IM. Y, Оч'Л. Юсчоу


Baholar shkalasi bo‘yicha yiqqan ballaringizni hisoblab chiqing


Download 80 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/91
Sana01.11.2023
Hajmi80 Kb.
#1738171
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91
Bog'liq
менежмент психологияси М.Й.Отажонов

Baholar shkalasi bo‘yicha yiqqan ballaringizni hisoblab chiqing.
H a
Y o'q
H a
Y o'q
1.
3
0
7.
3
0
2.
4
0
8.
2
0
3.
3
0
9.
0
2
4.
2
0
10.
0
3
5.
0
4
11.
1
0
6.
2
0
12.
3
0
0 dan 9 ballgacha.
Siz nihoyatda ju r’atsizsiz. H ar doim va har bir hodisa bo‘yicha 
qiynalib, hamma ,,tarafdor“ va ,,qarshi“lam i taroziga solasiz. Agar 
qaror qabul qilishni birovning yelkasiga ortish imkoni bo'lsa, yengil 
nafas olasiz. Bir qarorga kelishdan oldin uzoq maslahatlashasiz va 
aksariyat hollarda yarim qaror qabul qilasiz. Yig‘ilish va majlislarda 
jim o ‘tirishni ma’qul ko'rasiz, lekin tashqarida dadil va gapga chechan 
bo‘lib qolasiz. Lekin buni o ‘zingizning ,,tug‘ma ehtiyotkorligingiz“ 
bilan oqlashga urinmang. Yo‘q, bu ko‘proq qo'rqoqligingiz. Siz bilan 
ishlash va yashash qiyin. Siz qanchalik bilimga, eruditsiyaga, tajribaga 
ega bo'lmang, xarakteringizning ju r’atsizlik sifati sizning „foydalilik 
koeffitsiyentingizni“ ancha pasaytiradi. Bu ham oz, sizga suyanib 
bo‘lmaydi, siz pand berishingiz mumkin. Albatta, xarakterni qayta 
shakllantirish qiyin, lekin mumkin. Eng maydasidan boshlang, 
shaxsiy fikringiz bo‘yicha tavakkal qaror qabul qiling, u sizga pand 
bermaydi.
10 dan 18 ballgacha.
Siz ehtiyotkorlik bilan qaror qabul qilasiz, lekin shu daqiqadayoq 
hal qilinishi lozim bo'lgan jiddiy muammolar oldida ojizlik qilmaysiz. 
Odatda qaror qabul qilish uchun yetarlicha vaqt bo'lganda uzoq 
ikkilanasiz. M ana shunda sizni shubha qam rab oladi, yuqori
125


rahbarlar bilan kelishish, muvofiqlashtirish vasvasasi paydo bo‘la- 
di, aslini olganda bu m uam m o sizning darajangizdagi muammo 
hisoblanadi. Ko‘proq o ‘z tajribangizga tayaning, u sizga muammoni 
to ‘g‘ri hal qilishni ko‘rsatadi. Juda bo‘lmaganda hamkasblaringiz, 
qo ‘l ostingizdagilarning birontasi bilan o'zingizni ehtiyot qilish 
uchun emas, o ‘zingizni tekshirish uchun maslahatlashing.
19 dan 28 ballgacha
Siz yetarlicha j u r ’atlisiz. Sizning vazm in, izchillik bilan 
m uam m oni o'rganishga yondashishingiz va asosiysi, tajribangiz 
sizga masalalami tez va aksariyat to ‘g‘ri hal qilishga yordam beradi. 
Alohida xatolar ham bo'lib turadi, lekin siz ularni tez anglaysiz va 
bartaraf qilish choralarini ko‘rasiz. 0 ‘zingizga tayanasiz. Shu bilan 
birga u nch alik k o ‘p m urojaat qilm asangiz ham , h ar holda 
boshqalarning maslahatlarini ham e ’tiborsiz qoldirmaysiz. Qaror 
qabul qilishni oxirigacha himoya qilasiz, lekin uning xatoligi bilinib 
qolsa, mansab obro‘sini himoya qilish uchun qaysarlik qilmaysiz. 
Bu hammasi yaxshi. Lekin har doim obyektiv b o ‘lishga harakat 
qiling. 0 ‘zingiz uncha xabardor b o ‘lmagan masalalar yuzasidan 
maslahatlashishni uyat, deb hisoblamang.
29 balldan yuqori
Jur’atsizlik sizga yot tushuncha. Siz o ‘zingizni faoliyatingizning 
hamm a sohasidan to ‘la xabardor deb, biron-bir odamning fikrini 
bilish shart emas, deb hisoblaysiz. Yakkaboshchilikni yakka qaror 
qabul qilish deb tushunasiz va shu qaror yuzasidan biron-bir 
tanqidiy fikr jahlingizni chiqaradi va siz uni yashirib ham o‘tirmaysiz. 
Sizni q at’iy va irodali odam deyishlari sizga yoqadi, lekin iroda 
yuqorida aytilgan fikrdan farq qiladi. Atrofingizdagilarning shu 
fikrlariga loyiq bo'lish uchun boshqalarning aqlli takliflarini ham 
rad qilasiz. Xatolardan g‘ijinib tashvishlanasiz, ular sizning emas,- 
boshqa birovning aybi ekanligiga chuqur ishonasiz. 0 ‘z bilimlarining 
benuqsonligiga ishonish bu jiddiy kamchilik. Bunday xarakter sifati, 
bunday ish uslubi q o ‘l ostingizdagilarning tashabbusini, ularning 
mustaqil harakatga bo‘lgan intilishini bo‘g‘adi. Bu ularda siz hazar
126


qiladigan ju r’atsizlikni tarbiyalaydi. Bularning hammasi ishga foyda 
keltirmaydi, jamoadagi psixologik muhitga jiddiy zarar yetkazadi
ishlashga xalaqit beradi. Siz kechiktirm asdan ish uslubingizni 
o ‘zgartirishingiz kerak.

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling