Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana12.09.2017
Hajmi0.49 Mb.
#15581
1   2   3   4   5   6   7

dalik turmushimizning bir oni

ham suvsiz o‘tmaydi. Suv va inson

yonma-yon. Inson dunyoga kelgan

kunidan boshlab to umrining

so‘nggi daqiqasigacha suv bilan

birga bo‘ladi. Chaqaloq yorug‘

olamga kelgan zamonoq suv uni

«marhabo» deb kutib oladi.

Go‘dakni suvda poklaydilar -

cho‘miltiradilar. Inson hayotining

eng so‘nggi nafasida ham paxtani

ho‘llab, uning lablariga suv tomi-

ziladi. Bu holni Navoiy bobomiz

she’rda shunday ifodalagan edi:

Ham Navoiyning ko‘zin

 qilmish bulutkim za’fdin,

Istar og‘ziga tomuzg‘aylar

 momug‘ birla suni.

Insonni oxirgi safarga  —

dunyoyi foniydan dunyoyi boqiyga

yuvib-tarab, poklab, «alvido» deb

kuzatuvchi ham suvdir. Suvsiz inson

hech kim emas. Suv insonning

doimiy posboni. Suv insonsiz yasha-

shi aniq. Lekin inson suvsiz aslo

yashay olmaydi.

Suvning bu dunyoda muqad-

dasligi, azizligi haqiqat. Buni hech

birimiz inkor qilmaymiz. Islom

tarixiga oid kitoblarda, Hadisi

shariflarda yozilishicha, oxirat kuni

Allohning nazari tushgan banda-

lariga kuch-quvvat baxsh etish

uchun eng avval, Havzi Kavsardan

suv tutilar ekan. Gunohkorlarga bu

suvning bir tomchisi ham nasib

bo‘lmas ekan. Suv bu dunyoda

ham, u dunyoda ham aziz va

muqaddasdir.

«Suvni aziz tutgan odam bu

dunyoda ham, u dunyoda ham xor

bo‘lmas» degan naqlga amal qilaylik.

Suvni imkoni boricha, kuchimiz

yetganicha aziz va mo‘tabar

tutaylikki, toki bizni ham aziz va

mo‘tabar bilsinlar.

O‘zbek mumtoz adabiyotining

yirik vakillari o‘zlarining o‘nlab

asarlarida Siz va bizning har

daqiqada, har soatda, har kuni,

qisqasi, umrimizning so‘nggi nafa-

sigacha ishimiz tushadigan muh-

taram va aziz Suv haqida juda

qimmatli fikrlar bildirganlar.

Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf

Xos Hojib, Lutfiy, Navoiy,

Bobur, Munis, Ogahiy, Komil,


26

Muqimiy, Dilshod, Anbar otin

kabi shoir va shoiralar o‘z ijodiy

faoliyatlari davomida suvning xalq

hayotida tutgan o‘rni, muqaddas-

ligi, abadiyat suvi — Xizr suvi

bilan barobar ekanligi to‘g‘risida

o‘nlab she’riy asarlar ijod etganlar.

Hatto Muhammad Fuzuliy suvga

bag‘ishlab katta qasida ham yozgan.

XI asrning mashhur qomusiy

olimi Mahmud Koshg‘ariy o‘zi-

ning «Devonu lug‘atit turk» nomli

asarida ichimlik suvi zaxiralariga

bag‘ishlangan,  bir qator ajoyib

to‘rtliklarni keltirgan:

Qor va muzlar erishdi,

Tog‘ suvlari yurishdi.

Ko‘kda bulut yurishdi,

Qayiqlardek o‘ynashur.

Bobokalon shoirimiz Alisher

Navoiy hazratlari ijodida suv

mavzui asosiy qirralari bilan yoritib

berilgan. Alisher Navoiy ijodining

bilimdoni filologiya fanlari doktori,

professor Abduqodir Hayitmetov

va akademik Azizxon Qayumovlar

ham Navoiyning suv bilan bog‘liq

asarlari o‘zining «ho‘bligi va

ko‘b»ligi bilan ajralib turishini

alohida ta’kidlagan edilar. Buyuk

ijodkorning to‘rt devondan tashkil

topgan «Xazoyinul maoniy»sidan

o‘rin olgan g‘azallarida va

«Xamsa»siga kirgan besh dostondan

suvning muqaddas va azizligi,

insonning ajralmas hamrohi

ekanligi, uning barcha tirik

mavjudot va borliq uchun nihoyatda

zarurligi haqidagi falsafiy fikrlari

o‘z  in’ikosini  topgan.

Navoiy suvning inson hayoti

uchun nihoyatda zarurligi haqida

shunday yozadi:

Suvsizg‘a suv shavqi bo‘lsa

 jondin ortuq.

Bil, siflag‘a mol shavqi

 ondin ortuq.

Yirik davlat arbobi, shoir va

tarixchi Zahiriddin Muhammad

Bobur lirik g‘azal va ruboiylar

bitish bilan bir qatorda suv haqida

«Kitob-s-salat» nomli risola yarat-

gan (Toshkent, Abdulla Qodiriy

nomidagi Xalq merosi nashriyoti,

1993-yil).

Boburning bu asarida suvning

tozaligini saqlash, tejash, uvol

qilmaslik xususida foydali fikrlar

bayon qilinganki, ular hozirda ham

o‘z qiymatini yo‘qotmagan. Bu

ijodkorning yirik qomusiy asari

«Boburnoma»sini o‘qir ekanmiz,

uning o‘ta sinchkov suvchi-mirob

ekanligiga ham amin bo‘lamiz.

Bobur bu tarixiy memuarida

Markaziy Osiyo va Hindiston yarim

oroli suvlari haqida juda noyob

ma’lumotlar yozib qoldirgan.

U o‘zi tug‘ilib o‘sgan Farg‘ona

viloyatining suvlari haqida qiziqarli

va mufassal ma’lumotlar keltiradi.

Bobur Andijonning tabiati, ob-

havosi haqida fikr yuritar ekan,

uning suvlarini alohida diqqat bilan

bayon qiladi;

«...Janubiy tarafidan qasaba-

lar(ning) bir(i) Andijondurkim,

vasatta voqi’ bo‘lubdur, Farg‘ona

viloyatining poytaxtidur. To‘qqiz

tarnov suv kirar. Bu ajabturkim,

bir yeridan ham chiqmas».

Xorazmning yetuk shoir va

tarixchilari, tarjimonlari bo‘lgan

Munis va Muhammad Rizo

Ogahiy she’riy devon tuzish, o‘n-

lab tarixiy kitoblarni fors tilidan

o‘zbekchaga tarjima qilish bilan bir

qatorda yirik davlat arboblari — Xiva

xonligining suv vazirlari — bosh

miroblari ham edilar. Hatto Munis

Xorazmiy anhor va kanallar, soy

va ariqlar haqida, suvni asrash, uvol

qilmaslik, tejash haqida alohida

«Arnalar» nomli risola ham yozgan.

Bu asarning o‘sha davrda Markaziy

Osiyo miroblari uchun asosiy qo‘l-

lanma vazifasini o‘taganligi haqi-

qatdir.

O‘rni kelganda, shuni alohida



ta’kidlash kerakki, Amir Temur,

Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy,

Husayn Boyqaro, Zahiriddin

Muhammad Bobur, Abulg‘ozi-

xon, Abdullaxon, Muhammad

Rahimxon — Feruz, Munis,

Ogahiy kabi yirik davlat arboblari

mohir miroblar sifatida Markaziy

Osiyo irrigatsiyasining taraqqiyotiga

juda katta hissa qo‘shgan edilar.

Turkistonda suv nihoyatda

tanqis bo‘lgan. Uzoq o‘tmishni

qo‘ying, yaqin XIX asrning oxiri

— XX asrning boshlarida ham suv

taqchilligidan — kamligidan

o‘lkaning katta-katta mintaqalari

cho‘lga aylanib qaqrab yotgan. Bu

haqda qo‘qonlik shoir Maxmur:

Cho‘l, yo‘q qatrai suv,

katta-kichik

Qo‘lini qumga yuvib

ketiga surtar guvalak, —

deb istehzo bilan bekorga she’r

bitmagan.

Turkiston hududida asosan

sug‘oriladigan yerlarda dehqonchilik

qilinganligi sabab xalqning bor

umidi suvdan bo‘lgan. Suvga ham

«yo zaring yoki zo‘ring bo‘lsin»

qabilida munosabatda bo‘lingan.

«Zari ko‘p» boylar, «zo‘ri bor»

amaldorlar suvdan istaganlaricha

foydalangan. Suv taqsimotida ham

«tanish-bilish»lik hukmron bo‘l-

gan. Hatto, suv pora evaziga

berilgan, pulga sotilgan. Bu haqda

urgutlik shoir Xumuliy shunday

satrlarni yaratgan:

Elga sangi jafoni otdilar,

Suvni dehqon eliga sotdilar.

Natijada xalq orasida tez-tez

suv tanqisligi bilan bog‘liq to‘po-

lonlar, janjallar bo‘lib turgan.

Zavqiyning «Suv janjali» manzuma-

si bevosita ana shunday to‘polon-

larga bag‘ishlangan. Shoir yozadi :

Xoh rozi, xoh xunob,

Yurt-elga suv bermay mirob.

Hoji yerin qilmish serob,

Dehqon uchun qattol ekan.

(Davomi bor).

Abduhamid JALOLOV



27

Bu ma’rifatli, el-yurti istiq-

boliga kuyunchak kishi  — sobiq

sho‘ro tuzimi qatag‘oni qurbon-

laridan biri — har amali, fao-

liyatida o‘z maslagiga sodiq bo‘lgan.

Uning qamoq va surgun davrida

qizlari, yaqinlariga yozgan mak-

tublari buni ayon qilib turadi. Biz

sizning hukmingizga havola  etib,

izohlayotgan xatlarni garchi mual-

lif qiziga yo‘llagan bo‘lsa-da, ular-

ning ko‘pchilikka  ibratli jihatlari

bor, deb o‘ylaymiz.

“O‘zbekiston milliy ensiklope-

diyasi”da (5-jild, 692-bet) ushbu

xatlar muallifi — Saidnosir Mir-

jalilov (1884—1937.9.10) ma’ri-

fatparvar va jamoat arbobi sifatida

ta’riflanib, u haqida yetarli ma’-

lumotlar berilgan.

Maktublar bilan tanishish-

ning o‘ziga xos tomonlari bor,

undan nimanidir o‘rganasiz,  fikr

olasiz. Muhimi, har bir maktub-

dan xulosa chiqarasiz, unda so‘z

yuritilayotgan masalalar yuza-

sidan, tilga olingan shaxslar haqida

ham muallif nuqtai nazaridan,

ham o‘z qarashlaringizdan kelib

chiqib, ma’lum tasavvurga,

mushohada qilish imkoniga ega

bo‘lasiz.

Ushbu maktublar ota va far-

zandlar o‘rtasidagi munosabat-

lardan bizni voqif etish bilan birga

davr haqida ham qimmatli ma’-

lumotlar berishi bilan ajralib

turadi.

Ma’rifatparvar S.Mirjalilov



bilan uning qizlari o‘rtasidagi

yozishmalarni o‘rganish jarayo-

nida maktub satrlari ortidan  sizib

turgan davr ruhi, ota-bola o‘rta-

sidagi munosabatlar, oila boshiga

tushgan muammolar hamda

sog‘inch taftini his etdik. Oybek

uy-muzeyi direktori Oynur Tosh-

muhamedova taqdim etgan, Said-

nosirboy tomonidan 1927-yilda

yozilgan maktublarni o‘rganib

chiqish davomida xat muallifining

hayoti, tabiatiga xos chizgilarni

ham aniqladik. Ayni maktublar rus

tilida juda savodli yozilgan. Ular

1926 — 1929-yillarda uning

Solovkidagi uch yillik jazo mud-

datini o‘tash kezlari yozilgan. Jazo

muddati tugagach, S.Mirjalilov

surgun yillarini o‘tkazish uchun

Semipalatinsk viloyatidagi Biysk

shahrida istiqomat qiladi. U

O‘zbekistonga qaytib kelishi uchun

ruxsat yo‘q edi.

Maktub satrlaridan Said-

nosirboyning qizlariga bo‘lgan

muhabbati ufurib turadi: “Qizim

Sharifa, men musiqada erishgan

muvaffaqiyatlaringdan juda xursand-

man. Bu sohada tan olinganingdan

mamnunman. Lekin sen bu bilan

kifoyalanmasliging, balki musiqa

sohasidagi bilimlaringni, soz

chalishda mahoratingni oshirishing

va kelajakda bu sohada yangilik

yaratishni orzu qilishing kerak

bo‘ladi. Musiqa chalishda mahorat

cho‘qqisini egallagan o‘zbek

qariyalaridan saboq olishing kerak

bo‘ladi. Menga qolsa, dutordan

ko‘ra tanbur chalishni o‘rgani-

shingni istardim, lekin senga fikrim-

ni o‘tkazish niyatim yo‘q, o‘zingga

qara. ... Ammo asosiy o‘qishingdan

zinhor orqada qolmagin. Sening

“akang” Saidnosir”.

Ahamiyat bergan bo‘lsangiz,

Saidnosirboy qiziga yo‘llagan

maktublarini otang emas, “akang”

deb imzolagan, buning sababini

biz nazorat (senzura) bilan bog‘-

liq deb topdik. Chunki, u kezlarda

yuborilgan xoh xat, xoh boshqa

narsa bo‘lsin, albatta qattiq nazo-

ratdan o‘tkazilardi. Aftidan, buning

yana bir sababi, Saidnosirboyning

familiyasi Mirjalilov bo‘lgan,

qizlarining familiyasi Saidnosirova

bo‘lgan. Saidnosirboy  qizlarini

“boyning qizi” degan tazyiqdan

asrash ma’nosida ham “akang”

deb imzolashni ma’qul topgan.

Lekin u nechog‘lik qizlarini bu

tazyiqdan  asrashga harakat qilma-

sin, O‘rta  Osiyo davlat dorilfunu-

nining biologiya fakultetiga o‘qishga

kirgan Sharifa “boyning qizi”

sifatida ustidan tushgan arizaga

asosan o‘qishdan haydalgan.

Uzoq o‘lkada surgunda yurgan

Saidnosirboy e’tiboridan qizlari-

ning faqat o‘qishda erishgan nati-

jalarigina emas, ularning yashash

tarzi ham, ovqatlanish tartibi ham

chetda qolmas edi:

“Ovqatlanish tarzi inson uchun

juda muhim masala, shu bois unga

jiddiyroq munosabatda bo‘lishingiz

lozim. Boz ustiga, bu masalada

sizlar mendan ham yaxshiroq

xabardorsizlar. Bizning taomlari-

miz to‘yimli, baquvvat bo‘lsa ham,

ular bir xil. Ko‘katlar, qaylalarga

nisbatan go‘sht, unni ko‘p ishlata-

miz. Shu sababli, Zulfiya qizim, sen

MA’RIFATGA  MUHABBAT

QO‘YGAN  EDI


28

va Safo ham yevropa taomlaridan

tanovul qilib turishlaring kerak. (4

kun bizning milliy taomdan, shunda

ham bir kun go‘shtsiz taom

tayyorlash lozim. 2 kun yevropa

taomlaridan suyuq ovqat, so‘ng

go‘sht va shirinliklar  va 1 kun 2 -

3 xil sabzavotli (vegetarian ovqat)

tayyorlash kerak). Imkon qadar

ko‘katlardan ko‘proq tanovul qiling-

lar. Bu masalada Toshkent ko‘kat-

ga boy”.

Ko‘ramizki, xat muallifi uzoq,

sovuq, sharoitsiz o‘lkada surgunda

bo‘lishiga qaramasdan qizlariga

sog‘lom turmush tarzi — to‘g‘ri

ovqatlanish masalasida maslahat

berib turadi. Umuman, bu mak-

tublardan faqat ota-bola munosa-

batlarini emas, do‘stona muno-

sabatni ham ilg‘ash mumkin:

“Zarifa! 28/I da yuborgan

xatingni oldim. Moskvaga ariza

yuborganing yaxshi bo‘libdi. Borib

o‘tirishga hojat yo‘q. Ortiqcha vaqt

va mablag‘ sarf bo‘ladi. Umuman

olganda, imkoniyat bo‘lsa, Qizil

xoch ma’lumotnomani  sizlardan

ko‘ra tezroq ola bilardi. Agar fevral-

ning oxirigacha javob kelmasa,

yana ikkinchi marta yozgin, faqat

xatingda bundan avval ariza yozib

yuborganingni qayd etib, arizaning

ko‘rilayotgani yo ko‘rilmayotganini

so‘ragin. Javob olsang, menga

xabar bergin.

...Xatlaringni olib turibman,

ular ba’zan kechikib keladi. ...Tez-

tez xat yozib turgin. Jilla bo‘lma-

ganda, 4 — 5 kunda bitta yoz.

Orada otkritka yozib yubor. Xatla-

ring menga malhamdir.

Agar, yozda ishlab chiqarish

amaliyotini o‘taydigan bo‘lsang,

menimcha, sharob zavodidan

ko‘ra, yog‘ zavodini tanlaganing

ma’qul. Agar imkoniyat bo‘lsa,

yozda bir oy (yoki yarim oy) bo‘sh

vaqting qolishiga harakat qilgin.

Chunki biron yerda dam olishing

kerak. Bu haqda yana gaplashamiz.

Gaplaringga qaraganda, ovqat-

lanishingizning mazasi yo‘q. Aslida

sen yozgandan ham yomonroq

bo‘lsa kerak. Bu aniq. Sening oyli-

ging hech narsaga yetmasligi

ma’lum. Oyligingdan menga ham

yuborib turasan, o‘zingga ham

xarajat qilishing kerak. Uyda esa

ko‘pchiliksizlar. Men shu qadar

yaxshi ota edimki, sizlarni biron

narsa bilan ta’minlab qo‘yish

kerakligini o‘ylamabman. Tan

olaman, men uzoqni ko‘ra olmas

ekanman.


Safo bilan Zulfiyaning alohida

yashash istaklari yaxshilikka olib

kelmaydi. Onang uydami? Qaysi

uyda? Ikkalasi ish berayaptimi yoki

bittasimi?

Zarifa! Ubaydulladan so‘ra, 1-

may (ko‘chasi)dagi uy qaysi

ahvolda (Turkiston ishi munosabati

bilan). Garovdan ozod etilganmi,

ya’ni xatlashdan. Agar ozod etilgan

bo‘lmasa, uyni garovdan ozod etish

uchun nima qilish kerak.

Bu yerda sovuq havoning haro-

rati  biroz kesildi. Sizlarda fevral-

ning boshida kunlar iliy boshlagan

bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman.

Mening taqdirim hamon mav-

hum. Agar biron narsa bilsam,

albatta, xabar qilaman. Kutishdan

boshqa iloj yo‘q. Kutayapman.

Sizlar ham xotirjam, iztirobga

tushmasdan mendan yo Moskva-

dan xabar  kutinglar. Yaqin kun-

larda diydor  ko‘rishishdan umid

qilaman.  Hammaga salom.

Saidnosir. 1929. 16/II  KPP”.

Xat mazmunidan Saidnosir-

boyning qizlaridan kelgan mak-

tublar uni tutib turgani, unga

madad, suyanchiq bo‘lgani ko‘ri-

nib turibdi. Otaning oilasidan

uzoqdaligi, shu sababli qizlariga

berishi lozim bo‘lgan mehrni

berolmayotganidan qalbi iztirob-

daligi va bu bo‘shliqni maslahatlari

bilan to‘ldirishga harakat qilganini

ko‘ramiz. Qizlari bilan bog‘liq

masala katta-kichikligidan qat’i

nazar — har bir masalada uning

ishtirokini ko‘ramiz:

“Sharifa! 26/VI da jo‘natgan

xatingni oldim. Shu kuniyoq

«hozircha to‘xtab tur» degan

mazmunda otkritka yubordim,

olgan bo‘lsang kerak.

O‘ylashimcha, Moskvaning

taklifi senga to‘g‘ri kelmaydi: a) ular

seni rahbar qilib tayinlash maq-

sadida ishga taklif qilishayapti,

shuning o‘zidanoq masala oydin. Bu

ish ko‘p vaqtingni oladi. O‘z-o‘zidan

ma’lumki, sen ishlaringga ulgur-

maysan va asosiy o‘qishingdan

qolib ketasan; b) muttasil ishlash

va senga to‘g‘ri kelmaydigan

sharoitda yashash sog‘ligingga

to‘g‘ri kelmaydi. Bu bilan hisob-

lashmaslikka ilojing yo‘q; d) masa-

laning moddiy tomonini ham

o‘ylashga to‘g‘ri keladi, agar u

yerga boradigan bo‘lsang, shimol

ob-havosiga mos kiyim-kechak

olishga to‘g‘ri keladi. Bundan

tashqari, kundalik xarajatlarga,

ko‘p bo‘lmasa ham, pul kerak

bo‘ladi. Bu senga og‘irlik qiladi...

Rus tilini Toshkentda ham

o‘rganishni davom ettirsang bo‘ladi.

Ko‘proq rus tilida kitoblar o‘qigin,

dugonalaring bilan ko‘proq rus

tilida gaplashishga harakat qilgin.

Bundan tashqari, agar sen

Toshkentda II bosqichni tugatayot-

gan bo‘lsang, Zarifa ko‘magida

uch yil davomida, asta-sekinlik

bilan universitetning ikkinchi

kursiga tayyorgarlik ko‘rishing

mumkin bo‘ladi.

Zarifa, menga 2ta ichki ko‘y-

lak, qorako‘l yoqalik eski bo‘z

paltomni, kalishimni... yuborgin.

Agar ularni 30da yuboradigan

bo‘lsang, ko‘proq “patir” jo‘natgin,

faqat “sok”i maydaroq bo‘lsin.

Qishkisi haqida keyinroq yozaman.

Pul yuborsang, ikki mingga kam-

roq yuborishing mumkin.

Saidnosir. 1927”.

Ota qizini o‘ylab, tashvish

chekib, maslahat berar ekan, har

bir fikrini asoslashga — qizini

ishontirishga harakat qiladi. Mavzu

maishiy masalaga ko‘chganda, xat

muallifi hamma masalada o‘ta rejali,

intizomli bo‘lganligi bilinadi. U

surgunda inson hayoti nechog‘lik

qadrsizligining shohidi bo‘lsa-da,


29

tushkunlikka tushmaydi, o‘zidagi

buloqdek qaynab turgan tuganmas

fikrlarini so‘nggi misqoligacha qiz-

lariga maktub orqali yetkazishga

intiladi. O‘z navbatida, unga qizlari

yo‘llagan mehr to‘la maktublarni

ko‘zdan kechirar ekanmiz, ularda-

gi otaga bo‘lgan munosabat namoyon

bo‘ladi. Otasi qizlarini ayab, pulni

odatdagidan ikki ming kamroq

yuboring, deb yozsa, Zumrad qizi

bunday deb maktub bitadi:

“... hozircha 40 rubl yubora

olamiz, keyinchalik 50 rubldan

yuborishimiz mumkin. Faqat bu pul

sizga yetadimi-yo‘qmi — shundan

xavotirdamiz. Bu haqda bizga,

albatta, xabar qiling. Biz mustaqil

yashayapmiz, hech kimdan yordam

so‘ramayapmiz, xavotir bo‘lmang.

Yana xat yozamiz. Yaxshilik bilan

ko‘rishaylik”.

Qizlar uyda kechayotgan har

bir voqea, yangilikdan otalari

Saidnosirboyni boxabar etib

turishadi:

“...Safo o‘qiyapti. Uning o‘qish-

lari haqida keyingi xatimda yoza-

man. Men ertaga botanikadan

amaliyotni topshirmoqchiman.

Olim, Sharifa texnikumda o‘qish-

moqda. Sulton — Turkistonda.

Buvim, oyimlar va men sog‘

salomatmiz. Salom bilan, Zarifa.

Ha, aytmoqchi, men musiqa

va rasmdan ulgurmayapman, ammo

unutmaslikka harakat qilayap-

man. Zulfiya ishlayapti, hozircha

biron noxushlik ro‘y bergani

yo‘q.  Sharifa musiqa bilan shu-

g‘ullanishda davom etayapti,

kelasi  yil musiqa texnikumini

tugatadi.

17/XII-26”.

 Mazkur maktublarda andoza

olishga loyiq o‘rinlar ko‘p, ovqat-

lanish, o‘qish, til o‘rganish  masa-

lasida Saidnosirboyning qizlariga

bergan maslahatlari shular jumla-

sidandir. Zero, u ma’rifatga

muhabbat qo‘ygan inson edi.

Ra’no IBROHIMOVA,

filologiya fanlari doktori

“Ma’naviy barkamol inson”

tushunchasi keng qamrovli, serqirra.

Ayni vaqtda u “sog‘lom avlod”

tushunchasi bilan ham bog‘lanib

ketadi. Odamzodni to‘g‘rilikka,

halollikka, poklikka, vatanparvarlik

va insonparvarlikka, ezgulikka,

ya’ni yuksak axloqiylikka boshlovchi

barcha fazilatlar “ma’naviy bar-

kamol inson” tushunchasi mohiyati

va mazmunini tashkil etadi.

Bugungi kunda butun inso-

niyatni tashvishga solayotgan global

muammolarga: odam savdosi,

xalqaro terrorizm va diniy ekstre-

mizm, giyohvand moddalar va

qurol-yaroq savdosiga barham

berish talab etilmoqda. Shuning

uchun yosh avlod har tomonlama

uyg‘un rivojlangan — barkamol

bo‘lib voyaga yetishi, xalq xizmatiga

bel bog‘lab, bu global muammo-

larni hal etishda faol qatnashmog‘i

zarur.


Boz ustiga, jahonda “ommaviy

madaniyat” va globallashuv niqobi

ostida aslida milliy qadriyatlar

tizimini o‘zgartirish, ularni yo‘qo-

tish jarayonlari ham kechmoqda.

Mamlakatimizda bunday salbiy

jarayonlarga yo‘l qo‘ymaslik —

qarshi turish borasida juda katta

ishlar qilindi va qilinmoqda. Bunda

yoshlar, albatta, katta kuchdir.

Bugungi jahonda kechayotgan

globallashuv, Yurtboshimiz ta’biri

bilan aytganda, “avvalo, hayot

sur’atining beqiyos darajada tez-

lashuvi demakdir”. Uning yana bir

o‘ziga xos tomoni shundaki, hozirgi

sharoitda mafkuraviy ta’sir o‘tka-

zishning nihoyatda turli-tuman yo‘l-

lari, imkoniyatlari mavjud. Ya’ni

yosh avlod xilma-xil xabar va ma’-

lumotlarning faqatgina foydalisini

olishi, zararlisini inkor qilishi lozim.

Barkamol avlod yili Davlat

dasturining hayotga tatbiq etilishi

jarayonida biz, yoshlar ma’naviy-

ma’rifiy tadbirlarda qatnashar

ekanmiz, ko‘nglimiz ham, ongi-

miz ham boyib borayotganini his

qilmoqdamiz. Prezidentimizning

“Yuksak ma’naviyat — yengilmas

kuch” asaridagi: “Hozirgi vaqtda

ko‘z o‘ngimizda dunyoning geo-

politik, iqtisodiy va ijtimoiy,

axborot-kommunikatsiya manza-

rasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y

berayotgan, turli mafkuralar torti-

shuvi keskin tus olayotgan bir

vaziyatda, barchamizga ayonki,

fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi

g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat

bilan kurashish har qachongidan

ko‘ra muhim ahamiyat kasb

etmoqda”,

1

   —  degan so‘zlarining



ahamiyatini teranroq anglamoqda-

miz.


Barkamollikka intilish odam-

zodga xos tug‘ma xislatdir. Lekin uni

ro‘yobga chiqarishda ta’lim-

tarbiyaning ahamiyati katta. Biz

ta’lim-tarbiya olishimiz, har


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling