Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 452.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana26.09.2017
Hajmi452.23 Kb.
#16547
  1   2   3   4   5   6

Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal

Barkamol avlod — Vatanning baxti

BU SONDA:

1 ( 177)- son

2 0 1 1 - y i l ,

y a n v a r

Muqovamizda:

B i r i n c h i     b e t :

Muassislar:

  O‘zbekiston Respublikasi

  Xalq ta’limi vazirligi

«Sog‘lom avlod uchun»

Xalqaro xayriya jamg‘armasi

«Sog‘lom avlod uchun» jurnali

O‘zbekiston  Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining

1995-yil 13-aprel 127-sonli

qaroriga asosan

«Maktabgacha tarbiya» jurnali

negizida tashkil etilgan.

1996-yil yanvardan

chiqa boshlagan.

©

 

«Sog‘lom avlod uchun»



Ijod, bunyodkor mehnat —

insonning qo‘sh qanoti.

Baxtiyor AKRAMOV

 suvratga tushirdi.

T o‘r t i n c h i     b e t :

Hunar — hunardan unar.

Muhammad AMIN

 suvratga tushirdi.

Mustaqillik ufqlari

Zamon bilan hamqadam

                                                          2

Alolo


Buyuk ishlarga bel bo‘g‘lab

                                                         4

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining

20 yilligi oldidan

Kecha va bugun: qiyosiy tahlil

                                                          6

Ko‘ngil ko‘zgusi

Ixtiro ham ziroatday...

                                                             9

Karvon qo‘ng‘irog‘i

Quyosh quvvati — taraqqiyot ozig‘i

                                             10

Barkamol avlod — mamlakat kelajagi

Yuksak yutuqlar sari intilar yoshlik

                                             16

Huquqiy ma’rifat

Mehr-u adolat payvast

                                                            18

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

Vatan ishqi bilan har ko‘ngil obod

                                             20

   


Xizr suvi

Sihat-u g‘ayratga esh quvvat...

                                                 23

Sog‘lom oila

Oila — barqaror, turmush — farovon

                                           24

Onalik va bolalik

Siz bilan olam munavvar

                                                                  26

Ibn Sino darsxonasi

Bir-birimizning jonimizga jon bo‘lamiz

                                        28

Vatannoma

Sir-u sinoatga kon erur Oqtov        

                                           30

2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili

Ham chiroyli, ham foydali

                                                           32



2

ZAMON  BILAN

HAMQADAM

USTAQILLIK

 nafaqat

jamiyat va davlat hayo-

tining asosiy mezoni,

balki, har bir inson, fuqaro umri-

ning mazmunini ham belgilaydi.

Ana shu ma’noda u nafaqat imko-

niyat, balki yuksak mas’uliyatdir.

Mustaqillik har birimizga:

“Shu yer — meniki, shu Vatan

— meniki, O‘zbekiston — mening

umumiy xonadonim, insonlik

sha’nim va g‘ururim bilan bog‘liq

bo‘lgan muqaddas makon” deya

o‘ylash, fikr qilish va shu asosda

ish yuritish imkonini berdi.

Bugun biz yoshlarimizda ana

shunday teran o‘ylash, atroflicha

mulohaza yurita olish qobiliyatini,

o‘z Vatani, o‘z xalqi, o‘z tarixiy

ildizlari bilan haqli ravishda

faxrlanish tuyg‘usini shakllan-

tirishimiz zarur. Shu o‘rinda

Yurtboshimiz Islom Karimovning

quyidagi fikrlarini eslash joiz: “Biz

xalqimizning dunyoda hech kim-

dan kam bo‘lmasligi, farzandlari-

mizning bizdan ko‘ra kuchli,

bilimli, dono va albatta baxtli

bo‘lib yashashi uchun bor kuch va

imkoniyatlarimizni safarbar

etayotgan ekanmiz, bu borada

ma’naviy tarbiya masalasi, hech

shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb

etadi. Agar biz bu masalada

hushyorlik va sezgirligimizni,

qat’iyat va mas’uliyatimizni

yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z

holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab

qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas

qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va

ulardan oziqlangan ma’naviyati-

mizdan, tarixiy xotiramizdan

ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz

intilgan umumbashariy taraqqiyot

yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz

mumkin”.


1

Xuddi shu vazifalarni amalga

oshirish maqsadida mamlakati-

mizda ta’lim tizimi tubdan isloh

qilinib, yoshlarning ma’naviy tar-

biyasi masalasiga alohida e’tibor

qaratilmoqda. Chunki, har tomon-

lama yetuk, barkamol, ruhan va

jismonan sog‘lom avlodni shakl-

lantirish birinchi galda ma’naviyat

masalasiga yuksak e’tibor qaratish

bilan chambarchas bog‘liqdir.

Inson tabiatdagi barcha mavju-

dotlarning sarvari hisoblanadi.

Zero, jamiki boshqa mavjudot-

lardan farqli o‘laroq, inson ong va

tafakkur sohibi, aql-idrok egasi.

Bir so‘z bilan aytganda, insonni

jamiki boshqa jonzotlardan ajratib

turuvchi xislat — bu, uning

ma’naviyatidir. Yuksak ma’naviyat

egasi bo‘la olish imkoniyati faqat

insongagina in’om etilgan.

Moddiy narsalar insonga

jismoniy oziq va quvvat bersa,

ma’naviyat unga ruhiy g‘izo va

qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy

jihatdan ta’minlanish bilan kifoya-

lanish — ongsiz va ruhsiz maxlu-

qotlarga xos. Ma’naviyatga intilish

esa ruh va ong egasi bo‘lmish

odamzotgagina xos fazilatdir.

Yurtboshimiz bu borada o‘z

fikrlarini shunday bayon etadi:

“Moddiy islohotlar, iqtisodiy

islohotlar o‘z yo‘liga. Ularni hal

qilish mumkin. Ammo ma’naviy

islohotlar — qullik va mutelik

iskanjasidan ozod bo‘lish, qadni

baland tutish, ota-bobolarimiz

udumlarini tiklab, ularga munosib

voris bo‘lish — bundan og‘irroq

va bundan sharafliroq vazifa yo‘q

bu dunyoda”.

2

Ma’naviyatli insongina qila-



yotgan xatti-harakatining, bajara-

yotgan ishining mazmunini

anglaydi, jamoat joylarida o‘zini

tuta biladi, turli bilimlarni egal-

lashga harakat qiladi, ilmga chan-

qoqlik, halollik, poklik, saxiylik,

mehnatsevarlik, hayolilik, to‘g‘ri-

so‘zlik, o‘zgalar diliga ozor ber-

maslik kabi fazilatlar sohibi

bo‘lishga intiladi.

Bobokalon shoirimiz Mir

Alisher Navoiyning mana bu

baytiga  e’tibor qarataylik:

Har ishniki qilmish odamizod,

Tafakkur birlan bilmish odamizod...

Bu hikmatli satrlarda ham

ma’naviyatli insonning o‘z-o‘zini

anglashiga, aql va tafakkur bilan

ish tutish qobiliyatiga ishora

yotadi.


Albatta, ma’naviyat birdaniga

shakllanmaydi, u insonning o‘zli-

gini anglashi, o‘zini jamiyat uchun

kerakli deb his etishi, Vatan va

M

1

 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat —



yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008,4-b.

2

 Islom Karimov. O‘zbekiston: milliy



istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – T.: O‘zbek-

iston, 2001, 202-b.

ZAMON  BILAN

HAMQADAM


3

xalq manfaati yo‘lida halollik

bilan, fidoyilik bilan mehnat

qilishi jarayonida shakllanadi.

Muayyan bir davlatda ma’na-

viyat masalasiga e’tibor berish,

avvalo, mazkur davlat fuqarolarini

teran idrokli, ilmli, zukko, chuqur

mushohadali, o‘z tarixi durdona-

laridan, ma’naviy boyliklaridan

faxrlanuvchi, Vatanidan g‘ururla-

nuvchi, fidoyi, Vatan himoyasiga

mudom tayyor turuvchi, o‘z

mustaqilligini asrovchi inson

sifatida tarbiyalash uchun ham

zarurdir. Bu jarayonda, shak-

shubhasiz, xalqning mumtoz

qadriyatlari va an’analari qo‘l

keladi, to‘g‘rirog‘i, yordamga

keladi. Zotan, qadriyat va an’analar

— ma’naviyatning eng muhim

tarkibiy qismlaridir.

Har jihatdan yetuk, to‘kis,

barkamol avlod tarbiyasi xalqning

azaliy an’analari, udumlari va

ma’naviy qadriyatlarini uning

ruhiyatiga, ongi va tafakkuriga

singdirish orqali amalga oshiriladi.

Shaxs ma’naviyatining shaklla-

nishida ularning alohida o‘rni bor.

Shu jihatdan qaraganda, bugungi

kunda mamlakatimizda milliy-

ma’naviy an’ana va qadriyatlarga

e’tibor qaratilishi, ma’naviy

merosimizning tiklanishi yo‘lidagi

sa’y-harakatlar ayni muddaodir.

Bugungi kunda yoshlarimizni

dunyo mamlakatlari va xalqlariga

o‘zining zararli ta’sirini ko‘rsatib

kelayotgan turli diniy ekstremistik

guruhlarning buzg‘unchilik g‘oya-

lari ta’siridan asrab qolish uchun

ham ularga mukammal ta’lim va

tarbiya berishimiz, farzandlari-

mizni ma’naviy merosimizga

yaqinlashtirishimiz zarur. Zotan,

huquqiy-demokratik, adolatli

jamiyat qurish va komil insonni

voyaga yetkazish umrimiz maz-

muniga aylangan ekan, buni  hech

birimiz unutmasligimiz kerak.

Hech bir xalq o‘z tarixini bilmay

turib, asrlar osha to‘plangan

ma’naviy-axloqiy merosiga

tayanmay turib, o‘z kelajagini

tasavvur ham qilishi mumkin

emas.

Shu bois, mustabid tuzum



davrida soxtalashtirilgan tarixi-

mizni xolisona, haqqoniy yori-

tish, barcha ta’lim muassasalarida

Vatan tarixini, ajdodlarning boy

madaniy, ma’rifiy, ma’naviy mero-

sini o‘qitish borasida muhim tad-

birlar amalga oshirildi.

O‘zbek xalqi va o‘zbek davlat-

chiligi tarixini, tariximizning barcha

sahifalarini xolisona ilmiy asosda

yoritish vazifalari Prezidentimiz

Islom Karimovning bir guruh

tarixchilar bilan 1998-yil iyun

oyida bo‘lgan suhbatida, Vazirlar

Mahkamasining 1998-yil 27-iyul-

da qabul qilingan “O‘zbekiston

Respublikasi Fanlar akademiyasi

Tarix instituti faoliyatini takomil-

lashtirish to‘g‘risida”gi qarorida

alohida ko‘rsatib berildi.

USTAQILLIK

 yillarida

Vatanimiz tarixini yori-

tish va o‘rganish masala-

lari partiyaviy, sinfiy yondashuv-

lardan, hukmron kommunistik

mafkura ta’siridan xalos etildi. Bir

necha o‘n yillar davomida buzib

ko‘rsatilgan yoki so‘z yuritmay

kelingan tarixiy voqealarni xolislik,

tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari

asosida yoritgan qator ilmiy

asarlar, darsliklar va o‘quv

adabiyotlari yaratildi.

Milliy ma’naviyatni yuksalti-

ruvchi, unga ijobiy ta’sir ko‘rsa-

tuvchi omillardan yana biri jismo-

niy tarbiya va sport sohasidir.

Mustaqillik sharofati bilan, sportni

rivojlantirish masalasi ham davlat

siyosati darajasiga ko‘tarilib,

jismoniy tarbiya va sport sohasida

ham misli ko‘rilmagan islohotlar

amalga oshirildi. Sportchilarimiz

jahon olimpiadalarida, sparta-

kiadalarda, Osiyo o‘yinlarida,

Osiyo va jahon chempionatlari

hamda boshqa turli xalqaro sport

musobaqalarida O‘zbekiston

sha’nini himoya qilib, oltin,

kumush va bronza medallarni qo‘lga

kiritdilar. Jahon miqyosidagi sport

musobaqalarida O‘zbekiston

Respublikasi Davlat madhiyasi

yangrab, Davlat bayrog‘imiz

hilpiragan lahzalarda barcha ham-

yurtlarimiz qalbida kechgan g‘urur

va iftixor tuyg‘usini so‘z bilan

ifodalash qiyin.

Endilikda yoshlar o‘rtasida

sportning turli sohalariga bo‘lgan

qiziqish yil sayin ortib bormoqda.

Mamlakatimizda har yili turli sport

musobaqalari, tanlovlar, “Umid

nihollari”, “Barkamol avlod”,

“Universiada” sport o‘yinlari,

spartakiadalarni tashkil etish

an’anaga aylandi. Bugungi kunda

poytaxtimiz — Toshkentda, Qora-

qalpog‘iston Respublikasi, viloyat-

larda maxsus ixtisoslashtirilgan

sport maktablari, Olimpiya zaxira-

lari kollejlari, jismoniy tarbiya va

sportga yo‘naltirilgan oliy ta’lim

muassasalari faoliyat ko‘rsatib

kelmoqda.

Mustaqillik tufayli mamlakati-

mizda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi

islohotlar bilan bir qatorda xalq

ta’limi tizimini takomillashtirish

va bu orqali har tomonlama yetuk,

barkamol,  jasoratli, irodali, fidoyi

va tashabbuskor kadrlar tayyor-

lashga alohida e’tibor qaratildiki,

bu ezgu ish allaqachon o‘z

samaralarini bera boshladi. Zero,

kadrlar masalasi mamlakat va

jamiyat taqdirini hal etadigan,

uning taraqqiyotida asosiy omil

bo‘lib xizmat qiladigan masaladir.

Shu bois O‘zbekistonda ta’lim,

kadrlar tayyorlash tizimini isloh

qilish, mustahkamlash sohasida

amalga oshirilgan samarali chora-

tadbirlar ham butun jahon ham-

jamiyati tomonidan samimiy e’tirof

etilmoqda. Bugungi kunda respubli-

kamiz oliy ta’lim tizimida faoliyat

ko‘rsatayotgan 16 ta universitet-

ning 12 tasi aynan mustaqillik

M


4

yillarida tashkil etildi. Istiqlol

yillarida eng zarur zamonaviy

mutaxassisliklar bo‘yicha o‘nlab

yangi o‘quv yurtlari vujudga keldi.

Jumladan,  O‘zbekiston Respubli-

kasi Mudofaa vazirligi qoshidagi

Harbiy akademiya, O‘zbekiston

Respublikasi Ichki Ishlar akade-

miyasi, Bank-moliya akademiyasi,

Jahon iqtisodiyoti va   diplomatiya

universiteti, Toshkent aviatsiya

instituti, Navoiy konchilik insti-

tuti, Toshkent moliya instituti va

boshqalar shular jumlasidandir.

Bugungi kunda mamlaka-

timizda faoliyat yuritayotgan kasb-

hunar kollejlari hamda akademik

litseylarda o‘g‘il-qizlarimiz o‘zlari

tanlagan soha mutaxassisliklari

bo‘yicha tahsil olmoqdalar. Eng

muhimi, yoshlarimizning bar-

kamol ulg‘ayishlari uchun maz-

kur ta’lim muassasalarida barcha

sharoitlar yaratib berilmoqda.

Misol uchun aytadigan bo‘l-

sak, akademik litseylar va kasb-

hunar kollejlarining jihozlanishi

me’yoriy hujjatlarga asosan amalga

oshirilmoqda. Jihozlarning bir

qismi qurilishning smeta qiymatiga

kirgan bo‘lib, bosh pudratchi

tomonidan ta’minlanadi. Bular

asosan auditoriya, sport anjomlari

va ma’muriy mebellardir. Smeta

qiymatiga kiritilmagan jihoz va

mebellar markazlashgan holda

bosqichma-bosqich boshqarma

tomonidan berilmoqda. Bular asosan

o‘qitishning texnik vositalarini

tashkil etadi. Barpo etilayotgan

litsey va kollejlarni zamonaviy,

sifatli mebellar, o‘quv laboratoriya

jihozlari, ustaxona uskunalari,

texnikalar hamda trenajorlar bilan

jihozlash davlat ahamiyatiga molik

muhim masala bo‘lgani bois,

investitsiya dasturi o‘z ichiga bir

necha yo‘nalishdagi loyihalarni

qamrab olgan.

Akademik litsey va kasb-hunar

kollejlarida bitiruvchilarni o‘qish-

dan keyin qaysi oliy o‘quv yurtla-

riga hujjat topshirishlari yoki qaysi

korxona va tashkilotlarga ishga

borishlari o‘rganilib, ular ma’lumot-

lar hamda egallayotgan mutaxassis-

liklari bo‘yicha qaysi korxona va

tashkilotlarda ishlashlari mum-

kinligi to‘g‘risidagi axborotlar

berib borilmoqda. Kasb-hunar

BUYUK ISHLARGA

BEL BOG‘LAB

Butun xalqimiz kabi, yoshlarimiz ham “Mamlakatimizda

demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini

rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilab berilgan ulug‘vor vazifalarni

amalga oshirish, islohot va yangilanishlar jarayonida faol, peshqadam

bo‘lish  maqsadi bilan yashamoqda.

Baxtiyor AKRAMOV suvratga  tushirdi.


5

kolleji bitiruvchilarini ishga joylash-

tirish masalasi har yili asosiy

e’tiborda turibdi.

Yoshlarning vatanparvarlik

tuyg‘usini, huquqiy demokratik

jamiyat barpo etish borasidagi

tasavvurini yanada mustahkam-

lash, rivojlantirish, dunyoviy, ilmiy,

axloqiy saviyasini oshirishga oid

tadbirlarning o‘tkazilishiga barcha

akademik litsey va kasb-hunar

kollejlarida alohida ahamiyat

beriladi.

Bu tadbirlardan tashqari,

yoshlarning bo‘sh vaqtlarini

unumli va qiziqarli o‘tkazish

maqsadida barcha o‘quv yurtlarida

fan va kasb-hunar to‘garaklarining

faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,

unda o‘quvchi yoshlar o‘z bilim-

larini oshirish bilan birga, zarur

kasb-hunarga ham ega bo‘lmoq-

dalar. Bu ishlarning zamirida o‘ziga

xos ma’no bor.

Yoshlarimizning barkamol

ulg‘ayishi ularning jismoniy sog‘-

lomliklariga ham bevosita bog‘liq.

Shu bois har bir ta’lim muassasa-

sida o‘quvchilarning sport bilan

muntazam shug‘ullanishlari uchun

barcha zarur shart-sharoitlar

yaratib berilmoqda. Bugungi kunda

barcha o‘quv yurtlarida, jismoniy

tarbiya darslaridan tashqari, o‘quv-

chilarning bo‘sh vaqtlarini ham

namunali tashkil etish maqsadida

ko‘plab  sport to‘garaklari faoliyat

ko‘rsatmoqda.

Shu bilan bir qatorda, oliy

ta’lim tizimida ham katta o‘zga-

rishlar amalga oshirildi. Akademik

litsey va kasb-hunar kollejlarini

tugatgan yigit, qizlar o‘zlari orzu

qilgan mutaxassisliklar bo‘yicha

turli oliy ta’lim muassasalariga

hujjat topshirib, Davlat test sinov-

laridan o‘tgach, ta’limni davom

ettiradilar. Har yili 1-avgust kuni

yurtimizdagi har bir oliy o‘quv

yurtida adolat mezonlariga amal

qilgan holda Davlat test sinovlari

o‘tkaziladi.

 Mamlakatimizda oliy ta’lim

ikki bosqichdan — bakalavriat va

magistraturadan iborat bo‘lib,

qayta tashkil etildi. Bugungi kunda

62 ta oliy ta’lim muassasalarida

18486 nafar professor-o‘qituvchi-

lar mehnat qilmoqdalar. Ularning

1462 nafari fan doktori, 7201

nafari fan nomzodidir.

Yurtimizda iqtidorli yoshlarni

vaqtida aniqlash, ularga ko‘mak-

lashish bo‘yicha ham izchillik bilan

ish olib borilmoqda. Iste’dodli

yoshlarni moddiy va ma’naviy

rag‘batlantirish, chet elda  o‘qishni

qo‘llab-quvvatlash maqsadida

jamg‘armalar tashkil etildi.

Iqtidorli qizlarimizni munosib

taqdirlash maqsadida Zulfiya

nomidagi Davlat mukofoti ta’sis

qilindi. Ta’lim sohasida turli xalqaro

tashkilotlar bilan samarali ham-

korliklar yo‘lga qo‘yildi. 2000 dan

ortiq talaba va mutaxassislar chet

ellarda bilim olib, malaka oshirib

qaytdilar.

Bugungi kunda mamlakati-

mizning ta’lim tizimi dunyo

miqyosida katta qiziqish uyg‘ot-

moqda. Moskvadagi Oliy ta’lim

xalqaro fanlar akademiyasi prezi-

denti V.Shukshunov O‘zbekiston-

da ishlab chiqilgan ushbu Milliy

dasturni mazmun-mohiyati jihati-

dan tengi yo‘q hujjat, deb ta’rifladi.

O‘zbekistonda yaratilayotgan ta’lim

tizimi “Ta’limning o‘zbek modeli”

deb e’tirof etildi.

Prezidentimiz Islom Karimov

o‘tgan yili 20-sentabr kuni bo‘lib

o‘tgan BMT sammiti Mingyillik

rivojlanish maqsadlariga bag‘ish-

langan yalpi majlisidagi nutqida

O‘zbekistonda har yili ta’lim

uchun sarflanayotgan xarajatlar

yalpi ichki mahsulotning 10-12

foizini tashkil etayotganini, jahon

tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5

foizdan oshmasligini ta’kidladi. Bu

mamlakatimizda ta’lim rivojiga

nechog‘lik ulkan ahamiyat berila-

yotganidan dalolatdir.

Xulosa qilib aytganda, yurti-

mizda yoshlarning har jihatdan

barkamol ulg‘ayishlari yo‘lida

amalga oshirilayotgan keng

ko‘lamdagi ishlarning ahamiyatini

so‘z bilan ta’riflash qiyin. Zotan,

hozirda hatto eng chekka tuman va

qishloqlarda yashayotgan o‘g‘il-

qizlarning ham rivojlangan davlat-

lar ta’lim muassasalaridagi sharoit-

larga teng sharoitlarda tahsil olishga,

zamonaviy kasb-hunar o‘rga-

nishga imkoniyati bor. Bu —

davlatimizning, xalqimizning

ertangi kunimizni ta’min etuvchi

sog‘lom, barkamol avlodga bo‘lgan

yuksak e’tiboridir. Bu e’tibor zami-

rida o‘g‘il-qizlarimizga bo‘lgan

yuksak ishonch bor. Zero, yosh

avlod, farzandlarimiz, shak-

shubhasiz, bu ishonchni oqlaydi.

ZBEKISTON

 Respubli-

kasi Prezidenti Islom

Karimovning Oliy Majlis

Qonunchilik palatasi va Senati

qo‘shma majlisida “Mamla-

katimizda demokratik islohotlarni

yanada chuqurlashtirish va  fuqa-

rolik jamiyatini rivojlantirish kon-

sepsiyasi” mavzusidagi ma’ruzasi

butun xalqimizni, jumladan, yosh-

larni ham nihoyatda ruhlantirib

yubordi. Ayni Konsepsiya Respubli-

kamiz o‘z taraqqiyotining yangi

yuksalish bosqichiga ko‘tarilishida

dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Yoshlarimiz ham, Yurtboshimiz

so‘zlaridan foydalanib aytsak, butun

xalqimiz kabi, bugungi kunda

amalga oshirilayotgan islohot va

yangilanishlar jarayoni butun

jamiyatimiz, saxovatli zaminimizda

yashayotgan har qaysi insonni

amaliy ishlarga safarbar etadigan

umumiy maqsadga aylanishi uchun

barcha imkoniyatlarni ishga soladi,

el-yurtimiz manfaati, ona-Vatani-

mizning ravnaqi va kelajagi uchun

bir yoqadan bosh chiqarib meh-

nat qiladi.

Marhabo SOBIROVA,

falsafa fanlari nomzodi

O‘


6

Istiqlolga erishilgandan so‘ng

ozod mamlakatimizning barcha

jabhalarida, ijtimoiy, iqtisodiy,

ma’naviy xayotimizda, turmush

tarzimiz mazmunida tub o‘zga-

rishlar yuz berdi.

Vatanimizda Prezidentimiz

I.A.Karimov tomonidan asoslab

KECHA VA BUGUN:

QIYOSIY TAHLIL

berilgan o‘ziga xos va o‘ziga mos

milliy taraqqiyot modeli o‘zining

nechog‘li to‘g‘ri va haqqoniy ekan-

ligini hayotning o‘zi tasdiqlamoqda.

Bu haqiqatni barcha fuqarolarimiz

shukronalik bilan, dunyo ham-

jamiyati hayrat bilan e’tirof etmoq-

da. Agar ana shu o‘zgarishlarni

kechagi va bugungi kunimiz holati

nuqtai nazaridan taqqoslasak,

masala kunday ravshanlashadi.

Quyida o‘tgan 20 yil mobaynida

hayotimizda erishilgan pozitiv o‘z-

garishlar manzarasi totalitar tu-

zum davri bilan qiyosiy tahlil etilib,

e’tiboringizga havola etilmoqda.

Sho‘rolar davrida

Millatlarni o‘z tarixiy xotirasiga ega qilmaslik siyosati

Xalqlarni o‘z milliy an’analari va urf-odatlaridan

begonalashtirish siyosati


Download 452.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling