Ilyos Ikramov Tarix fani o’qituvchisi 97 153 91 93 Surxondaryo


Download 0.74 Mb.
bet49/50
Sana18.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1557099
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
11 O\'zbekiston Tarix qo\'llanma

2004-yil sentabr oyida Qozog‘iston poytaxti Ostonada bo‘lib o‘tgan MDHning sammitida terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha MDHning “Xavfsizlik Kengashi”ni tuzishga qaror qilindi.

Bugungi kunda MDHning tarkibiga 10 ta a’zo davlat: Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston, Moldova va bitta kuzatuvchi Turkmaniston kiradi.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT)- Yevroosiyo hududining 61% ini egallaydi.
ShHTning rasmiy tili rus va xitoy tillari, ramzi esa oq bayroq bo‘lib, uning markazida tashkilotning gerbi joylashgan.
Tashkilotning shtab-kvartirasi Pekinda joylashgan.

1996-yil Shanxayda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat rahbarlarining sammitida chegara hududlari bo‘yicha harbiy sohada o‘zaro ishonchni mustahkamlash bilan bog‘liq
shartnoma (1996-yil 26-aprel) imzolanishi natijasida “Shanxay beshligi” vujudga kelgan edi.

1997–1999-yillarda Moskva, Almati, Bishkekda “Shanxay beshligi” sammitlari bo‘lib o‘tdi.



2000-yil Dushanbeda “Shanxay beshligi” sammitida O‘zbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

2001-yilda Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘ldi. Unda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etib, O‘zbekistonning “Shanxay forumi”ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida”gi Bayonotni imzoladi.
O‘zbekistonning “Shanxay forumi”ga kirishi munosabati bilan uning nomi “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – ShHT” deb o‘zgartirildi. Sammit yakunida
1. “ShHTni tuzish to‘g‘risida”gi deklaratsiya;
2. “Terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida Shanxay konvensiyasi” imzolandi.

2002-yil ShHTga a’zo mamlakatlar rahbarlarining navbatdagi Sankt-Peterburg sammitida uchta hujjat:
1.
ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining deklaratsiyasi,
2. ShHT Xartiyasi,
3. ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi (MATT) haqidagi Bitim imzolangan.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling