Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti
Download 452.23 Kb. Pdf ko'rish
|
xos quyosh aksini hosil qiladi. Nurlarning fokusda mujassamlash- ganlik darajasi, ya’ni to‘planadigan energiya miqdori ko‘zguning nur qaytarish xususiyati, konsentrator tarkibidagi ko‘zgular optik aniqli- giga bog‘liq. Katta diametrli va katta burchakli konsentratorlar fokusida juda katta zichlikdagi o‘ta mujas- samlashgan katta o‘lchamdagi dog‘ni olish mumkin. Katta diametrli parabolik quyosh kon- sentratorlardan yuqori darajali pech’ sifatida foydalanish mumkin. Quyosh qurilmalari quvvati bo‘yicha uch turga bo‘linadi. Kichik (2 kVt) quvvatli, o‘rtacha (8 — 60 kVt) va yuqori (1000 kVt) quvvatli katta quyosh qurilmalari. Bir ko‘zguli qurilmalarning quvvati— 1 — 100 Vt. Geliostat- konsentrator sxema asosida qurilgan ikki ko‘zguli o‘rta va katta quyosh qurilmalari yuqori quvvatga ega bo‘ladi. Kichik quvvatli quyosh quril- malari 1940 — 1950-yillarda O‘zbekiston, Armaniston, Ispaniya va AQSHda, o‘rta va katta quvvatli qurilmalar 1960 — 1991-yillarda Fransiya, O‘zbekiston, Germa- niya, Ispaniya, Shveysariya, AQSH va Yaponiyada qurilgan. QUYOSH QUVVATI — QUYOSH QUVVATI — QUYOSH QUVVATI — QUYOSH QUVVATI — QUYOSH QUVVATI — TARAQQIYOT OZIG‘I TARAQQIYOT OZIG‘I TARAQQIYOT OZIG‘I TARAQQIYOT OZIG‘I TARAQQIYOT OZIG‘I K
11 Fransiya va O‘zbekistonda qurilgan qurilmalar quvvati jihatidan eng katta (1 MVt) hisoblanadi. Aytib o‘tish joizki, mustaqillik sharofati bilan, mamlakatimizda ilm-fan, texnikani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu ezgu muhitda O‘zbekiston Res- publikasi Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni koordi- natsiyalovchi markaz faoliyati ham samarali bo‘lmoqda. A’LUMKI, davlat va jamiyat siyosiy musta- qilligi uning iqtisodiy mustaqilligiga asoslanadi. Bu esa birinchi galda energetik mustaqillik, moddiy resurslar — oziq-ovqat va ichimlik suvi mustaqilligidir. Muayyan bir mamlakat iqtisodiy salohiyatini belgilashda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan energiya miqdori hisobi alohida o‘rin egal- laydi. Respublikamizning energiya ta’minoti sanoat va aholi ehtiyojlari talablarini qondiradi. Bu o‘rinda Prezidentimizning «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» degan strategik yo‘llanmalari asosida energiya zaxiralarini tejash, ulardan unumli foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘llash texnologiyalarini yaratish, ularni sanoat va ishlab chiqarish va aholi ehtiyojlariga jalb qilishga alohida ahamiyat berilmoqda. Xalqaro tajriba bu ishning to‘g‘riligini ko‘rsatadi. Chunonchi, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya kabi rivojlangan mamla- katlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari — quyosh, shamol, suv, geotermal, dengiz va daryolar energiya zaxiralarini o‘zlashtirish, ulardan sanoat va aholi ehtiyojlari uchun foydalanish imkoniyatlarini beruvchi texnologiyalarni yaratishga mo‘ljallangan milliy dasturlar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgani ma’lum. Hozirgi kunda bu mamlakatlar energiya ta’minotining 20 foizi qayta tikla- nuvchi energiya manbalarini o‘z- lashtirishga asoslangan. Respublikamiz ko‘plab suv va yer osti manbalari zaxiralariga ega. Ushbu manbalarda foydalaniladi- gan texnologiyalar o‘z samaralarini bermoqda. Shu ma’noda quyosh energiyasidan foydalanishga asos- langan texnologiyalar — foto- elementlar yordamida elektr ener- giyasi olish, quyosh energiyasi yordamida issiqlik va elektr ener- giyasi hosil qilish, shamol ener- giyasini o‘zlashtirish kabi «yuqori texnologiyalar»ning tannarxi yuqori bo‘lgani uchun keng miqyosda qo‘llanishga joriy etil- magan. Bu esa ushbu texnolo- giyalarni yanada rivojlantirish va ularning tannarxini an’anaviy texnologiyalar narxiga yaqinlashti- rishga alohida e’tibor qaratishni taqozo etadi. Hozirgi kunda fan va texno- logiyalarning yuksak taraqqiyoti sharoitida resurs va energiya tanqis- ligi muammosini hal etish zaru- ratga aylandi. Bu esa bizni noan’anaviy energiya manbalarini qidirib topish, ularni inson hayoti va mehnat faoliyatiga tobora keng- roq olib kirishga undamoqda. Yer yuzida aholi o‘sishi va sanoat taraqqiyoti natijasida insoniyat oldi- da iqtisodiy (energiya va material- resurslar tanqisligi) va ekologik (toza ichimlik suvi tanqisligi va atrof-muhit ifloslanishi) muammo- lari yanada yaqqolroq namoyon bo‘la boshladi. Bu esa har tomon- lama mukammal, milliy va umum- jahon standartlarga to‘la mos keluvchi yangi yuqori texnologiya- larni yaratish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Noan’anaviy — quyosh, suv va shamol energiyasiga asos- langan texnologiyalar ana shu tariqa asta-sekin yaratilib, rivojlana bordi. Quyosh energiyasidan foydalanish iqtisodiy-texnik jihatdan eng samarali va qulay ekanligi isbot- landi. Fanning geliotexnika (gelios — grekcha quyosh), geliomaterial- shunoslik yo‘nalishlari tez rivojlana bordi. Bu esa quyosh Yer yuzida asosiy energiya manbai bo‘lib qolishini ko‘rsatmoqda. Shu ma’- noda, Yurtboshimiz “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida ta’kidlaganidek, geliomaterial- shunoslik yo‘nalishi bo‘yicha, xorijiy olimlarning e’tirofiga ko‘ra, ustuvorlikka egamiz. Quyosh — Yer yuzida, tabiat in’om etgan eng katta energiya manbaidir. Quyosh plazma hola- tidagi shar bo‘lib, uning yuzasi temperaturasi 5780 °C, quyosh energiyasining zichligi Yer orbitasida 1400 Vt/m 2 , yer sirtida esa atmosferada yutilish hisobiga kamayib, 750 Vt/m 2 ni tashkil qiladi. Shuning uchun ko‘p ener- giya yig‘ishga katta maydonlar, energiya zichligini oshirish uchun esa energiyani kichik yuzaga to‘p- lash kerak bo‘ladi. Buning uchun maxsus qurilmalar — quyosh nur- larini mujassamlovchi konsentrator- lardan foydalaniladi. Quyosh energiyasi yordamida elektr energiyasi olish, issiq va chuchuk suv olish, binolarni isitish, kukun texnologiyasi asosida o‘ta sof va shu bilan birga mikroelektronika, EHM sanoati uchun muhim hisoblangan ultradispers-nano- kristall materiallar sintez qilish, chorvachilik uchun xlorella tay- yorlash, bemorlarni quyosh nuri bilan davolash kabi muhim ilmiy- amaliy ishlarni bajarish mumkin. Respublikamizda quyosh energiyasidan foydalanish bora- sida ulkan yutuqlarga erishilgan. M
12 1960 — 1970-yillardayoq bu sohada olimlarimiz S.A.Azimov, G.Yo.Umarov va ularning safdosh- lari asos solgan geliotexnika maktabi shakllangan. Yuqori foydali ish koeffitsientiga ega bo‘lgan quyosh qurilmalari — kollektorlar, kichik konsentratorlar, Stirling dvigatellari asosida ishlovchi suv nasoslari, tibbiyotda qo‘llanuvchi jihozlar, suv chuchituvchi qurilmalar, issiqxonalar, quritgichlar va sovitgichlar, turli fotoelementlar yaratildi va xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llanishga joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tasarrufidagi Fizika- texnika instituti, Energetika insti- tuti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi Toshkent texnika universiteti, Buxoro universiteti, Qarshi universiteti, Farg‘ona Politexnika instituti qoshida geliotexnika muammolari bilan shug‘ullanuvchi yirik ilmiy labo- ratoriyalar shakllanib bordi va muntazam faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mujassamlashgan quyosh qurilmalari yordamida materiallarni eritish, yuqori fizik va mexanik xossalarga ega bo‘lgan yangi mate- riallar sintez qilish, elektr ener- giyasi, vodorod olish, texnika qismlarining yorug‘lik oqimi ta’siriga chidamliligini o‘rganish kabi ilmiy- texnik ishlarni amalga oshirish mumkin. Ayniqsa, quyosh quril- malari boshqa turdagi pechlar, masalan, elektr-yoy, lazer, marten, domna pechlaridan farqli o‘laroq qizdiriluvchi buyumga issiqlikning bevosita uzatilishi, qizdirish sharoitining toza bo‘lishi, vakuumda qizdirish, moddani uning elektr va magnit xossalaridan qat’i nazar eritish kabi afzalliklarga ega. 1987-yilga kelib, Fizika-texnika instituti olimlarining geliotexnika sohasidagi amaliy yutuqlari asosida jahon miqyosida tengsiz bo‘lgan 1 MVt quvvatli noyob Katta Quyosh qurilmasi qurib ishga tushirildi. Ushbu qurilma geliostat, konsentrator va texnologik mino- radan murakkab optik mexanik kompleks bo‘lib avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega. Katta Quyosh qurilmasi Toshkent viloyati Parkent tumanida dengiz sathidan 1050 metr balandlikda qurilgan. Qurilma optik-energetik ko‘rsatkichlari diametri 1,0 metrga teng bo‘lgan fokusda 1000 Vt/sm 2 zichlikdagi yuqori energiyani mujassamlashtirib, materiallar optik spektral qobiliyati 3000 °C gacha yuqori haroratni olish imkoni mavjud.
1993-yilda O‘zbekiston Res- publikasi Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab Vladimir GRANKIN suvratga tushirdi. HALOL MEHNAT ELNI SHOD QILUR, FAROVONLIK ZIYODA BO‘LUR — Biz ham, ilg‘or ilm-fan yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ishiga o‘z hissamizni qo‘shamiz. 13 chiqarish birlashmasi tasarrufidagi Katta Quyosh qurilmasi negizida Materialshunoslik instituti tashkil etildi. Materialshunoslik instituti jahonda tengi yo‘q noyob energetik inshoot — 1 MVt quvvatli Katta Quyosh qurilmasidan foydala- nuvchi tashkilot hisoblanadi. Katta Quyosh qurilmasi fokusi texnologik minorada joylashgan bo‘lib, u yerda maxsus qurilma va asboblar yordamida yuqori tempe- raturalarda kechadigan fizik- kimyoviy jarayonlar amalga oshi- riladi.
Materialshunoslik institutida fan sohalarining 4 yo‘nalishi bo‘yicha fundamental tadqiqotlar va ilmiy-texnik ishlanmalar yaratish ustida izlanishlar olib boriladi. Bular:
— mujassamlashgan quyosh nurlanishining moddalar bilan o‘zaro ta’sir jarayonlarini tadqiq qilish;
— quyosh qurilmasida berilgan xossaga ega bo‘lgan nometall, issiqqa chidamli materiallarni sintez qilish va ishlab chiqarishda vujudga kela- digan fundamental muammolarni hal etish; — issiqqa chidamli material- larning fizik-kimyoviy texno- logiyalarini yaratish va ular asosida tibbiyot, sanoat va xalq xo‘jaligining boshqa sohalari uchun mahsulotlar ishlab chiqarish; — katta quyosh energetik qurilmalarini tadqiq qilish va ularni yaratish uslublarini ishlab chiqish, mujassamlashgan quyosh nurlanishi sharoitida materiallarni, konstruksiyalarni va mahsulotlarni kompleks sinovdan o‘tkazish. Institut tashkiliy tarkibiga ma’muriy bo‘lim, 6 laboratoriya va turli xizmat bo‘limlari kiradi. Laboratoriyalarda 3 ta akademik, 6 ta fan doktori, 30 dan ortiq fan nomzodlari, yuqori malakali muhandis xodimlar faoliyat olib boradilar. Respublikamiz fan va texnologiyalar davlat markazi tomonidan tasdiqlangan funda- mental tadqiqotlar dasturi, ilmiy- texnik tadqiqotlar dasturi, inno- vatsiya dasturlari doirasida o‘nlab izlanishlar loyihalari amalga oshiriladi. Bu loyihalarda, eng avvalo, Respublikamiz iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirishga olib keladigan natijalarga erishish asosiy maqsad qilib olingan. Chunonchi, mahalliy xomashyo, minerallar zaxiralari, sanoat chiqin- dilari asosida yangi texnologiyalarni yaratish, energiya va resurs tejovchi ekologik sof ishlanmalarni amali- yotga tatbiq etish orqali yuqori samaradorlikka erishiladi. Ta’kid- lash joizki, energiya tejovchi texnologiyalar, noan’anaviy ener- giya manbalariga asoslangan texnologiyalar, quyosh energiya- sini boshqa tur (elektr, lazer) energiyaga aylantirish, quyosh nurlari yordamida suvning termik parchalanishi orqali vodorod (energiya manbai) olish imkonini beruvchi texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish eng dolzarb hisoblanadi. ishlanmalari asosida yaratilgan qator mahsulotlar Respublika- mizning ko‘plab sanoat korxona- larida foydalanilmoqda. Yengil sanoat korxonalari uchun ip yo‘naltiruvchi uskunalarning 30 ga yaqin turi yaratildi, yetarli miqdorda yetkazib berildi. Toshelektroapparat mahsulotlari, Andijonda ishlab chiqarilayotgan O‘zbekistonimiz bosib o‘tgan keyingi o‘n yillik davr aholimizning keng qatlamlari qo‘llab-quvvatlaydigan turli xil fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning jadal shakllanishi va rivojlanishi davri bo‘ldi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq Konstitutsiyamizda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga doir asosiy prinsiplarning mustahkamlab qo‘yilgani barcha aholi qatlamlari manfaatlarini aks ettiradigan bunday tashkilotlar keng tarmoqlarining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratdi. Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida 5100 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda va bu ko‘rsatkich 2000-yilga qaraganda 2,5 barobar ko‘pdir. Fuqarolar yig‘inlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari — mahallalar soni 10 mingdan ortiqni tashkil etadi. Bular qatorida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, «Sog‘lom avlod uchun», «Nuroniy» jamg‘armalari, «Ijod» fondi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi va boshqa jamoat tashkilotlarini sanab o‘tish mumkin. Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzusidagi ma’ruzasidan).
14 «Osiyo» dazmollari uchun 10 turdan ortiq elektr izolatsion buyumlar, «Onik» aksionerlik jamiyati texnologik tizimlari uchun keramik abraziv buyumlar ham shular jumlasidandir. Siyqalanishga o‘ta bardoshli sun’iy yoqut kristallardan yasalgan filyerlar DAB “O‘zKabel”da o‘rnatildi. Mahalliy kaolin ashyosi asosida tayyorlangan keramik pontonlar “O‘zneftgaz” milliy korporatsiya- sining “Sho‘rtangaz”, “Mubo- rakgaz” korxonalarida muvaffa- qiyatli ishlatilmoqda. Neft mahsu- lotlarini turli keraksiz birikma- lardan tozalovchi keramik filtrlar tajribaviy partiyasi ham shu korpo- ratsiyaning korxonalarida joriy qilindi. Parkent tumanida zamo- naviy qurilmalar asosida keramik mahsulotlar ishlab-chiqarish tizi- mini yaratish dasturi tayyorlandi. Katta Quyosh qurilmasining Respublikamiz ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan o‘ziga xos o‘rni hisobga olinib, inshoot 2003-yili Hukumat Komissiyasi tomonidan “O‘ta muhim — noyob inshootlar” jumlasiga kiritildi va uning arxi- tektura-dizayn ko‘rinishi, texnik ko‘rsatkichlarini talab darajasida saqlash va har tomonlama rivoj- lantirish maqsadida alohida moddiy mablag‘ ajratildi. Mustaqillik davrida yuqori texnologiyalarni ishlab chiqish, import o‘rnini qoplovchi mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilaridan mahsulot ishlab chiqarish texno- logiyalarini yaratishga katta e’tibor qaratildi, Katta Quyosh qurilmasi yordamida yuqori fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lgan yangi materiallar sintez qilindi. Olingan materiallar asosida mamlakatimiz sanoati uchun turli maqsadlarga mo‘ljallangan raqobatbardosh konstruksion, termik chidamli, kimyoviy inert keramik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Chunonchi, agrosanoat chiqindisi — sholi kepagi asosida abraziv va olovga bardoshli kremniy karbidi, ma- halliy xomashyo ohaktosh va neft koksi asosida kalsiy karbidi, Qo‘ytosh (Jizzax viloyati) va Ingichka (Samarqand) Volfram koni chiqindilari asosida olingan shishakristall materiallar negizida to‘qimachilik sanoati uchun i p yo‘naltiruvchi uskunalar; elektr tarmoqlari uchun turli o‘lchamdagi izolatorlar; neft va gaz sanoati uchun bug‘lanishdan isrof bo‘- lishni kamaytiruvchi suzib yuruvchi po‘kaklar; gazni toza- lashda qo‘llanuvchi adsorberlar; tibbiy ehtiyojlar uchun sterili- zatorlar ishlab chiqarildi va iste’molchilarga yetkazib berildi. Katta Quyosh qurilmasi yordamida elektr energiyasi olish, Baxtiyor AKRAMOV suvratga tushirdi. ISH KO‘ZINI BILMOQ KERAK Mehnat, kasb-hunar — bu, azaliy tilsim. U sirini ilmli- bilimli, irodali insonga ishonadi...
15 suvni termik parchalab vodorod olish texnologiyalari yaratilmoqda va bu texnologiyalar asosida 3-5 kVt quvvatli avtonom mini-qurilmalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan. Katta Quyosh qurilmasi asosida bajarilayotgan ishlarning ko‘pchiligi Respublika xalq xo‘jaligida amaliy qo‘llanishga mo‘ljallangan. Ulardan quyidagilarini alohida ko‘rsatish mumkin: — Aluminiy va sirkoniy oksidlari asosida yemirilmaydigan chidamli metallar sirtini mustah- kamlashda ishlatiladigan materiallar olindi. Ularning tajribaviy namu- nalari mashinasozlik sanoati korxonalari (Toshkent abraziv zavodi)da ishlatilmoqda; — elektrotexnika sanoatida ishlatiladigan keramik saqlagichlar va izolatorlarning tajribaviy partiyalari tayyorlandi va energetika sanoatining korxonalari (Toshkent elektroapparat zavodi, Marhamat elektrotexnika zavodi)ga yetkazib berildi; — Toshkent, Namangan, Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qondagi va boshqa yengil sanoatga tegishli korxonalar uchun ip yuritgich- larning 20 dan ortiq turi tayyor- landi va ularning 1 million donaga yaqin miqdordagi buyurtmasi bajarildi; — tibbiyot uchun turli zarar- sizlantiruvchilar va keramik infra- qizil nurlar bilan davolash quril- malari yaratildi va Malayziya, Gruziya, Estoniya, Kanada, Rossiya, Germaniya klinikalarida qo‘llanilmoqda; — mahalliy xomashyo asosida rezervuarlardagi suyuq yonilg‘ining bug‘lanishi natijasida isroflanishini kamaytiruvchi pantonlar texnolo- giyasi yaratildi. Keramik pantonlar “O‘zbekneftgaz” milliy xoldingi- ning “Sho‘rtangaz”, «Muborak gazni qayta ishlovchi korxona»larida sinovdan o‘tkazilib, katta miqdorda ishlab chiqarish tizimi yo‘lga qo‘yildi; — gazlarni tozalashda ishla- tiladigan keramik filtrlar yaratildi. Bunday filtrlar ham “Sho‘rtangaz” korxonasida qo‘llanilmoqda; — mahalliy xomashyo asosida keramogranit plitkalar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi. Ishlanma natijalari innovatsion loyiha sifatida «Toshkent qurilish materiallar kombinati» OAJ bilan hamkorlikda davom ettirilmoqda; — Katta Quyosh qurilmasi fokusida bir vaqtda vodorod, elektr va issiqlik energiyasi olish imkonini beruvchi kombinatsion texnologiya yaratildi. Hozirda 3-5 kVt quvvatli avtonom qurilma yaratish borasida izlanishlar olib borilmoqda; — kompressor moyini mexa- nik yot birikmalardan yuqori darajada tozalash imkonini be- ruvchi mikrofiltratsion keramik membranalar ixtiro qilindi; — 1,5 kVt quvvatli Kichik Quyosh qurilmalari yaratilib, xalqaro shartnoma doirasida Hindiston va Misr davlatlariga yetkazib berildi. Institutimizda geliomaterial- shunoslik, geliotexnika sohalarida erishilgan natijalar asosida Respublika miqyosida «Quyosh qo‘rg‘onlari» mavzuidagi keng ko‘lamli ilmiy-amaliy loyiha tayyorlanmoqda. Unda ko‘zda tutilgan maqsad — kichik aholi yashash punktlari, mahalla, qishloq, shaharcha aholisi hamda fermer xo‘jaliklarini energiya (elektr, issiqlik) bilan ta’minlovchi tizimni quyosh energiyasini o‘zlashtiruvchi texnologik tizimga o‘tkazishga yo‘naltirilgan. Qishloqda turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan uzviy bog‘liq keng ko‘lamdagi chora- tadbirlar, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivoj- lantirish, fermer xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida ham bir nechta tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qishloq aholisini energiya resurslari bilan ta’minlash maqsadida biogaz olish texnologik tizimlari ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilish arafa- sida. Bulardan tashqari, fermer xo‘jaliklarida meva-sabzavot va chorva mahsulotlarini qayta ishlash, quritish imkonini beruvchi quyosh qurilmalari yaratilgan. Qishloq vrachlik punktlariga kera- Download 452.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling