Immun patologiya. Yuqori sezuvchanlik (alltrgiya)
Allergik kasalliklarning rivojlanishiga qarshi himoya omillari
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Аллергия ва аутоиммун касалликларMicrosoft Word (4)
Allergik kasalliklarning rivojlanishiga qarshi himoya omillari.
Oxirgi 20 yil davomida dunyoning 64 davlatlarini qamrab olingan, 2 million kishi tekshirilgan ISAAS(International Studyof Asthmaand Allergyin Childhood) dasturi doirasida ollingan ma'lumotlar har tomonlama tahlil qilindi. Dastur tekshiruvida 6-7 va 12-14 yoshdagi bolalar, shuningdek, ularning ota-onalari ishtirok etdilar. Olingan natijalardan bir qator qiziqarli ma'lumotlar aniqlandi, jumladan: qishloq aholisining allergik kasal bo'lish ehtimoli ishonarli kamligi, shahardagi ko'rsatkichlarga nisbatan; homiladorlik davrida onalar, doimo uy hayvonlari bilan aloqada bo'lganda, bolada allergiya rivojlanish ehtimoli kamroq kuzatilgan; ko'p bolali oilalarda eng kichik yosh bolalar, katta bolalarga qaraganda kamroq allergik kasalliklar bilan kasallanishi, ularda shamollash kasalliklari ko'proq uchrashi; kommensal mikroоrganizmlar lakto va bifidobakteriyalar tomonidan ichakni erta kolonizatsiya qilinishi, shuningdek Helicobacter pylori va Toxoplasma gondii infeksiyalari, bolalarning allergik kasalliklardan himoya qilishi; qizamiq, gepatit A kasalligini o'tkazgan va tuberkulin testi musbat bo'lgan ( Mycobacterium tuberculosis yuqqanligini tasdiqlovchi) bolalarda allergik kasalliklarni kam uchrashi; hayotning 1 yilida bolalarni emlash allergik kasalliklarning past darajasi bilan bog'liq omil hisoblanadi (istisno ko'k yo'talga qarshi emlash). Ushbu olingan ma'lumotlar va boshqa shunga o'xshash faktlarga asoslanib, 1989 yilda "Gigiyenik gipoteza" ishlab chiqildi. Ushbu gipotezaga ko'ra, allergik kasalliklar darajalarining ko'payishiga yordam beruvchi omillar, asosan bolalarni erta yoshida yuqumli kasalliklar bilan kam kasallanishi hisoblanar ekan. Qishloq xo'jaligidan sanoat texnologiyalariga o'tilishi, bolalarda mikroоrganizmlar bilan aloqani kamayishiga olib keldi. Ishonchli manbalar shuni ko'rsatadiki, erta bolalik davrida bunday mikroоrganizmlar bilan aloqalar allergik rivojlanishning oldini oladi, patogen mikroоrganizmlarning ko'pchiligi immun sistemaning Th1 javobiga o'tishiga yordam beradi. T- xelper yordamchi hujayralar tomonidan ajratilgan sitokinlar esa, B-limfotsitlarni IgE sintezidan IgG sinteziga o'tkazishiga olib keladi. Keyinchalik, parazitar infeksiyalarni davolashda antgelmintik preparatlari olgan bolalarda, atopiyaning tarqalishi, gelmintlar bilan kasallangan bolalarga nisbatan yuqori ekanligi ma'lum bo'ldi. Bir tomondan, o'tkir parazitar invaziya Th2 hujayralarni aktivlashuviga vositachilik qilishi va IgE sintezini aktivlashtiradi, olingan natijalar gigienik gipotezaga qarshidek tuyulardi, ammo boshqa tomondan, uzoq muddatli gelmentlarni tashib yurish Treg limfotsitlarning hosil bo'lishini faollashtiradi. Olingan yangililiklar bilan ushbu gigiyenik gipoteza takomillashtirildi. Endi bu odatda qabul qilingan, ya'ni allergiya rivojlanishidan infeksiyalar himoya qilar ekan, ular Th1/TH2 va yoki Treg / TH2 hujayralar o'rtasidagi muozanatni saqlab, Th1 yoki Treg hujayralarining tarqalishini ta'minlar ekan. Shuning uchun,yuqumli patogenlar bilan aloqa chastotasini kamaytirish va kommensal mikroоrganizmlar faoliyatning pasayishi Th1 yoki Treg limfotsitlar shakllanishi va rivojlanish xavfini oshiradi, bu esa allergik kasalliklarning kelib chiqishiga sharoit yaratib beradi. Bolalikda kasalliklarga olib keladigan infeksiyalarning aksariyati, (oz miqdordagi respirator kasallik qo'zg'atuvchi viruslar, bundan mustasno) allergik kasalliklardan himoya qiladi. Shunday qilib, allergik kasalliklarga genetik moyillikning mavjudligi, gigiyena chora-tadbirlarini qa'tiy amal qilinishi, buning natijasida yetarli mikrorоrganizmlar bilan aloqani yo'qligi, shuningdek, erta yoshda yuqumli kasalliklar bilan kam kasallanish oqibatlari, оrganizmda immunoregulyator mexanizmlarini buzilishiga olib kelishi va allergik kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo'lar ekan. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling