Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana12.09.2017
Hajmi0.49 Mb.
#15581
1   2   3   4   5   6   7

Ana shunday ezgu ishlarimizning  davomi sifatida maxsus dasturlar bo‘yicha  1 ming 200 ta bolalar sporti

obyekti barpo etilgani, 278 ta musiqa va san’at maktabini yangitdan qurish  va rekonstruksiya qilish  ishlari olib

borilayotganini ta’kidlash lozim.

Albatta, oldimizda turgan ezgu maqsadlarimizga erishish yo‘lida yaratilgan barcha keng imkoniyatlar

e’tirof etilayotgan bir paytda, biz, eng avvalo, bunyod etilayotgan sharoitlarga bamisoli jon va kuch berayotgan,

ularni ishga solayotgan muallim  va murabbiylarning  og‘ir va mas’uliyatli  mehnatining o‘rni va ahamiyatini

chuqur anglab, ularni munosib qadrlash va baholash  barchamizning doimiy e’tiborimiz markazida  turishini

yaxshi tushunamiz.

(Prezidentimizning «O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga» tabrigidan).



6

A’LUMKI, 

iqtisodiyot-

ni rivojlantirish, uning

tarmoqlarini moderni-

zatsiyalashtirish va unda tarkibiy

o‘zgarishlarni amalga oshirishda

O‘zbekiston jahonning ko‘plab

xalqaro moliyaviy tashkilotlari

qatorida Osiyo taraqqiyot banki

(OTB) bilan ham faol va samarali

hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

O‘zbekiston ushbu nufuzli tash-

kilotning 15-yirik aksiyadoridir.

O‘z navbatida, OTB O‘zbekiston

uchun kredit portfellarining hajmi

bo‘yicha eng yirik xalqaro

moliyaviy tashkilot hisoblanadi.

O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi

o‘zaro hamkorlik zamirini nafaqat

O‘zbekistonni, balki mintaqa-

mizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlan-

tirish, uning jahon iqtisodiyotiga

integratsiyalashuvi jarayonlariga

hissa qo‘shish, mintaqada inson

omilini oshirish kabi maqsadlar

tashkil etadi. Ushbu maqsadlar

Osiyo taraqqiyot bankining

O‘zbekiston uchun strategiyasida

ham o‘z ifodasini topgan.

1996-yildan to 2010-yilning

may oyiga qadar OTB tomonidan

O‘zbekiston uchun ajratilgan

kredit resurslarining miqdori 1,2

milliard AQSH dollarini tashkil

qilgan va u asosan ta’lim, qishloq

xo‘jaligi, transport, energetika

sohalari va kichik biznesni qo‘llab-

quvvatlashga yo‘naltirilgan. Tosh-

kentda bo‘lib o‘tgan OTB bosh-

qaruv kengashining 43-yillik

majlisida O‘zbekiston uchun yana

1 milliard 115 million AQSH

dollari miqdorida kredit ajratilishi

haqida kelishuvlar imzolandi.

Xo‘sh, mintaqaviy moliyaviy

tashkilotlar, xususan Osiyo

taraqqiyot banki bilan hamkorlik

O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun

qanday imkoniyatlarni yuzaga

chiqarmoqda? Buni aniq loyihalar

misolida ko‘rib chiqish mumkin.

Bugungi kungacha OTB

ko‘magida va hamkorligida ta’lim

sohasida darsliklarni nashr etish

tizimini takomillashtirish, dars-

liklarning sifati, yaroqliligi va ochiq

savdoda bo‘lishini ta’minlash,

o‘quv dasturlari va darsliklar

yaratish bo‘yicha milliy salohiyatni

shakllantirish bo‘yicha miqdori

290 million AQSH dollariga teng

8 ta loyiha, qishloq xo‘jaligi soha-

sida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini

qayta ishlash bilan shug‘ul-

lanuvchi mavjud korxonalarni

qayta tiklash va modernizatsiya

qilish, oilaviy fermer xo‘jaliklari

samaradorligini oshirish maqsadida

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini

qayta ishlovchi dastgohlar yetka-

zib berish bo‘yicha miqdori 345

million AQSH dollariga teng 8 ta

loyiha, transport va informatsion-

kommunikatsiya texnologiyalari

sohasida 265 million AQSH dol-

lariga teng 4 ta yirik loyiha amalga

oshirildi. Shuningdek, mikro-

moliyalashtirish, kichik biznesni,

kredit uyushmalarini rivojlan-

tirishga qaratilgan qator loyihalarni

amalga oshirishda ham OTB bilan

hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

1

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgani



kabi, Toshkentdagi OTB bosh-

qaruv kengashining 43-yillik

majlisi doirasida OTBning

O‘zbekistonga ajratayotgan kredit

miqdori ikki baravarga oshdi va u

quyidagi istiqbolli loyihalarga

yo‘naltirildi:

1. Umumiy loyihasi 1,28

milliard AQSH dollariga teng

Talimarjon IESda quvvati 800

MVt. bo‘lgan parogaz qurilmasini

qurish uchun 350 million AQSH

dollari miqdorida moliyalashtirish

kiritish. Ushbu loyiha natijasida

mamlakatdagi elektroenergiya

ishlab chiqarish samaradorligi 50

foizgacha o‘sishi, atmosferaga

zararli gazlarning chiqarilishi yiliga

1 million tonnagacha kamaytirili-

shi ko‘zda tutilgan.

2. Milliy avtomagistralni

modernizatsiya qilish doirasida

600 mln. AQSH dollariga teng

moliyalashtirish kiritish. Loyiha

asosida  A380 magistrali bo‘yicha

uzunligi 220 km.ga teng avtomobil

yo‘llari rekonstruksiya qilinadi.

Ma’lumki, A380 magistrali yurti-

mizni qo‘shni davlatlar bilan

bog‘lovchi va jahon bozoriga olib

chiquvchi hal qiluvchi strategik

avtomagistral hisoblanadi va bu

magistralni rekonstruksiya qilish

natijasida xalqaro yuk tashishdagi

masofalar qisqarib, vaqt tejab

qolinadi, shuningdek, mavjud

infrastrukturani rivojlantirish va

yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish-

da katta ahamiyat kasb etadi. Loyiha

uch transhda amalga oshirilishi

rejalashtirilgan bo‘lib, uning 115

million AQSH dollari miqdoridagi

birinchi transhi OTBning

Toshkent anjumani arafasida

ajratildi.

3. “Agrobank”, “Hamkor-

bank”, “Ipak yo‘li” banklariga

mikrokreditlash va kichik biznesni

FAOL  MUNOSABATLAR,

YANGI  ISTIQBOLLAR

M


7

rivojlantirish maqsadida 50 mln.

AQSH dollariga teng kredit

tarmoqlarini ochish. O‘z o‘rnida bu

resurslar O‘zbekiston banklari

tomonidan ishlab chiqarish,

savdo-sotiq va xizmat ko‘rsatish

sohalariga va boshqa investitsion

loyihalarga yo‘naltiriladi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan bu

yirik anjuman OTB va O‘zbekiston

o‘rtasidagi munosabatlarni yangi

bosqichga olib chiqdi va O‘zbek-

istonning bundan keyingi jahon

hamjamiyatiga integratsiyalashuvi

uchun turtki bo‘ldi. Bu shundan

dalolat beradiki, O‘zbekiston

xalqaro hamjamiyat, xususan

xalqaro moliyaviy tashkilotlar

tomonidan ishonchli hamkor

sifatida tan olinmoqda va mamla-

katimizda amalga oshirilayotgan

iqtisodiy siyosat qo‘llab-quvvat-

lanmoqda.

OTB va mamlakatimiz o‘rta-

sidagi o‘zaro manfaatli hamkor-

likning keyingi istiqboli haqida

shuni aytish mumkinki, bu stra-

tegik hamkorlik birinchi navbatda

O‘zbekistonning iqtisodiy rivojla-

nishining zamonaviy holatidan va

mintaqamiz uchun ahamiyatli bo‘l-

gan masalalardan kelib chiqadi.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respubli-

kasi Prezidenti  Islom Karimov-

ning Osiyo taraqqiyot banki bosh-

qaruvchilar kengashi 43-yillik

majlisining ochilish marosimidagi

nutqidagi  ushbu  fikrlarni eslash

joizdir: “Birinchidan, Osiyo

taraqqiyot banki O‘zbekiston

uchun o‘ta muhim bo‘lgan iqtiso-

diyotni tarkibiy o‘zgartirish va

diversifikatsiya qilish dasturlarini

amalga oshirishda bizning asosiy

hamkorimiz bo‘lishi mumkin, deb

hisoblaymiz. Bu dasturlar eksport

tarkibida yuqori texnologik, yuksak

sifatli, raqobatbardosh mahsu-

lotlar ulushini oshirishni hisobga

olgan holda, boy tabiiy resurslarni,

mineral, uglevodorod va qishloq

xo‘jalik xom ashyolarini chuqur

qayta ishlashga yo‘naltirilgan”

2

 .

Demak, kelgusida Osiyo



taraqqiyot banki bilan hamkorlikda

ustuvor o‘rin aynan iqtisodiyot

real tarmoqlarini rivojlantirishga

qaratilishi mumkin. Bu yo‘nalish

O‘zbekistonning sanoat salohiya-

tini oshirish va shu orqali aholi

turmush farovonligini yuksalti-

rish, yangi ish o‘rinlarini tashkil

etish kabi maqsadlarni o‘zida

ifodalaydi.

Jahon iqtisodiyotining so‘nggi

o‘n yilliklaridagi rivojlanish ten-

densiyasiga nazar soladigan bo‘l-

sak, unda Osiyo mamlakatlarining

o‘rni tobora oshib borayotganiga

guvoh bo‘lamiz. Shuningdek, yirik

iqtisodchi olimlar jahon iqtisodi-

yotining bundan keyingi o‘sish

omillari ham aynan Osiyodagi

rivojlanayotgan mamlakatlar iqti-

sodiyoti bilan ko‘p jihatdan bog‘-

liq, deya ta’kidlamoqdalar. Albatta,

bu jarayonlarda jadal sur’atlarda

rivojlanib kelayotgan va jahon

iqtisodiyotiga tobora integratsiya-

lashib borayotgan O‘zbekiston-

ning ham o‘z o‘rni bor. Shu ma’-

noda O‘zbekiston va Osiyo taraq-

qiyot banki o‘rtasidagi hamkorlik

mamlakatimizning strategik maq-

sadlarini amalga oshirishda muhim

ahamiyat kasb etadi.

Bahodir OLIMOV,

Jahon iqtisodiyoti va   diplomatiya

universiteti Tashqi iqtisodiy va

investitsion faoliyat fakulteti 2-kurs

magistranti

Àçèàòñêèé áàíê ðàçâèòèÿ è Óçáå-



êèñòàí. Èíôîðìàöèîííûé áþëåòåíü,

2010 ãîä, àïðåëü.

2

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti



Islom Karimovning Osiyo taraqqiyot banki

boshqaruvchilar kengashi 43-yillik majlisining

ochilish marosimidagi nutqi. «Xalq so‘zi»

gazetasi, 2010-yil, 4-may.

O‘zbekistondagi faoliyatim mobaynida amin bo‘ldimki, mamlakatingiz iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda.

Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan Inqirozga qarshi choralar dasturi bunda

muhim ahamiyat kasb etayapti. Chunki uning doirasida amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar

global muammoni bartaraf etish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, ichki ehtiyojni to‘la qondirish imkonini

berayapti. Ayniqsa, neft-gaz, sanoat, kichik biznes sohalari jadal rivojlanayapti. Natijada yalpi ichki mahsulot

hajmi tobora ko‘payib, jalb etilayotgan investitsiya miqdori o‘smoqda.

Sababi, O‘zbekistonda qulay sarmoyaviy muhit yaratilgan. Xorijlik ishbilarmonlar faoliyat yuritishi

uchun shart-sharoitlar yetarli. Shuning uchun yurtingizga jalb etilayotgan sarmoyalar hajmi yil sayin

oshib borayapti, mamlakat eksport salohiyati esa tobora rivojlanmoqda.

E’tiborlisi, yurtingizda Inqirozga qarshi qo‘llanilayotgan dasturda boshqa davlatlar o‘rganishi kerak

bo‘lgan jihatlar ko‘p. Iqtisodiyot tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, modernizatsiya

qilish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorda

raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish shular jumlasidandir. Bu kabi oqilona yondashuv

global moliyaviy bo‘hronga qaramay, yangi korxonalar barpo etish, yuz minglab qo‘shimcha ish joylari

yaratishga zamin bo‘ldi. Bularning barchasi mamlakat aholisining farovonligini ta’minlayotir.

Kazuxigo XIGUCHI,

Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili

(«Xalq so‘zi» gazetasi, 2010-yil, 4-may).



8

USTAQILLIK

 davrida

mamlakatimizda ijtimoiy,

madaniy va xalqaro ha-

yotning deyarli barcha tomonlariga

taalluqli ijobiy o‘zgarishlar yuz

berdi. O‘zbekistonning jahon

hamjamiyatiga qo‘shilishi bobida

faol va samarali qadamlar qo‘yil-

diki, bu ko‘p jihatdan mamlakat

fuqarolariga axborotdan erkin

foydalanish imkoniyatlarini

yaratish darajasi bilan bog‘liqdir.

“Barkamol avlod yili” Davlat

dasturi doirasida, respublikada

elektron kutubxona tizimini

bosqichma-bosqich shakllantirish

va integratsiyalashgan axborot-

kutubxona tarmog‘ini yaratish

bo‘yicha 2010 — 2015-yillarga

mo‘ljallangan dasturning ishlab

chiqilishi ham bu sohaga bo‘lgan

e’tiborning natijasidir.

Butun axborot imkoniyatlari

asosan, kutubxonalarda yig‘ilgan

bo‘lib, foydalanuvchilar aynan

shu yerda yig‘ilgan yoki uzoq-

dagi  axborotdan foydalanishlari

mumkin. Axborot va internet

texnologiyalarining rivojlanishi,

kutubxonalar resurslarini tartibga

keltirish, elektron ma’lumotlar

bazasini yaratish, ularga erkin

kirib, foydalanishni ta’minlash

imkonini beradi.

Prezidentimizning so‘zi bilan

aytganda: “Ajdodlarimiz tafakkuri

va dahosi bilan yaratilgan eng

qadimgi toshyozuv va bitiklar,

xalq og‘zaki ijodi namunalaridan

tortib bugungi kunda kutubxona-

larimiz xazinasida saqlanayotgan

ming-minglab qo‘lyozmalar,

ularda mujassamlashgan tarix,

adabiyot, san’at, siyosat, axloq,

falsafa, tibbiyot, matematika,

mineralogiya, kimyo, astrono-

miya, me’morlik, dehqonchilik va

boshqa sohalarga oid qimmatbaho

asarlar bizning buyuk ma’naviy

boyligimizdir...” Axborot-kutub-

xona faoliyati  yanada taraqqiy

etsagina ana shunday boyliklarni

saqlash, samarali va erkin foyda-

lanish imkoniyatidan tobora to‘liq

foydalanishga erishamiz.

Hozirgi vaqtda respublikada

axborot-kutubxona muassasalari-

ning umumiy soni 12 mingdan ortiq

bo‘lib,  shu jumladan axborot-

kutubxona markazlari — 14 ta,

axborot-resurs markazlari — 2 761

ta va davlat hokimiyati organlari,

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organ-

lari kutubxonalari — 9636 tani

tashkil etadi. Ularda saqlanayotgan

axborotlardan erkin foydalanish,

foydalanuvchilarning intellektual,

ma’naviy-axloqiy, madaniy va ta’-

limiy ehtiyojlarini qondirish, aho-

lini axborot bilan keng ko‘lamda

ta’minlash uchun zarur shart-

sharoitlar yaratish bugungi kun-

ning talabidir.

Axborot-kutubxona muassa-

salari faoliyatida xizmat ko‘rsatish-

ning zamonaviy shakllari va

axborot-kommunikatsiya texno-

logiyalarini joriy qilish sohasida

ham ijobiy natijalarga erishildi.

Lekin, shunga qaramasdan, ular

o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik yetarli

darajada emasligi, foydalanuv-

chilarning ehtiyojlarini qondirish

hamda axborot-kutubxona resurs-

laridan samarali foydalanish

bo‘yicha ish olib borish tizimli

tarzda yo‘lga qo‘yilmaganligi

kuzatilmoqda.

Demak, axborot-kutubxona

faoliyatini yanada takomillash-

tirish, foydalanuvchilarga axborot-

kommunikatsiya texnologiya-

laridan foydalangan holda yangi

xizmatlar ko‘rsatilishini ta’min-

lash maqsadida ushbu sohadagi

o‘zaro munosabatlarni tartibga

solib boruvchi me’yoriy-huquqiy

hujjat qabul qilinishini davr taqozo

etdi.

Shu bois ham, “Axborot-



kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

loyihasi ishlab chiqildi va

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi tomonidan 2010-yil

2-iyul kuni Oliy Majlis Qonun-

chilik palatasiga kiritildi va joriy

yilning 29-iyul kuni Qonunchilik

palatasining yalpi majlisida 150 ta

deputatlar tomonidan keng muho-

kama qilinib, birinchi o‘qishda

konsepsual jihatdan qo‘llab-

quvvatlandi.

Ushbu Qonun loyihasining

asosiy maqsadi, O‘zbekiston

Respublikasi qonunchiligining

tamoyil va me’yorlariga asosan,

axborot-kutubxona faoliyati soha-

sida davlat siyosatini belgilash va

ular faoliyatini davlat tomonidan

boshqarish mexanizmini yaratish-

dan  iboratdir.

Mazkur Qonun loyihasi bilan

ishlash Axborot va kommuni-

katsiya texnologiyalari masalalari

qo‘mitasiga taqdim etildi. Uni

takomillashtirish va ikkinchi

o‘qishga tayyorlash yuzasidan

Qo‘mita qoshida tuzilgan maxsus

KENG  VA  ATROFLICHA  MUHOKAMA

“Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi

Qonuni loyihasini takomillashtirish jarayoni

M


9

ishchi guruhi tarkibiga Qo‘mita

a’zolari bilan bir qatorda ekspert-

mutaxassislar jalb etildi.

Ayni Qonun loyihasining

yanada mukammal bo‘lishini

ta’minlash maqsadida bir qator

vazirlik va idoralarning fikr-

mulohazalari ham o‘rganildi,

jumladan, O‘zbekiston aloqa va

axborotlashtirish agentligi, Tosh-

kent davlat yuridik instituti,

Falsafa va huquq instituti, Abdulla

Qodiriy nomidagi Toshkent davlat

madaniyat instituti mutaxassis-

larining takliflari olindi.

Qonun loyihasi VI bob va 25

moddadan iborat.

Loyihaning birinchi bobida

(1,2,3,4) Qonunning asosiy

maqsadi, mamlakatimiz va xalqaro

kutubxona tajribasiga asoslangan

holda, axborot-kutubxona fao-

liyatida foydalaniladigan asosiy

tushunchalar va axborot-kutub-

xona faoliyatining asosiy vazifa-

larini belgilab beradigan to‘rtta

modda;


loyihaning ikkinchi bobida

(5,6,7,8,9,10) axborot-kutubxona

muassasalarining tarkibi (universal

hamda maxsus), turlari (Milliy

kutubxona, axborot-kutubxona

markazlari, axborot resurs mar-

kazlari, davlat hokimiyati va bosh-

qaruv organlarining kutubxona-

lari hamda boshqa kutubxona-

lar)ning asosiy faoliyati va ularni

tashkil etish, tugatish hamda

davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

tartibini belgilab beradigan oltita

modda;


loyihaning uchinchi bobida

(11,12,13) axborot-kutubxona

faoliyati sohasidagi davlat bosh-

qaruvi O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan

maxsus vakolat berilgan davlat

organi tomonidan amalga oshi-

rilishi majburiyatlarini, ularni

davlat tomonidan qo‘llab-

quvvatlash va moliyalashtirish

tartibini belgilaydigan uchta

modda;


loyihaning to‘rtinchi bobida

(14,15,16) axborot-kutubxona

fondini muassasaning vazifalariga

va belgilangan maqsadiga muvofiq

shakllantirish, jamlash, hisobga

olish, saqlash va undan foyda-

lanishga oid normalarni, nashr-

larning majburiy nusxalarini

olish, noyob va alohida qimmatli

nashrlarni asrash hamda, alohida

ta’kidlash kerakki, axborot-

kutubxona muassasalari moddiy-

texnika ta’minotining yomon-

lashishiga, mehnatni muhofaza

qilish talablariga, fondlarini

saqlash normalari va shart-

sharoitlariga to‘g‘ri kelmaydigan

binolarga ko‘chirishga yo‘l qo‘y-

maydigan normalarni belgilaydi-

gan uchta modda;

loyihaning beshinchi bobida

(17,18,19,20,21,) axborot-

kutubxona muassasalarida samarali

xizmat ko‘rsatishni kafolat-

laydigan, muassasa va ulardan

foydalanuvchilarning huquq va

majburiyatlarini, shu jumladan,

jismoniy imkoniyatlari cheklangan

foydalanuvchilarga maxsus texnika

vositalari orqali ehtiyojlarini

qondirishga qaratilgan asosiy

talablarni, shuningdek, xalqaro

hamkorlik  sohasidagi prinsiplarni

va qonun hujjatlarida belgilangan

tartibda birlashmalar tuzish mum-

kinligini belgilaydigan beshta

modda;

loyihaning oltinchi bobida (22,



23, 24, 25) yakunlovchi, ya’ni

nizolarni hal etish, axborot-

kutubxona faoliyati to‘g‘risidagi

qonun hujjatlarini buzganligi uchun

javobgarlik, qonun hujjatlarini

ushbu Qonunga muvofiqlash-

tirish, davlat boshqaruvi organlari

ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z

normativ-huquqiy hujjatlarini

qayta ko‘rib chiqishlari va bekor

qilishlarini belgilaydigan uchta

modda mavjud.

Qonun loyihasining nomi

axborot-kutubxona faoliyati deb

nomlansa-da, uning konsepsiya-

sida ko‘proq e’tibor faqat an’ana-

viy kutubxona ishini tartibga

solishga qaratilgan, shu munosabat

bilan ishchi guruhi, loyihaga bir

qator konsepsual o‘zgartishlar

kiritishni va uni O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining

2006-yil  20-iyundagi 381-sonli

“Respublika aholisini axborot-

kutubxona bilan ta’minlashni

tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga

muvofiqlashtirib, zamonaviy

axborot-kommunikatsiya texno-

logiyalariga asoslangan axborot-

kutubxona xizmati ko‘rsatish bo‘-

yicha yangi normalarni kiritdi.

“Axborot-kutubxona faoliyati

to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respub-

likasi Qonuni  loyihasini ikkinchi

o‘qishga tayyorlash yuzasidan

o‘tkazilgan ishchi guruhi muho-

kamalarida loyihaning 3 moddasi-

dagi “axborot-kutubxona insti-

tuti”, “axborot-kutubxona mar-

kazi”, “axborot-resurs markazi”,

“kutubxona” tushunchalari alo-

hida moddalar sifatida chiqarildi,

“foydalanuvchi” tushunchasi,

“Axborot-kutubxona muassasa-

larining birlashmalari” deb nom-

langan yangi moddalar kiritildi.

Qo‘mita tomonidan Qonun

loyihasini maromiga yetkazish

yuzasidan soha mutaxassislari va

ekspertlarni jalb etgan holda ishchi

guruhining yig‘ilishlari rejali tarzda

o‘tkazilib kelinmoqda. Bunday

muhokama jarayonlarida bildirilgan

konstruktiv takliflar Qonun loyi-

hasining normalarida aks ettirildi.

Shuningdek, Qo‘mitaga mazkur

Qonun loyihasini takomillash-

2 «Sog‘lom avlod uchun», 2010-yil, 10-son.



10

tirishga qaratilgan 200 tadan ortiq

yozma taklif kelib tushdi. Bildiril-

gan barcha takliflar ishchi guruhi

tomonidan atroflicha o‘rganib

chiqildi va ularning 100 dan ortig‘i

Qonun loyihasini takomillash-

tirishga  xizmat qildi.

Qo‘mita a’zolari tomonidan

mazkur Qonun loyihasining kon-

sepsiyasi va mazmun-mohiyatini

aholining keng qatlamlariga

yetkazish yuzasidan ommaviy

axborot vositalari orqali munta-

zam ravishda ma’rifiy-tushuntirish

ishlari olib borilmoqda. Jumladan,

televideniyada,  radioda, gazetalar

sahifalarida Qonun loyihasining

ahamiyati, dolzarbligi va kiritila-

yotgan normalarning aholi man-

faatlariga mos ekanligi, shu bilan

birga, o‘z yechimini kutayotgan

muammolar to‘g‘risida fikr yuri-

tilmoqda.

Ushbu Qonun loyihasining

mukammal va jahon andozalariga

mos bo‘lishini nazarda tutgan

holda, ishchi guruhi tomonidan

10 dan ortiq xorijiy davlatlarning

kutubxonachilik to‘g‘risidagi

qonunlari o‘rganildi.

“Axborot-kutubxona faoliyati

to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Res-

publikasi Qonunining qabul qili-

nishi kutubxonalarning axborot-

kutubxona va axborot-resurs

markazlari sifatida yangi mavqeini

belgilash, respublika axborot-


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling