Ilohiy kitoblar va mifologik tafakkur masalasi


Download 67.01 Kb.
bet2/5
Sana16.01.2023
Hajmi67.01 Kb.
#1095070
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ilohiy kitoblar va mifologiya

Agar ming yil amal deb qilsa yeldir”.
Imom Abu Mansur Moturidiy (rahmatullohi alayh)ga ko‘ra imon bu – til bilan iqror bo‘lish va qalb ila tasdiqlashdir. Imoni mufassal – mo‘minlikning batafsil ifodasi quyidagicha: Allohga, uning farishtalariga, kitoblariga, nabiylariga, oxirat kuniga, yaxshilik va yomonlik Alloh taolo xohishi bilan bo‘lishiga, o‘limdan keyin qayta tirilishga imon keltirdim.
1) Alloh taologa imon keltirish deganda zotida, sifatlarida, ismlarida, fe’llarida, hukmlarida uning yolg‘izligiga, sherigi yo‘qligiga imon keltirish tushuniladi. Bunga doir Qur’oni karimda bir necha dalillar mavjud. Jumladan, Alloh taolo bunday degan: “Ana o‘sha Rabbingiz – Allohdir. Undan o‘zga iloh yo‘qdir. U hamma narsaning yaratuvchisidir. Bas, Unga ibodat qilingiz! U har narsa ustidan vakil (kuzatuvchi) dir” (An’om surasi, 102-oyat).
2) Farishtalarga ishonish aqidamiz arkonlaridan biridir. Ularga imon keltirish Alloh va uning rasuli tavsiflaganidek bo‘lishi kerak. Ya’ni, ularning sifatlari haqida hadisda shunday deyiladi: Oysha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Farishtalar nurdan yaratilgandirlar. Jinlar olovning tutunidan yaratilgandir. Odam sizga vasf qilingan narsadan yaratilgandir”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).
Farishtalar inson ko‘ziga ko‘rinmaydigan, xizmatdan charchamaydigan, g‘aflatda qolmaydigan, gunoh qilmaydigan, o‘zlariga buyurilgan amrni so‘zsiz bajaradigan va yana bir qancha oliy sifatlarga ega bo‘lgan zotlardir.
3) Ilohiy kitoblarga imon keltirish o‘sha kitoblarning barchasi Allohning kalomi ekaniga ishonmoqlikdir. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday degan: “Payg‘ambar (Muhammad) o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga  (oyatlarga) imon keltirdi va mo‘minlar ham. (Ularning) har biri Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga birortasini ajratmasdan (hammasiga) imon keltirdi…” (Baqara surasi, 285-oyat).
Payg‘ambarlarga nozil qilingan ilohiy kitoblar to‘rtta bo‘lib, ular Zabur Dovud (alayhissalom)ga, Tavrot – Muso (alayhissalom)ga, Injil – Iso (alayhissalom)ga, Qur’on –Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)ga nozil qilingan. Ilohiy kitoblarga imon keltirish Qur’oni karimga imon keltirishning bir bo‘lagidir. U doimo bashariyatni Allohning O‘zi hidoyatga solib turganini bildiradi va musulmonlarni ushbu kitoblarga ahil bo‘lgan xalqlar bilan yaqinlashtiradi. Shuning uchun Alloh taolo Qur’oni karimda: “Hammangiz Allohning “arqoni”ni (Qur’onini) mahkam tuting va turli firqalarga bo‘linib ketmang …”, (Oli Imron surasi, 103-oyat) deb marhamat qilgan.
4) Alloh taolo O‘z kitobida nomlarini zikr qilgan payg‘ambarlarga va ularning ismlarini va adadlarini faqat O‘zi biladigan nabiy va rasullarni yuborganiga ham imon keltirmog‘imiz vojibdir. Payg‘ambarlar omonatli, gunohdan ma’sum zotlardir.
5) Islom aqidasi bo‘yicha bu dunyo inson uchun sinov maydoni, xolos. Asosiy hayot esa Oxirat diyoridir. Alloh taolo aytadi: “Bu dunyo hayoti faqat (ozgina) o‘yin-kulgidir. Agar ular bilsalar, oxirat diyorigina (haqiqiy) hayot (joyi)dir” (Ankabut surasi, 64-oyat).
Oxiratga, ya’ni qiyomat kuniga ishonish imonning yana bir shartidir. Bu haqiqatni tasdiq qilmagan inson mo‘min bo‘la olmaydi. Qur’oni karimning juda ko‘p oyatlarida mo‘min va taqvodorlarning sifatlari zikr etilganida “va ular oxiratga ishonadilar” deb vasflanadi.
Oxiratga ishonish Qur’oni karim va hadisi shariflarda xabar berilgan narsalarga: hasharga to‘planishiga, nomai a’mollarning berilishiga, kishining savob va gunohlari hisob qilinishiga, mezonga (tarozuga), havzga, sirot ko‘prigiga, shafoatga, jannat va do‘zaxga, ularning ahllariga hozirlangan ne’mat va azoblarga ishonish, demakdir.
6) Alloh taolo Qur’oni karimda: “Albatta, Biz har bir narsani o‘lchov ila yaratdik”, degan (Qamar surasi, 49-oyat).
O‘zbek tilida “o‘lchov” deb tarjima qilingan so‘z oyatda “qadar” lafzi bo‘lib keldi. Ulamolarimiz “qazo” va “qadar”ni quyidagicha ta’riflaydilar:
“Qazo Alloh taoloning barcha ishlar kelajakda qanday bo‘lishini azaldan bilishidir”.
“Qadar o‘sha narsalarning Allohning azaliy ilmiga muvofiq ravishda vujudga kelishidir”.Taqdir azalda bitilgan ekanligiga imon keltirish vojib, deyilganda “hamma narsa Alloh irodasi bilan bo‘lsa, u holda bandaga nima qoladi?” – degan savol paydo bo‘lishi tabiiy.
Bu savolning javobi ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qism – dunyodagi insonning daxli yo‘q narsalar. Faqat Alloh taoloning qudrati bilan bo‘ladi. Misol uchun, inson aqlining o‘tkir yoki o‘tmasligi, gavdasining turlicha, husnining chiroyli yoki xunukligi, tug‘ilish vaqti va joyi, erkak yoki ayolligi va shunga o‘xshash bir qancha ishlar borki, ularga insonning hech qanday daxli yo‘q. Inson bu narsalardan “Nega qomating uzun, yoki pakana?” yoki “Nima uchun falon kuni tug‘ilding, falon kuni o‘lding?” – deb so‘roq qilinmaydi. Bularning hammasi Allohdan. Bu turdagi qadarga imon keltirish har bir mo‘min-musulmonga vojibdir.
Ikkinchi qism – inson tomonidan sodir etilgan ish va amallarga bog‘liq. Bularda insonning daxli bor, u bu ishlarda o‘zining xohishi, ixtiyori va harakati bilan ishtirok etadi. Masalaning nozik jihati ham shunda.
Musulmonchilikning sof aqidasi esa Ahli sunna val-jamoa mazhabida o‘z aksini topgan. Bu aqidaga binoan, insonning ixtiyoriy amallari Alloh yaratgan narsalar jumlasidandir. Chunki dunyoda Alloh yaratgan narsalardan boshqa narsa bo‘lishi mumkin emas. Lekin bu inson o‘z ishini majbur bo‘lib qiladi, ya’ni har qanday ishni bajarib turib: “Alloh shuni xohlabdi-da shuning uchun qildim, menda ayb yo‘q”, degani emas. Chunki insonning mas’ul bo‘lib so‘raladigan ishlari ham mana shu kabi o‘zining amaliga bog‘liq bo‘lgan masalalardadir. Chunki inson bir ishni amalga oshiradigan bo‘lsa, o‘sha ishni amalga oshirish uchun ikki narsaga bog‘liq bo‘ladi. Birinchisi, uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan omillar. Ikkinchisi, insonning o‘sha ishni amalga oshirish uchun yo‘nalganligi tufayli xohish egasi hisoblanadi. Hamda ana shu ixtiyori tufayli amalga oshirgan ishidan javobgar bo‘lib so‘raladi. So‘fi Olloyor bobomiz bu haqida “Sabotul ojizin”da quyidagilarni aytganlar:
Haromidin vale man’ etdi bizni,

Download 67.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling