10-mavzu. Umumiy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi
O‘zbekistonda 1992-yil 2-iyulda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
1992-yildagi qonun asosida umumiy ta’lim quyidagi bosqichlar bo‘yicha
amalga oshirila boshlandi.
I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (1–4-sinf);
II bosqich – asosiy (tayanch) maktab (4–9-sinf);
III bosqich – yuqori o‘rta maktab (10–11-sinf);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi qarori bilan 1-oktabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” deb belgilandi.
1997-yildan boshlab har yili 1-oktabr «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» sifatida nishonlanib kelinmoqda.
1997-yil 29-avgustda
1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga
oshirildi.
I bosqich – 1997–2001-yillarda
II bosqich – 2001–2005-yillarni
III bosqich – 2005-yildan bugungi kungacha.
2009-yildan boshlab yurtimizda to‘liq 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi.
Prezidentning 2004-yildagi farmoni asosida 2004–2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi qabul qilindi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 1-bosqichi (1997–2001) doirasida amalga oshirildi. Shu davr mobaynida 300 ga yaqin yangi turdagi ta’lim muassasalari ochildi.
1997-yildan boshlab hozirga qadar 1400 dan ortiq kasb-hunar kolleji, 200 ga yaqin akademik litsey bunyod etildi.
2017-yil umumta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tub islohotlar yili bo‘ldi.
2017-yilning 11 yillik ta’limga o‘tilgan holda o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-sentabrda “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |