Ilyos Ikramov Tarix fani o’qituvchisi 97 153 91 93 Surxondaryo


Download 0.74 Mb.
bet3/50
Sana18.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1557099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
11 O\'zbekiston Tarix qo\'llanma

2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazildi. Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

2007-yil 23-dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovda 88,1 foiz ovoz bilan Islom Karimov 7 yilga saylandi.

2015-yil dekabrda tugashi munosabati bilan Prezidentlik lavozimiga saylov o‘tkazildi.
2015-yil 29-mart kunidagi prezident saylovida Islom Karimov 90,39 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.

2016-yil 2-sentabrda Islom Karimov og‘ir xastalik tufayli vafot etdi. Shu munosabat bilan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari o‘tkazildi.

2016-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi”gi qonunga muvofiq Prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 88,61 % ovoz bilan Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylandi.

1995-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofi q, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi.

2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda prezidentlik lavozimi vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi.

2011-yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra Prezidentning vakolati 7 yildan 5 yilga qaytarildi.

Demokratik tamoyillar va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining uchinchi tamoyili – davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishi nuqtayi nazaridan O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi.

1990–1994-yillarda mamlakatimiz parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib, 150 deputatdan
iborat edi.

1995–2004-yillarda Oliy Majlis nomi bilan atalgan 250 deputatdan iborat bir palatali parlament shakllantirildi.
Bir mandatli hududiy saylov okruglaridan saylangan deputatlar tarkibida 1. Xalq demokratik partiyasidan, 2. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan, 3. “Vatan taraqqiyoti” partiyasidan,
4. “Milliy tiklanish” partiyasidan deputatlar bo‘lib, ilk bor parlament fraksiyalari tashkil etildi.

2005-yildan boshlab mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va
Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish boshladi.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling