Imom al-Buxoriyning Al jome as sahih asari islom dinining muhim tarixiy manbasi Reja


Download 0.52 Mb.
bet2/2
Sana15.12.2020
Hajmi0.52 Mb.
#167452
1   2
Bog'liq
al -Sahih

Imom al-Buxoriyning "Al-Jomi’ as-sahih" asari islom dini ta’limotlariga ko’ra Qur’oni karimdan keyingi asosiy manba hisoblanadi. Bu asarning to’lig’icha "AlJomi’ as-sahih al-musnad min hadis Rasululloh-sallollohu alayhi va sallam va sunanihi va ayyomihi" yoki bo’lmasa tarixchi Badruddin al-Ayniyning yozishicha, "Al-Jomi’ al-musnad as-sahih al-muxtasar


Imom al-Buxoriyning "Al-Jomi’ as-sahih" asari islom dini ta’limotlariga ko’ra Qur’oni karimdan keyingi asosiy manba hisoblanadi. Bu asarning to’lig’icha "Al-Jomi’ as-sahih al-musnad min hadis Rasululloh-sallollohu alayhi va sallam va sunanihi va ayyomihi" yoki bo’lmasa tarixchi Badruddin al-Ayniyning yozishicha, "Al-Jomi’ al-musnad as-sahih al-muxtasar min umuri Rasululloh-sallollohu alayhi va sallam va sunanihi va ayyomihi” degan nomlar bilan atalsa-da, hadis ilmida qisqacha "al-Jomi’ as-sahih" ("Ishonchli to’plam"), aksar holda esa "Sahih al-Buxoriy" nomi bilan mashhurdir. Asarning qirqga yaqin qo’lyozma nusxalari Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida va yana bir qancha nusxalari O’zbekiston musulmonlari idorasining kutubxonasida saqlanadi.

Ushbu asarning yozilish sabablari haqida mulohaza yuritilganda azaldan olimlar o’rtasida ikki xil fikr mavjud. Ulardan biri olim Ibrohim ibn Ma’qal an-Nasafiy (854 yilda vafot etgan) Imom al-Buxoriyning nomidan shunday hikoya qiladi: "Bir kun biz Ishoq ibn Rohvayhning huzurida bo’lgandik. Shunda u: birontangiz Rasulluloh-sallollohu alayhi va sallamning sahih hadislarini muxtasar bir kitob tarzida ja’m qilsangiz edi,-dedi. Bu gap mening qalbimga chuqur o’rnashib qolib, o’shandan boshlab "Al-Jomi’ as-sahih" asarimni yozishga kirishdim". Tarixchi an-Navaviy keltirgan ikkinchi fikr quyidagicha talqin qilingan: "Muhammad ibn Sulaymon ibn Forisning hikoyasi: men imom al-Buxoriy hazratlari shunday deganini eshitganman: "Tushimda Payg’ambar alayhissalomni ko’ribman, go’yoki men u zotning ro’barularida turibmanu qo’limdagi elpig’ich bilan u zoti sharifdan nimalarnidir haydayapman. Men bu voqea haqida tushning ta’birini aytuvchilardan so’rasam, Siz Payg’ambar alayhissalom qavllarini kizbdan tozalagansiz. Mana shu gap mening zimmamga "al-Jomi’ as-sahih"ni yozishni yukladi". Imom al-Buxoriy g’oyatda taqvodor va pokiza inson bo’lganligidan Muhammad alayhissalomning sahih hadislarini to’plashga juda katta mas’uliyat va halollik bilan yondoshgan. Shu boisdan ham allomaning o’zi: "As-Sahih" kitobimga tahorat qilib ikki rak’at namoz o’qimasdan turib bironta ham hadis kiritmaganman-deb ta’kidlaydi. O’rni kelganda ta’kidlash joizki, Payg’ambar hadislariga bag’ishlanib o’sha davrda yaratilgan asarlarga xilma-xil hadislar bilan bir qatorda sahobalarning qavllariyu tobe’iynlarning fatvolari ham kiritilgan. Bunga misol qilib mashhur olim Molik ibn Anasning (712-795) "al Muvatto" va boshqa qator asarlarni ko’rsatish mumkin.

 Imom al-Buxoriyning bu yirik asari, muallifning o’zining ta’kidlashicha ham, aksar olimlarning yozishlaricha ham olti yuz ming hadisdan saralanib sahihlari tanlab olingan va o’n olti yil davomida ta’lif etilgan. Asar qaerda yozilgan deb savol tug’ilishi ham tabiiy. Bu masala haqida ham turli fikrlar aytilgan. Tarixchi ibn Hajar al-Asqaloniy mana shu fikrlarni ja’mlab shunday xulosaga kelgan: Imom al-Buxoriy bu yirik asarini yozishni va uning asosiy mundarijasini tuzishni Makkayu mukarramada-Baytulloh al-Haromda bo’lgan vaqtidan boshlab o’z ona yurti Buxoroda asarini nihoyasiga etkazib oqqa ko’chirgan. Albatta alloma o’z asariga kiritgan aksar hadislarni xorijiy yurtlarda safarda bo’lganida to’plagan. O’z asarini ishonchli manba sifatida bo’lishga alohida e’tibor bilan qaradi, shu boisdan ham uni uch marta tahrir etib ushbu tasnifini tugatdi. Natijada islom olamidagi barcha muhaddislarga namuna bo’ladigan, Payg’ambar alayhissalomning sahih hadislarini o’zida mujassam qilgan mukammal bir asar yaratildi. Imom al-Buxoriyning hadis ilmi va uning turli tarmoqlari, roviylar tarixlaridan hartomonlama to’liq va keng qamrovli ilmga ega bo’lishi, hadislarni to’plash maqsadida turli mamlakatlarga ilmiy safarlar qilishi, ko’p sonli va xilma-xil saviyadagi ustozu-shayxlardan hadislar yozib olganligi va nihoyat uning aql bovar qilmaydigan darajada quvvai hofizasining kuchliligi, uning noyob qobiliyati va fidoyiligi-mana shu omillar allomaga "al-Jomi’ as-sahih" dek ilmiy va amaliy jihatdan yuksak saviyada bo’lgan yirik asar yaratish imkoniyatini berdi. Shu bilan birga aytish kerakki, muallif o’z asari uchun ma’lumotlar to’plashga va ularni ta’lif etishga ko’p ham shoshilmadi, balki chuqur ilmiy poydevorga (manhajga) tayangan mukammal reja asosida ish olib bordi. Bu jihatlar hadislar to’plashda ham, ularni asar sifatida yaxlit tartibga keltirishda ham, uning yozilish muhlatida (o’n olti yil davomida) ham, shunday noyob asar yaratilishi uchun katta ahamiyat kasb etadigan ilmiy muhit mavjud bo’lgan turli-tuman (Makka, Madina, Basra, Bag’dod, Buxoro) shaharlarda yozilishi ham bir so’z bilan aytganda, mazkur omillarning barchasi o’ziga xos buyuk asar yaratilishi uchun poydevor bo’lib xizmat qildi.

 Imom al-Buxoriyning o’ziga xos uslubi bo’lib, bu o’rinda u yiqqan hadislar roviylarining hissasi alohida o’rin tutadi. Chunonchi bu xususda manbalarda "Sahih"ni imom al-Buxoriydan etmish, to’qson, yuz ming roviylar rivoyat qilganligi qayd qilinadi. Uning roviylari jumlasidan imom Muslim ibn al-Hajjoj, Abu Zur’a, imom at-Termiziy, ibn Huzayma kabi hadis ilmining etuk darg’alari ham bo’lgan. Hadislarni roviylardan yozib olishga ham imom al-Buxoriy juda katta mas’uliyat va ehtiyotkorlik bilan yondoshib, faqat eng ishonchli olimu ulamolardangina qayta-qayta tekshirib hadis yozib olgan. Bu xususda allomaning o’zi "ming yoki undan ortiq ishonchli (siqot) ulamolardan hadis yozib oldim, mening asarimga isnodi keltirilmagan bironta ham hadis kirmagan",-deb ta’kidlaydi. Shu boisdan hadis rivoyat qiladigan shaxslarning ahvollari, ularning nasl-nasabi, u hadisni kimdan eshitgan va boshqa qator masalalarni to’liq bilgach, ulardan hadis yozib olgan. Bu haqida imom al-Buxoriy "Biron kishidan hadis yozib olishim boshqalarnikiga o’xshamas edi. Men agar biron shaxsdan hadis yozmoqchi bo’lsam-eng avvalo uning ismi sharifi, kunyasi, nasl-nasabi, aytayotgan hadisini qanday manbadan olgan, uning nusxalari haqidagi xabarlarni so’rab-surishtirar edim, ammo boshqalar esa bu masalalarga ko’p ham e’tibor bermaydilar"-deb hikoya qiladi. Uning "iymon-qavl va unga amal qilish" demagan hechbir kimsadan hadis yozmaganligi olim uchun qat’iy bir qoida va dasturulamal sifatida butun umri mobaynida davom etdi. Barcha ilmiy faoliyatida mana shu tartibotga qat’iy amal qildi. Alloma Abu Ja’far al-Uqayliyning yozishicha, imom al-Buxoriy  "Sahih" asarini yozib tugatgach Ahmad ibn Hanbal, Yax’ya ibn Ma’iyn, Ali ibn al-Madiyniy va boshqa mashhur olimlarga ko’rsatganda ular bu asarni katta mamnuniyat bilan ma’qullaganlar.

Avval ta’kidlab o’tilganidek, Imom al-Buxoriyning bu asariga faqat sahiyh (ishonchli, to’g’ri) hadislar kiritilgan. Albatta bu o’ta mashaqqatli va xayrli ishni amalga oshirishda muallif ma’lum qonun-qoidaga boshqacha qilib aytilsa, shartlarga, rioya qilgan. Umuman hadisshunoslik ilmida tan olingan olti sahih asarning mualliflari ham, boshqa muhaddislar ham o’ziga xos shartlarga binoan o’zasarlarini yaratganlar. Bu haqda olimlar tomonidan maxsus asarlar ham bitilgan. Shular jumlasiga Ibn Tohir al-Muqaddasiyning "Shurut al-aimmati as-sitta" ("Olti mashhur olimning shartlari") yoki bo’lmasa Abu Bakr al-Xozimiyning qalamiga mansub "Shurut al-aimmati al-xamsa" ("Besh mashhur olimning shartlari") kabi asarlarini ko’rsatish mumkin. Manbalarda imom al-Buxoriyning shartlari deb ataladigan ushbu qoidalar, asosan, quyidagilardan iborat: isnod muttasil, ya’ni ketma-ket uzluksiz bo’lishi, hadis rivoyat qiluvchi islom diniga mansub bo’lib haqgo’y bo’lib, uning gapida yolg’on va pala-partishlik bo’lmasligi zarur; u (roviy) adolat sifatlarini o’zida mujassam qilgan, o’zini tuta biladigan vazmin, o’tkir zehnli, xato-nuqsoni kam, iymon-e’tiqodi komil inson bo’lishi shart edi. Mana shu shartlar to’liq mujassam bo’lganda o’zi eshitgan sahih hadislarning aksar qismini imom al-Buxoriy "Sahih" asariga kiritdi. Allomaning o’zi ham: "Faqat sahih (ishonchli, to’g’ri) bo’lgan hadislarnigina "al-Jomi’ as-sahih" asarimga kiritdim" [1],-deb alohida ta’kidlagan.

Mashhur muarrix Ibn Hajar al-Asqaloniy shunday degan: "Al-Jomi’ as-sahih"dagi al-muallaqot va al-mutobiat hadislardan boshqa men, sof tahrir qilgan-mukarrarlari (takrorlanadiganlari) bilan birga kirgan hadislarning umumiy soni etti ming uch yuz to’qson etti hadisdir. Ulardan ta’liyqga muallaqlari) doirlari bir ming uch yuzu qirq bir hadisni tashkil qiladi. Binobarin Imom al-Buxoriyning" Sahih" kitobiga kirgan hadislar-takrorlanadiganlari bilan birgalikda jami bo’lib, to’qqiz ming sakson ikki hadisdan iborat.

Ibn Hajar al-Asqaloniy yana:
Ushbu adadga sahobalarga tegishli (mavquf) hadislar va ulardan keyingi tobe’iynlarga doir maqtu’otlar kirmaydi, -degan.
Yana u:
-"Sahih al-Buxoriy"da bo’lgan mana shu adadni Ollohning inoyati bilan kamoliga etkazib, to’liq tahrir qilganman. Mendan oldin bironta olim shu darajada ish bajarganini men bilmayman. Sahv va xatolardan xoliman, deb qat’iy ishonch bilan aytaolmayman, Olloh o’zi adadkor,-degan.

Imom al-Buxoriyning shoh asari ”Al-Jomi’ as-sahih”ga bag’ishlanib, arab tilida juda ko’p sharhlar va hoshiyalar yozilgan bo’lib, ular hajm va ahamiyati jihatidan xilma-xildir. Qator manbalarda (masalan Hoji Xalifaning "Kashf uz-zunun", al-Qastaloniyning "Muqaddima", Umar Rizo Kahholaning "Mu’jam al-muallifiyn" kabilar) keltirilishicha, ularning soni yuzga yaqindir. Mana shu sharhlar va ularning mualliflari haqida muxtasar ma’lumotlar keltirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

1. "Sharh Ibn al-Munayyir"ning muallifi Imom Nosiruddin Ali ibn Muhammad ibn al-Munayyir al-Iskandaroniy (1296 yil vafot etgan) bo’lib, uning qalamiga mansub bu ulkan sharh o’n katta jilddan iborat. Shuningdek imom Nosiruddin "Sahih al-Buxoriy"ga bag’ishlangan Ibn Battolning sharhiga tegishli hoshiyalar ham yozgan.

2. "Sharh Sahih al-Buxoriy"ning muallifi shomlik olim Qutbiddin Abdukarim ibn Abdunnur ibn Muniyr al-Halabiy al-Hanafiydir (vafoti 1344 yil). O’n jilddan iborat bo’lgan bu sharh "Sahih"ning yarimigacha etgan. Muallif imom al-Buxoriy asariga mukammal bir sharh yozishni niyat qilgan ko’rinadi, lekin, afsuski, bu sharh oxirigacha etmay qolgan.

3. "Al-Kavokib ad-Diroriy" nomli sharhning muallifi alloma Shamsuddin Muhammad ibn Yusuf ibn Ali al-Kirmoniy (vafoti 1384 yil). Ilm ahllari uchun g’oyatda foydali bo’lgan bu sharhda muallif "Sahih al-Buxoriy"ning shu xildagi boshqa asarlardan ustunligi haqida ishonchli va yorqin dalillar keltirgan. Al-Kirmoniyning bu asari "Sahih"ga yozilgan sharhlarning eng muhimlaridan hisoblanadi. Muallif ushbu asarini 1373 yilda Makkai mukarramada yozib tugatgan. Mashhur olim Ibn Hajar al-Asqaloniyning fikricha, al-Kirmoniyning bu sharhi qator xato-kamchiliklardan ham xoli emas. Bu asar Qohirada chop etilgan bo’lib, uning qator qo’lyozmalari Qustantaniyaning kutubxonalarida saqlanadi.

4. "At-Talviyh" nomli sharh imom al-Hofiz al-Mug’ultoiy ibn Qilich at-Turkiy Alouddin al-Misriy al-Xanafiyning (vafoti 1361 yil) qalamiga mansub. Hajm jihatidan katta bo’lgan bu asar ham "Sahih"ga yozilgan muhim sharhlardan hisoblanadi.

5. Shayx al-Islom Abul-Fazl Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniyning (vafoti 1448 yil) "Fath al-boriy li sharhi Sahih al-Buxoriy" nomli sharhi imom al-Buxoriyning asariga bitilgan eng mo’’tabar sharhdir.

XV asrda yashagan buyuk arab mutaffakkiri Ibn Xaldun o’zining "Muqaddima" nomli asarida "Ibn Hajar al-Asqaloniyning imom al-Buxoriy asariga yozgan "Fath al-boriy" nomli sharhini "butun islom ummati o’rganishi qarzdir",-deb ushbu sharhni yuksak baholagan edi. Darhaqiqat, ilmiy nuqtai nazardan al-Asqaloniyning bu sharhi g’oyatda muhim va mukammal asar bo’lib, imom al-Buxoriy asarini o’rgangan har bir tadqiqotchi va o’quvchi unga murojaat qilmasdan iloji yo’q. Muallif o’z sharhini 1414 yildan boshlab, 1437 yili ya’ni yigirma uch yilda tugatgan bo’lsada, unga umrining oxirigacha (1448 yilgacha) qo’shimchalar kiritgan. Ibn Hajar al-Asqaloniydan keyin “Sahih al-Buxoriy”ga sharh yozgan barcha mualliflar al-Asqaloniyning ushbu mashhur sharhiga murojaat qilganlar.

6. “Hadyus-soriy muqaddimat Fath al-boriy” nomli sharhning muallifi ham yuqorida zikr qilingan Ibn Hajar al-Asqaloniy bo’lib, u “Fath al-boriy”ga yozilgan muqaddima hisoblanadi. Bu ulkan asar o’n bo’limdan iborat bo’lib, o’z navbatida bu bo’limlar ham fasllarga bo’linadi. Kitobning oxirida imom al-Buxoriyning tarjimai holi, uning asarlari va shogirdlari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.

7. Al-Xitobiy nomi bilan mashhur bo’lgan imom Abu Sulaymon Ahmad (u Hamd ibn Muhammad al-Bustiy nomi bilan ham mashhur-vafoti 998 yil) qalamiga mansub sharh “I’lom as-Sunan” nomi bilan atalib, u “Sahih al-Buxoriy”ga bag’ishlangan dastlabki sharhlardan biri hisoblanadi. Muallif yirik muhaddis Abu Dovud as-Sijistoniyning "Sunan" asariga bag’ishlangan "Ma’olim as-Sunan" nomli sharhini tugatgach, Balx ahlining iltimosiga ko’ra bir jildlik ushbu sharh-"I’lom as-Sunan"ni ta’lif etdi.

Al-Xitobiy ushbu sharhida yo’l qo’ygan ayrim xatolarni tuzatgan Muhammad at-Tamiymiy nomli olim bu sharhni oxiriga etkazgan. Uning bir qo’lyozma nusxasi Qustantaniyadagi Oya So’fiya kutubxonasida saqlanadi. Ba’zi olimlarning taxmin qilishlaricha, mazkur sharhning bir qo’lyozmasi Ikkinchi jahon urushidan oldinroq Olmoniyadagi Dor al-Ulumning qo’lyozmalar bo’limida mavjud bo’lgan.

8. Olim Muhallab ibn Abu Safra al-Azadiyning (vafoti 1043 yil) qalamiga mansub "Sharh al-Muhallab" nomli sharh haqida deyarli hechbir ma’lumotga ega emasmiz. Faqat shu narsa ma’lumki, muallif o’z sharhiga qo’shib "Sahih al-Buxoriy"ning matnini ham keltirgan.

9. "Muxtasar Sharh al-Muhallab" nomli sharhning muallifi bundan oldinroq zikri o’tgan Muhallab al-Azadiyning shogirdi Abu Abdulla Muhammad ibn Xalaf al-Murobit (vafoti 1092 yil) bo’lib, u o’z ustozi yozgan sharhni muxtasar holga keltirib, ammo ba’zi foydali ma’lumotlarni qo’shimcha qilgan.

10. "Al-Ajviba a’lo al-masoil al-mustag’raba min al-Buxoriy" nomli savollarga javoblar tariqasida bitilgan ushbu asarning muallifi Abu Umar Yusuf ibn Abdulla ibn Muhammad ibn Abd al-Birr al-Molikiy (vafoti 1071 yil) bo’lib, u imom al-Buxoriy asari bo’yicha ba’zi olimlarning javoblaridan iboratdir.

11. Alloma Abu az-Zinodning (vafoti yili noma’lum) imom al-Buxoriyning "Sahih" asariga yozgan sharhi "as-Siroj" deb ataladi. Ushbu sharh haqida manbalarda boshqa ma’lumotlar uchratmadik.

12. "Sharh Ibn Battol" nomli sharhning muallifi imom Abu-l-Hasan Ali ibn Xalaf ibn Abdumalik ibn Battol (vafoti 1052 yoki 1057 yil) bo’lib, muallif ushbu sharhida molikiya mazhabiga moslab fikr yuritgan. Misrlik taniqli muhaddis al-Qastaloniy ushbu sharhni ko’rib tanishib chiqqanligi haqida yozib qoldirgan.

13. "G’oyat at-Tavziyh lil-Jomi’ as-sahih" nomli sharhning muallifi alloma Usmon ibn Iso Ibrohim as-Siddiyqiy al-Hanafiy bo’lib, u taxminan hijriy o’ninchi asrning oxirlarida vafot etgan. Ushbu sharhning bir qo’lyozma nusxasi Rampurdagi al-Maktabat al-amiriyyada saqlanadi (sharh ikki jilddan iboratdir).

14. "Al-Kavkab as-soriy fi sharh al-Jomi’ as-sahih lil-Buxoriy" nomli sharhning muallifi ash-Shayx Abul-Hasan Ali ibn Husayn ibn Urva al-Mousuliy al-Hanbaliy (vafoti 1432 yil) bo’lib, ushbu sharhning bir qo’lyozma nusxasi Hindistonning Rampur shahridagi al-Maktabat al-amiriyyada saqlanib, 470 sahifadan iboratdir.

15. Alloma Abdurrahmon al-Bahraning (vafot etgan yili noma’lum) qalamiga mansub asar "Sharh Sahih al-Buxoriy" deb ataladi. Bu sharhning birinchi jildining ikki nusxasi Rampurdagi al-Maktabat al-amiriyyada saqlanadi. Ushbu nusxalarning harqaysinisi 492 sahifadan iborat bo’lib, birqancha sahifalari etishmaydi (nasx xatida ko’chirilgan).

16. Rampurdagi al-Maktabat al-Amiriyya kutubxonasida saqlanadigan boshqa bir qo’lyozma ham "Sharh Sahih al-Buxoriy" deb ataladi. 394 sahifadan iborat ushbu sharhning muallifi noma’lum shaxs. Qo’lyozma nasta’liq xatida ko’chirilgan.

17. Olim Abdulkarim ibn Abdunnur ibn Muniyr ibn Abdulkarim ibn Ali ibn Abdulhaq al-Halabiy (vafoti 1334 yil) "Sahih"ga bitgan asar "Sharh al-Buxoriy" deb ataladi. Bu sharh haqida alloma as-Suyutiy o’zining "Husn al-muhodara" asarida o’z fikr-mulohazalarini bildirgan.

18. Alloma as-Sanadiyning shogirdi Ali ibn Mustafo ash-Shofi’iy al-Halabiy (vafoti 1761 yil)ning qalamiga mansub asar "Sharh Sahih al-Buxoriy" deb ataladi. Ushbu sharh oxirigacha tugallanmagan bo’lib, u faqat "Sahih"ning "Kitob al-mag’oziy" qismiga qadar bajarilgan.

19. Abu Ja’far Ahmad ibn Sa’iyd ad-Dovudiyning (vafot etgan yili noma’lum) "Sharh ad-Dovudiy" nomi bilan atalguvchi sharhi ko’pchilik olimlarning fikricha “Sahih"ning juda qimmatli sharhlaridan biri hisoblanadi.

20. Mavlona Ahmad Alining (vafoti 1881 yil) qalamiga mansub sharh "al-Usmoniy a’lo hoshiyat Sahih al-Buxoriy" deb ataladi. Afsuski, ushbu sharh va uning muallifi haqida aniq ma’lumotlarga ega emasmiz.

21."Al-I’lom biman zukira fil-Buxoriy min al-A’lom" nomli asarning muallifi yuqorida zikr etilgan mashhur muarrix shayx ul islom Ibn Hajar al-Asqaloniydir. Muallif bu asarida o’zining "Tahzib al-kamol" nomli asariga kirmay qolgan roviylarni zikr qiladi. Shuningdek, ibn Hajar al-Asqaloniy "Sahih al-Buxoriy"ga bag’ishlab yana quyidagi sharhlarni ham bitgan.
a)"Ta’liyq at-ta’liyq"-bu asarda "Sahih"dagi muallaqatlar haqida fikr yuritiladi. Asar qoralamasi 1402 yilda tugallangan.
b)"Intiqoz al-e’tiroz" nomli asarida muallif alloma al-Ayniyning e’tirozlariga javob beradi. Ushbu asarning bir qo’lyozma nusxasi Rampur shahridagi kutubxonada saqlanadi.
v)"Tajriyd at-Tafsir"-nomidan ham ayon bo’layotganidek, Ibn Hajar al-Asqaloniy bu asarida "Sahih"ning Qur’oni karim suralari bilan bog’liq o’rinlarini tafsirlab sharhlaydi.

22. Imom al-Buxoriyning "Sahih" asariga bag’ishlab bitilgan qimmatli sharhlardan biri alloma Badruddin Abu Muhammad ibn Ahmad ibn Muso al-Ayniy al-Hanafiyning (vafoti 1451 yil) "U’mdat al-qoriy fi sharhi "Sahih al-Buxoriy" nomli asaridir. Bu mashhur sharh qayta-qayta chop etilgan, jumladan Qohira, Bayrut (o’n jildlik) nashrlari ma’lumdir. Muallif bu yirik sharhini yozishga 1418 yilda kirishib, uni yigirma olti yildan keyin ya’ni 1444 yilda kamoliga etkazgan. Badruddin al-Ayniy bu sharhini yozishda Ibn Hajar al-Asqaloniyning mashhur "Fath al-boriy" sharhidan ko’min umuri Rasululloh-sallollohu alayhi va sallam va sunanihi va ayyomihi” degan nomlar bilan atalsa-da, hadis ilmida qisqacha "al-Jomi’ as-sahih" ("Ishonchlito’plam"), aksar holda esa "Sahih al-Buxoriy" nomi bilan mashhurdir. Asarning qirqga yaqin qo’lyozma nusxalari Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida va yana bir qancha nusxalari O’zbekiston musulmonlari idorasining kutubxonasida saqlanadi.

Ushbu asarning yozilish sabablari haqida mulohaza yuritilganda azaldan olimlar o’rtasida ikki xil fikr mavjud. Ulardan biri olim Ibrohim ibn Ma’qal an-Nasafiy (854 yilda vafot etgan) Imom al-Buxoriyning nomidan shunday hikoya qiladi: "Bir kun biz Ishoq ibn Rohvayhning huzurida bo’lgandik. Shunda u: birontangiz Rasulluloh-sallollohu alayhi va sallamning sahih hadislarini muxtasar bir kitob tarzida ja’m qilsangiz edi,-dedi. Bu gap mening qalbimga chuqur o’rnashib qolib, o’shandan boshlab "Al-Jomi’ as-sahih" asarimni yozishga kirishdim". Tarixchi an-Navaviy keltirgan ikkinchi fikr quyidagicha talqin qilingan: "Muhammad ibn Sulaymon ibn Forisning hikoyasi: men imom al-Buxoriy hazratlari shunday deganini eshitganman: "Tushimda Payg’ambar alayhissalomni ko’ribman, go’yoki men u zotning ro’barularida turibmanu qo’limdagi elpig’ich bilan u zoti sharifdan nimalarnidir haydayapman. Men bu voqea haqida tushning ta’birini aytuvchilardan so’rasam, Siz Payg’ambar alayhissalom qavllarini kizbdan tozalagansiz. Mana shu gap mening zimmamga "al-Jomi’ as-sahih"ni yozishni yukladi". Imom al-Buxoriy g’oyatda taqvodor va pokiza inson bo’lganligidan Muhammad alayhissalomning sahih hadislarini to’plashga juda katta mas’uliyat va halollik bilan yondoshgan. Shu boisdan ham allomaning o’zi: "As-Sahih" kitobimga tahorat qilib ikki rak’at namoz o’qimasdan turib bironta ham hadis kiritmaganman-deb ta’kidlaydi. O’rni kelganda ta’kidlash joizki, Payg’ambar hadislariga bag’ishlanib o’sha davrda yaratilgan asarlarga xilma-xil hadislar bilan bir qatorda sahobalarning qavllariyu tobe’iynlarning fatvolari ham kiritilgan. Bunga misol qilib mashhur olim Molik ibn Anasning (712-795) "al Muvatto" va boshqa qator asarlarni ko’rsatish mumkin.

 Imom al-Buxoriyning bu yirik asari, muallifning o’zining ta’kidlashicha ham, aksar olimlarning yozishlaricha ham olti yuz ming hadisdan saralanib sahihlari tanlab olingan va o’n olti yil davomida ta’lif etilgan. Asar qaerda yozilgan deb savol tug’ilishi ham tabiiy. Bu masala haqida ham turli fikrlar aytilgan. Tarixchi ibn Hajar al-Asqaloniy mana shu fikrlarni ja’mlab shunday xulosaga kelgan: Imom al-Buxoriy bu yirik asarini yozishni va uning asosiy mundarijasini tuzishni Makkayu mukarramada-Baytulloh al-Haromda bo’lgan vaqtidan boshlab o’z ona yurti Buxoroda asarini nihoyasiga etkazib oqqa ko’chirgan. Albatta alloma o’z asariga kiritgan aksar hadislarni xorijiy yurtlarda safarda bo’lganida to’plagan. O’z asarini ishonchli manba sifatida bo’lishga alohida e’tibor bilan qaradi, shu boisdan ham uni uch marta tahrir etib ushbu tasnifini tugatdi. Natijada islom olamidagi barcha muhaddislarga namuna bo’ladigan, Payg’ambar alayhissalomning sahih hadislarini o’zida mujassam qilgan mukammal bir asar yaratildi. Imom al-Buxoriyning hadis ilmi va uning turli tarmoqlari, roviylar tarixlaridan hartomonlama to’liq va keng qamrovli ilmga ega bo’lishi, hadislarni to’plash maqsadida turli mamlakatlarga ilmiy safarlar qilishi, ko’p sonli va xilma-xil saviyadagi ustozu-shayxlardan hadislar yozib olganligi va nihoyat uning aql bovar qilmaydigan darajada quvvai hofizasining kuchliligi, uning noyob qobiliyati va fidoyiligi-mana shu omillar allomaga "al-Jomi’ as-sahih" dek ilmiy va amaliy jihatdan yuksak saviyada bo’lgan yirik asar yaratish imkoniyatini berdi. Shu bilan birga aytish kerakki, muallif o’z asari uchun ma’lumotlar to’plashga va ularni ta’lif etishga ko’p ham shoshilmadi, balki chuqur ilmiy poydevorga (manhajga) tayangan mukammal reja asosida ish olib bordi. Bu jihatlar hadislar to’plashda ham, ularni asar sifatida yaxlit tartibga keltirishda ham, uning yozilish muhlatida (o’n olti yil davomida) ham, shunday noyob asar yaratilishi uchun katta ahamiyat kasb etadigan ilmiy muhit mavjud bo’lgan turli-tuman (Makka, Madina, Basra, Bag’dod, Buxoro) shaharlarda yozilishi ham bir so’z bilan aytganda, mazkur omillarning barchasi o’ziga xos buyuk asar yaratilishi uchun poydevor bo’lib xizmat qildi.

 Imom al-Buxoriyning o’ziga xos uslubi bo’lib, bu o’rinda u yiqqan hadislar roviylarining hissasi alohida o’rin tutadi. Chunonchi bu xususda manbalarda "Sahih"ni imom al-Buxoriydan etmish, to’qson, yuz ming roviylar rivoyat qilganligi qayd qilinadi. Uning roviylari jumlasidan imom Muslim ibn al-Hajjoj, Abu Zur’a, imom at-Termiziy, ibn Huzayma kabi hadis ilmining etuk darg’alari ham bo’lgan. Hadislarni roviylardan yozib olishga ham imom al-Buxoriy juda katta mas’uliyat va ehtiyotkorlik bilan yondoshib, faqat eng ishonchli olimu ulamolardangina qayta-qayta tekshirib hadis yozib olgan. Bu xususda allomaning o’zi "ming yoki undan ortiq ishonchli (siqot) ulamolardan hadis yozib oldim, mening asarimga isnodi keltirilmagan bironta ham hadis kirmagan",-deb ta’kidlaydi. Shu boisdan hadis rivoyat qiladigan shaxslarning ahvollari, ularning nasl-nasabi, u hadisni kimdan eshitgan va boshqa qator masalalarni to’liq bilgach, ulardan hadis yozib olgan. Bu haqida imom al-Buxoriy "Biron kishidan hadis yozib olishim boshqalarnikiga o’xshamas edi. Men agar biron shaxsdan hadis yozmoqchi bo’lsam-eng avvalo uning ismi sharifi, kunyasi, nasl-nasabi, aytayotgan hadisini qanday manbadan olgan, uning nusxalari haqidagi xabarlarni so’rab-surishtirar edim, ammo boshqalar esa bu masalalarga ko’p ham e’tibor bermaydilar"-deb hikoya qiladi. Uning "iymon-qavl va unga amal qilish" demagan hechbir kimsadan hadis yozmaganligi olim uchun qat’iy bir qoida va dasturulamal sifatida butun umri mobaynida davom etdi. Barcha ilmiy faoliyatida mana shu tartibotga qat’iy amal qildi. Alloma Abu Ja’far al-Uqayliyning yozishicha, imom al-Buxoriy  "Sahih" asarini yozib tugatgach Ahmad ibn Hanbal, Yax’ya ibn Ma’iyn, Ali ibn al-Madiyniy va boshqa mashhur olimlarga ko’rsatganda ular bu asarni katta mamnuniyat bilan ma’qullaganlar.

Avval ta’kidlab o’tilganidek, Imom al-Buxoriyning bu asariga faqat sahiyh (ishonchli, to’g’ri) hadislar kiritilgan. Albatta bu o’ta mashaqqatli va xayrli ishni amalga oshirishda muallif ma’lum qonun-qoidaga boshqacha qilib aytilsa, shartlarga, rioya qilgan. Umuman hadisshunoslik ilmida tan olingan olti sahih asarning mualliflari ham, boshqa muhaddislar ham o’ziga xos shartlarga binoan o’zasarlarini yaratganlar. Bu haqda olimlar tomonidan maxsus asarlar ham bitilgan. Shular jumlasiga Ibn Tohir al-Muqaddasiyning "Shurut al-aimmati as-sitta" ("Olti mashhur olimning shartlari") yoki bo’lmasa Abu Bakr al-Xozimiyning qalamiga mansub "Shurut al-aimmati al-xamsa" ("Besh mashhur olimning shartlari") kabi asarlarini ko’rsatish mumkin. Manbalarda imom al-Buxoriyning shartlari deb ataladigan ushbu qoidalar, asosan, quyidagilardan iborat: isnod muttasil, ya’ni ketma-ket uzluksiz bo’lishi, hadis rivoyat qiluvchi islom diniga mansub bo’lib haqgo’y bo’lib, uning gapida yolg’on va pala-partishlik bo’lmasligi zarur; u (roviy) adolat sifatlarini o’zida mujassam qilgan, o’zini tuta biladigan vazmin, o’tkir zehnli, xato-nuqsoni kam, iymon-e’tiqodi komil inson bo’lishi shart edi. Mana shu shartlar to’liq mujassam bo’lganda o’zi eshitgan sahih hadislarning aksar qismini imom al-Buxoriy "Sahih" asariga kiritdi. Allomaning o’zi ham: "Faqat sahih (ishonchli, to’g’ri) bo’lgan hadislarnigina "al-Jomi’ as-sahih" asarimga kiritdim" [1],-deb alohida ta’kidlagan.

Mashhur muarrix Ibn Hajar al-Asqaloniy shunday degan: "Al-Jomi’ as-sahih"dagi al-muallaqot va al-mutobiat hadislardan boshqa men, sof tahrir qilgan-mukarrarlari (takrorlanadiganlari) bilan birga kirgan hadislarning umumiy soni etti ming uch yuz to’qson etti hadisdir. Ulardan ta’liyqga muallaqlari) doirlari bir ming uch yuzu qirq bir hadisni tashkil qiladi. Binobarin Imom al-Buxoriyning" Sahih" kitobiga kirgan hadislar-takrorlanadiganlari bilan birgalikda jami bo’lib, to’qqiz ming sakson ikki hadisdan iborat.

Ibn Hajar al-Asqaloniy yana:


Ushbu adadga sahobalarga tegishli (mavquf) hadislar va ulardan keyingi tobe’iynlarga doir maqtu’otlar kirmaydi, -degan.
Yana u:
-"Sahih al-Buxoriy"da bo’lgan mana shu adadni Ollohning inoyati bilan kamoliga etkazib, to’liq tahrir qilganman. Mendan oldin bironta olim shu darajada ish bajarganini men bilmayman. Sahv va xatolardan xoliman, deb qat’iy ishonch bilan aytaolmayman, Olloh o’zi adadkor,-degan.

Imom al-Buxoriyning shoh asari ”Al-Jomi’ as-sahih”ga bag’ishlanib, arab tilida juda ko’p sharhlar va hoshiyalar yozilgan bo’lib, ular hajm va ahamiyati jihatidan xilma-xildir. Qator manbalarda (masalan Hoji Xalifaning "Kashf uz-zunun", al-Qastaloniyning "Muqaddima", Umar Rizo Kahholaning "Mu’jam al-muallifiyn" kabilar) keltirilishicha, ularning soni yuzga yaqindir. Mana shu sharhlar va ularning mualliflari haqida muxtasar ma’lumotlar keltirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

1. "Sharh Ibn al-Munayyir"ning muallifi Imom Nosiruddin Ali ibn Muhammad ibn al-Munayyir al-Iskandaroniy (1296 yil vafot etgan) bo’lib, uning qalamiga mansub bu ulkan sharh o’n katta jilddan iborat. Shuningdek imom Nosiruddin "Sahih al-Buxoriy"ga bag’ishlangan Ibn Battolning sharhiga tegishli hoshiyalar ham yozgan.

2. "Sharh Sahih al-Buxoriy"ning muallifi shomlik olim Qutbiddin Abdukarim ibn Abdunnur ibn Muniyr al-Halabiy al-Hanafiydir (vafoti 1344 yil). O’n jilddan iborat bo’lgan bu sharh "Sahih"ning yarimigacha etgan. Muallif imom al-Buxoriy asariga mukammal bir sharh yozishni niyat qilgan ko’rinadi, lekin, afsuski, bu sharh oxirigacha etmay qolgan.

3. "Al-Kavokib ad-Diroriy" nomli sharhning muallifi alloma Shamsuddin Muhammad ibn Yusuf ibn Ali al-Kirmoniy (vafoti 1384 yil). Ilm ahllari uchun g’oyatda foydali bo’lgan bu sharhda muallif "Sahih al-Buxoriy"ning shu xildagi boshqa asarlardan ustunligi haqida ishonchli va yorqin dalillar keltirgan. Al-Kirmoniyning bu asari "Sahih"ga yozilgan sharhlarning eng muhimlaridan hisoblanadi. Muallif ushbu asarini 1373 yilda Makkai mukarramada yozib tugatgan. Mashhur olim Ibn Hajar al-Asqaloniyning fikricha, al-Kirmoniyning bu sharhi qator xato-kamchiliklardan ham xoli emas. Bu asar Qohirada chop etilgan bo’lib, uning qator qo’lyozmalari Qustantaniyaning kutubxonalarida saqlanadi.

4. "At-Talviyh" nomli sharh imom al-Hofiz al-Mug’ultoiy ibn Qilich at-Turkiy Alouddin al-Misriy al-Xanafiyning (vafoti 1361 yil) qalamiga mansub. Hajm jihatidan katta bo’lgan bu asar ham "Sahih"ga yozilgan muhim sharhlardan hisoblanadi.

5. Shayx al-Islom Abul-Fazl Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniyning (vafoti 1448 yil) "Fath al-boriy li sharhi Sahih al-Buxoriy" nomli sharhi imom al-Buxoriyning asariga bitilgan eng mo’’tabar sharhdir.

XV asrda yashagan buyuk arab mutaffakkiri Ibn Xaldun o’zining "Muqaddima" nomli asarida "Ibn Hajar al-Asqaloniyning imom al-Buxoriy asariga yozgan "Fath al-boriy" nomli sharhini "butun islom ummati o’rganishi qarzdir",-deb ushbu sharhni yuksak baholagan edi. Darhaqiqat, ilmiy nuqtai nazardan al-Asqaloniyning bu sharhi g’oyatda muhim va mukammal asar bo’lib, imom al-Buxoriy asarini o’rgangan har bir tadqiqotchi va o’quvchi unga murojaat qilmasdan iloji yo’q. Muallif o’z sharhini 1414 yildan boshlab, 1437 yili ya’ni yigirma uch yilda tugatgan bo’lsada, unga umrining oxirigacha (1448 yilgacha) qo’shimchalar kiritgan. Ibn Hajar al-Asqaloniydan keyin “Sahih al-Buxoriy”ga sharh yozgan barcha mualliflar al-Asqaloniyning ushbu mashhur sharhiga murojaat qilganlar.

6. “Hadyus-soriy muqaddimat Fath al-boriy” nomli sharhning muallifi ham yuqorida zikr qilingan Ibn Hajar al-Asqaloniy bo’lib, u “Fath al-boriy”ga yozilgan muqaddima hisoblanadi. Bu ulkan asar o’n bo’limdan iborat bo’lib, o’z navbatida bu bo’limlar ham fasllarga bo’linadi. Kitobning oxirida imom al-Buxoriyning tarjimai holi, uning asarlari va shogirdlari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.
6
7. Al-Xitobiy nomi bilan mashhur bo’lgan imom Abu Sulaymon Ahmad (u Hamd ibn Muhammad al-Bustiy nomi bilan ham mashhur-vafoti 998 yil) qalamiga mansub sharh “I’lom as-Sunan” nomi bilan atalib, u “Sahih al-Buxoriy”ga bag’ishlangan dastlabki sharhlardan biri hisoblanadi. Muallif yirik muhaddis Abu Dovud as-Sijistoniyning "Sunan" asariga bag’ishlangan "Ma’olim as-Sunan" nomli sharhini tugatgach, Balx ahlining iltimosiga ko’ra bir jildlik ushbu sharh-"I’lom as-Sunan"ni ta’lif etdi.

Al-Xitobiy ushbu sharhida yo’l qo’ygan ayrim xatolarni tuzatgan Muhammad at-Tamiymiy nomli olim bu sharhni oxiriga etkazgan. Uning bir qo’lyozma nusxasi Qustantaniyadagi Oya So’fiya kutubxonasida saqlanadi. Ba’zi olimlarning taxmin qilishlaricha, mazkur sharhning bir qo’lyozmasi Ikkinchi jahon urushidan oldinroq Olmoniyadagi Dor al-Ulumning qo’lyozmalar bo’limida mavjud bo’lgan.

8. Olim Muhallab ibn Abu Safra al-Azadiyning (vafoti 1043 yil) qalamiga mansub "Sharh al-Muhallab" nomli sharh haqida deyarli hechbir ma’lumotga ega emasmiz. Faqat shu narsa ma’lumki, muallif o’z sharhiga qo’shib "Sahih al-Buxoriy"ning matnini ham keltirgan.

9. "Muxtasar Sharh al-Muhallab" nomli sharhning muallifi bundan oldinroq zikri o’tgan Muhallab al-Azadiyning shogirdi Abu Abdulla Muhammad ibn Xalaf al-Murobit (vafoti 1092 yil) bo’lib, u o’z ustozi yozgan sharhni muxtasar holga keltirib, ammo ba’zi foydali ma’lumotlarni qo’shimcha qilgan.

10. "Al-Ajviba a’lo al-masoil al-mustag’raba min al-Buxoriy" nomli savollarga javoblar tariqasida bitilgan ushbu asarning muallifi Abu Umar Yusuf ibn Abdulla ibn Muhammad ibn Abd al-Birr al-Molikiy (vafoti 1071 yil) bo’lib, u imom al-Buxoriy asari bo’yicha ba’zi olimlarning javoblaridan iboratdir.

11. Alloma Abu az-Zinodning (vafoti yili noma’lum) imom al-Buxoriyning "Sahih" asariga yozgan sharhi "as-Siroj" deb ataladi. Ushbu sharh haqida manbalarda boshqa ma’lumotlar uchratmadik.

12. "Sharh Ibn Battol" nomli sharhning muallifi imom Abu-l-Hasan Ali ibn Xalaf ibn Abdumalik ibn Battol (vafoti 1052 yoki 1057 yil) bo’lib, muallif ushbu sharhida molikiya mazhabiga moslab fikr yuritgan. Misrlik taniqli muhaddis al-Qastaloniy ushbu sharhni ko’rib tanishib chiqqanligi haqida yozib qoldirgan.

13. "G’oyat at-Tavziyh lil-Jomi’ as-sahih" nomli sharhning muallifi alloma Usmon ibn Iso Ibrohim as-Siddiyqiy al-Hanafiy bo’lib, u taxminan hijriy o’ninchi asrning oxirlarida vafot etgan. Ushbu sharhning bir qo’lyozma nusxasi Rampurdagi al-Maktabat al-amiriyyada saqlanadi (sharh ikki jilddan iboratdir).

14. "Al-Kavkab as-soriy fi sharh al-Jomi’ as-sahih lil-Buxoriy" nomli sharhning muallifi ash-Shayx Abul-Hasan Ali ibn Husayn ibn Urva al-Mousuliy al-Hanbaliy (vafoti 1432 yil) bo’lib, ushbu sharhning bir qo’lyozma nusxasi Hindistonning Rampur shahridagi al-Maktabat al-amiriyyada saqlanib, 470 sahifadan iboratdir.

15. Alloma Abdurrahmon al-Bahraning (vafot etgan yili noma’lum) qalamiga mansub asar "Sharh Sahih al-Buxoriy" deb ataladi. Bu sharhning birinchi jildining ikki nusxasi Rampurdagi al-Maktabat al-amiriyyada saqlanadi. Ushbu nusxalarning harqaysinisi 492 sahifadan iborat bo’lib, birqancha sahifalari etishmaydi (nasx xatida ko’chirilgan).

16. Rampurdagi al-Maktabat al-Amiriyya kutubxonasida saqlanadigan boshqa bir qo’lyozma ham "Sharh Sahih al-Buxoriy" deb ataladi. 394 sahifadan iborat ushbu sharhning muallifi noma’lum shaxs. Qo’lyozma nasta’liq xatida ko’chirilgan.

17. Olim Abdulkarim ibn Abdunnur ibn Muniyr ibn Abdulkarim ibn Ali ibn Abdulhaq al-Halabiy (vafoti 1334 yil) "Sahih"ga bitgan asar "Sharh al-Buxoriy" deb ataladi. Bu sharh haqida alloma as-Suyutiy o’zining "Husn al-muhodara" asarida o’z fikr-mulohazalarini bildirgan.


Adabiyotlar:




  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T.: O’zbekiston, 2003.

  2. Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiklol va taraqqiyot yo’li.- T.:O’zbekiston, 1992

3. Jo’raev U., Saidjonov I. Dunyo dinlari tarixi. O’quv qo’llanmasi.-T.: 1998.

4. A.Mo’minov, H.Yo’ldoshxo’jaev, B.Rahimjonov, M.Komilov, A.Abdusattorov, A.Oripov «Dinshunoslik» (darslik). - T.: Mehnat, 2004.



5. Mustaqillik izoxli lug’ati. - T.: «Fan» 1998 (tegishli maqolalar).

6. Internet ma’lumotlar
Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling