2000-yil aprelda “Vatan taraqqiyoti” partiyasi va “Fidokorlar” milliy-demokratik partiyasining qo‘shma qurultoyi bo‘lib, unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi muhokama qilindi, ularning birlashib ishlashlari maqsadga muvofiq degan xulosa asosida ikkita partiya
birlashdi.
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 1995-yil fevralda tuzilgan.
Sotsial-demokratik partiyalarning asosiy maqsadi jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan.
O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi 1995-yili iyunda tuzilgan. O‘zbekiston Milliy
tiklanish demokratik partiyasining asosiy maqsad vazifasi milliy an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat.
2008-yil iyunda O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib, unda O‘zbekiston “Milliy
tiklanish” demokratik partiyasi va “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasini birlashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) 2003-yil noyabrda tashkil topgan.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi umummilliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar
qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori
malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.
2008-yil O‘zbekiston Respublikasining “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuni qabul qilindi.
Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga besh yil muddatga 135 deputat saylanib, Qonunchilik palatasining 15 deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan, o‘z ichki qurultoyidan saylanishi belgilandi.
O‘zbekiston ekologik harakati 2008-yil avgustda tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |