Imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus shart-sharoitlar yaratish. Inklyuziv ta’lim rahmanova Oyzoda Kosimboy qizi
Download 33.31 Kb.
|
1 2
Bog'liqRAHMANOVA OYZODA. INKLYUZIV TA\'LIM. 101 LOGO.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qism.
- Inklyuziv ta limning asosiy maqsadi
- Adabiyotlar
Ключевые слова:Инклюзивное образование, развитие коррекционная педагогика ,специальное образование, логопедия, олигофренопедагогика.
Kirish. Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalarga tengdoshlari bilan birga rivojlanishi uchun teng huquqlar berishni ta’minlaydi. Imkoniyati cheklangan bolalar ajratilmaydi, balki ular umumta’lim maktablarida, yangi texnalogiyalar asosida, har bir bolaga o’z qobilyati, imkoniyati va ruhiy holatidan kelib chiqqan holda tahsil olib, kelajakda o’z o’rinlarini topishi, va jamiyatga foydasi tegadigan kasb-hunar egalari bo’lib yetishishlari mumkin. Asosiy qism. Inklyuziv ta’lim – har qanday o’quv tizimida har bir o’quvchining yashash sharoiti va o’zlashtirish qobilyatini hisobga olgan holda, uning imkoniyatlaridan to’liq foydalanishga qaratilgan tizimdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 13.10.2020 yildagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4860-son qarori qabul qilindi. Yurtimizda, Inklyuziv ta’limning rivojlanishi davom etmoqda va bu tizim imkoniyati cheklangan bolalar normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng huquqliligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Inklyuziv ta’lim tizimida, harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar va h.k o’zlariga yaqin atrofdagi maktabda ta’lim olishlari mumkin. O’qish va yozishda umuman o‘zlashtirishda qiynalayotganlar bo‘lsa, ularga maxsus yordamga ko’rsatiladi. Inklyuziv ta'limning asosiy maqsadi ta'lim olish yoshiga yetgan barcha bolalar, shu jumladan, alohida yordamga muhtoj bo'lgan bolalarni umumta'lim jarayoniga qamrab olishdir. Nuqsonli bolalarga ta’lim tarbiya berish jarayonida ota-onalar va o’qituvchilar , psixologlar, maxsus pedagog (Logoped, Surdopedagog, Oligofrenopedagog, Tiflopedagog,)lar bolalarga o’zlaridagi nuqson va kamchiliklaridan uyalmasligi, o’qish, o’rganish, yangi muhitga moslashish jarayonida o'zini yo'qotib qo'ymasligi, berilgan imkoniyat va sharoitlardan foydalanishlari uchun to’g’ri pedagogik jarayonni shakillantirishlari muhimdir. Ota-onalarga inklyuziv ta'limning mazmuni nimalardan iboratligi, va bu bolalarga qanday imkoniyatlar berishi haqida batafsil ma'lumot berilishi zarur. Inklyuziv ta’limda alohida yordamga muhtoj bolalarning ota-onalari va o’qituvchilari quydagilarga e’tibor berishlari kerak: Bolalarning qiziqishlarini hisobga olish, ularning qobilyatlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyat yaratib berish va rag’batlantirish. Har bir o’quvchi bilan do’stona aloqa o’rnatish, o’quvchilarning fikrlarini eshitish, va qulay muhit yaratib betish. Individual yordam berish, ota-ona va o’qituvchilar bolalarning muammolarni o’rganishi va yaqindan yordam berishi. O’quvchilarga motivatsiya berish. Xulosa.Inklyuziv ta’lim, nuqsoni bor bo’lgan bolalar uchun jamiyatda munosib o’rnini topishga sababchi bo’ladigan ta’lim tizimidir. Bunda bolalar o’qituvchilar tomonidan maxsus tashkil etilgan ta’lim tizimi, qiziqarli dars mashg’ulotlari va zamonaviy asbob uskunalar, maxsus moslamalar (ko’tarish qurilmasi,pandus, tutqich va boshqa)texnalogiyalar orqali dars jarayoni yanada qiziqarli va samarali o’tishlari mumkin. Bu esa bolalarda kelajakka intilish, dunyoqarashini kengaytirish bilan birga, o’z imkoniyatlarini o’zi kashf qilish imkonini beradi. Adabiyotlar: "Alohida yordamga muhtoj bolalarni tarbiyalashda oila va maktab hamkorligi" Ilmiy-metodik to'plam, T-2013 Burlachuk L.S. Psixodiagnostika: Uchebnik dlya vuzov. SPb.: Piter, 2001 D.A.Nurkeldiyeva, Ya.E.Chicherina "Ilk, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarni psixologik-pedagogik, logopedik tekshirish" T-2014 D.S.Qaxarova “Inklyuziv ta’lim texnalogiyasi” 2014 Gazeta.Uz maktabda inklyuziv ta’limni rivojlantirish. Download 33.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling