Ilohiy kitoblar va mifologik tafakkur masalasi


Download 67.01 Kb.
bet3/5
Sana16.01.2023
Hajmi67.01 Kb.
#1095070
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ilohiy kitoblar va mifologiya

Beribdur ixtiyori juz’imizni”.
Ya’ni, Alloh taolo bizlarga haromga qo‘l urmaslikni buyurdi, shuning bilan birga juz’iy ixtiyorimizni ham o‘zimizga berdi.
7) Qiyomatda insonlarning qayta tirilishi bor ekaniga imon keltirish dinimizdagi eng katta asoslardan biri bo‘lib, uni inkor qilgan kishi mo‘min hisoblanmaydi. Qur’oni karimning yigirmadan ortiq o‘rinda qayta tirilish kuniga ishonish Alloh taologa ishonish bilan yonma-yon zikr qilingan va mantiqiy jihatdan uning haq ekani isbotlangan. Alloh taolo shunday deydi: «U Bizga: “Chirib ketgan suyaklarni kim ham tiriltira olur?” – deb, naql keltirdi-yu, (ammo) o‘zining (qanday) yaralganini unutib qo‘ydi (Ey Muhammad!) Ayting:“U (chirigan suyak)larni dastlab paydo qilgan zotning O‘zi qayta tiriltirur. U turli xil yaratish (lar)ni biluvchidir”» (Yasin surasi, 78–79–oyatlar).
Tarixdan ma’lumki, ilk paydo bo‘lgan firqa va oqimlar birinchi bo‘lib aqida masalalarini buzib talqin etganlar. Shuning bilan ular o‘z tomonlarida bo‘lmagan musulmonlarning barchasini kofirga chiqarib, o‘ldirish halol degan qarashga asoslanganlar. Ba’zan gunoh ishlarni qilgan kishini ham mushrik va kofirga chiqargan firqalar ham bo‘lgan.
Ahli sunna val-jamoaning moturidiy yo‘nalishiga ko‘ra imon ziyoda va noqis bo‘lmaydi. Balki har bir kishining imoni komil sanalishi, toat va ibodat yoki gunoh-ma’siyat bilan imonning aynan o‘zi ko‘paymasligi va kamaymasligi ta’kidlanadi. Misol uchun, Alloh taolo marhamat qilib shunday deydi: “Mo‘minlar– Alloh (nomi) zikr etilganida–dillarida qo‘rquv bo‘ladigan, oyatlari ularga tilovat qilinganida–imonlari ziyoda bo‘ladigan kishilardir…” (Anfol surasi, 2-oyat).
Imom Moturidiy mazkur oyat haqida shunday deydilar: «Qur’on oyatidagi “imonlari ziyoda bo‘ladi” jumlasi adad yoki ayni imonning o‘zida ziyodalikni bildirmaydi, balki uning nuri, sharafi, fazilati ziyoda bo‘lganini bildiradi. Masalan, “jamoat bilan o‘qilgan namoz yolg‘iz o‘qilgan namozdan yigirma besh barobar darajasi afzaldur” hadisida ham aynan namozning adadi ziyoda bo‘lishi nazarda tutilmagan, balki sharafi va fazilati ziyodaligi nazarda tutilgandir. Xuddi shu kabi imonning amallar jihatidan ziyoda bo‘lishi ham uning sharafi, fazilati, kamoli ziyodalashishiga dalolat qiladi. Amallar imon jinsidan emasdir, u iqror va tasdiqlashdan iboratdir».
Qur’oni karim badiiy adabiyot namunasi emas. Badiiy adabiyotni shaxs - inson ijod qiladi. Qur’oni karim Alloh taoloning kalomidir. Buning ustiga badiiy adabiyot ijodkori g‘oyaviy niyatiga ko‘ra, badiiy to‘qima ishlatadi.
Qur’on badiiy to‘qimadan mutlaqo xolidir. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ta’kidlaganidek: «Qur’oni karim she’r emas, nasr emas, u — Qur’ondir». Qur’oni karim ilm va hikmatga to‘la muqaddas kitobdir. Naml surasining 6-oyatida bunday deyilgan: «Albatta, senga bu Qur’on o‘ta hikmatli va o‘ta ilmli Zot tomonidan berilur. Bu Qur’onni senga yo‘llayotgan Zot o‘ta hikmatli Zotdir. U har bir ishni hikmat ila qiladi. U zot o‘ta ilmli bo‘lgani uchun har bir ishni ilm ila qiladi. U Zotning ilmga asoslanmagan ishi yo‘qdir. Jumladan, Qur’onni senga tushirish ham ilm bilan bog‘liqdir. Qur’onning o‘zi ham ilmlarga to‘ladir».
Qur’oni karimda shoirlar haqida fikrlar bor. Shuaro surasida shoirlarga munosabat aks etgan. Bu sura Hazrati Muhammadning (sollallohu alayhi va sallam) payg‘ambarliklari tan olinmagan, qiyinchilik davrida nozil bo‘lgan edi. Sura qiyin pallada nozil bo‘lgani uchun o‘sha davr ruhini ham aks ettiradi. Qur’oni karim nozil bo‘layotgan davrda arablar so‘zga ustaligi bilan faxrlanishardi. Shoirlar, so‘z ustalarining hurmat-e’tibori yuksak edi. Doimo she’r o‘qish, va’zxonlik musobaqalari o‘tkazib turilardi. Hatto shoirlarning she’rlari Ka’bai muazzama devoriga osib qo‘yilardi. Suraning 224, 225, 226-oyatlarida: «Va shoirlarga gumrohlar ergashur. Ularning so‘z vodiylarida daydishini va o‘zlari qilmaydigan ishlarni aytishini ko‘rmadingmi?» deyiladi. Bu oyatlar Payg‘ambarimizni (sollallohu alayhi va sallam) shoir, Qur’oni karimni she’r deganlarga rad javobidir. Insoniyat tarixiga nazar solinsa, hech bir shoir payg‘ambar bo‘lib, kishilarni hidoyatga boshlamagan. Keyingi oyatda esa mazkur sifatlardan xoli bo‘lgan shoirlar ham borligi ta’kidlangan. Suraning 227-oyatida bunday deyilgan: «Magar, imon keltirib, solih amallar qilganlar, Allohni ko‘p zikr etganlar va mazlum bo‘lganlaridan keyin nusrat qozonganlar (unday emaslar). Zulm qilganlar esa, tezda qaysi ag‘darilish joyiga ag‘darilishlarini bilurlar». Hamma shoir ham so‘z vodiylarida daydib, amalsiz har narsani gapiradigan bo‘lavermas ekan. Agar shoir imonli bo‘lsa, yaxshi amallarni bajarib, Allohni ko‘p esga olsa, o‘zini xor qilmay, haqini tanisa, zolimlar ustidan g‘olib keladigan bo‘lsa, yaxshi, Allohning roziligini topgan shoir bo‘ladi. She’r faqat fisqu fujur, kazo-kazolarning maqtovi, bazmi jamshidlar vasfi, go‘zal ayollar madhi, oh-voh va diydiyolar emas, aksincha, ezgulik, imon, Islom xizmatchisi bo‘lishi zarur. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): «...she’rda hikmat bordir», deganlar. She’r orqali hikmatli, imoniy, islomiy va insoniy tushunchalarni kishilarga yetkazish o‘ziga xos ustunlikka egadir. Bunga Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) davrlarini misol qilib olish mumkin. O‘sha saodat asrida yuqoridagi oyatda vasflari kelgan imonli shoirlarning birinchi avlodi yashab o‘tgan. Ulug‘ sahobiy Hasson ibn Sobit ularning yetakchisi edi. U kishi bilan birga Ka’b ibn Molik, Abdulloh ibn Ravoha, Abdulloh ibn Zab’ariy va boshqalar bor edi.
Chunonchi, o‘rni kelganda, mo‘min-musulmon shoirning she’ri har qanday qurolning o‘qidan o‘tkirroq bo‘lishi mumkin. Asrlar davomida turli musulmon xalqlardan yetuk imonli shoirlar chiqib turgani barchani quvontiradi.Yosin surasining 69-oyatida shunday deyilgan: «Biz unga she’rni ta’lim berganimnz yo‘q. Bu uning uchun to‘g‘ri kelmas. U zikr va ochiq-oydin Qur’ondan o‘zga narsa emas». Mushriklar Payg‘ambarimizni (sollallohu alayhi va sallam) shoir, Qur’oni karimni she’r deganlar. Alloh taolo ushbu oyatda ularning bu da’volariga keskin javob bermoqda. Baqara surasining 189-oyatida bunday deyilgan: «Sizlar (Ey Muhammad!) Hilollar (yangi oylar) haqida so‘raydilar. Ular odamlarga (yil hisobi) va haj uchun vaqt o‘lchovlaridir, deb ayting. Uylarga orqa tomondan kirishingiz yaxshilik emas, balki yaxshilik taqvo qilgan odam (ning yaxshiligi) dir. Uylarga (ularning) eshiklaridan kiringiz va Allohdan qo‘rqingiz, shoyad (shunda oxiratda) najot topsangiz».
Bu oyati karimaning Abdulaziz Mansur tomonidan qilingan tafsirida bunday fikrlar bor: «Ular oylarning mohiyati, shakl va shamoyili haqida so‘rab, payg‘ambar ilmini sinamoqchi bo‘ldilar. Lekin Alloh taolo ularga oylarning mohiyati va tavsifi xususida emas, balki ularning vazifa va foydalari to‘g‘risida xabar berishni buyurdi. Darhaqiqat, shariat ahkomlarida shakl-shamoyil emas, balki maqsad va g‘oyaga e’tibor berish tavsiya etiladi». Qur’oni karim suralarida jahannamning qo‘rqinchli tasvirlari va jannatning ajoyib tasvirlari beriladi. Har bir surada taqvodorlar, namozni barkamol o‘qiydiganlar, rizq qilib berilgan narsalardan sadaqa-ehson qiluvchilar, Allohning payg‘ambarlariga, tushirilgan barcha kitoblariga imon keltiruvchilar, qiyomat kuniga qatiy ishonuvchilar oxiratda najot topguvchilar sifatida talqin qilinsa, yuqoridagilarga rioya qilmagan, imonsiz va takabbur, munofiq va buzg‘unchi kimsalar alamli azob va olov bilan ogohlantiriladi.Haj surasining 19-oyatidan boshlab 26-oyatgacha jannat ahli va do‘zax ahli holatlari bayon qilingan. Bir-biriga qarama-qarshi ikki narsani bir joyda, bir xil saviyada berish Qur’oni karimga xos xususiyatlardan biridir. Bir-biriga tamoman qarama-qarshi ikki holat: jahannam o‘t-olov va qaynoq suvdan, jannat esa ostidan suvlar oqib turgan bog‘lardan iborat. Jahannamda olovning azobiga qo‘shimcha qilib, o‘ta qaynoq suv quyilsa, jannatda soya-salqin bog‘lar ostidan muzdek, zilol, huzurbaxsh suvlar oqib turadi. Jahannamda azob ustiga azob kelsa, jannatda huzur ustiga huzur.
Mana shunday qarama-qarshi holatlar zikri Furqon surasining 53-oyatida ham kelgan: «U ikki dengizni- bunisi chuchuk-shirin, unisi sho‘r-achchiq qilib oqizib qo‘ygan va oralariga ko‘rinmas to‘siq hamda ochilmas sarhad qilgan Zotdir».Bu oyati karimada bir ilmiy haqiqat haqida gap ketmoqda. Ya’ni, chuchuk suvlar bilan sho‘r suvlarning aralashmasligi. Ajnabiy olimlardan Jak Iv Kusto daryo va dengizlarning qo‘shilish joylarida tekshirish o‘tkazib, bu masala 1400 yil avval Qur’onda zikr etilganini bilgach, Qur’onning haqiqiy ilohiy kitob ekanini anglagan va imon keltirib, musulmon bo‘lgan. Qur’oni karimdagi ana shu qarama-qarshi holatlar zikri bevosita hayot haqiqatini aks ettiradi. Zero, badiiy ijodda bunday san’at nomi tazod deb yuritiladi.Bu san’atda so‘zlarning qarama-qarshi ma’nolaridan foydalaniladi.Tushunchalar, holatlar, ranglar, kayfiyatlar qarama-qarshiligi tazod san’atini yuzaga keltiradi.

Download 67.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling