Ilova ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi


IV bob. Attestatsiya ishini OAKda ko‘rib chiqish


Download 27.55 Kb.
bet7/9
Sana17.06.2023
Hajmi27.55 Kb.
#1546278
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
195-4-son

IV bob. Attestatsiya ishini OAKda ko‘rib chiqish
29. Attestatsiya ishi OAK tomonidan uch oy ichida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish muddatini hisoblashda iyul-avgust oylari hisobga olinmaydi.
30. Kengash tomonidan taqdim etilgan attestatsiya ishi OAKda ro‘yxatga olinadi va uch kun ichida normativ-texnik ekspertizadan, uch oy ichida ilmiy ekspertizadan o‘tkazilib, yakuniy qaror qabul qilinadi. Ekspertiza jarayonida OAKning tegishli bo‘limlari va ekspert kengashlari tomonidan attestatsiya ishining mazmun-mohiyati va uning mazkur Nizom talablariga muvofiqligi tekshiriladi.
31. Normativ-texnik ekspertizadan o‘tkazish jarayonida attestatsiya ishida mazkur Nizom talablariga rioya qilinmaganlik holatlari aniqlansa, OAK Tartib-qoida komissiyasi qarori bilan attestatsiya ishini ko‘rib chiqish to‘xtatiladi va attestatsiya ishi rasmiy xat bilan tegishli Kengashga qaytarib yuboriladi. Kengash tomonidan tegishli kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng, attestatsiya ishi qaytadan rasmiylashtirilib, kuzatuv xati orqali OAKga qayta taqdim etiladi.
32. Attestatsiya ishi normativ-texnik ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng, uni tegishli ekspert kengashi ko‘rib chiqadi va OAK Rayosatiga o‘zining xulosasini tavsiya etadi. OAK Rayosati ekspert kengashining xulosasiga asosan, ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni rad qilish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qiladi.
33. Talabgor attestatsiya ishini ko‘rib chiqish jarayonining har qanday bosqichida, Kengashda yashirin ovoz berish o‘tkazilgunga, OAKda OAK Rayosatining yakuniy qarori qabul qilingunga qadar ishni muhokamadan olishga haqlidir. Attestatsiya ishi talabgorning yozma arizasiga asosan, OAKda muhokamadan olinganda, bu haqda OAK Rayosati tomonidan tegishli qaror qabul qilinishi lozim.
V bob. Ilmiy unvonga qayta taqdim etish
34. OAKda ko‘rib chiqilgan va rad javobi berilgan yoki ko‘rish jarayonidan to‘xtatilgan attestatsiya ishlari Kengash tomonidan quyidagi muddatlarda OAKga qayta taqdim etilishi mumkin:
OAK Rayosatining attestatsiya ishiga rad javobini berish to‘g‘risidagi qarori u qabul qilingan kundan e’tiboran kamida bir yil o‘tgach;
OAK Rayosatining qarori yuzasidan berilgan apellatsiya bo‘yicha rad javobini berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kamida uch yil o‘tgach;
talabgorning arizasiga asosan muhokamadan olinib, ko‘rishdan to‘xtatilgan attestatsiya ishi bo‘yicha tegishli kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng.
35. Kengash tomonidan ilmiy unvonga qayta taqdim etilganda mazkur Nizom talablari bajarilgan hamda talabgor yangi o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar nashr ettirgan bo‘lishi shart.

Download 27.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling