Ilova ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi


II bob. Ilmiy unvon olish uchun qo‘yiladigan talablar


Download 27.55 Kb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi27.55 Kb.
#1546278
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
195-4-son

II bob. Ilmiy unvon olish uchun qo‘yiladigan talablar
1-§. Umumiy talablar
8. Ijtimoiy-gumanitar, iqtisodiyot fanlari sohalari bo‘yicha ilmiy unvonlarga talabgorlar tomonidan mustaqillik mafkurasi hamda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari bo‘yicha maxsus imtihon topshiriladi.
9. Talabgor tomonidan olib borilayotgan ma’ruza kurslari, ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar unvon berish so‘ralayotgan kafedra yoki ixtisoslik yo‘nalishiga mos bo‘lishi lozim.
10. Talabgor nashr ettirgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar OTMning ilmiy-uslubiy kengashi hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan, boshqa o‘quv adabiyotlari esa, OTMning ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan pedagogik amaliyotda foydalanishga tavsiya etilgan bo‘lishi kerak.
Professor ilmiy unvoniga talabgorning dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olgandan keyin nashr ettirgan ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari bo‘lishi shart.
“Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi g‘olibining faxriy diplomi professor yoki dotsent ilmiy unvonlarni berish uchun nashr etilgan darsliklarga, o‘quv qo‘llanmalariga, ilmiy maqolalarga ega bo‘lish bo‘yicha talablarning bajarilganligiga tenglashtiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 20-martdagi 214/5-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2444-2, 30.03.2015-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 13-son, 160-modda)
11. Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga berilgan ilmiy unvonlar haqidagi hujjatlar nostrifikatsiya qilinmaydi. Xorijiy davlatlarda ilmiy unvon olgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida mazkur Nizom talablari asosida ilmiy unvon olishlari mumkin.
2-§. OTM mutaxassislariga professor ilmiy unvonini berish
12. Professor ilmiy unvoni quyidagi talablarni bajargan shaxslarga beriladi:
a) fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan;
b) ilmiy unvonga ega bo‘lgan;
v) kamida o‘n yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda besh yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;
g) kamida bir o‘quv yili davomida OTMning asosiy shtatida kafedra mudiri, professor, oliy harbiy ta’lim muassasalarida kafedra boshlig‘i o‘rinbosari yoki kafedra boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelayotgan yoki bir o‘quv yili davomida kamida 0,25 stavka o‘quv yuklamasini bajargan holda pedagogik faoliyat olib borayotgan muassasa rektori (direktori, boshlig‘i), prorektori (direktor o‘rinbosari, boshliq o‘rinbosari), ilmiy kotibi yoki OTMning o‘quv-tashkiliy tuzilmasi (fakultet, bo‘lim) rahbari lavozimlarida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan;
Har bir ta’lim sohasi bo‘yicha nominatsiyalarda 1-o‘rinni egallagan “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari 3 yil mobaynida tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini o‘tamasdan professor ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega;
(12-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 20-martdagi 214/5-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2444-2, 30.03.2015-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 13-son, 160-modda)
d) ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaxassisni tayyorlagan;
e) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan, jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin OTM o‘quv dasturlariga mos keladigan darslik yoki o‘quv qo‘llanmalar va boshqa o‘quv adabiyotlar nashr ettirgan;
j) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida beshta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy yoki xalqaro ilmiy jurnallarda ikkita ilmiy maqola chop ettirgan;
z) zamonaviy o‘qitish usullarini egallagan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda multimediya ta’lim resurslaridan foydalangan holda yuqori ilmiy va o‘quv-uslubiy saviyada ma’ruza kurslarini o‘qiyotgan;
i) davlat grantlari yoki boshqa ilmiy loyihalar yoxud xo‘jalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan;
k) ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda va o‘quv-tarbiyaviy ishlarda ishtirok etayotgan;
l) attestatsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zosi, rasmiy opponent va boshqalar).
13. Professor ilmiy unvoni mazkur Nizomning 12-bandi “b”“g”“j–l” kichik bandlari talablarini bajargan va fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslarga, istisno tariqasida, quyidagilardan birini hisobga olgan holda berilishi mumkin:
OTMda o‘n besh yillik pedagogik ish stajiga ega, pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan yakka mualliflikda chop etilgan darslik va kamida ikkita o‘quv qo‘llanma muallifi bo‘lgan, kasbiy va pedagogik faoliyatida salmoqli yutuqlarga erishgan, shuningdek ixtisoslik kafedralarida ishlayotgan talabgorlar bir nafar ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaxassis va kamida ikki nafar magistr yoki to‘rt nafar bakalavrga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat (nomdor) stipendiati yoxud xalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari g‘olibini tayyorlagan yoxud ta’lim-tarbiya jarayoniga salmoqli hissa qo‘shgan yuqori malakali mutaxassislarga;
madaniyat, san’at, arxitektura yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashgan (ijodiy, ijrochilik) kafedralarda muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, tegishli oliy ma’lumotga, kafedra sohasi bo‘yicha fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga, kamida o‘n besh yil ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda o‘n yillik pedagogik ish stajiga ega, dissertatsiya himoyasidan keyin oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim pedagogik amaliyotida foydalanilayotgan o‘quv adabiyotlari, jumladan OTM o‘quv dasturlariga mos keladigan yakka mualliflikda chop etilgan darslik yoki o‘quv qo‘llanmalari hamda ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlariga ega bo‘lgan, kasbiy va pedagogik faoliyatida salmoqli yutuqlarga erishgan va xalqaro yoki respublika tanlovlari g‘oliblarini tayyorlagan, kafedra sohasi mutaxassisliklari bo‘yicha ijodiy xodimlarni, ijrochilik mutaxassislarini bevosita o‘z rahbarligida tayyorlagan yuqori malakali mutaxassislarga;
jismoniy tarbiya, sport va muhandislik grafikasi (chizma geometriya) yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashgan kafedralarda muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, tegishli oliy ma’lumotga, kafedra sohasi bo‘yicha fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga, kamida o‘n besh yil ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda o‘n yillik pedagogik ish stajiga ega, dissertatsiya himoyasidan keyin pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o‘quv adabiyotlariga, shundan yakka mualliflikda chop etilgan darslik yoki o‘quv qo‘llanmalari hamda ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘lgan, kasbiy va pedagogik faoliyatida salmoqli yutuqlarga erishgan va xalqaro yoki respublika musobaqalarining g‘oliblarini yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan yuqori malakali mutaxassislarga.
14. Professor ilmiy unvoni mazkur Nizomning 12-bandi “b”“g”“z–k” kichik bandlari talablarini bajargan va ilmiy darajaga ega bo‘lmagan shaxslarga, istisno tariqasida, quyidagilardan birini hisobga olgan holda berilishi mumkin:
tegishli oliy ma’lumotga, kamida o‘n yil ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda besh yillik pedagogik ish stajiga ega, ikki o‘quv yili davomida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim pedagogik amaliyotida foydalanilayotgan o‘quv adabiyotlari, jumladan OTM o‘quv dasturlariga mos keladigan yakka mualliflikda chop etilgan darslik va kamida ikkita o‘quv qo‘llanmasi hamda ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlari bo‘lgan va xalqaro yoki respublika tanlovlari yoki musobaqalarining g‘oliblari yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artistlari, hofizlari, rassomlari, me’morlari, o‘qituvchilari, yozuvchilari yoki shoirlari, O‘zbekiston Respublikasining fan va san’at arboblari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, rassom, me’mor, trener, yoshlar murabbiyi yoki madaniyat xodimlariga;
madaniyat, san’at, arxitektura yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashgan (ijodiy, ijrochilik) kafedralarida kamida ikki yil davomida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, tegishli oliy ma’lumotga, kamida o‘n besh yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda o‘n yillik pedagogik ish stajiga ega, pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o‘quv adabiyotlari, shundan OTM o‘quv dasturlariga mos keladigan yakka mualliflikda chop etilgan darsligi va kamida ikkita o‘quv qo‘llanmasi, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlari bo‘lgan, kafedra sohasi mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni yuqori kasbiy darajada olib borayotgan, shuningdek xalqaro yoki respublika tanlovlari g‘oliblarini tayyorlagan yuqori malakali mutaxassislarga.
Madaniyat va san’at nazariyasi hamda tarixi bo‘yicha mutaxassislar professor ilmiy unvonini olish uchun fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lishlari shart.
141. Professor ilmiy unvoni, istisno tariqasida, kamida ikki o‘quv yili davomida OTMda pedagogik faoliyat olib borayotgan, pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o‘quv adabiyoti (adabiyotlari) bo‘lgan, ilmiy maqolalar chop ettirgan hamda respublika va xalqaro tanlovlarda nufuzli o‘rinlarni egallagan shogirdlarni tayyorlagan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini rivojlantirishga va barkamol avlodni tarbiyalash ishlariga salmoqli hissa qo‘shgan “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni yoki “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan yuqori malakali mutaxassislarga berilishi mumkin.

Download 27.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling