli tarzda yetkazildi.

 Turkiyaning xalqaro hamkorlik va rivojlanish

agentligining (TICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi

bilan hamkorlikda joriy yilning 24-sentabr kuni

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanidagi eshitish

qobiliyati cheklangan o‘quvchilar uchun mo‘ljal-

langan 17-sonli maxsus internat maktabda umumiy

qiymati 20 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan zamonaviy

tikuv mashinalari va duradgorlik asbob-uskunalari

o‘rnatilgan sinf xonalari ochildi.

 “ZERO MAX GmbH” kompaniyasining

O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda

ishlab chiqilgan loyihaga muvofiq, bir qator hamkorlik

ishlari amalga oshirildi. Jumladan:

— Qashqadaryo viloyatidagi maxsus maktab-

internat tibbiyot maskani hamda Sirdaryo viloyatidagi

maxsus maktabgacha ta’lim muassasasining fizio-

terapiya xonalari tibbiy uskunalar bilan jihozlandi;

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon,

Namangan viloyatlaridagi ixtisoslashtirilgan muas-

sasalar rivojlantiruvchi va reabilitatsiyalashtiruvchi

inventarlar bilan,  Andijon va Buxoro viloyatlaridagi

maxsus maktab-internatlar  tikuv va duradgorlik

xonalari uskunalar bilan, Navoiy viloyati Karmana

tumanidagi maxsus maktab-internatning 25 nafar

tarbiyalanuvchisi  eshitish  apparatlari bilan ta’min-

landi.


«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi

 tashkiliy-uslubiy bo‘limi tayyorladi.



18

UV

 zaxiralari toza,



pokiza bo‘lgan millatning

o‘zi ham, qalbi ham

toza, pokiza bo‘ladi. Azal-azaldan

xalqimiz bu hikmatga amal qilib

keladi.

Madaniyatli, ma’rifatli, o‘zli-



gini tanigan xalqning suvlari ham

shunga yarasha — toza, sifatli,

tejalgan bo‘ladi. Har bir millat-

ning madaniyati, ma’rifati dara-

jasini suvlari belgilaydi. O‘z

kelajagiga ishongan har bir millat

dastlabki odimini suvni avaylab-

asrashdan, uni tejab sarflashdan

boshlamog‘i kerak. Ana o‘shanda-

gina bu millat o‘zining ezgu maqsa-

diga albatta erishadi.

Suv har bir davlatning, har

bir millatning tamaddun daraja-

sini, kelgusi buyuk rejalarini aniq

ko‘rsatib beruvchi ulkan ko‘zgudir.

Suvni asramoq — bu, millatni

asramoq, avlod davomiyligini

ta’minlamoq demak. Chunki toza,

sifatli suv — sog‘lom avlod,

barkamol millat demakdir. O‘z

millati, ona-Vatani, avlodi, bo‘l-

g‘usi nabira-evaralarini sog‘lom,

baquvvat bo‘lib o‘sishini, yasha-

shini o‘ylagan har bir odam

suvning sifatini muhofaza aylashi,

behudaga sarflamasligi kerak.

Mustaqillik sharofati bilan

O‘zbekiston Respublikasida suv-

dan oqilona foydalanish borasida

tahsinga sazovor ishlar amalga

oshirilmoqda. Mamlakatimizda

mavjud bo‘lgan suv inshootlari,

suv omborlari, kanallar, ariqlar

ta’mirlanayapti, tozalanayapti,

yangilari qurilayapti.

Endi  mamlakatimizning

barcha tabiiy boyliklari, jumladan,

har qatrasi gavharga teng suvlari-

miz ham o‘zimizniki bo‘ldi.

Mustaqilligimizning dastlabki

yillarida O‘zbekiston Respublika-

sining «Suv va suvdan foydalanish

to‘g‘risida»gi Qonuni 1993-yil

6-mayda qabul qilindi. Bu tarixiy

Qonunda suv O‘zbekiston

Respublikasining davlat mulki —

umummilliy boyligi ekanligi, u

davlat tomonidan muhofaza

etilishi alohida ta’kidlangan.

Ushbu Qonun va me’yoriy

hujjatlarning o‘zi ham davlatimiz-

ning suvga mamlakat moddiy,

ma’naviy, madaniy rivojlanishi-

ning asosiy omillaridan biri sifatida

qarayotganligining yorqin dalilidir.

Mustaqillik sabab, unutilayot-

gan urf-odatlarimiz, qadriyatlari-

miz tiklanayapti. Mamlakatimiz

yangilanayapti. Shaharlarimiz,

qishloqlarimiz kundan-kunga go‘-

zallashib borayapti. Kaftdek tekis

asfalt yo‘llar, osma ko‘priklar,

osmono‘par binolar, tinmay suv

otib turgan favvoralar... Obodon-

chilik ishlari qizg‘in olib boril-

moqda.


Muhtaram  Prezidentimiz

Islom Abdug‘aniyevich Karimov-

ning tashabbuslari bilan juda oz

vaqt ichida Toshkent teleminorasi-

ning yonginasida, bir qancha

gektarni egallagan «Shahidlar

xotirasi» yodgorlik majmuasi

bunyod etildi. Uning qoq o‘rtasidan

oqib o‘tgan Bo‘zsuv  kanalining

ikki qirg‘og‘i tekislanib, betonlar

yotqizilib, gullar ekilib, yo‘laklar

S

TOMCHI  SUVDA    HAYOT  JILVASI



TOMCHI  SUVDA    HAYOT  JILVASI

TOMCHI  SUVDA    HAYOT  JILVASI

TOMCHI  SUVDA    HAYOT  JILVASI

TOMCHI  SUVDA    HAYOT  JILVASI



19

tortilib, juda go‘zal holga keltirildi.

Qani endi, Bo‘zsuvning boshla-

nishi bo‘lmish Chirchiq daryo-

sidan — uning quyi qismigacha

bo‘lgan ikki qirg‘og‘i (xuddi

«Shahidlar xotirasi»  yodgorlik

majmuasidagi  qismi kabi) ham

tozalanib, daraxtlar o‘tqazilib

sayilgohlarga aylantirilsa, O‘zbek-

istonning chiroyiga yanada chiroy

qo‘shilardi.

So‘nggi yillarda xalqimiz suvni

tejashni, toza-pokiza asrashni,

uvol qilmay, undan oqilona foyda-

lanishni o‘rganmoqda.

Biz kundalik hayotimizda

ishlatadigan suv ham, qishloq

xo‘jaligi ekin maydonlarini sug‘o-

rish uchun sarflanadigan suv ham

bir manbadan olinishini, u chuchuk

suv ekanligini nazarda tutsak,

mabodo suv talab darajasida tejal-

maydigan bo‘lsa, bir necha o‘n

yillikdan keyin suv taqchilligi

yuzaga kelishi mumkinligini  tasav-

vurga keltirish qiyin emas. Suv

taqchilligining ortishi bilan esa,

o‘z-o‘zidan qishloq xo‘jalik mah-

sulotlarining tannarxi ham ko‘ta-

rilib borishi aniq.

Xalqaro suv resurslarini bosh-

qarish instituti olimlarining fikr-

laridan kelib chiqsak, dunyo

hamjamiyati bilan hamkorlikda

shoshilinch ravishda ko‘plab

hozirgi zamon talablariga to‘liq

javob beradigan suv omborlari

qurish, suv zaxiralarining hajmini

kengaytirish, tejash, qishloq xo‘-

jalik ekinlari uchun foydalani-

ladigan yer maydonlarini sug‘o-

rishda iloji boricha ko‘proq

yomg‘ir suvlaridan foydalanishga

o‘tish, namlikni yoqtirmaydigan,

kam suv talab qiladigan qishloq

xo‘jalik ekinlarini yanada ko‘pay-

tirish kerak bo‘ladi.

BMT ekspertlarining hisob-

kitoblariga qaraganda, 2030-yilga

kelib yer yuzidagi aholining soni

6 milliarddan 8,5 milliardga

ko‘payar ekan. Agar shunday hol

yuz bersa, yana qo‘shimcha 2 ming

km

3

 ichimlik suvi topish kerak



bo‘ladi. Shuncha suvni topish

uchun qancha kuch, mablag‘,

qancha sa’y-harakat zarur bo‘ladi.

Yer kurrasida aholi sonining

ortib borishi natijasida suv taq-

chilligi bilan bog‘liq yuzlab

muammolar, ziddiyatlar kelib

chiqishi mumkin.

Xalqaro suv resurslarini bosh-

qarish instituti ma’lumotlariga

binoan, hozirning o‘zidayoq

Yaqin Sharq va Afrikaning ba’zi

bir davlatlarida oziq-ovqat ishlab

chiqarish ta’minoti uchun mo‘l-

jallangan ichimlik suvi zaxiralari

juda oz qolgan. Agar shunday

fojiaviy ahvol davom eta bersa,

ichimlik suvining tannarxi yanada

ko‘tariladi.

BMTning Bosh kotibi Pan Gi

Mun 2007-yilning dekabrida

Yaponiyaning Beppu shahrida

bo‘lib o‘tgan ulkan anjumandagi

ma’ruzasida hozirgi vaqtning

o‘zidayoq yer yuzi aholisining

chorak qismi suv taqchil bo‘lgan

mintaqalarda hayot kechirayot-

ganligini, 1,1 milliard nafar odam

esa toza ichimlik suvidan butunlay

benasib ekanligini tashvishlanib

aytgan edi.

Jahon futurologlarining aytish-

laricha, ichimlik suvi zaxiralari

boshqa tabiiy yonilg‘i zaxiralari-

dan ham avvalroq tugab qolishi

mumkin ekan.

Mitti sayyoramizdagi barcha

suv zaxiralari kamayib, iflos-

lanib, sifati yomonlashib, iste’-

molga yaroqsiz bo‘lib borayapti.

Bu insoniyat hayotini katta xavf

ostiga qo‘yishi bilan birga dunyo

iqtisodiyotini va ijtimoiy salo-

hiyatini pasayishga olib kelishi

mumkin.

Hozirgi davrga kelib sayyora-



mizda suvga bo‘lgan munosabat

keskin o‘zgarmoqda. Suv tanqis-

ligi dunyoning birinchi o‘rindagi

muammosiga aylanayapti. Yer

kurrasida ichimlik suvi tanqisligi

xavfi paydo bo‘ldi.

Chunki sayyoramizdagi barcha

suv zaxiralarining faqat ikki foizi-

gina ichishga yaroqlidir. Bu

xavfning oldini olish uchun

yuzlab obro‘li tashkilotlar faoliyat

ko‘rsatayapti — Xalqaro Orolni

qutqarish jamg‘armasi va uning

negizida tashkil etilgan Tosh-

kentdagi Agentlik, BMT, Amerika

Qo‘shma Shtatlarining Xalqaro

Rivojlantirish Agentligi (USAID),

Osiyo taraqqiyot banki (OTB),

Jahon banki (World Bank).

Kanada Xalqaro Rivojlantirish

Agentligi (CIDA), Yaponiya

Xalqaro Rivojlantirish Agentligi

(JICA) va hokazolar.

Suvni asrash, tozaligini saq-

lash, uning uvol bo‘lishiga, be-

huda sarflanishiga yo‘l qo‘ymaslik

uchun bir qator yirik davlatlar

hamjihatlikda juda katta xayrli

ishlarni  amalga oshirmoqda. Jahon

miqyosida YUNESKOning qarori

bilan har yili mart oyining 22-

kuni xalqaro «Suv kuni» deb e’lon

qilindi. Bunday ezgu harakatlar

ham o‘z o‘rnida xalqimizning suvga

bo‘lgan hurmat va e’tiqodini yanada

mustahkamlashga olib kelishi

haqiqatdir.

Orol dengizi suvi sathining

pasayishi sababli Markaziy Osiyo

mintaqasida vujudga kelgan keskin

ekologik vaziyatni yumshatish

borasida tasdiqlangan dasturni

amalga oshirish yo‘lida Xalqaro

Orolni qutqarish jamg‘armasining

va uning qoshida tashkil etilgan

Agentlikning moliyaviy ko‘magini

hamda olib borayotgan amaliy

faoliyatini alohida aytib o‘tish kerak.



20

SUV TARIXIGA BIR NAZAR

ASRNING

 to‘rtinchi



choragiga qadar O‘zbek-

istonning shahar va qish-

loq ko‘chalarining  ikki tomonidan

ariqlar o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan

ipakdek   tovlanib,  zilol suvlar  oqib

turar edi. Bular o‘zbek xalqining

o‘ziga xos milliy xususiyati —

mentaliteti edi... O‘zbek millati-

ning o‘ziga xos bunday mentaliteti-

ning shakllanish jarayoni tarixi

juda qadim zamonlarga borib

taqaladi.

Ochig‘ini aytish kerak, o‘z-

beklar — bolani sevgan «bolajon»,

mehmonni ulug‘lagan «mehmon-

jon», shuningdek, suvni e’zozla-

gan, unga nisbatan e’tiqodi yuqori

bo‘lgan «suvjon» xalqlardandir.

Ota-bobolarimiz o‘zlari yasha-

gan maskanlarga — shahar, kent

va qishloqlarga, daha va mahalla-

larga olis-olislardagi daryo va

anhorlardan hashar yo‘li bilan

ariqlar, kanallar qazib suv keltir-

ganlar. Suv har bir xonadon hovli-

sidan oqib o‘tgan. Hozirda ham

Farg‘ona, Andijon, Namangan

viloyatlariga borib qolsangiz, ariq

suvlarining har bir xonadon hovli-

sidan oqib o‘tayotganligining

guvohi bo‘lasiz.

Kelinchaklarimiz, singillari-

miz har kuni erta tongda, quyosh-

dan ham erta turib, hovli sahnlariga

suv sepib, ariqlarning bo‘ylarini

«yog‘ tushsa yalagudek» qilib

supurib, orasta qilib qo‘yishgan.

Hovlilarga go‘zallik, nafosat baxsh

etib turgan bu suvlarni ifloslan-

tirishga qo‘limiz qanday boradi,

haddimiz qanday sig‘adi? Axir,

suv ham bizlarga onadek aziz va

mo‘tabar emasmi?!

Qadimdan suvjon xalqimiz

har yili yoz faslida «Suv bayrami»ni

katta tantana bilan o‘tkazib kelgan.

Markaziy Osiyo xalqlarining suvga

bo‘lgan hurmat va e’tiqodini bir

qator milliy bayram va marosim-

larning o‘tkazilishida ham kuza-

tish mumkin. Jahon miqyosidagi

buyuk olim Abu Rayhon Beruniy

o‘zining «Osor-ul boqiya»

(«Qadimgi xalqlardan qolgan

yodgorliklar») nomli kitobida

Markaziy Osiyo xalqlarining turli

bayramlari, odatlari haqida,

jumladan, Navro‘z bayramidagi

udumlari haqida to‘xtalib, shun-

day yozadi:

«Odamlar shu kuni tong

paytida o‘rinlaridan turib kanal va

hovuzlarga boradilar. Ko‘pincha

oqib turgan suvlarga ro‘baro‘ turib,

hayotlarining barakali bo‘lishi va

ofatlarni daf etish uchun ustilari-

dan suv quyadilar».

Beruniy mazkur kitobida

Markaziy Osiyo xalqlari, jumla-

dan, xorazmliklar har yili «Vaxshan-

gom» — suv bayramini o‘tkazish-

lari haqida ham ma’lumot beradi.

«Vaxshangom» bayrami Vaxsh—

Jayxun daryosi suvini ulug‘lash

bilan bog‘liq holda o‘tkazilgan.

Misrliklar Nil daryosini, hind-

lar Gang daryosini, Amerika

hindlari Amazonka daryosini

o‘zlari uchun muqaddas bilib

sig‘inganlaridek, Markaziy Osiyo

xalqlari ham Jayxun—Amu-

daryoni o‘zlari uchun tabarruk va

aziz bilganlar. Rivoyatlarda ayti-

lishicha, har bir odam Jayxun

daryosida uch marotaba cho‘milsa,

har qanday dard, yara-chaqalar-

dan forig‘ bo‘lar ekan. Shuning

uchun  bo‘lsa kerak, xorazmliklar

«Vaxshangom» bayramida, albatta,

Amudaryo qirg‘oqlariga  sayilga

borishib, suvida cho‘milishgan.

Beruniy yuqorida aytilgan kitobida

xorazmliklarga o‘xshab eronliklar

ham o‘z bayramlarida Kaspiy

dengizida cho‘milishlari haqida,

«Omul aholisi shu kuni Hazor

(Kaspiy) dengiziga borib, kun

bo‘yi suvda o‘ynashib sho‘ng‘isha-

dilar», deydi.

Alohida ta’kidlash lozimki,

ajdodlarimizning bahor-yoz oyla-

rida bo‘ladigan bayramlarining

hech biri suvsiz o‘tmagan, albatta.

Suv bahor-yoz mavsumlarida

o‘tkaziladigan bayramlarning

doimiy e’zozli «hamrohi» bo‘lgan.

Bu bayramlarda odamlar, «yilimiz

qut-barakali, kunimiz suvdek

tiniq, hayotimiz suvdek pokiza,

hosilimiz suvdek serob bo‘lsin»,

— deb xursandchilik bilan bir-

birlariga suv sepishgan. Odam-

larning yaxshi niyat bilan bir-

birlariga suv sepish odatlari

dunyoning turli mamlakatlarida,

jumladan, Hindiston, Malayziya,


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling