Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana12.09.2017
Hajmi0.49 Mb.
#15581
1   2   3   4   5   6   7

Indoneziya, Vetnamda hozirda

ham saqlanib qolgan.

Dunyoning qator mamlakat-

larida, jumladan, Braziliyada har

yili «Suv bayrami» o‘tkaziladi.

Hatto Afrika qit’asidagi davlatlar-

dan birining gerbida suv tomchisi

ramzi naqshlangan ekan.

Biz, unutilgan va unutilayoz-

gan bir qancha urf-odatlarimizni,

qadriyatlarimizni istiqlol sharofati

bilan tiklamoqdamiz. «Suv bay-

rami» ham bizning unutilgan

ko‘hna urf-odatlarimizdan, xayrli

qadriyatlarimizdandir. Har yili may

oyida Namangan viloyatida

«Gullar sayili» o‘tkaziladi. Shahar

va qishloqlar turli-tuman anvoyi

gullarga burkanadi. Gul — go‘zal-

lik, ezgulik, muhabbat va nafosat

ramzidir. «Gullar sayili» inson-

larni go‘zallikka, ezgulikka, tinch-

likka undaydi. Xuddi, «gullar

sayili»ga o‘xshash har yili ma’lum

bir vaqtda respublikamiz miqyo-

sida «Suv bayrami» o‘tkaziladigan

bo‘lsa, eng ulug‘ xayrli ishni

boshlagan bo‘lar edik.

O‘zbek xalqida Vatan tuyg‘usi,

xalq manfaatlari hissi, vijdon,

iymon, muqaddas narsalarga

XX


21

e’tiqod bor. Biz aslan qadimiy

pok, ma’naviyati but, ma’rifatli,

ulug‘ xalqlardanmiz. Abu Rayhon

Beruniy, Al-Farobiy, Ibn Sino,

Ahmad al-Farg‘oniy, Amir

Temur, Ulug‘bek, Alisher

Navoiy, Bobur, Behbudiy,

Fitrat, Munavvar qori Abdura-

shidxonov kabi buyuk siymolar-

ning avlodlarimiz, vorislarimiz.

Ularning suvga e’tiqodlari juda

yuqori bo‘lgan. Biz ham suvga

bo‘lgan yuksak e’tiqodni ulardan

o‘rgansak arziydi.

Suvning solnomasi — tarixi

qadim-qadimlarga borib taqaladi.

Suvni e’zozlash, tejash, uvol

qilmaslik, behudaga sarflamaslik,

sifatini saqlash kerakligi haqidagi

dastlabki yozma ma’lumotlar

islomgacha bo‘lgan davrlar

(eramizgacha bo‘lgan 589 — 512-

yillar)da yaratilgan zardushtiy

(otashparast)lar dinining muqad-

das kitobi «Avesto»da uchraydi. Bu

kitobda suv, tuproq, havo, olovni

asrash haqida shunday so‘zlar

bitilgan: «Inson butun umri

davomida suv, tuproq, olov,

umuman, dunyodagi jamiki

yaxshi narsalarni pok va bus-butun

asrashga burchlidir... Yer, suv,

havo, olovni asrash qoidalarini

buzgan kishi 400 qamchi urish

jazosiga mahkumdir». Shu kitob-

ning boshqa sahifasida esa «Tog‘-

ning bir jilg‘asini quritgan,

suvning bir tomchisini bulg‘atgan

— ifloslantirgan har bir kimsa

tangri qahriga uchrab do‘zaxga

kiradi», deb yozib qo‘yilgan.

Allohning muqaddas uyi —

Masjid-al Haram ostidan chiqa-

yotgan «zamzam» suvi butun

islom olami uchun naqadar

ulug‘, tabarruk bo‘lsa, yurtimiz

suvlari ham biz uchun  shuncha-

lar muqaddas, aziz va tabarrukdir.

Bu suvlardan bir marotaba totib

ko‘rgan inson dunyoning qaysi

go‘shasiga bormasin, u yana qayta-

qayta jannatmakon diyorimizga —

O‘zbekistonga talpina beradi.

Tomchisi gavharga teng zilol suv-

larimiz odamlarni mehrigiyodek

o‘ziga tortib rom eta beradi. Ajabo,

o‘zbek suvining ajib bir sehri,

ohanrabosi bormi, deging keladi.

Olimlarning ta’kidlashlaricha,

«zamzam» suvi bir qator ma’-

danlar, jumladan, kumush ma’-

danlari orasidan oqib kelar ekan.

O‘zbekistonning Parkent,

Zarkent, Xumson, Burchmulla,

Kumushkon, Chotqol, Tyanshan

tog‘laridan oqib keladigan suvlarini

ham obi zamzamga qiyoslash,

o‘xshatish mumkin. XIX asrda

Qo‘qonda yashab ijod etgan

iqtidorli shoira va muallima

Dilshodi Barno o‘zbekning bir

qatra suvini ming obi «zamzamga»

qiyoslab:

Men senga doim

munis-u hamdam,

Lahza nasiming dardimga

 malham.


Har qatra suving ming

obi zamzam,

Ko‘b mehr-u shafqat

sanda mujassam,

Farzand erurman,

san — onajon, —

deb she’r bitganida, ming bora

haq edi.


Tomchi suvda olam aks etga-

nidek, suv shirin-shakar nashvati-

larga, sharbati til yorar olma-

anorlarga, uzum-anjirlarga,

qovun-tarvuzlarga, xushbo‘y

handalaklarga aylanib, xalqimiz

dasturxonini bezaydi, to‘kin-

Hayqirib keladi suvlar...

Burxon RIZOQULOV suvratga tushirdi.


22

sochin qiladi, poliz ekinlariga, eng

asosiysi, «oq oltin» — paxtaga ayla-

nib, turna qator yuk avtoulov-

larida, eshelon-eshelon vagon-

larda, havo va suv kemalarida

butun dunyoga tarqaladi. Jahon

bozorida o‘zbekning ho‘l mevasiga

ham, «oq oltini»ga ham talab katta.

Buning asosiy sabablaridan biri,

albatta, suvdir. Umring boqiy bo‘l-

sin, buloqlaring, ariqlaring, soy-

laring, anhor-u daryolaring aslo

qurimasin, to‘xtamasin, sharqi-

rab oqa bersin. Shirinliging, tiniqli-

ging, hayotbaxshliging hech qachon

arimasin. Sening bir qatrang oltin

zarrasiga tengdir, aziz va muqaddas

Suv!

Suv  xotirasida ko‘z ilg‘amas



darajada olis tarixning ne-ne

voqealari naqshlangan. U qan-

chadan-qancha dahshatli urush

suronlarini, «suv janjallari»ni

boshidan kechirgan... Suv tala-

shib, qabilalar, qavmlar, elatlar

qirilib ketgan. Suv quduqlari,

sardobalar, buloq va chashmalar

uchun bo‘lgan to‘polonlarda

yuzlab odamlar, hatto go‘daklar

ham halok bo‘lgan...

Urush suronlarida, qonli bos-

qinlarda buloqlarning ko‘zi yumil-

gan, sardobalar buzilib yer bilan

barobar qilingan, anhorlar, kanal-

lar, suv quduqlari ko‘mib tashlan-

gan, zaharlangan.

Urush ketayotgan davrda suv

juda katta harbiy strategik ahamiyat

kasb etgan. Misol tariqasida suv

bilan bevosita bog‘liq bir tarixiy

faktni keltiraylik.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra,

Bo‘zsuv-Anhor Toshkent vohasini

suv bilan ta’minlab turuvchi katta

qon tomiri — hayot negizi hisob-

langan. Anhordan shaharning to‘rt

tomoniga bamisoli mayda qon

tomirlari kabi kichik-kichik kanal-

lar, ariqlar tortilgan bo‘lib, aholi

kundalik turmushida ana shu

suvdan foydalangan, dehqonchilik

qilgan.

1865-yil bahorining so‘nggi



kunlarida chor Rossiyasining bos-

qinchi armiyasi general Chernya-

yev boshchiligida Toshkentni

bosib ololmay, qamal qilib,

hozirgi G‘azalkent shahridagi

Niyozbek qal’asini egallaydi va uni

yonida boshlanadigan Bo‘zsuv

kanalini to‘sib, suvini qaytadan

Chirchiq daryosiga qo‘shtirib

yuboradi. Toshkent vohasi ichidagi

quduq va buloqlarning suvi xalq-

ning yashashiga kifoya qilmay

qoladi. Xalqning jonbozlik ko‘rsa-

tib jang qilishiga qaramay,

Toshkent chor askarlari tomoni-

dan bosib olinadi. Buning sababla-

ridan biri shahar ichidagi suv

taqchilligi muammosi edi...

VI — VIII asrlarda toshga o‘yib

yozilgan «O‘rxun-Enasoy» bitik-

larida ham suv va uning tarixi,

taqdiri haqida qimmatli ma’lu-

motlar uchraydi. «Qul Tegin»

yodgorliklaridagi «Katta yozuv»da

suv haqida toshlarga shunday

so‘zlar bitilgan:

«Ko‘chmay yer-suv egasiz

qolmasin deyman». «Yer-suv ega-

siz qolmasin» so‘zlariga ahamiyat

bering. O‘sha davrlarda ham suv-

ning o‘z egasi bo‘lgan.

Ulkan daryolardan xalq

yashaydigan maskanlarga, deh-

qonchilik qilinadigan yerlarga

biror odam o‘z mablag‘i hisobiga

ariq yoki kanal qazdirib suv kel-

tirsa yoxud suv qudug‘i qazdirsa,

sardoba qurdirsa, bularning barcha-

siga uning  o‘zi  egalik  qilgan.

Hozirgacha saqlanib qolgan

«Bekning chashmasidan suv

ichma», «Suv sultonniki»... kabi

naqllarga qaraganda ham suvning

egasi bo‘lgan. «Suji bitik toshi»da

ham shunday satrlar o‘yib

yozilgan:

Sizlarimga... elim,

Sizlarimga yerim-suvim.

Keltirilgan faktga qaraganda

ham xoqon yoki ulus, qabila

boshlig‘i o‘z vorislariga yerini,

suvini meros sifatida qoldirayot-

ganligi ma’lum bo‘ladi.

Demak, o‘sha davrlarda turli-

tuman qimmatbaho buyumlar,

uyur-uyur yilqilar, suruv-suruv

qo‘y-qo‘zilar,  to‘p-to‘p qoramol

podalari, sandiq-sandiq oltin-u

javohirlar, poyonsiz, hadsiz,

chegarasiz yerlar... bilan bir qatorda

buloqlar, chashmalar, suv quduq-

lari, daryolardan tortilgan kanal-

lar, katta ariqlar ham meros

tariqasida qoldirilgan ekan.

Suv insoniyatning ma’naviy-

maishiy, ijtimoiy-siyosiy hayo-

tida, o‘troqlashuvida, madaniyla-

shuvida juda katta ahamiyat kasb

etgan. Tarixiy manbalardan

ma’lumki, qadim zamonlarda

odamlar ko‘chmanchilikda hayot

kechirib, chorvachilik bilan

shug‘ullanganlar. Ular o‘zlariga

qulayliklar izlab, katta suv havza-

lari atroflarini, daryolarning,

sersuv soylarning qirg‘oqlariga

yaqin joylarni makon tutganlar.

Natijada dehqonchilikka asos

solinib, xalqning o‘troqlashish

jarayoni boshlangan. Uzoq

o‘tmishda odamlarning suv havza-

lari, daryolar, soylar yaqiniga

joylasha boshlaganliklari haqida

she’riyat mulkining sultoni

Alisher Navoiy bir g‘azalida

shunday o‘xshatish qilib yozadi:

Vodiyi ishqing makon qildi

 ko‘ngul ko‘rgach yuzing,

El biyobon ichra manzil

 aylagandek suv ko‘rub.

Suv elatlarning o‘troqlashu-

vida, birlashuvida, katta o‘rin

tutgan. Sharqning buyuk qomusiy

olimi Abu Rayhon Beruniy (973

— 1048) o‘zining «Geodeziya.

Maskanlar orasidagi masofalarni

aniqlash uchun joylarni chegara-

lash» kitobida «Odamlar Jayxun-

ning har ikkala qirg‘og‘i bo‘ylab


23

uch yuztadan ziyod shahar va

kentlar bunyod etishgani, ular-

ning xarobalari saqlanib turganligi»

haqida aniq ma’lumotlar yozib

qoldirgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur

ham o‘zining mashhur tarixiy

asari «Boburnoma»sida Farg‘ona

viloyatining bir qator shaharlari

Sayxun-Sirdaryoning ikki qirg‘o-

g‘ida bunyod bo‘lganligi haqida

shunday ma’lumot beradi. «Far-

g‘ona viloyati beshinchi iqlimdindir.

Yetti pora qasabasi bor, beshi

Sayxun suyining janub tarafida,

ikki shimol jonibida...» («Bobur-

noma». T.: Fan, 1960, 60-sahifa).

Dunyodagi o‘nlab shaharlarning

nomlari ham bevosita suv havzalari

— soylari, daryolar, ko‘llarning

nomlari bilan uzviy bog‘liq.

Qashqadaryo, Surxondaryo,

Ohangaron, Panjikent, Ko‘lob

(Tojikiston), Yettisuv (Qozo-

g‘iston),  Qizilsuv (Turkma-

niston), Iordaniya, Panjob

(Hindiston), Marsel (Fransiya),

Chirchiq kabi shaharlar, Soyliq,

Tovoqsoy, Obliq kabi qishloqlar

fikrimizning yorqin dalilidir.

Jayxun va Sayxun daryolari

pastda, ularning suvlarini yuqoriga

— ekinzorlarga ko‘tarish — tortish

zarur. Buning uchun aql-idrok

kerak... Sekin-asta dehqonchilikda

foydalaniladigan suvni yuqoriga

ko‘tarib beruvchi inshootlar,

asbob-uskunalar ixtiro qilinadi...

Daryo suvlarini to‘suvchi «Band-

lar», «Suv bo‘luvchi ravoqli

ko‘priklar», «Soqalar», «Arnalar»,

«Bedaklar», «Solmalar» turli

«Suv quloqlari», «Sardobalar»,

«Korizlar», «Novlar» qurila bosh-

lagan. Natijada Farg‘ona vodiysi

va Xorazm vohasida o‘z davriga

nisbatan ilg‘or bo‘lgan suv irri-

gatsiyasi taraqqiy topgan.

X — XI asrlarda suv sabab,

Farg‘ona vodiysi va Xorazm voha-

sida handasa, trigonometriya, al-

jabr, geologiya, gidrogeologiya,

geodeziya kabi aniq fanlar taraqqiy

etdi. Xorazmda Ma’mun akade-

miyasiga asos solindi. Abu Rayhon

Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Al-

Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy

kabi jahon miqyosidagi olimlar

yetishib chiqdilar. Hatto

vatandoshimiz, buyuk olim,

Ahmad al-Farg‘oniy Misr

davlatining yillik soliq hisob-

kitobini Nil daryosi suvining ko‘p

yoki kam oqib kelishiga (ko‘tari-

lishi yoki pasayishiga) qarab

belgilab beruvchi noyob qurilma

ixtiro qilganligi haqida tarixiy

manbalarda aniq ma’lumotlar

mavjud. Barcha davlatlarda, shu

jumladan, O‘zbekistonda ham fan

va texnikaning rivojiga suv asosiy

«turtki» bo‘lganligi haqiqatdir.

O‘ZBEK XALQ IJODI VA MUMTOZ

ADABIYOTI SUV HAQIDA

ZBEK


 ijodkorlari suvni

Allohning bashar far-

zandiga  hadya etgan

tabarruk ne’mati deb bilganlar.

Chunki suv inson kundalik turmu-

shining ajralmas bir bo‘lagi, ma’-

naviy olamining ulug‘ boyligi bo‘l-

ganligi uchun o‘zbek xalq og‘zaki

ijodining va mumtoz adabiyotining

yetakchi mavzularidan sanalgan.

O‘zbek xalq og‘zaki ijodida

suvni  ulug‘lashga, uvol qilmas-

likka, toza saqlashga bag‘ishlangan

yuzlab topishmoqlar, maqollar,

qo‘shiqlar, ertaklar, dostonlar

yaratilgan. Elimizning taniqli

olimlari To‘ra Mirzayev va Erkli

Karimovlarning ta’kidlashlaricha,

xalq yaratgan o‘nlab asarlarda suv

tanqisligi muammosi kishilik

jamiyatining asosiy, dolzarb masa-

lalari qatoriga qo‘yiladi. Hatto, xalq

og‘zaki ijodiyotida rizq-ro‘zimiz

nonga qaraganda ham suv haqida

ko‘proq fikrlar bildirilgan. Buni

«Qancha yering bor deb so‘rama,

qancha suving bor deb so‘ra»,

degan maqoldan ham ilg‘ash qiyin

emas.

Xalq yaratgan bir qator ertak



va dostonlarda esa suv tanqisligi

muammosi alohida mavzu sifatida

qo‘yilib, ijobiy hal qilinadi. Bu

turkum asarlarning qahramonlari

suv izlab, quduqlar qaziydi, cho‘l-u

biyobonlarga ariqlar tortib bog‘-u

bo‘stonlar yaratadi. Katta daryolarni

to‘sib, suvini cho‘llarga buradi...

Alisher Navoiy ta’biri bilan ayt-

ganda, «Suvdin o‘t yondirib, o‘tdin

sepib suv» uning har qatrasini inju

va marvaridga tenglashtirishgan.

Qadimda yaratilgan afsona va

rivoyatlarda, ertak va dostonlarda,

topishmoqlarda xalq o‘zining suv

haqidagi asriy orzu-umidlarini

kuylagan. Suv haqida bitilgan to-

pishmoqlarni o‘qiganimizda ona

xalqimizning didiga, aql-zakova-

tiga, teran fikrlashiga yana bir bor

tahsinlar aytamiz. Masalan:

U o‘tgan bog‘-u bo‘ston,

Maysalarga go‘yo kon.

Bosib o‘tar qancha yo‘l,

Ishidan gullaydi cho‘l.

Keltirilgan to‘rtlik — topish-

moqda suvning giyoh unmas

bepoyon sahrolarga hayot

bag‘ishlashi, u oqib o‘tgan yerlar

bog‘-u  bo‘stonlarga, ko‘zni

quvontiradigan, dilni yayratadigan

maysazor va gulzorlarga aylanishi

juda o‘rinli, chiroyli, badiiy

o‘xshatishlar  asosida,  aniq va

to‘g‘ri ta’rif berilgan.

Suvning inson hayotida tutgan

o‘rni haqida yaratilgan she’riy

topishmoqlar, maqol-matallar va

hikmatli iboralar — qimmatbaho

ma’naviy javohirlardir. Bunday

asarlar, ona xalqimizning suvga

bo‘lgan yuksak e’tiqodining,

O‘


24

hurmatining bir ko‘rinishidir, shu

bilan birga, ular xalqimizning

suvni tejashga, e’zozlashga bo‘lgan

da’vatlari hamdir.

Suv haqida ikki misra, bir

misra, hatto bir jumlada olam-

shumul fikrlar bayon qilinganki,

ularni o‘qib hayratga tushasan kishi.

Suvning qadr-qiymati, ta’rifi,

muqaddasligi,  muqobili — tengi

yo‘qligi betakror badiiy lavhalarda

ifodalangan: «Suvsiz hayot bo‘l-

mas», «Tomchi suvda olam aks

etadi», «Yaxshilikni daryoga qil,

biyobondan top», «O‘t bergan

o‘tini olar, suv bergan suvini»,

«Tomchi toshni kesar», «Suv

tugagan joyda hayot tugaydi»,

«Toshni siqqan bilan suv

chiqmas», «Daryoga hazil qilsang,

suvi seni g‘arq etar», «Suvi toza

xalqning avlodi toza» kabi.

Suv bilan bog‘liq afsona va

rivoyatlarning, ertak va doston-

larning deyarli barchasi mashhur

tarixiy shaxslarning tarjimai hol-

larini, faoliyatlarini aniqlashda ham

ma’lum ahamiyatga egadir. Dar-

haqiqat, bu asarlarni o‘qir ekan-

miz, ona yurtimizning bir qator

tarzi, urf-odatlari, qadriyatlari va

ko‘hna e’tiqodlari bilan tanishtiradi.

Eng asosiysi, bu turkum

asarlar o‘zida mujassam etgan

umuminsoniy qadriyatlar, ezgu

g‘oyalar bilan bugungi hayotimiz

va kelajagimiz haqida fikrlashga

ham da’vat etadi.

Odam och qolsa, bir amallab

uni to‘ydirish — ilojini topish

mumkin. Umuman yegulik, noz-u

ne’matlarning sanog‘i ko‘p. Lekin

odam tashna bo‘lsa-chi? Suv

istasa-chi? Suvning o‘rnini hech

qachon, hech narsa bosa olmagan.

Bundan keyin ham shunday bo‘lib

qoladi. Buni o‘zingiz ham juda

yaxshi bilasiz.

Sharqning mashhur shoirlari-

dan biri hatto gulob sharbati ham

tashnalikni qondirishga aslo qodir

emasligini, suv o‘rnini bosa olmas-

ligini juda o‘rinli misralarda shunday

ifodalagan edi:

Gulob sharbatini

to‘yib ichsang ham,

Suvsiz tashnaliging

aslo bo‘lmas kam.

Suvga tashna odamning ko‘ziga

hech narsa — na «oltin qadah» na

«siym-u zar» ko‘rinadi. Bu haqda

Alisher Navoiy o‘zining falsafiy

fikrlarini she’rga solib, shunday

degan edi:

Tashnaki ul suv ila

istar farah,

Qayda kirar ko‘ngliga

oltun qadah.

Noz-u ne’mat, kiyim-kechak,

xullas, inson tirikchiligi uchun

hamma narsa bisyor bo‘lsa-yu,

tashnalikni qondirishga qodir

bo‘lgan bir qultum suv bo‘lmasa,

barchasi bekor. Suvsiz ularning sariq

chaqachalik ham qadri yo‘q.

Bashar farzandi uchun suvdan

aziz va tabarruk, qiymatli va zarur

ulug‘ ne’mat bormi dunyoda?

Uning odamga bo‘lgan marhama-

tini faqatgina ona mehri bilan, uning

qadimiy shaharlari va qal’alarining,

qishloq va kentlarining, buyuk

tarixiy shaxslarining nomlari suv

manbalari bilan bog‘liq holda badiiy

tasvirlanganligining guvohi bo‘la-

miz. Xalqimiz  yaratgan «Jayxun»,

«Amudaryo qayerdan boshlanadi»,

«Chashmai Ayub», «Nurota bulo-

g‘i», «Tomdi bulog‘i», «Obi rahmat»

kabi afsonalarning mavzu qamrovi

nihoyatda keng, rang-barang,

ularda o‘zbek xalqining badiiy

tafakkuri o‘zining bor jilosi bilan

aks etgan.

Buloqlar, chashmalar, quduq-

lar, hovuzlar, ko‘llar, daryolar

haqida o‘nlab xalq afsonalari,

rivoyatlari, ertak va dostonlari

yaratilganki, ularni bemalol suv

tarixi haqidagi badiiy solnomalar

deb atash mumkin. Bu turkum

asarlarda suvning «ming bir xislati»

bo‘rttirilgan fantastik voqealar,

xayoliy, badiiy to‘qimalar asosida

bayon qilinadi.

Suv haqida yaratilgan afsona va

rivoyatlar, maqol va hikmatli

iboralar, qo‘shiq va topishmoqlar,

ertak va dostonlar bizni ajdodlari-

mizning xayoliy dunyosi, turmush

Shodlik favvorasi.

Vladimir GRANKIN suvratga tushirdi.


25

4 «Sog‘lom avlod uchun», 2010-yil, 10-son.

oq suti bilan qiyoslash mumkin.

Nogoh, biror narsadan qattiq

qo‘rqib ketganimizda, bizga suv

tutishadi, hushimizni yo‘qotgani-

mizda esa, yuzimizga  suv sepi-

shadi... Jismimizda biror ruhiy

o‘zgarish yuz berganida ham,

xayolimizdan: «Qaniydi, shu tobda

bir piyola suv bo‘lsa», — degan

fikr o‘tadi. Hayotimizning eng og‘ir

daqiqalarida ham juda, juda suv

istab qolamiz. Xayolimizga bir

qultum suvdan boshqa hech narsa

kelmaydi, ha, ha, bir ho‘plam

suvdan o‘zga hech narsani o‘yla-

maymiz.


Mana bir misol: barchamizga

ma’lumki, 1999-yilning 19-avgusti-

da Turkiya davlatining Izmir shahri-

da juda katta tabiiy ofat — zilzila

yuz berdi. Uning silkinish kuchi

Rixter shkalasi bo‘yicha 7-8 ballni

tashkil etdi. Zilzila natijasida 15 ming

nafardan ziyod  aholi halok bo‘ldi.

Minglab odamlar vayronalar

ostidan qutqarib olindi...

To‘rt kecha-kunduz vayrona-

lar tagida qolib, o‘lim bilan yuzma-

yuz bo‘lgan 8-9 yoshli bolani

qutqarib olganlaridan so‘ng uning

xayolidan nimalar kechganligini

so‘raganlarida, bola faqat suvni

o‘ylaganligini, xayoliga bir qultum

suvdan boshqa narsa kelmaganli-

gini yig‘i aralash so‘zlab berdi.

Bola bilan bo‘lgan suhbatni Turkiya

televideniyasi butun dunyoga na-

moyish etdi.

Ba’zan, bir tomchi suv inson

taqdirini hal etishi ham mumkin.

Suv — najot. Suv — o‘lim. Bu

haqda mashhur allomalarimiz

hayotidan o‘nlab voqeiy hikoya-

larni keltirish mumkin. Siz va

bizning tashnaligimizni qondira-

digan suv odamni halok qilishi

ham, o‘limdan saqlab, najot-

hayot bag‘ishlashi ham mumkin

ekan. Sharqning mashhur shoiri,

«Guliston» va «Bo‘ston» kabi pand-

nasihatga oid yirik asarlar muallifi

Shayx Muslihiddin Sa’diy Shero-

ziy Chingizxon istilosi davrida bir

mo‘g‘ul sarbozi tomonidan bandi

etilib, haydab olib ketiladi. Ular

cho‘l-u biyobonda adashib, yetti

kun suvsiz, sargardonlikda yo‘l

yurib, bir chashma ustidan chiqib

qoladilar. Cho‘l odami — mo‘g‘ul

sarbozi tashnaligini qondirish

uchun suvdan to‘xtamay ichib,

qorni yorilib halok bo‘ladi. Alloma

Sa’diy bo‘lsa, avval suv bilan

labini, so‘ng halqumini xo‘llaydi,

oz fursat o‘tgach, undan bir

qultum ichib najot topadi. «Suv

bilganga najot, bilmaganga —

o‘lim», — deb shuni aytsalar

kerak.

Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy



ham «suvning elga o‘limdan amon-

lik» beruvchilik fazilati haqida

shunday yozgan edi:

Suvki berur elg‘a

o‘lumdan amon,

Tiyra qilur o‘tga

yetishgan zamon.

Ozarboyjonning yirik adibi

Nizomiy Ganjaviy esa hamma

narsaning, hatto yeb-ichishning

ham me’yori borligini alohida

ta’kidlagan edi:

O‘qigandim, ikki ziyrak

 bir yurtda,

Bir buloq boshiga kelgan

 vaqtda,


Biri oz ichishdan o‘ldi

nogahon,


Biri ko‘p ichishdan taslim

 qildi jon.

Yeb-ichish yo‘lini

bilmayin qanday,

Ochlig-u to‘qlikdan

o‘ldilar shunday.

Suv hayotimizning asl maz-

muni, ajralmas bir bo‘lagidir. Kun-


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling