Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti
Download 452.23 Kb. Pdf ko'rish
|
korlar bu ishimizni ma’qullashmayapti. Ammo unashuvni buzish ham yaxshilik keltirmaydi. Qarin- doshlar nikohi har doim ham nogiron bola tug‘ilishiga sabab bo‘lavermasa ke- rak?». Afsuski, ko‘p- chilik «nogiron» deganda mayib- majruhliknigina tu- shunadi. Ruhiy zaif- lik, gunglik yoki karlik, immunitet- ning o‘ta zaifligi, ya’ni kasalvandlik, bular ham nogironlikka kiradi. Naslimiz toza bo‘lsin! Yaqin qarindoshlar o‘rta- sidagi nikohga aslo yo‘l qo‘ymaylik. Keyingi savol bilan tanishaylik: «Tug‘uruq orasini me’yorlash- tirish maqsadida tavsiya etilayotgan kontratseptiv vositalar xavfsizligi haqida so‘ramoqchi edik». E’tibor qilgan bo‘lsangiz, har bir qiz, tug‘ish yoshidagi har bir ayol chuqur tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilmoqda. Bu jarayonda zaruriy tahlillar, UZI natijasi, terapevt xulosasi o‘rganiladi, umumlashti- riladi. Shunga ko‘ra, shifokor: «Sizda biroz shamollash bor ekan, kontratseptiv vosita mumkin emas», deydi. Yoki hayiz ko‘rish sikli buzilgan ayolga ma’lum muddat xap dori ichishni tavsiya etadi. Boshqa bir ayolda esa shamollash jigar xastaligi bilan birgalikda kechayotgan bo‘lsa, unga hech narsa buyurilmaydi, chunki uning eri saqlanishi kerak. Bu haqda ham tushuntirish ishlari olib borilayapti. Muhtarama singillarim, qiz- larim! O‘z sog‘ligingizga jiddiy e’tibor bering! Ertalab, kechqurun o‘zingiz uchun ham ozroq vaqt ajrating! Kechki sayrga chiqing! Toza havoda shunchaki, to‘yib- to‘yib nafas oling! Zarur ovqatni iste’mol qiling. Odam faqat sifatsiz taomdan emas, keragidan ortiqcha ovqatlanishdan ham tiyilmog‘i kerak. Hamisha sog‘ bo‘ling! Axir, yaqinlaringiz uchun olam Siz bilan munavvar, buni aslo unutmang! Q.BOYXON qizi yozib oldi. 28 EHR
quyoshi insonlar hayotini yorug‘ qiladi. Kimdir so‘zi bilan, kim- dir amaliy ishi bilan boshqalarga yordam beradi. Shunday hollar ham bo‘ladiki, donor himmati bemor joniga oro kiradi. Davlatimiz sog‘liqni saqlash ishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu jumladan, mamlakatimizda gematologiya va qon quyish xizmati ham tobora takomillashib bor- moqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayol- larning sog‘ligini mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yo‘na- lishlarini amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi 2002-yil 5- iyulda qabul qilingan 242-sonli qarori bu borada alohida ahamiyat kasb etdi. Sog‘liqni saqlashning barcha yo‘nalishlarida muhim va kerakli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu o‘rinda «Qon xavfsizligini ta’- minlash dasturi»ni ham ta’kidlash mumkin. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, mazkur dastur doirasida respublikamizda 6 ta qon quyish markazi 7,166 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflanib jihoz- landi. Respublika qon quyish mar- kazi, Qoraqalpog‘iston Respubli- kasi, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari qon quyish markazlari to‘la rekonstruksiya qilinib, qon sifati va xavfsizligini ta’minlovchi yuqori texnologik anjomlar bilan ta’- minlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Minta- qaviy sog‘liqni saqlash muassasa- lar faoliyatini va tashkiliy struktu- rasini takomillashtirish to‘g‘ri- sida»gi 2008-yil 18-martdagi 48- sonli qarorini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Bu qarorga asosan, davolash muassasalari tarkibida, ya’ni ko‘p tarmoqli viloyat kasalxonalarida, tuman, shahar va tibbiy birlashma poliklinikalarida kattalar va bolalar uchun gematologiya xonalari tashkil etildi. Bu esa aholiga to‘la- qonli gematologik yordam ko‘rsa- tish imkoniyatini yaratdi. Ma’lumki, gematologiya — qon kasalliklari diagnostikasi va davosi bilan shug‘ullanadi. Trans- fuziologiya esa — donorlik ishini tashkil etish, donorlar bergan qondan davolovchi dori vositalarini tayyorlab, bemorlarga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Kamqonlikning oldini olish, uni davolash bilan bog‘liq masa- lalar ham nihoyatda muhim. Aytish joizki, kamqonlik ayollar va bolalar o‘rtasida ko‘p uchray- digan kasalliklar turkumiga kiradi. Qonda eritrotsitlar soni va gemo- globin miqdorining kamayishi yoki sifatining o‘zgarishi bu kasallikni keltirib chiqaradi. Kamqonlik organizmda temir moddasi, vitamin B 12 va folat kislotasi yetishmasligi oqibatida ham kelib chiqadi. Bavosil, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasidan oz- ozdan uzoq vaqt qon ketib turishi ham bu xastalikka sabab bo‘ladi. Ko‘z yorgan ayol farzand ko‘rgandan so‘ng organizmi o‘zini batamom tiklab olishi uchun 3 yil vaqt kerak bo‘ladi, aks holda, kamqonlik xavfiga yo‘l ochiladi. Har qanday dardning oldini olish uchun kasallikning boshla- nish davridayoq shifo choralarini ko‘rish zarur. Ko‘pchilik ayollari- miz esa aksariyat hollarda xastalik surunkali tus olguncha shifokorga murojaat etmaydi. Bemor kamqon bo‘lsa, shifo topishi qiyin kechadi. Yillar davomida kuch to‘plagan kasallik oxir-oqibat chekinsa-da, o‘z asoratini qoldiradi. Sog‘lom onadan esa sog‘lom bola dunyoga keladi. Erkaklar ham o‘z salomatligiga e’tibor bersin. Oshqozon-ichak yarasi, bavosil tufayli qon ketish holatlari yuz berganda, albatta, shifokorga uchrasin. Har doim bir xil ovqatlanish oqibatida ham kamqonlik xastaligi kelib chiqishi mumkin. Gijja ham anemiyaga sabab bo‘ladi. Chunki u ichaklarda qon so‘rish hisobiga kun ko‘radi. Qolaversa, boshqa turli kasalliklar ham kamqonlikni chaqirishi mumkin. Shuning uchun har birimiz kamqonlikni keltirib chiqaruvchi sabablar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishimiz zarur. Kamqonlikning dastlabki davrida bemorning rangi siniqqan bo‘lib, ko‘pincha tez charchash, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘z oldi jivirlashidan shikoyat qiladi, soch to‘kiladi, tirnoq mo‘rtlashib, sinishga moyil bo‘lib qoladi. Ba’zan yutinish qiyinla- shadi, achchiq, sho‘r taomlarni xush ko‘radi. Kimki o‘zida ushbu belgilarni sezsa, qon yo‘qotish ehtimoli bo‘lgan manbalarni tezlik bilan aniqlash va ularni bartaraf etishga kirishishi lozim. Bugungi kunda qonni ko‘pay- tiruvchi yoki uning o‘rnini bo- suvchi vositalar ham borki, ular-
BIR-BIRIMIZNING JONIMIZGA JON BO‘LAMIZ M
29 dan davolashda keng foydalanil- moqda. Mamlakatimizda un mahsulotini temir moddasi bilan boyitish davlat dasturiga muvofiq tarkibida temir moddasi bo‘lgan 30 xildan ortiq mahsulotlar aholi- ga yetkazib berilmoqda. Farmatsev- tika sanoatida temir moddali 3 xil dori ishlab chiqarildi. Ularni uy sharoitida belgilangan tartibda har kuni iste’mol qilish mumkin. Faqat bemorlardan shifokor nazoratida bo‘lib, tekshiruvlardan o‘tib turish, muolaja va dori- darmonlarni vaqtida qabul qilish talab etiladi. Ba’zi bemorlar muolajaning boshidayoq o‘zini biroz yengil sezgach, tuzalib ketdim, degan o‘yda davolanishni oxirigacha yetkazmay to‘xtatib qo‘yadilar. Oqibatda kasallik, biroz vaqt o‘tib, yana qaytalaydi. Qonni ko‘paytiruvchi yoki uning o‘rnini bosuvchi vosita- larga, ayniqsa, 90-yillarda ehtiyoj sezildi. Donorlar kamayib ketdi. Buning sabablari o‘rganilganda, ko‘pchilik odamlarda: «Qon top- shirsak, madorsizlanamiz, qoni- mizga infeksiya tushadi», — degan qo‘rquv, xavfsirash kuchliligi aniqlandi, aholi o‘rtasida donorlik- ning ahamiyati to‘g‘ri targ‘ib qilinmaganligi ham ma’lum bo‘ldi. Vaholanki, qon topshirish salo- matlikka umuman salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, aksincha, turli organlar faoliyatini qayta tiklashga, yurak-qon-tomir xastaliklarining oldini olishga xizmat qiladi. Donor tomonidan topshirilgan 250 ml qon atigi 3 soat ichida organizmda qayta tiklanadi. Yangi qon esa ilgarigisidan ko‘ra yoshroq, o‘zi- ning faoliyatini yanada yaxshi bajaradigan tarkibga ega bo‘ladi. Endilikda mamlakatimiz miqyosida mahallalar, oliy o‘quv yurtlari, katta-katta korxonalarda donorlik faoliyati to‘g‘risida ma’rifiy-tushuntirish tadbirlari oyiga bir marotaba o‘tkazib kelinmoqda. Televideniya orqali bu mavzuga oid ko‘rsatuvlar efirga uzatilmoqda. Kutilganidek, yaxshi natijalarga erishildi. Mana, ikki yildirki, Toshkent shahridagi barcha oliy o‘quv yurti talaba- larining har biri ixtiyoriy ravishda yiliga 250 mlgacha qon topshir- moqda. Aholining boshqa qatlamlari ham qon berish donor sog‘ligi uchun bezararligini, qolaversa, savob ish ekanligini anglab yetadi, degan umiddamiz. Shuningdek, yiliga 4-5 maro- taba qon topshiradigan — doimiy donorlarimiz ham bor. Ular taq- dirlanib, rag‘batlantirib boriladi, albatta. Hozirda qon zaxiralarining bor xususiyatini saqlagan holda 25 yilgacha muzlatib qo‘yuvchi konteynerlarga egamiz. Markaziy Osiyoda faqatgina bizning markaz bunday qulayliklarga ega. Insti- tutimiz hududida Markaziy Osiyo mintaqasida yagona, tozalangan havo bilan ta’minlovchi, gemato- logik bemorlarni samarali davolash imkoniyatini oshiradigan yangi bino barpo etilmoqda. Bu binoda kattalar va bolalar uchun har biri 40 o‘rin-joydan iborat onkogema- tologiya bo‘limini ochish, jahon talablariga javob beradigan, zamonaviy tibbiy tashxis asbob- uskunalari bilan jihozlangan laboratoriyani tashkil etish reja- lashtirilgan. Respublikamiz miqyosida tib- biy xodimlarning malakasini oshirish uchun ham keng imko- niyatlar yaratilgan. Har bir viloyat filiallari shu sohaning yetuk muta- xassislari bilan ta’minlangan bo‘lib, ular aholi o‘rtasida kam- qonlikka uchragan bemorlarni aniqlash, davolash, dispanser nazorat ishlarini to‘liq bajarishga mas’uldirlar. Institutimiz zamo- naviy tibbiy asbob-anjomlar bilan to‘liq jihozlangan. Shuning uchun qon tizimi kasalliklariga chalingan og‘ir bemorlarning diagnostikasi va birinchi kurs davo tadbiri shu yerda o‘tkaziladi. Keyingi davolash ishlari dasturi belgilanadi va joylarda davom ettiriladi. Biz, har birimiz o‘z malakamizni tobora oshirib, ilg‘or tajribalarni amalda tatbiq etib, zamonaviy diagnostika usullarini yaratishga va yangidan- yangi dori mahsulotlarini ishlab chiqishga intilamiz. Institutimiz xorijiy davlatlarning yetakchi tibbiy muassasalari bilan hamkorlik qilib, mutaxassislarimiz xalqaro loyihalarni amalga oshirish ishlarida ishtirok etib kelmoqda. Biz, o‘z faoliyatimiz mohiya- tiga ko‘ra, qon kasalliklari, jumla- dan, kamqonlikning oldini olish- ga, davolashga xizmat qilar ekanmiz, demak, pirovardida sog‘lom ona — sog‘lom bola dasturining to‘liq ro‘yobga chiqi- shiga ham bilvosita hissa qo‘sha- miz.
Gap kelganda, fursatdan foy- dalanib, quyidagi fikr-mulohaza- larni ham aytib o‘tmoqchi edim: Har birimiz o‘z salomatligi- mizni asray bilishimiz — farz-u qarz. Sog‘lom turmush tarziga, shu jumladan, kun tartibiga amal qilish, ishda ham, dam olishda ham me’yorni bilish, muhimi, nekbinlik, zavq bilan yashash kishining kuchiga kuch qo‘shadi. Vatanimiz kundan-kunga obod, turmushimiz tobora faro- von bo‘layapti. Demak, siz-u biz hamisha sog‘-u bir-birimiz- ning jonimizga jon bo‘lib, ana shu bunyodkorlik jarayonining faollari, fidoyilari bo‘lishimiz kerak. Hamida KAZAKBAYEVA, Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti maslahat bo‘limi ilmiy rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi 30 JUMABOY TOSH Oqtov bilan Qoratov o‘rtasida Qo‘shrabot va Nurota tuman- larining son-sanoqsiz qishloqlari, daralari, soy-u sog‘noqlari, yaylovlari, sir-u sinoatga to‘la aziz go‘shalari, tosh-u toshloqlari yastanib yotibdi. Qishlog‘imizni baland-baland qirlar uch bo‘lakka ajratib turadi. Bir qirning adog‘ida Jumaboy tosh deb atalguvchi katta ko‘k tosh bor. Ko‘p yillar burun qishlog‘i- mizda Jumaboy degan cho‘pon bo‘lib, u — ot, sigir singari chorva mollarini davolab ham yurar ekan. Bir kuni Jumaboy cho‘pon qarib olamdan o‘tgach, shu tosh atro- fidagi qabristonga dafn etishibdi. Shu-shu odamlar ot va boshqa chorva mollari kasallanib qolsa, shu ko‘k tosh atrofini yetti bora aylantirib qaytar ekan. otimiz kasallanib qoldi. Shunda otam otni yetaklatib, Jumaboy toshga jo‘natdi. SIR-U SINOATGA KON ERUR OQTOV SIR-U SINOATGA KON ERUR OQTOV — Otni tosh atrofidan yetti marotaba aylantirib, qayt, — deb tayinladilar. Qarangki, ot ko‘p o‘tmay bo‘shanib, sog‘ayib ketdi. Sigir- larimiz kasallanib qolsa ham o‘sha toshni aylantirib qaytardik. NUR CHASHMASIDAN KELGAN BALIQ Qishlog‘imizda Oq buloq, Ko‘k buloq, Qora buloq deb nomla- nuvchi uchta buloq bor. Ulardan oqib chiqqan suv o‘z oqimlari adog‘idagi uchta hovuzga quyilib hali hamon qishlog‘imiz bog‘- lariga, tomorqalariga suv taraydi. Bu, turna ko‘zli buloqlardan qaynab chiqayotgan suv bir maromda oqadi — qishin-yozin kamaymaydi ham, ko‘paymaydi ham. Har uchala buloqda ham, — Nurota chashmasidagi singari, — qora rangli baliqlar suzib yuradi. Bu baliqlarni “Shirmohi baliqlar”, “Aziz baliqlar” deb atashadi. Baliqlarga hech kim tegmaydi. Aytishlaricha, bu baliqlar yer ostidan suv yo‘li orqali Nurota chashmasiga borib-kelib turishar ekan. Sariq kasali bilan og‘rigan bolalar hovuzga non tashlab, bir- ikki soat baliqlarga tikilib o‘tiri- shadi. Natijada baliq sarg‘aygan ko‘z va yuz zahrini o‘ziga olar ekan. Bir kuni qishlog‘imizdagi baliqlardan tutib olishib, suv to‘la paqirda Nurota chashmasiga olib borishdi, bo‘yniga oq tasma bog‘lab, qo‘yib yuborishdi. Odamlar qaytib kelishib, o‘zlari Nurota chashmasiga qo‘yib yuborgan baliqlar qishloq bulog‘ida yurganini ko‘rishdi. Ajabo, 40-50 kilometr yo‘l bosib — qanday qilib Nurotadan bizning buloqqacha suzib kelishdi... Olam, tabiat haqiqatan ham mo‘jizalarga kon ekan-da. Oq buloqning suvi — tiniq va shifobaxsh. Qora buloqning atro- fida tabiiy balchiq bor. Odamlar saratonda kelib, shu balchiq yordamida davolanishadi. “KELINCHAKTOSH” CHO‘QQISI Esimda, may oyi edi, buxoro- lik shoir Toshpo‘lat Hamid qishlo- g‘imizga mehmon bo‘lib keldi. Mezbon — Qo‘rg‘on Shodiyev xonadonida hamqishloqlar ham jam bo‘ldi. To tongga qadar she’rxonlik, suhbat qizigandan- qizidi. Ertasi kuni mehmonlar bilan Oqtov bag‘ridagi Aymat qishlo- g‘iga yo‘l oldik. Bahor havosi, tabiat va tog‘ manzarasi Toshpo‘lat akani g‘oyat ilhomlantirib, jo‘sh- dirib yubordi. G‘ayratiga g‘ayrat
31 qo‘shilib, tog‘ cho‘qqisi sari yosh- larday yuqorilab boraverdi. Biz, bilganimizcha, bu tog‘lar, daralar haqidagi afsonalar, rivoyatlardan shoirga so‘zlab berdik. Aymat qishlog‘i to‘g‘risidagi Oqtov cho‘qqisida bir ulkan tosh bor. U go‘yo tog‘ cho‘qqisiga chiqib salom berayotgan oq ro‘molli kelinchakni eslatadi. Oqtovliklar har bahorda “kelinchak”ni tomosha qilgani chiqishadi. Mehmon kelinchaktoshni ziyorat qildi. U tog‘ cho‘qqisidan turib, Oqtov va Qoratov manza- ralarini uzoq kuzatdi. Ilhom onlari o‘tib, qandaydir she’rni qoralab bo‘lgan shoir mayin jilmayib, bizni yoniga chaqirdi. “Hov, ana, quchoq-quchoq gullar va lolalarni terib kelayotgan yoshlarni, qiz- larni bu yoqqa chaqiringlar, ular- ga bag‘ishlab bir she’r yozdim”, dedilar. Biz, yoshlar g‘uj bo‘lib, shoirni qurshab oldik. U kishi to‘lqinlanib she’r o‘qidi: Kel, quchog‘ing to‘ldiray lolaqizg‘aldoqlarga. Tog‘larga boq, tog‘larga!.. Keyinchalik radio orqali ushbu she’r qo‘shiq bo‘lib jarangladi. UY-TOSH
Tabiatning o‘zi musavvir, haykaltarosh. Nurota tizma tog‘- larining Oqtov tomonida Anna degan qadim qishloq bor. U tog‘ning biqinida joylashgan. Buloq suvi muzday, huzurbaxsh. Bahaybat xarsangtoshlar ba’zi uylarga soya tashlab turadi. Kakliklar sayrashi eshitilib qoladi. Bahor payti borganimizda, qadr- donimiz Xolboy aka bizni tog‘ cho‘qqisiga boshladi. Ajoyib manzara. Ko‘z quvnab, dil yayraydi. — G‘aroyib bir tosh bor biz- ning tog‘da, hozir sizlarga rosmana uy-toshni ko‘rsataman, — deb mezbon bizni yanayam balandga, toshlar qalashib yotgan cho‘qqiga boshladi. — Mana o‘sha uy-tosh. Bolaligimizda yomg‘irdan panalab, shu uy-toshga kirib olardik. Aytishlaricha, qadim zamonlarda bosqinchilar qishloqlarni talab, hujum qilganda, odamlar toqqa chiqib ketishar, shu uy-toshdan turib, ularga qarshilik ko‘rsatishar ekan. Shunday paytlarda qishloq odamlari bu yerda ma’lum vaqt yashashga ham majbur bo‘lishgan. Uy-tosh butun qishloq ahlini bag‘riga singdira olgan. Bu yerda ular gulxan yoqib isinishgan, zog‘ora non yopib jon saqlashgan. Gulxan izlari haligacha saqlanib qolgan.
Haqiqatan ham katta to‘rt- burchak uy-tosh bizni hayratlan- tirdi. Uni mehr bilan tomosha qila boshladik. Derazalarning, eshik- ning o‘rni bor, usti yopiq — tayyor uy. Ertasi kuni Annadan sal naridagi Kumushkon (mahalliy aholi “Mushkan” deyishadi) qishlog‘iga bordik. Bu qishloq ham tog‘ning bag‘rida joylashgan. G‘aroyib toshlar xuddi darvoza- xonaga o‘xshash, ikki tomoni ochiq, yon tomoni va usti tosh bilan yopilgan. Odamlar “darvoza- xona”da xuddi mehmonga kelganday o‘tirib olishgan. Biz, bu odamlar nega bu yerda o‘tirganini so‘raymiz. — Bu odamlar, chol-u kampirlar, ayollar, bolalar, qiz- juvonlar uzoq-uzoqlardan davo istab kelishgan, — deydi mezbon. — Mana shu yerga kelib, kuni bo‘yi cho‘l tomonga qarab nafas olib o‘tirishadi. Ular o‘n, o‘n besh kun shu holatda o‘tirib davo- lanishadi. Nafas qisish (astma) kasali borlar tuzalib ketishadi. Xuddi shu joyda — tog‘ tomonga esayotgan shamolning davolash xususiyati bor, deyishadi. Ha, sir-u sinoatga kon Oqtovni qadam-baqadam kezsangiz, yanada g‘aroyib voqealarga guvoh bo‘lishingiz tabiiy. Abdusaid NURBOYEV Fotolar muallifi — Abdug‘ani JUMA
32 Jamoatchilik kengashi: Turg‘unpo‘lat DAMINOV, Svetlana INOMOVA, Turobjon JO‘RAYEV, Tatyana KARIMOVA, Abdulla ORIPOV, Gulnora YO‘LDOSHEVA Bosh muharrir: Muhammadali QO‘SHMOQBOY Tahrir
hay’ati: Muxtabar ALIMTAYEVA, Avaz MANSUROV, Hidoyat OLIMOVA, Otabek OTAYOROV, Abdulla OCHILOV, Shomirza TURDIMOV, Dilorom SHARIPOVA, Anvar SHEROV Manzilimiz: 100170. Toshkent, I.Mo‘minov ko‘chasi, 9. Telefon: 262-30-44 (faks), 262-30-11. E-mail: jlsaumt@mail.ru “Sog‘lom avlod uchun”, 2011-yil, 1-son. “Sog‘lom avlod uchun” jurnali O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102- tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. “Sog‘lom avlod uchun” jurnali matbaa (komputer) bo‘limi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2004-yil 17-may kuni 10 — 0654-tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Biror asar yoki undan parcha ko‘chirib bosilganda, “Sog‘lom avlod uchun” jurna- lidan olindi” deb izohlanishi shart. Muallif tahririyatga yo‘llayotgan qo‘l- yozmasiga o‘z soliq to‘lovchining identi- fikatsiya raqami (STIR)ni, shaxsiy jam- g‘arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasini ilova qilishi so‘raladi. Jurnal maketi tahririyatning matbaa (komputer) bo‘limida tayyorlandi. Navbatchi muharrir: Otabek OTAYOROV. Matbaa (komputer) ishlari bo‘yicha mas’ul: Feruza NURITDINOVA. Matnni teruvchi: Ulug‘bek ASROROV. Korrektor: Nigora YODGOROVA. Bosmaxonaga 2011-yil 20-yanvar kuni topshirildi. Ofset usulida chop etildi. Qog‘oz bichimi 60x84 1 /
. Qog‘oz hajmi 4,0 bosma tabaq. Nashriyot hisobida 3,8 bosma tabaq. Tiraji 3646 nusxa. 11-516-buyurtma. “O‘zbekiston” NMIUda bosildi. 100129, Toshkent, Navoiy ko‘chasi, 30-uy. IZ faoliyati to‘g‘risida hikoya qilmoqchi bo‘lgan chinni buyumlarga bezak beruvchi “Hunarmand” kichik korxonasi xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan. Mana, biz bezak berish sexi- damiz. Qizlarning ishini kuzata turib, chinnilarni g‘unchaga, nafis mo‘yqalamlar izida qolayotgan zarhal naqshlarni esa ana shu g‘unchalarning mayin tabassumiga o‘xshataman... “Kichik biznes va tadbirkorlik yangi ish o‘rinlari ochish, barqaror daromad manbalari yaratishning muhim omillaridan hisoblanadi. 2011-yil mamlakatimizda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” yili deb e’lon qilindi. Bu bizni yanada ruhlantirib yubordi. Respublikamiz iqtisodiy hayotida qulay tadbirkorlik muhiti yaratish va uni rivojlantirishni rag‘batlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Yurtboshimiz: “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo‘lidan faol harakat- lantiradigan kuchga aylanib bor- moqda”, dedilar. Bu dasturilamal fikrlar dilimizdagi yangi orzularga qanot bo‘ldi. Mamlakatimiz ichki bozorlarini import o‘rnini bosuvchi raqobat- bardosh mahsulotlar bilan to‘l- dirish va ishlab chiqarishni mahal- liylashtirish maqsadida izchillik bilan ish olib borilmoqda”, — deydi korxona rahbari, xususiy tadbirkor Botirjon Sultonov. “Hunarmand” kichik korxo- nasida 20-25 nafar kishi ishlaydi. Bu ahil jamoa unumli mehnat qilishi uchun kerakli sharoitlar yaratilgan. Ertalab ishga, kechqurun uyga eltib qo‘yish uchun transport ajratilgan. Ikki mahal issiq ovqat va sut, qatiq bepul beriladi. Qo‘shimcha tayyor- langan mahsulotlar uchun, oylik maoshdan tashqari, ustama haq to‘lanadi. “Shohona”, “Paxta guli”, “Atlas” kabi ikki yuzdan ortiq turli chinni buyumlarga badiiy bezak berishga ixtisoslashgan bu kichik korxona 2009-yilning kuzida tashkil topgan edi. Shu qisqa fursat ichida bu yerda tayyorlanayotgan chinnilar nafaqat ichki bozorlarimiz pesh- taxtalarini bezadi, balki respubli- kamizda har yili o‘tkaziladigan “Tashabbus”, “Hunarmand” kabi ko‘rik-tanlovlarda namoyish etilib, xorijlik hamkorlarning ham mehrini qozonib ulgurdi. “Prezidentimiz 2010-yil 30- martda qabul qilgan “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab- quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmon bizni o‘z ishimizga yanada talab- chanlik bilan yondoshishga unday- di”, — dedi biz bilan suhbatda bezakchi Sayyora Abdukarimova. Darhaqiqat, hunar — misli bir xazina. U o‘z egasini dunyo ne’- matlaridan ehtiyoji qadar bahra- mand etadi. Hunarli odam elning e’zozida bo‘ladi. Qanoat TILLAXO‘JAYEVA Jurnalimizning ushbu kitobchasi muqo- vasining 4-betida “Hunarmand” kichik korxonasi faoliyatidan fotolar e’lon qilin- moqda.
HAM CHIROYLI, HAM FOYDALI B Download 452.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling