Ilova ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi
-§. OTM mutaxassislariga dotsent ilmiy unvonini berish
Download 27.55 Kb.
|
195-4-son
4-§. OTM mutaxassislariga dotsent ilmiy unvonini berish
17. Dotsent ilmiy unvoni quyidagi talablarni bajargan shaxslarga beriladi: a) fan doktori (fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan; b) kamida besh yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda uch yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan; v) kamida bir o‘quv yili davomida OTMning asosiy shtatida kafedra mudiri, professor, dotsent yoki oliy harbiy ta’lim muassasalarida katta o‘qituvchi, kafedra boshlig‘i o‘rinbosari yoki kafedra boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelayotgan yoki bir o‘quv yili davomida kamida 0,25 stavka o‘quv yuklamasini bajargan holda pedagogik faoliyat olib borayotgan muassasa rektori (direktori, boshlig‘i), prorektori (direktor o‘rinbosari, boshliq o‘rinbosari), ilmiy kotibi yoki OTMning o‘quv-tashkiliy tuzilmasi (fakultet, bo‘lim) rahbari lavozimlarida muvafaqqiyatli ishlab kelayotgan; Har bir ta’lim sohasi bo‘yicha nominatsiyalarda 1-o‘rinni egallagan “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari 3 yil mobaynida tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini o‘tamasdan dotsent ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega; (17-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 20-martdagi 214/5-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2444-2, 30.03.2015-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 13-son, 160-modda) g) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan, jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin OTM o‘quv dasturlariga mos keladigan o‘quv-uslubiy qo‘llanma va boshqa o‘quv adabiyotlar nashr ettirgan; d) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy nashrlarda kamida uchta ilmiy maqola chop ettirgan; e) zamonaviy o‘qitish usullarini egallagan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda multimediya ta’lim resurslaridan foydalangan holda yuqori ilmiy va o‘quv-uslubiy saviyada ma’ruza kurslarini o‘qiyotgan, seminar mashg‘ulotlarini olib borayotgan; j) ixtisoslik kafedralarida ishlayotgan talabgor kamida ikki nafar magistr yoki to‘rt nafar bakalavrga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat (nomdor) stipendiati yoxud xalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari g‘olibini tayyorlagan yoxud ta’lim-tarbiya jarayoniga salmoqli hissa qo‘shgan; z) davlat grantlari yoki boshqa ilmiy loyihalar yoxud xo‘jalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan; i) ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda va o‘quv-tarbiyaviy ishlarda ishtirok etayotgan; k) attestatsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zosi, rasmiy opponent va boshqalar). 18. Dotsent ilmiy unvoni mazkur Nizomning 17-bandi “v”, “e–i” kichik bandlari talablarini bajargan va ilmiy darajaga ega bo‘lmagan shaxslarga, istisno tariqasida, quyidagilardan birini hisobga olgan holda berilishi mumkin: tegishli oliy ma’lumotga, kamida o‘n yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda besh yillik pedagogik ish stajiga, ilmiy-tadqiqot ishlariga, pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o‘quv adabiyotlariga ega bo‘lgan, jumladan darslik yoki kamida ikkita o‘quv qo‘llanmaning yakka muallifi bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarga; tegishli oliy ma’lumotga, kamida besh yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda uch yillik pedagogik ish stajiga, pedagogik yoki ijodiy amaliyotda foydalanilayotgan ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlari va o‘quv adabiyotlari, jumladan o‘quv qo‘llanmaning yakka muallifi bo‘lgan hamda xalqaro yoki respublika tanlovlari yoki musobaqalarining g‘oliblari yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artistlari, hofizlari, rassomlari, me’morlari, o‘qituvchilari, yozuvchilari yoki shoirlari, O‘zbekiston Respublikasining fan va san’at arboblari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, rassom, me’mor, trener, yoshlar murabbiyi yoki madaniyat xodimlariga; madaniyat, san’at, arxitektura yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashgan (ijodiy, ijrochilik) kafedralarida kamida ikki yil davomida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, tegishli oliy ma’lumotga, kamida o‘n yillik ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda besh yillik pedagogik ish stajiga ega, ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlari va o‘quv adabiyotlari, jumladan o‘quv qo‘llanmaning yakka muallifi bo‘lgan, shuningdek xalqaro yoki respublika tanlovlari g‘oliblarini tayyorlagan yuqori malakali mutaxassislarga, madaniyat va san’at nazariyasi hamda tarixi bo‘yicha mutaxassislar bundan mustasno; jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bo‘yicha OTMning ixtisoslashgan kafedralarida kamida ikki yil davomida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan, tegishli oliy ma’lumotga, kamida o‘n yil ilmiy va pedagogik, jumladan OTMda besh yillik pedagogik ish stajiga ega, ilmiy-tadqiqot ishlari va o‘quv adabiyotlari, jumladan o‘quv qo‘llanmaning yakka muallifi bo‘lgan, shuningdek xalqaro yoki respublika musobaqalarining g‘oliblarini yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan yuqori malakali mutaxassislarga. Download 27.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling