Konstitutsiyaning 105-moddasiga ko‘ra, “Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi”.
1999-yil «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»,
2004-yilda esa “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.
2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Prezidentning 2017-yildagi farmoni asosida fuqarolar yig‘inlarining uyushmasi sifatida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi tashkil etildi.
1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”qonun qabul qilindi
1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida” qonun qabul qilindi.
Saylovlar Markaziy saylov komissiyasi 1998-yildan e’tiboran mustaqil muvaqqat organ sifatida faoliyat boshlagan bo‘lsa, 2014-yildan esa doimiy organ sifatida tashkil etildi.
Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega. 35 yoshdan kam bo‘lmagan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga to‘lganlar Oliy Majlisga, 21 yoshga to‘lganlar viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ga 1991-yilning noyabrida asos solindi. Uning maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
O‘zbekiston “Vatan taraqqiyoti” partiyasi ---1992-yil tashkil topgan.
1999-yili “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi ta’sis etildi. U O‘zbekiston fidokorlar maqsadlari va intilishlarini qo‘llab-quvvatlaydigan siyosiy uyushma sifatida dunyoga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |