Ilova ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi


Download 27.55 Kb.
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi27.55 Kb.
#1546278
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
195-4-son


Toshkent sh.,
2013-yil 31-yanvar,
195/4-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/4-son qaroriga
ILOVA
Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi PQ–1533-son “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga, 2012-yil 24-iyuldagi PF–4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 30-son, 346-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 1-son, 5-modda) muvofiq ilmiy unvonlar berish tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ilmiy unvon — professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy maqomi;
talabgor — ilmiy va pedagogik faoliyat olib borayotgan hamda ilmiy unvon olishga da’vogar shaxs;
attestatsiya — talabgorlarning malakasini tizimli ravishda aniqlash jarayoni;
attestatsiya ishi — talabgorning attestatsiyaga oid hujjatlari to‘plami;
ilmiy ish staji — shaxsning mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ilmiy xodim lavozimida ishlagan hamda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida o‘qigan muddati;

Download 27.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling