Ilohiy kitoblar va mifologik tafakkur masalasi


I. Ibrohim alayhissalomning sahifalari


Download 67.01 Kb.
bet5/5
Sana16.01.2023
Hajmi67.01 Kb.
#1095070
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ilohiy kitoblar va mifologiya

I. Ibrohim alayhissalomning sahifalari.
Ibrohim alayhissalomga tushirilgan vahiylar to‘plami «Sahifalar» deyilgan, ulamolarimizning aytishlaricha, ular ma’lum varaqlar bo‘lib, kitob darajasiga yetmagan.
II. Zabur.
Alloh taolo Dovud alayhissalomga Zaburni nozil qilgan. «Zabur» so‘zining lug‘aviy ma’nosi «maktub», ya’ni «yozilmish» deganidir.
Mo‘min-musulmon odam Alloh taolo Dovud alayhissalomga Zabur nomli kitobni nozil qilganiga jazm ila iymon keltirishi lozim.
III. Tavrot.
Alloh taolo Muso alayhissalomga Tavrotni nozil qilgan. «Tavrot» so‘zi ibroniy tilida «ta’lim» yoki «shariat» degan ma’nolarni anglatadi.
Mo‘min-musulmon odam Alloh taolo Muso alayhissalomga Tavrot nomli kitobni nozil qilganiga jazm ila iymon keltirishi lozim.
IV. Injil.
Alloh taolo Iyso alayhissalomga Injilni nozil qilgan. «Injil» yunoncha lafz bo‘lib, «bashorat» ma’nosini bildiradi.
Mo‘min-musulmon odam Alloh taolo Iyso alayhissalomga Injil nomli kitobni nozil qilganiga jazm ila iymon keltirishi lozim.
V. Qur’on.
Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Qur’on nozil qilingan. «Qur’on» lafzining lug‘aviy ma’nosi «o‘qish» deganidir.
Hozirgi kunda buzilmay, o‘zgarish kiritilmay qolgan haqiqiy, birdan-bir ilohiy kitob Qur’oni karimdir. Qur’onni ulamolarimiz quyidagicha ta’riflaydilar:
«Qur’on Allohning Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil qilingan, tilovati ibodat hisoblanadigan, ojiz qoldiruvchi kalomidir».

Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Ilohiy kitoblar nechta turga bo‘linadi?

  2. Mifologik tafakkur masalasi deganda nimani tushunasiz?

  3. Qur’oni karimda adabiy-nazariy qarashlar masalasi xususida fikr bildiring.

  4. Ilohiy kitoblarga imon keltirish deganda nimani tushunasiz?

  5. Bugungi kunda o‘zgarish kiritilmay, buzilmay qolgan ilohiy kitob nomini ayting?

  6. Qur’onni ulamolarimiz qanday ta’riflaydi?

ADABIYOTLAR:
1. H.Ishmatbekov. Islom nuri” gazetasi. 2019 yil, 5-soni
2. Quronov D., Rahmonov B. Fapb adabiy-tanqidiy tafakkuri tarixi ocherklari. – T.: “Fan”, 2008.
3. Qambarova D.Qur’on baxsh etgan ilhom (Pushkin ijodida Qur’on ohanglari). – T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2009.
4. Jirmunskiy V.M. Sravnitelnoe literaturovedenie. –L. 1979
Download 67.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling