Ilohiy kitoblar va mifologik tafakkur masalasi
Download 67.01 Kb.
|
Ilohiy kitoblar va mifologiya
Sarv bo‘ylik sanamning, ey Bobur,
Rost aytay, so‘zi yolg‘on ko‘rinar. Baytdagi «rost-yolg‘on» so‘zlaridan tazod san’ati hosil bo‘lgan. Arab harflari negizida mumtoz sharq adabiyotida harf (kitobat) san’ati yuzaga kelgan. Mumtoz shoirlar arab harflarining shakliga tayanib ma’shuqa qaddini alifga, oshiq qaddini dolga, ma’shuqa og‘zini mimga, ko‘zini sodga, qoshini yoyga, gajagini jimga o‘xshatganlar. Kamol Xo‘jandiy bunday yozgan: Aliftek to‘g‘ri bo‘ylik, qoshlari nun, Jahon Laylilari husningga majnun. Husayniy kitobat san’atidan bunday foydalangan: To aliftek qaddu lom zulfu og‘zing mimidan Ayrumen, vah, ko‘rmadim hijrondin g‘ayri alam. Navoiy kitobat san’ati vositasida jonini ma’shuqaga quyidagicha taqsimlab beradi: Jonimdagi jim ikki dolingga fido, Andin so‘ng alif toza niholingga fido. Nunidagi anbarin hilolingga fido, Qolgan ikki nuqta ikki xolingga fido. Kitobat san’ati namunalari Erkin Vohidov ijodida ham uchraydi: Xajringda qaddimni dol etding desam, bergay javob: «Kim qo‘yibtur sevgini qaddi bukilgan chol uchun». Qamar surasining 7-oyatida bunday deyilgan: «Qabrlardan ko‘zlari qo‘rqinchga to‘lgan holda, xuddi yoyilgan chigirtkaga o‘xshab chiqib kelurlar». Bu oyati karimada qiyomat kuni Isrofilning ikkinchi sur chalishidan so‘ng odamlarning qabrlardan chiqib kelishi «yoyilgan chigirtka»larga o‘xshatilmoqda. Niso surasining 124-oyatida: «Kimki, u xoh erkak bo‘lsin, xoh ayol, mo‘min holida savobli ishlar qilsa, aynan ular jannatga kirurlar va ularga xurmo danagining ipicha zulm qilinmagay», deyilgan. Bu oyati karimada jannatiylarga «xurmo danagining ipicha zulm» qilinmasligi aytilib, zulm xurmo danagining ipiga o‘xshatilmoqda. Ar-Rahmon surasining 58-oyatida: «U (hur) xuddi yoqut va marjonga o‘xsharlar», deyilgan. Alloh taolo jannatiylarga tayyorlab qo‘ygan hurlar yoqut va marjonga o‘xshatilmoqda. Alloh taoloning kitobida o‘xshatishning ana shunday go‘zal va mukammal ko‘rinishlari mavjud. Hadisi shariflarda payg‘ambarlar, farishtalar nomlari o‘rniga ularga berilgan ikkinchi nomlar keltiriladi. Ibrohim (alayhissalom) — Xalil (do‘st), Odam (alayhissalom) — Safiyulloh, Nuh (alayhissalom) — Nabiyulloh, Muso (alayhissalom) — Kalomulloh, Ismoil (alayhissalom) — Zabihulloh, Iso (alayhissalom) — Ruhulloh, Muhammad (alayhissalom) — Habibulloh, Jabroil — Ruh nomlari bilan ham yuritiladi. Bir tushuncha o‘rniga boshqa tushunchani berib, fikrni obrazli ifodalashning bu usuli badiiy adabiyotda istiora deyiladi. Bu san’atda faqat o‘xshovchi ifodalanadi va u ma’no jihatdan o‘xshatilishni ham o‘z ichiga oladi. Abu Ali ibn Sino istiorani bunday ta’riflaydi: «Narsaning o‘zi qanday bo‘lsa, o‘shandayligicha olmasdan, uni sal o‘zgartirgan holatda olinganiga istiora yoki ma’joz deyiladi. She’r mana shu istiora bilan majozning tarkibidan hosil bo‘ladi». Furqatingda za’faron uzra to‘karmen lolalar, Lolalar ermaski, bag‘rimdin erur pargolalar. (Alisher Navoiy) Baytda «sarig‘ yuz» ma’nosidagi «za’faron», «qonli yosh» ma’nosidagi «lolazor» so‘zlarida istiora yuzaga keladi: Jamoling vasfini, ey oy, necha eldin eshitgaymen, Ne kun bo‘lg‘ay visolingga meni dilxasta yetgaymen. (Bobur) Baytda «yuzi oy kabi yor» o‘xshatishiga teng «oy» so‘zi qo‘llanishida istiora san’ati ko‘rinmoqda. Irsol san’ati baytda maqol, matal, ibora qo‘llash orqali yuzaga keladi. She’rni bu vositalar orqali to‘ldirib yuborish qiyin ish emas. U san’at darajasiga ko‘garilishi uchun fikrning go‘zal va zavqbaxsh ifodasiga xizmat qilmog‘i shart. Mumtoz adabiyot vakillari irsol san’atidan keng foydalanganlar. Bu borada Lutfiy ijodi ibratlidir. Uning ayrim g‘azallari boщdan-oyoq irsol san’ati asosiga qurilgan: Ayoqingga tushar har lahza gisu, Masaldurkim: «Chirog‘ tubi qorong‘u». Tutarmen ko‘zki, ko‘rsam orazingni, Ki derlar: «Oqqan ariqqa oqar suv». Navoiy ijodida bunday bayt bor: To‘kib may muxtasib, men yig‘ladim ul ko‘zi usrukka, Suv keltirmak hamonu ko‘za sindirmak hamon ermish. Bobur bunday yozgan: Da’vii ishq etib, g‘ayr, Boburni ayb qilma, Kim men edim seningtek, sen bo‘lg‘asen meninggek. Erkin Vohidov bunday yozgan: Umrini oshiq hamisha o‘tkazur orzu bilan, Oyning o‘n beshi qorong‘u, o‘n beshi yog‘du bilan. Umuman olganda, mumtoz asarlar mazmuniga singdirilgan g‘oyalarni, badiiy ifoda shakllarini to‘g‘ri anglash adabiy durdonalar mohiyatini chuqur talqin etishga olib keladi.Ilohiy kitoblarga iymon keltirish Islom aqiydasi arkonlaridan biridir. Ushbu aqiydasiz ham iymonli bo‘lish mumkin emas. Ilohiy kitoblarga iymon keltirishning ma’nosi o‘sha kitoblarning Allohning kalomidan iborat ekaniga ishonmoqdir. Biz Alloh taolo O‘z payg‘ambarlariga kitoblar tushirganiga umumiy iymon keltiramiz. U kitoblarning haqiqiy soni va ismlarini Allohning O‘zi biladi. Shu bilan birga, Alloh taolo Qur’oni karimda ba’zi ilohiy kitoblarning nomini aytgan. Download 67.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling