Ilyos Ikramov Tarix fani o’qituvchisi 97 153 91 93 Surxondaryo


Download 0.74 Mb.
bet7/50
Sana18.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1557099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
Bog'liq
11 O\'zbekiston Tarix qo\'llanma

2018-yil 9-yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining quyidagi harbiy okruglari tashkil topdi:
1. Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati);
2. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug (Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari);
3. Markaziy harbiy okrug (Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari);
4. Toshkent harbiy okrugi (Toshkent shahri va Toshkent viloyati);
5. Sharqiy harbiy okrug (Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari).

3-mavzu. Fuqarolik jamiyati g‘oyasining rivojlanish tarixi

1992-yil 4-yanvarda “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Bu qonun mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – vakillik va
ijro organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi joriy etildi.

1992-yilda ilk bor Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 163 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati — hokimiyatlar tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi “Mahalliy davlat hokimiyati asoslari” deb nomlanib, unda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi mustahkamlandi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinguncha mahalliy vakillik organlarining uch bo‘g‘inli tizimi mavjud bo‘lib hisoblanadi, ular:
1) viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari (Sovetlari) – yuqori bo‘g‘in;
2) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari – o‘rta bo‘g‘in;
3) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari – quyi bo‘g‘in.
Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining ikki bo‘g‘inli tizimini mustahkamladi, ya’ni quyi bo‘g‘in olib tashlandi. Ular o‘rniga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuziladigan bo‘ldi.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati, hokimiyat organlari ikki mustaqil organlarga – vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi.
Mahalliy vakillik organlariga – xalq deputatlari Kengashlari kiradi. Ular o‘z faoliyatini jamoaviy (kollegial) asosda olib boradi. Xalq deputatlari
Kengashlari ishining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli sessiya hisoblanadi.

“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, vakillik organlariga 21 yoshga to‘lgan fuqarolar saylanadi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan ko‘p bo‘lmagan,
tuman va shahar Kengashlariga esa 30 tadan ko‘p bo‘lmagan deputatlar 5 yil muddatga saylanadi.

Ijroiya hokimiyatiga – hokim va uning ijroiya apparati kiradi. Hokim tegishli hududda oliy mansabdor shaxs hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 101-moddasiga ko‘ra hokimlarning vakolat muddati – 5 yil


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling