Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 452.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana26.09.2017
Hajmi452.23 Kb.
#16547
1   2   3   4   5   6

Xalqlarning milliy qahramonlarini o‘z xalqi tarixiy

xotirasidan chiqarib yuborish harakati

Kommunistik g‘oyalarga asoslanuvchi soxta siyosiy

g‘ururni shakllantirish harakati

Xalqlarni o‘z milliy sivilizatsiyasidan mahrum

etishga urinish, millatlarni ijtimoiy manqurtlashtirish

siyosati


Shaxsning alohidaligi va o‘ziga xosligi namoyon

bo‘lmaydigan jamoaviylik (kollektivizm) targ‘iboti

Tobe xalqlarni harbiy sohalardan chetda saqlash,

o‘z milliy armiyasiga ega qilmaslik siyosati

Yurt qayg‘usi bilan yashagan, vatan ozodligi yo‘lida

kurashgan milliy qahramonlarimizning yalpi qatag‘on

qilinishi, hurfikrlilik, ijod erkinligining bo‘g‘ilishi

Sho‘rolar davrida O‘zbekistonning dunyo

hamjamiyati uchun notanish bir chekka o‘lka sifatida

geografik xaritada qayd etiluvchi hudud ekanligi, xalqaro

anjuman va yirik tadbirlar o‘tkazilmaydigan makon

bo‘lganligi

Davlat va kolxoz-kooperativ mulkidan boshqa

mulkni rivojlantirmaslik siyosati

Markazdan boshqariluvchi rejaviy iqtisodiyotning

amal qilishi, odamlarni sun’iy tarzda moddiy

tenglashtirish siyosatining yurgizilishi

Istiqlol davrida

Xalqni o‘z tarixiy xotirasiga ega qilish siyosati

Xalqimiz milliy an’ana va bayramlarining rasmiy,

milliy bayramlar sifatida e’zozlanishiga erishilganlik

Xalqimizning o‘z milliy qahramonlaridan faxrla-

nishlari va g‘ururlanishlariga erishish

Xalq tarixi, madaniyati, etnik o‘zligi va ulug‘

maqsadlariga asoslanuvchi milliy g‘urur tarbiyasining

yo‘lga qo‘yilishi

Xalqimizning umumjahon sivilizatsiyasiga qo‘sh-

gan buyuk xizmatlarining dunyo hamjamiyati tomo-

nidan munosib e’tirof etilishi

Shaxsning alohidaligi, betakrorligi va ichki salohiyati

to‘la namoyon bo‘luvchi jamoaviylik tarbiyasi

O‘zbekistonning harbiy jihatdan mustahkam, o‘z

milliy qurolli kuchlari bilan chegaralari daxlsizligini

to‘la ta’minlashga qodir, mudofaa salohiyati yuqori

davlatga aylanishi

Vatan ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan qahra-

monlarning yuksak darajada e’zoz topishi, ularning

ruhlari ulug‘lanishi, hurfikrlilik va ijod erkinligining

tiklanishi

O‘zbekistonning dunyo hamjamiyati tomonidan

ulkan intellektual, madaniyat, turizm va sport sohalarida

yuksak salohiyatga ega mamlakat sifatida e’tirof etilishi,

yurtimizning turli sohalar bo‘yicha yirik xalqaro

anjumanlarni muntazam o‘tkazuvchi davlatga aylangani

Davlat, xususiy va jamoaviy mulklar tengligi

asosidagi rivojlanish siyosati

Iqtisodiyotning siyosatdan xoli bo‘lishiga erishish,

talab va taklif qonuniyatining amal qilishi, kuchli

ijtimoiy siyosat yurgizish orqali odamlarning keskin

tabaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik

T/r

1.

1.1



1.2

1.3


1.4

1.5


1.6

1.7


1.8

2.

2.1



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

MUSTAQILLIGINING 20 YILLIGI OLDIDAN



7

Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ekstensiv yondoshuv

yo‘lidan borilishi, faqat mavjud yer osti va yer usti

boyliklarining xomashyo sifatida sotish orqali

iqtisodiyotning boshqarilishi

Xalqning turmush ehtiyojlarini  faqat davlat yo‘li

bilan ta’minlash harakati

O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishini asosan agrar

sohaga moslashtiruvchi siyosat

O‘rta sinfni qoralovchi davlat siyosatining yurgizilishi

Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sohasiga yot ko‘z

bilan qarash

O‘zbekistonni faqat xomashyo yetishtirib beruvchi

agrar o‘lkaga aylantirish siyosati

Qishloq xo‘jaligida paxta yakka hokimligini o‘rnatish

siyosati


O‘zbeklarga “ikkinchi sort” xalq sifatida yondoshish

siyosati


Vatan tushunchasining soxtalashtirilishi, sobiq ittifoq

hududini vatan deb talqin etish

Soxta milliy davlatchilik ramzlarining faqat hududiy

farqlanish belgilari sifatida talqin etilishi va ularning xalqaro

munosabatlarda umuman tan olinmasligi

Milliy tillarning kamsitilishi va asta-sekin boshqa yirik

tilga assimilyasiya bo‘lishining rag‘batlantirilishi

O‘zbekistonning oltin, uran, neft, gaz zaxiralari

mahsulotlarining  boshqa o‘lkalarga tashib ketilishi

Totalitar tuzum mafkurasining aholi ongiga tazyiqiy

tarzda singdirilishi, dunyoqarashning rejali boshqarilishi

Tarixiy yodgorliklar, madaniy obidalarning buzib

tashlanishi, nodir qo‘lyozmalarning, kitoblarning yoqib

tashlanishi

Ming yillar mobaynida amal qilib kelgan Osiyo va

Yevropa  mamlakatlarini bog‘lab turgan Buyuk ipak

yo‘lining buzib tashlanishi

O‘zbekistonning qulay qishloq xo‘jalik shart-

sharoitlariga ega bo‘lishiga qaramay, u o‘zini oziq-ovqat,

g‘alla bilan ta’minlay olmaydigan muhitning yaratilganligi

Mamlakatimizda milliy o‘z-o‘zini boshqarish —

mahalla tuzilmalari faoliyatining cheklab qo‘yilganligi

Kommunistik g‘oyalar bilan sug‘orilgan kollektivizm

manfaatlari yo‘lida inson manfaatlarining unutilishi, davlat

manfaatlarining jamiyat va inson manfaatlaridan ustuvorligi

Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda intensiv yondoshuv

yo‘lidan borilishi, yer osti va yer usti boyliklarini qayta

ishlab, tayyor mahsulotlar sifatida ichki va tashqi bozorga

chiqarilishi

Xalq farovonligini davlat va jamiyat kuchini

uyg‘unlashtirib ta’minlash harakati

Sanoat ishlab chiqarishida hayotning barcha sohalarini

qamrab olish siyosati, avtomobilsozlik, elektronika,

bioinjeneriya va nanotexnologiya sohalarining rivojlanishi

O‘rta sinfni qo‘llab-quvvatlovchi davlat siyosatining

amal qilishi

Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish

ishining davlat siyosatiga aylanishi

O‘zbekistonni sanoati yuksak rivojlangan industrial

davlatga aylantirish siyosati

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishida ichki

va tashqi ehtiyojni puxta hisobga olish asosida yondoshuv

siyosati

Hech kimdan kam bo‘lmagan millat sifatida dunyo

hamjamiyatida munosib o‘rin egallash siyosati

Milliy, ijtimoiy, madaniy va davlatchilik an’analari

shakllanishining tarixiy jarayonlari yuz bergan hududni

vatan deb talqin etish

Xalqimizning haqiqiy milliy davlatchilik ramzlari —

gerb, bayroq, gimn, konstitutsiya, prezidentlik insti-

tutlarining dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olinishi

Xalqimizning o‘z milliy tilining rasmiy davlat tili

sifatida amal qilishi va rivojlanishining davlat siyosatiga

aylanishi

Xalqimiz o‘zining mo‘l-ko‘l yer osti boyliklariga to‘liq

egalik qilishga erishganligi

Milliy istiqlol g‘oyasi asosida milliy birlashuvga

erishilganlik, odamlar dunyoqarashining ma’naviy-

ma’rifiy omillar orqali boyitilishi

Tarixiy-madaniy obidalarning qayta tiklanishi, nodir

qo‘lyozmalar, kitoblarning milliy qadriyat sifatida

e’zozlanishi

Buyuk ipak yo‘lining qayta tiklanishi va  uning faol

ishlay boshlashi uchun zamonaviy avtomobil va temir

yo‘llari hamda havo magistrallarining barpo etilishi

O‘zbekistonning barcha qishloq xo‘jalik mahsulotlari

bilan o‘zini to‘la ta’minlagan, shu jumladan, g‘alla

mustaqilligiga erishgan davlatga aylanganligi

Mamlakatimizda milliy o‘z-o‘zini boshqarish —

mahalla tuzilmalari faoliyatining  jamiyatning turli sohalarida

yuz berayotgan pozitiv jarayonlarning markaziy bo‘g‘iniga

aylanishi

Insonning tom ma’nodagi insonlik mohiyatining

yuzaga chiqarilishi, insonning davlat va jamiyat oldidagi

mas’ulligi, shaxsning jamoada o‘zligini to‘la namoyon eta

olishi. Inson manfaatlarining ustuvorligi.

2.2

2.3


2.4

3.

3.1



4.

4.1


5.

6.

7.



8.

9.

10.



11.

12.


13.

14.


15.

  T/r                               Sho‘rolar davrida                                                             Istiqlol davrida



8

16.


17.

18.


19.

20.


21.

22.


23.

24.


25.

Diniy e’tiqodning har tomonlama bo‘g‘ilishi, ateistik

tarbiyaning davlat siyosatiga aylantirilishi, dindorlarning

ta’qib etilishi va qatag‘on qilinishi

Shaharsozlik va arxitektura sohalarida odamlarning

imkoniyatlari, did va saviyalarini hisobga olmasdan, tabiiy

muhit hamda ekologik talablarga rioya etilmasdan bir xil

qolipdagi binolar,  imoratlar  va     uy-joylar  qurilishi

Jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining keng tus

olishi, qoidabuzarlik va boshqa antisotsial holatlarga

jamiyatning passiv munosabati

Xotin-qizlarning jamiyatda erkaklar bilan teng

huquqliligi amalda ta’minlanmaganligi, ayollarning davlat

va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining sustligi

Millatchilik va shovinistik kayfiyatning goh yashirin,

goh oshkora tarzda amal qilib turishining odatiy tus olishi

Sho‘rolar davridagi yalpi baravarlashtirish siyosati

natijasida inson salohiyatining ro‘yobga chiqarilmasligi,

iste’dodlar rivojlantirilmasligi, odamlarning o‘z qobiliyatiga

ko‘ra boshqalardan ajralib turishlari davlat va jamiyat

tomonidan ma’qullanmasligi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlarga cheklangan

e’tibor berilgani, nogironlarni ijtimoiy faollashtirish,

ularning iste’dod va salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish

ishlariga panja ortidan qarab kelingani

Ommaviy axborot vositalari, radio va televideniya

faoliyatining senzura qilinishi va qattiq nazorat ostiga

olinganligi, jamiyat va xususiy nashrlariga ruxsat etilmasligi

Totalitar tuzum tuzilmalarini mustahkamlashga

yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy va ma’rifiy-mafkuraviy

siyosatning amal qilib kelgani

Qishloq va shahar turmush tarzi orasidagi tafovutning

kuchayishi

Vijdon erkinligining to‘la ta’minlanishi, diniy

e’tiqodga, barcha konfessiyalar faoliyatiga keng yo‘l

berilishi, Toshkent shahrining Islom madaniyati poytaxti

unvoniga  musharraf  bo‘lishi

Milliy arxitektura an’analari, dizayn, ekomuhit hamda

odamlarning didi, saviyasi, imkoniyatlarini puxta hisobga

olgan holda yuksak estetik talablarga qat’iy rioya qilish

asosidagi biri-biridan go‘zal, betakror inshootlar, binolar

qurilishi

Jamiyatda qonun ustuvorligi ruhining barcha sohalarda

amal qilishi, jinoyatchilik va qoidabuzarlik holatlariga qarshi

jamiyatning faol ma’rifiy kurash olib borishi

Xotin-qizlarning jamiyat hayotida erkaklar bilan

tengligi huquqiy va amaliy jihatdan ta’minlanishi, davlat

va jamiyat boshqaruvida ayollar ishtirokining keng tus

olishi

Millatchilikning har qanday ko‘rinishlariga barham



berilishi va millatlararo totuvlik, inoqlik ruhining barqaror

amal qilishi

Inson salohiyati, iste’dodlarining to‘la ro‘yobga chiqishi

uchun qulay shart-sharoitlarning yaratilishi, har bir

insonning o‘z qiziqishlari va maqsadlari yo‘lidagi intilishlari

davlat va jamiyat tomonidan rag‘batlantirilishi bo‘yicha

huquqiy, moddiy, ma’naviy va tashkiliy imkoniyatlar

mexanizmining amal qilishi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlarning faol fuqarolik

pozitsiyasiga chiqishlari uchun ko‘maklashuv mexa-

nizmining amal qilishi, nogironlarning sog‘lom odamlar

bilan baravar faoliyat yuritishlari, san’at, sport, fan va

boshqa sohalarda o‘zligini namoyon etishlari uchun shart-

sharoitlar yaratilishi, ularning saflaridan respublika va jahon

chempionlari yetishib chiqishining odatiy holga aylanishi

Ommaviy axborot vositalari, radio va televideniya

faoliyati ustidan senzuraning bekor qilinishi, jamiyat va

xususiy nashrlarning keng rivoj topishi, matbuot

erkinligining amalda ta’minlanishi

Shaxs salohiyati, inson kapitalini butun borlig‘icha

ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan davlat siyosatining amal

qilishi


Yangi tipdagi uy-joylar  qurilishi,  qishloq infra-

tuzilmasining boyitilishi, shahar va qishloq orasida

tafovutning keskin kamayishi

Sho‘rolar tuzumi va istiqlol

davrimizning qiyosiy tahlili shun-

dan yaqqol guvohlik  berib turib-

diki, hayotimiz tubdan o‘zgardi,

endi turmushimizni yangi ijtimoiy

o‘lchovlar bilan qiyoslay boshladik.

Ilgarigi paytlarda odamlar “Bu

kunlar ham o‘tib ketar”, “Yorug‘

kunlar ham kelar”, “Xayriyat,

yana bir kun o‘tdi”, deb qo‘rquv,

xavotir hamda noiloj umid orasida

yashab kelgan bo‘lsalar, endi

odamlar, “Shunday kunlar ham

bor  ekan-ku”, “Hayotimiz kundan-

kunga farovonlashib bormoqda”,

“Istiqlolimizga ko‘z tegmasin”,

“Baxtli, saodatli hayotimizning

tashabbuskori Yurtboshimiz omon

bo‘lsin”, degan so‘zlarni minnat-

dorlik bilan izhor etmoqdalar.

Darhaqiqat, “Kecha kim edig-u,

bugun kim bo‘ldik?”— degan

savolni har bir kishi o‘ziga berib,

shukronalik tuyg‘usini his  etmoqda.

Ma’lumki, har qanday

o‘sish, o‘zgarish ertangi kunga

ishonchdan, erishilgan marra-

lardan shukronalik tuyg‘usidan,

kelajak orzular, aniq maqsadlardan

kuch oladi. Buyuk kelajakka komil

ishonch bilan borayotgan

xalqimizning iqboli porloq bo‘lishi

muqarrar.

Mansur BEKMURODOV,

sotsiologiya fanlari doktori,

professor

  T/r                               Sho‘rolar davrida                                                             Istiqlol davrida



9

2 «Sog‘lom avlod uchun», 2011-yil, 1-son.

Biz, qishloq bolalari xo‘jalikda

yoki dehqonchilikda ota-onamizga

qarashib, qo‘limiz ishga kelishgan,

ko‘zimiz pishgan. Yashirib nima

qildik, kattalar uchun oson tuyul-

gan yumush ba’zan biz bolalarga

og‘irlik qilardi. Ayniqsa, uzum

pishig‘ida ularni uzib, mayiz qilish

ko‘p vaqtimizni olgani yetmagan-

dek, hovli va tomlarimizning ancha-

gina joyini band qilib yotardi. Uzum

boshlarini tez-tez ag‘darib, sha-

mollatib turmasangiz, chirib keti-

shini ayting. Balki o‘shandayoq

hozirgi qurilmaning ayrim qism-

larini xayolan o‘ylab yurgandirman.

Dehqonning, bog‘bon-u mirish-

korning mehnatini yengil qilish

orzulari bilan maktabni bitirgach,

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya

institutining “Qishloq va suv xo‘ja-

ligini elektrlashtirish” fakultetiga

o‘qishga kirdim. Bakalavr  yo‘na-

lishini imtiyozli  tamomlagach, shu

institutning “Texnologik jarayon-

lar va ishlab chiqarishni avtomat-

lashtirish” yo‘nalishi bo‘yicha

magistraturaga o‘qishga kirib, uni

ham imtiyozli diplom bilan tugat-

dim. Ilm — shunday bir ummon

ekanki, unga bag‘ringizni, qalbin-

gizni ochganingiz sayin u ham

sizdan o‘z javohirlarini qizg‘anmas

ekan.


Bu ma’naviy ohanrabo meni

tobora o‘ziga tortib borayotgani bois

2006-yili Toshkent agrar univer-

sitetining qishloq xo‘jaligi elektro-

texnologiyalari va elektr uskunalari

mutaxassisligi bo‘yicha aspiran-

turaga o‘qishga kirdim. Bu yerda

bilimga chanqoq, izlanuvchan,

tashabbuskor  tengdoshlarim  bilan

tanishdim.

 2009-yili ilk marotaba Inno-

vatsion g‘oya, texnologiya va

loyihalar Respublika yarmarkasida

“Meva va uzum mahsulotlarini

quritishdan oldin elektr ishlov

berish qurilmasi” loyihasi bilan

qatnashdim. O‘sha yildan buyon

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Fan va texnologiyalarni rivojlanti-

rishni muvofiqlashtirish qo‘mi-

tasi, Andijon viloyatidagi “Shahri-

xonagrohamkor” agrofirmasi va

Toshkent agrar universiteti tomo-

nidan uch tomonlama tuzilgan

shartnoma asosida professor Abdu-

rahmon Rajabov rahbarligida

IKB—10—1 raqamli “Uzum va

mevani quritishdan oldin elektr

ishlov berish qurilmasini ishlab

chiqish va yaratish” mavzusidagi

innovatsion loyihada ham qatna-

shib kelaman.

Bolaligimda og‘ir tuyulgan

mehnat jarayoniga chuqurroq

kirib, angladimki, respublikamizda

yetishtirilayotgan  qishloq xo‘jaligi

mahsulotlari, jumladan, uzum

yetishtirish, uni terib olish, ta-

shish va quritish  jarayonida texnika

va texnologiyalarning yetishmasligi

sababli 30-40 foiz mahsulot isrof

bo‘lib ketar ekan.

Shuni e’tiborga olib, hozirgi

kunda “Elektroimpulsli va tojli

razryadlardan foydalanib, mayiz

tayyorlash elektrotexnologiyasi”

mavzusida ilmiy izlanishlar olib

borayapman. Bu qurilma potensial

elektrodlarga beriladigan kuchla-

nishni va impulslar sonini o‘zgar-

tirish imkoniyatiga ega bo‘lgan ho‘l

meva, uzum, poliz va sabzavot

mahsulotlari, dorivor o‘tlarni quri-

tish va  sharbat olishda tejamkor

qurilma hisoblanadi. Undan ko‘ch-

ma hamda muqim texnika sifatida

foydalansa bo‘ladi.

Qurilma — mahsulotni bevosita

harakatlantiruvchi zanjirli trans-

portyor, mahsulot joylashtiradi-

gan setkali podnos, elektr impulsli

tok manbasi, zanjirli transportyor

elektr yuritmasi komutatsiyalash

mexanizmi, boshqarish shiti, yuqo-

ri kuchlanishli potensial elektrod-

lar hamda 3 faza  yuqori kuchla-

nishli tok manbaidan tashkil topgan.

Innovatsion loyiha asosida

ishlab chiqilgan ushbu qurilma-

ning afzalligi shundaki, elektr

ishlov berish hamda havoni ion-

lashtirish natijasida quritish

vaqtini: tabiiy quritishda 1,6—1,8

marotaba, sun’iy quritishda 1,4—

1,6 marotaba kamaytirish  orqali

mahsulot tarkibidagi foydali mine-

ral modda va vitaminlarning yo‘qo-

lishi  sezilarli darajada kamayadi.

Bundan tashqari, energiya sarfi

1,3—1,4 marotaba tejaladi. Bu

qurilmaning ko‘magida 1 gektar

maydonda yetishtirilgan uzumdan

o‘rtacha 1,8 million so‘m qo‘shim-

cha foyda olish mumkin.

Qurilmaning  laboratoriya nus-

xasi Namangan va Samarqand

viloyatlarining quruq meva ishlab

chiqarish zavodlarida va Andijon

viloyati “Shahrixonagrohamkor”

firmasining ishlab chiqarish sha-

roitida sinovdan muvaffaqiyatli

o‘tdi.


Ustozlarimiz tajribasi va bizga

tushuntirishlaridan shuni angla-

dimki, ixtiro ham ziroatday —

e’tiboringiz, parvarishingiz, meh-

ringiz bilan unib-o‘sadi, tomir

yoyadi, kurtak chiqaradi, barg

yozadi, gullaydi, meva beradi —

el koriga yaraydi.

Tinmay izlangan, mehnat qil-

gan odam niyatiga yetadi. Bunga

ishonchim komil. Xullas, ilmiy

izlanishlarimdan maqsad — turli

kasb egalariga ularning kasb-kori

samarali bo‘lishida yordam berish,

ta’bir joiz bo‘lsa, og‘irini yengil

qilish.


Avazbek ZOKIROV.

Toshkent agrar universiteti aspiranti

IXTIRO HAM

ZIROATDAY...



10

OINOT,


 osmon jismlari

harakati azal-azaldan

insonni qiziqtirib kelgan.

Ayniqsa, quyosh haqidagi bilimlar

barchaning diqqatini tortgan.

Chunonchi, Sokrat, Aristotel,

Ptolemey, Arximed kabi faylasuf

donishmandlar Quyosh va u bilan

bog‘liq hodisalarni o‘rganishga

alohida e’tibor qaratganlar.

Xorazmiyning «Astronomik jad-

vallar», «Quyosh soatlari bayoni»

kabi ilmiy ishlari  katta ahamiyat

kasb etadi. Farobiy o‘z asarlarida

koinot jismlari va Yer yuzida

kechadigan hodisalarning tabiiy

aloqador ekanligini ko‘rsatgan va

quyosh issiqligida Yer yuzasidagi

suvlarning bug‘lanishi natijasida

bulut va yomg‘ir hosil bo‘lishini

izohlagan. Chunonchi, bepoyon

cho‘l hududida bir tomchi suv

topish uchun hovuz kovlab, og‘zi

yopib qo‘yiladi. Quyosh nurlari

energiyasi ta’sirida tuproq tarkibidagi

suv bug‘lanadi. Suv bug‘lari qop-

qoq sirtida kondensatsiyalanib,

suvga aylanadi.

Quyosh energiyasini o‘zlashti-

rishda ikki usul — passiv va aktiv

usullardan foydalaniladi. Passiv

usullarda kollektorlar vositasida

quyosh nurlari energiyasi yutilishi

evaziga issiqlik energiyasi olinadi.

Bunda issiqlik tashuvchi elementlar

sifatida suv va turli darajada kon-

sentrlangan suyuq moddalar

qo‘llaniladi.

Quyosh energiyasidan foyda-

lanishda qo‘llanuvchi qurilmalar

texnikaning optika sohasi rivojla-

nishi bilan bog‘liq holda takomil-

lashib bordi. Eng oddiy qurilmalar

past haroratli qurilmalar — kollek-

torlar asosan issiqlik olish uchun

qo‘llanilgan. Ular yordamida

turarjoy binolari isitilgan, meva va

sabzavotlar quritilgan. Bunday

qurilmalarning foydali ish koef-

fitsienti o‘rtacha 30 foizni tashkil

etadi.

Aktiv usullar — quyosh



nurlari energiyasini boshqa tur

energiya — elektr energiyasiga

o‘tkazish usullariga asoslanadi.

Quyosh nurlari energiyasini boshqa

tur energiyaga o‘tkazish maqsadida

maxsus kremniy, germaniy,

arsenid-galliy asosidagi yarim  o‘t-

kazgich elektron asbob-uskunalar

— fotoelementlardan foydalaniladi.

Fotoelementlar samaradorligi 18

— 23 foizni tashkil etadi.

Eramizdan oldingi davrlarda-

yoq quyosh energiyasini mujassam-

lashtirish katta amaliy ahamiyat

kasb etgan. Yer sathiga tushayotgan

quyosh energiyasidan yanada

samarali foydalanish maqsadida

uning nurlarini ko‘zgular yorda-

mida mujassamlash va nurlarning

yuza birligiga tushayotgan energiya

zichligini oshirish talab qilinadi.

Ushbu maqsadlarda qo‘llanuvchi

qurilmalar yuqori haroratli quyosh

qurilmalari deyiladi. Rivoyatlarga

ko‘ra, o‘z davrida Arximed askarlar

qalqoni sirtini yaltiroq holga kel-

tirish bilan uning quyosh nurlarini

qaytarish xususiyatini oshirish va

qaytgan nurlarni ma’lum darajada

mujassamlab, g‘anim kemalarini

o‘t oldirish mumkinligini namo-

yish etgan. Lupa shaklidagi oddiy

muz parchalari yordamida quyosh

nurlarini yig‘ib, yonuvchan mod-

dani alanga oldirish mumkinligi

isbotlangan.

Quyosh qurilmalari bir ko‘z-

guli va ikki ko‘zguli turlarga bo‘li-

nadi. Bir ko‘zguli qurilmalarda

qo‘llanuvchi ko‘zgu konsentrator

vazifasini bajaradi. Uning fokal

tekisligida quyoshning mujassam-

lashgan nurlari ma’lum o‘lcham-

dagi shar shaklidagi dog‘ — o‘ziga


Download 452.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling