Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana12.09.2017
Hajmi0.49 Mb.
#15581
1   2   3   4   5   6   7

tomonlama uyg‘un rivojlangan —

barkamol shaxslar bo‘lib yetishi-

shimiz uchun barcha sharoitlar bor

va bu imkoniyatlardan oqilona

foydalanib, bizga bo‘lgan yuksak

ishonchni oqlaymiz.

Binobarin, hayotimizda ham,

adabiyot, san’atimizda ham ma’-

naviy barkamol inson mehr-

muhabbat qozonadi, barchani

ilhomlantiradi, ta’bir joiz bo‘lsa,

u zamonamiz qahramonidir. Biz,

yoshlar, albatta, ular qatorida

bo‘lamiz.

Nodirbek ISHCHANOV,

Mirzo Ulug‘bek nomidagi

O‘zbekiston milliy universiteti

Falsafa fakulteti siyosatshunoslik

yo‘nalishi  talabasi

 1

  Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat



— yengilmas kuch. Toshkent, “Ma’naviyat”,

2008, 119-bet.

AHDIMIZ — QAT’IY

BARKAMOL  AVLOD — MAMLAKAT  KELAJAGI



30

IMYOVIY


 vositalar

hayotimizga ancha yengil-

liklar olib keldi. Aytaylik,

kimyoviy vositalar yordamida

kiyimlarimizdan dog‘larni ketka-

zish, uylarimizdan chivinlarni

yo‘qotish yoki sun’iy gullar

xonalarimizda  o‘zgacha  «ifor»

taratishi allaqachonlar yangilik

bo‘lmay qoldi. Lekin bu qulay xo‘-

jalik vositalarida zararli jihatlar

bo‘lishi mumkinligi haqida o‘yla-

ganmizmi? Bularning har biri

xonalarimizni xavfli moddalar

bilan ifloslaydi, havosini hatto gaz

to‘plangan avtobomil yo‘llaridagi

zaharli gazlarga nisbatan bir necha

marta zararli holatga keltiradi.

Kuyalarga qarshi vositalar.

Kimyoviy tozalashda ishlatiladigan

moddalar ichida eng xavflisi — bu,

kuyalarga qarshi ishlatiladigan

vositadir. Qadimda ishlatilgan

lavanda geran daraxtining  barg-

lari, apelsin qobig‘i kabi vositalar

faqat voyaga yetgan kapalaklar-

nigina haydashga yordam berib,

kuyaning lichinkalariga qarshi

kurashishda hech qanday foyda

bermagan. Kuyaning kapalaklari

yungli va mo‘ynali buyumlarga teg-

maydi, ularni yemiradigan kuya

lichinkalaridir. Kuyaga qarshi

naftalinni ishlatish man qilingan.

Biroq shunga qaramasdan naftalin

savdoda paydo bo‘lib qolayotir va

kuyaga qarshi kurashda yaxshi naf

bergani uchun uni odamlar tezda

sotib olishmoqda. Naftalin oz miq-

dorda ishlatilganda samara ber-

maydi, faqat uning katta konsen-

tratsiyasi kuya lichinkalarini o‘ldi-

rishga qodir, lekin bu konsen-

tratsiya ayni paytda odam uchun

ham xavfli. Naftalin hidi yoki

changi  dimoqqa urganda (masalan,

naftalin sepilgan buyumlar saq-

langan sandiqlarni ochganda) odam

zaharlanishi mumkin. Zaharlanish

alomatlari: ko‘ngil aynashi, qusish,

bosh og‘rishi, muskullarning

tortishishi, ich ketishi va boshqa

belgilarda ko‘rinadi.

Amerika atrof-muhitni muhofa-

zalash agentligi mahsus bulleten

chiqarib, unda naftalin kansero-

gen ekanligini ta’kidlagan. Dar-

haqiqat, naftalin kishilarda va

hayvonlarda rak kasalligini keltirib

chiqarar ekan. Bu modda uzoq

vaqt oz miqdorda ta’sir etganda

qizil qon tanachalarini (eritrotsit-

larni) shikastlaydi.

Faol modda sifatida tarkibida

paradixlorbenzol tutuvchi boshqa

repellentlar (zararkunanda kapa-

laklarga qarshi qo‘llanuvchi mod-

dalar) ham odamlar uchun xavfli

hisoblanadi. Angliyalik olimlarining

tadqiqotlari natijasida shu narsa

aniqlandiki, bu repellentlar aller-

giya chaqirib, shilliq qavatlarga

salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hattoki

nafas qisish (astma) xurujini

yuzaga keltirar ekan.

Yog‘och-qipiq taxtalar  (DSP).

Kimda-kim xonalarda kimyoviy

moddalarni purkamoqchi yoki lak-

bo‘yoq ishlatmoqchi bo‘lsa, bar-

chani xonadan chiqarib yuborib,

darchalarni lang ochishi va himoya-

lovchi niqob taqishi lozim.

Yana bir keng tarqalgan iflos-

lantiruvchi maishiy modda — bu,

formaldegid. Bu moddaning eng

yuqori konsentratsiyasi xonaga

yog‘och-qirindi taxtadan yasalgan

mebellar yangi keltirilgan vaqtda

kuzatiladi.

Formaldegid bilan ifloslanish-

ning yana bir manbasi — bu, gaz

plitalari. Metanning to‘la yonib

tugamasligi tufayli havo toksik

modda bilan «boyiydi» va u nasliy

modda bo‘lgan DNKga, repro-

duktiv (ko‘payish) organlariga,

ko‘z va teriga salbiy ta’sir ko‘rsa-

tadi. Bu modda kanserogen deb

topilgan va uning parlarini uzoq

vaqt dimoqqa ta’siri oqibatida

burun va tomoq raki kelib chiqish

xavfi bor.

Yog‘och-qirindi plitalardan

yasalgan eski mebellarni uyingiz-

dan chiqarib tashlashga shoshil-

mang, chunki undagi formaldegid

allaqachon uchib ketgan va ular

endi zarar keltirmaydi.

Sintetik gilamlar. Aksariyat

sintetik gilamlar va gilamsimon

qoplamalar zaharli eritmalar bilan

oshlangan bo‘lib, kuchli elektr-

zaryadlangan bo‘ladi. Shunday

moddalar bilan savdo qiladigan

do‘konlarga kirishingiz bilan

dimog‘ingizga o‘tkir bo‘yoq hidi

uradi. O‘zingizni bamisoli lak-

bo‘yoq bilan savdo qiladigan

bo‘limga kirib qolganday his qilasiz.

Buning sababi do‘kon havosi

mollarning yelim asosidan ajrab

chiqayotgan zaharli moddalari

bilan to‘yinganidadir.

Agar shunday o‘tkir hid tar-

qatadigan gilam olgan bo‘lsangiz,

uni darhol yotoqxonangizga

yoyishga shoshilmang, aks holda

sizda uyqusizlik, allergik holat,

jizzakilik paydo bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun bunday gilamni

odam kirmaydigan xonaga yoki dala

hovliga 2-3 haftaga yoyib qo‘ying.

Pestitsidlar.  Pestitsidlar —

hasharotlarga qarshi kurashishda

ishlatiladigan kimyoviy vositalar.

MAISHIY  KIMYONING

FOYDA  VA  ZARARLARI

K


31

Bu zaharli moddalar deyarlik

barcha xonadonlarda suvaraklar,

chivin, sichqonlarga qarshi

kurashda ishlatiladi.

Olimlarning kuzatishlaricha,

pestitsidlar ta’siriga uchragan

odamlar o‘rtasida Parkinson

kasalligi (asosiy tashqi simptomi

— qo‘l-oyoq, kalla titrab turadi)

70 foizga ko‘proq kelib chiqar

ekan.


Agar xonadonda hasharotlarga

qarshi pestitsidlar ishlatishga to‘g‘ri

kelsa, respirator taqib yoki og‘iz-

burunni doka bilan o‘rab pestitsid

purkash va ma’lum vaqt o‘tkazib,

pestitsid qo‘llangan xonani yaxshi-

lab shamollatish kerak. Tag‘in

suvaraklarni yo‘qotaman deb

o‘zingizni zaharlab qo‘ymang!

Alanganing oldini oluvchi

moddalar. Mebel qoplamalariga,

to‘shaklarga, tele- va radiodetallarga

alanganing oldini oluvchi mod-

dalar bilan ishlov berish qancha-

dan-qancha uylarda yong‘in oldini

olib, kishilarning hayotini xavfdan

saqladi. Alanganing oldini oladigan

moddalar polibromirlan-gan

difenil efir (PBDE) avvaliga katta

quvonch bilan kutib olindi, lekin

tez orada ularning kishi salomatli-

giga o‘ta zararli ekanligi ayon bo‘ldi.

Boshida penopoliuretandan

tayyorlangan to‘shaklarga ham

alanganing oldini oluvchi mod-

dalar bilan ishlov berilar edi.

Chunki to‘shaklar o‘chirilmagan

sigaretalardan osongina alangalanib

ketardi. Lekin bir necha yillar ichida

shunday to‘shaklarda yotadigan

ming-minglab kishilarda ichki

a’zolarining yemirilishi, markaziy

asab tizimida chuqur o‘zgarishlar

paydo bo‘lgani kuzatilmoqda.

Bu zaharli moddalar kishi

badaniga chang bilan kiradi,

qalqonsimon bezning ishini bu-

zadi, emizikli ayollarning ko‘krak

sutida to‘planadi. Aksariyat tad-

qiqotchilar PBDEdan yashash

xonalarida foydalanishni ta’qiqlash

kerakligini talab qilmoqdalar.

Ftalatlar. Ftalatlar o‘yinchoq,

yosh bolalarga tish chiqayotganda

ishlatiladigan halqachalar, chaqa-

loqlarni oziqlantirishda qo‘llanila-

digan «shisha» ishlab chiqarishda

ishlatiladigan qayishtiruvchi vosita

sifatida keng qo‘llanadi. Erkak va

xotinlar kosmetikasining xoh

arzoni, xoh qimmati bo‘lsin,

tarkibida bu moddalar mavjud.

Zaharli ftalatlar hatto juda

qimmat turadigan kosmetikalar

tarkibida ham mavjud.

Ftal kislotasi efiri va tuzlarining

«shuhrati» ilgarilari ham baland

emas edi. Amerika va Kanada

olimlarining ta’kidlashicha, ftalat-

lar o‘g‘il bolalarning rivojlanishiga

zarar keltirar ekan, kattalarda esa,

testesteron (erkaklar gormoni)

ta’sirini pasaytirib, bepushtlikka

olib kelar ekan. Kanadada hatto

o‘yinchoq ishlab chiqaruvchilarga

mahsulot  joylangan qutichalarda

ftalatlar bor-yo‘qligi to‘g‘risida

axborot bo‘lishi shart qilib

qo‘yilgan.

Qo‘rg‘oshinli bo‘yoqlar. Ko‘p-

chilik uylarning devorlari va eshik-

romlari tarkibida qo‘rg‘oshin

tutadigan bo‘yoqlar bilan bo‘yal-

gan. Bo‘yoqlangan sathlar yorilib

ketmagan bo‘lsa, bu holda xavf

bo‘lmaydi, lekin bo‘yoqlangan

sathlar yorilib ketgan bo‘lsa, unda

qo‘rg‘oshin birikmalarining zarra-

chalari uyning havosiga tarqalib,

chang bilan o‘pkaga kiradi. Buna-

qangi vaziyat ayniqsa bolalar

uchun xatarli hisoblanadi. Qo‘r-

g‘oshin birikmalarining hatto juda

kichik konsentratsiyasi bolalarning

markaziy asab tizimida, miya va

qon hujayralarida, buyrakda va

boshqa a’zolarda katta noxush

o‘zgarishlar keltirib chiqarishi

mumkin. Agar siz yangidan

bo‘yamoqchi bo‘lsangiz, yaxshisi

mutaxassislarni jalb etish ma’qul,

chunki ular maxsus kiyimlarda ish

qilishadi va zaharlanishning oldini

olishni bilishadi.

Lazerli printerlar. Avstraliyalik

olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra,

lazerli printerlar passiv chekish-

dan (chekayotgan odam qoshida

o‘tirgan chekmaydigan odamni

passiv chekuvchi deydilar) kam

bo‘lmagan darajada inson salo-

matligiga zarar keltirar ekan. Gap

shundaki, ishlab turgan printer

havoga bosmada ishlatilayotgan

kukun tarqatar ekan. Bu kukun

nafas bilan o‘pkaga kirib, kishining

nafas olishini qiyinlashtirib, har

xil surunkali kasalliklarga olib kelar

ekan. Shuning uchun printerlar

havosi almashib turadigan xona-

larga joylashtirilishi va ehtiyoj bo‘l-

maganda, o‘chirib qo‘yilishi lozim.

Plastik idishlar. Olimlar bu

buyumlarga allaqachonlar katta

shubha bilan qarashadi, chunki

bifenol A tuzilishi bo‘yicha ayol-

larning jinsiy gormoni bo‘lmish

estrogenlarga o‘xshashdir.

AQSH milliy toksikologik re-

jasi ekspertlarining axborotiga

ko‘ra, tajriba o‘tkazilganda,

hayvonlarda bifenol A jinsiy rivoj-

lanishni tezlatadi, prostata va

ko‘krak bezlarining rakini keltirib

chiqaradi. Plastik idishlarni hech

qachon isitmang, issiq suv bilan

yuvmang, ovqatni plastik idishda

mikroto‘lqinli pechda isitmang,

chunki qizdirilganda bifenol A

ajrashi 55 marta tezlashar ekan.

Mineral suvlarning plastik idishlarga

nisbatan shisha idishlardagisini

iste’mol qilish salomatlik uchun

foydaliroq.

Havoni yangilovchi va toza-

lash vositalari. Ko‘pqavatlik uylar-

da havosi kam almashadigan xona-

larda zamonaviy tozalovchi mod-

dalarni keng qo‘llash tavsiya etil-

maydi, chunki bu tozalash vosita-

lari ishlatilganda xonalarimiz havo-

sida toksik moddalarning miqdori



32

Jamoatchilik

kengashi:

Turg‘unpo‘lat DAMINOV,

Svetlana INOMOVA,

Turobjon JO‘RAYEV,

Tatyana KARIMOVA,

Abdulla ORIPOV,

Gulnora YO‘LDOSHEVA

Bosh muharrir:

Muhammadali QO‘SHMOQBOY

Tahrir


hay’ati:

Avaz MANSUROV,

Abdulla OCHILOV,

Shomirza TURDIMOV,

Nuriya TUREYEVA,

Feruza VAHOBOVA,

Dilorom SHARIPOVA,

Anvar SHEROV

Manzilimiz: 100170. Toshkent,

I.Mo‘minov ko‘chasi, 9.

Telefon: 262-30-44 (faks), 262-30-11.

E-mail: jlsaumt@mail.ru

“Sog‘lom avlod uchun”,

2010-yil, 10-son.

“Sog‘lom avlod uchun” jurnali

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi

tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102-

tartib raqami bilan ro‘yxatdan  o‘tkazilgan.

“Sog‘lom avlod uchun” jurnali matbaa

(komputer) bo‘limi O‘zbekiston Matbuot

va axborot agentligi tomonidan 2004-yil

17-may kuni 10 — 0654-tartib raqami

bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Biror asar yoki undan parcha ko‘chirib

bosilganda, “Sog‘lom avlod uchun” jurna-

lidan olindi” deb izohlanishi shart.

Muallif tahririyatga yo‘llayotgan qo‘l-

yozmasiga o‘z soliq to‘lovchining identi-

fikatsiya raqami (STIR)ni, shaxsiy jam-

g‘arib boriladigan pensiya daftarchasi

nusxasini ilova qilishi so‘raladi.

Jurnal maketi tahririyatning matbaa

(komputer) bo‘limida tayyorlandi.

Navbatchi muharrir:

Otabek OTAYOROV.

Matbaa (komputer) ishlari bo‘yicha mas’ul:

Feruza NURITDINOVA.

Matnni teruvchi:

Valida UMAROVA.

Korrektor: Nigora YODGOROVA.

Bosmaxonaga  2010-yil  20-oktabr

kuni topshirildi. Ofset usulida

chop  etildi. Qog‘oz  bichimi  60x84 

1

/



8

.

Qog‘oz hajmi 4,0 bosma tabaq.



Nashriyot hisobida 3,8 bosma tabaq.

Tiraji 1767 nusxa. 10-861-buyurtma.

“O‘zbekiston” NMIUda bosildi.

100129, Toshkent,

Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

haddan ziyod oshib ketadi.

Tozalovchi vositalar asosan toksik

ta’sirga ega bo‘lgan ikki kimyoviy

modda — etilenglikol va terpen-

lardan iborat. Etilenglikol nafas

olganda va teriga tekkanda xavfli.

U kishini bo‘shashtiradi, boshini

aylantiradi, yuragini o‘ynatadi.

Terpenlar esa, o‘zi toksik xususi-

yatga ega bo‘lmasa ham, tozalovchi

aralashma qo‘llaganda ajraladigan

ozon va boshqa moddalar bilan

qo‘shilib, salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ko‘rib turibsizki, maishiy

kimyoning yutuqlari qanchalik

ulkan bo‘lmasin, uning salomatli-

gimizga yetkazishi mumkin bo‘l-

gan zararlari ham talaygina, shu

sababli sog‘lom hayot  kechirish

uchun yuqorida eslab o‘tilgan

kimyoviy vositalardan oqilona

foydalanishni bilish kerak.

To‘lqin BOBOYEV,

biologiya fanlari doktori, professor

Nigora SAMARXODJAYEVA,

biologiya fanlari nomzodi,

 katta ilmiy xodim

Burxon RIZOQULOV suvratga tushirdi.

YER  SAXOVATI,

MEHNAT  BAROKATI

«Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroylik». Qashqadaryo

viloyati, Chiroqchi tumani, «O‘zbekiston» xo‘jaligida yashab mehnat

qilayotgan mirishkor bog‘bon Adham Mirzayev va uning oila a’zolari

ham, — butun xalqimiz kabi, — bu hikmatni hayot tarziga aylantirishgan.

Ular yetishtirgan husayni, oq kishmish, qora kishmish, o‘zlari-yu el



dasturxoniga ko‘rk bag‘ishlaydi, daromad ham keltiradi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling